ResearcherUz LogoResearcherUz
Dergiyi Görüntüle

GREK YONG’OG’INI XALQ XO’JALIGIDA NAV VA SHAKLLARI XAMDA ULARNI URUG’IDAN VA VEGETATIV KO’PAYTIRISH.

Özet

Dunyo mamlakatlarida yong’oqning istiqbolli nav va shakllarini yaratish bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlari keng rivojlangan.Ushbu maqolada yong’oq o’simligini istiqbolli navlari, shakllarini yaratish, ularning tarkibi bo’yicha va ularni vegetativ ko’paytirish usullari haqida ma’lumotlar berilgan.


Tam PDF Belgesi

İlgili Makaleler

Tam metin

ULARNI URUG’IDAN VA VEGETATIV KO’PAYTIRISH.

G‘afforov Sherali Boltayevich

Qayumova Risolat

Eshbo‘riyeva Umida

Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti

Annotatsiya:Dunyo mamlakatlarida yong’oqning istiqbolli nav va shakllarini yaratish bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlari keng rivojlangan.Ushbu maqolada yong’oq o’simligini istiqbolli navlari, shakllarini yaratish, ularning tarkibi bo’yicha va ularni vegetativ ko’paytirish usullari haqida ma’lumotlar berilgan.

Kalit so’zlar:Yong’oq , kalloriya, modernizatsiya, istiqbolli nav, oziq – ovqat sanoati, ekologik turizm, Juglans regia.

Grek yong’og’ining mevasi qandolatchilikda va oziq – ovqat sanoatida har xil shirinlik mahsulotlarini tayyorlash uchun qo’llaniladi. I.V. Michurin yong’oqlarni “kelajak noni” deb bejiz atamagan. Uning to’yimliligi bilan inson oziqlanadigan asosiy mahsulotlarga, non, go’sht, sut, baliqdan yuqori va sariyog’ga yaqin turadi. Yong’oq mag’zi tarkibida 52-78 % yog’, bo’lib, u eng qimmat o’simlik yog’laridan biridir, ajoyib mazasi, oziqaviy va texnik sifatlari bilan ajralib turadi. Ushbu yog’ meditsinada, parfyumeriyada, tasviriy san’atda va poligrafiyada ishlatiladi.

Yog’i siqib olingandan so’ng qoladigan yong’oqning yuqori to’yimli kunjarasi holva tayyorlashda foydalaniladi. Demak grek yong’og’ining butun dunyoda keng miqyosda o’stirilishga sabab – uning qimmatli yong’oq mevasidir. Yong’oq mevasi 10- 23 g og’irlikda bo’lib uning 50-75 % ni mag’zi tashkil etadi. Yong’oqning vegetatsiya davri 165-210 kun. Aprel – may oylarida gullaydi, mevasi – sentyabr - oktyabrda pishib yetiladi.

Tabiiy yong’oqzorlardan 30 - 50 ts/ga hosil olish mumkin. Yong’oq mevasi mag’zida yog’dan tashqari 17-19 % oqsil 10 % shakar, 0,3 mg % V, vitamini 30-50 mg % S vitamini hamda A va V2 vitaminlari mavjud. Yong’oq mag’izi kaloriyasiga ko’ra bug’doy nonidan 3 marta, kartoshkadan 7 marta, sutdan 11 marta kuchlidir. 1 kg yong’oq mag’izi to’yimliligi taxminan 1 kg go’sht, 1 kg baliq, 1 kg kartoshka, 1 l sutni birgalikdagi to’yimlilik darajasiga teng. 1 kg yong’oq mag’zida 550-650 gr. yog’, 210 g oqsil, 4,05 fosfor, 1 l kalьtsiy, 23,75 mg temir moddasi borligi aniqlangan. Yong’oq po’stlog’i tarkibida oshlovchi, buyoq moddalar, bargi tarkibida gidroyuglonlar va ularning glikozidlar, flavonoidlari (kvertsetin va kempferol glikozidlari) bundan tashqari uning yosh mevasi po’stlog’ida 3 % S vitamini, gidroyuglonlar, 25 % gacha oshlovchi moddalar uchraydi.

Bargidan tayyorlangan damlama xalq tabobatida, me’da – ichak yallig’lanishi, ich ketish, diabet va boshqa kasalliklarni davolashda ishlatiladi. SHu damlama bilan teri sili va boshqa teri kasalliklarini, bolalarda uchraydigan raxit va shirincha kasalliklari davolanadi. Bargi shirasi temiratki kasalini tuzatishda qo’llaniladi. Bargidan olingan yuglon preparati (surtma, eritma va suspenziyalar) ilmiy tibbiyotda teri sili, ekzema surunkali epidermofitiya, temiratki, terining yuqumli yiringli davolashda qo’llaniladi.

Yong’oq mag’zining bu qadar serhosiyatligidan u konditer sanoati uchun qimmatli xom ashyoga aylantirgan. Uning asosida holva, pechenьe, shokoladlar tayyorlanadi. Hali pishib yetilmagan (gilosday bo’lganida) yong’oq mevalari A va S vitaminlari hamda yod moddasiga boy bo’lganligi sababli ulardan shakar qo’shilib dorivor murabbo tayyorlanadi. Yong’oq mevasi eng kuchli antioksidantlardan biri hisoblanadi, ya’ni uni sekinlashtiradi va organizmda modda admashinuvini yaxshilaydi.

Yong’oqning turli kasalliklarga ta’sir etuvchi shifobaxsh xususiyatlari to’g’risida buyuk alloma Abu Ali Ibn Sino o’zining “Tib qonunlari” nomli kitobining ikkinchi jildida alohida to’xtalib o’tgan.

Yong’oq barglari, yosh novdalarida fitontsid moddaning borligi qurt – qumursqalarni yo’qotadi, kiyimlarga kuya tushishdan saqlaydi, agarda bug’doy arpa kabi donli o’simliklar doni orasiga yong’oq bargi tashlab qo’yilsa, g’alla doniga zararkunanda (mita) yo’lamaydi deb aytib o’tgan.

G’udda yog’ochning chiroyli naqshli rasmi (qush ko’zi) dunyo bozorida alohida baholanadi. Yong’oq-chiroyli, yirik, uzoq yashaydigan daraxt, yong’oqdoshlar oilasining eng yirik mevali vakili. Qulay iqlim va tuproq sharoitlarida 20-25 m balandlikka (ba’zan 30 m gacha yetadi) tana diametri 1,5-2 m ga yetadi. Quyuq o’rmonzorda yong’oqning shox – shabbalari anchagina kichik va yuqori kutarilgan, tanasi esa uncha shoxlanmagan bo’ladi.

Insonning hayot faoliyatida yong’oqning ahamiyati juda katta, yong’oq mevasi boshqa mevalardan oziqaviy xususiyatlariga ko’ra yuqori kalloriyaligi bilan ajralib turadi. Yong’oq mag’zi kalloriyaliligi jihatidan mol go’shtidan 7 barobar ustun turadi. Yong’oq mag’zida temir, fosfor, mis, serotin moddalari, 58–77 % yog’, 12–25 % oqsil va 5–25 % uglevodlar mavjud. Uni iste’mol qilgan kishi quvvatini oshirib, asab tizimining faoliyatini me’yorlashtiradi. Yong’oq moyi qondagi xolesterinni kamaytirib, yurak-qon tomirlarida tiqinlar, buyrak va o’t pufagida tosh paydo bo’lishini bartaraf etadi. Yongoq bargidan olingan efir moyi turli kasalliklarni davolashda qo’llaniladi. Mevasi oziq ovqat sanoatida, konditer mahsulotlarini ishlab chiqishda ham ishlatiladi

Yong’oqni mamlakatimiz tuproq-iqlim sharoitida tog’ va tog’ oldi hududlarida, daryo va soylar bo’ylarida, qir-adirliklaru tekisliklarda, aholi tomorqalarida ko’plab yetishtirish mumkin. Qolaversa, yong’oq daraxtlari 300–400 yilgacha yashab, hosil berishini inobatga olsak, uning hosilidan bir necha avlodlar bahramand bo’ladi. Daraxti – o’rmon melioratsiya ishlarida katta ahamiyatiga ega. Plantatsiyalari asosan tekisliklarda sug’oriladigan maydonlarda barpo etiladi. SHuningdek, yong’oqni yog’in - sochin miqdori 750 – 800 mm, dan kam bo’lmagan tog’li hududlarda lalmikor sharoitda ham yetishtirish mumkin.

Yong’oq po’stlog’i tarkibida oshlovchi, buyoq moddalar, bargi tarkibida gidroyuglonlar va ularning glikozidlar, flavonoidlari (kvertsetin va kempferol glikozidlari) bundan tashqari uning yosh mevasi po’stlog’ida 3 % S vitamini, gidroyuglonlar, 25 % gacha oshlovchi moddalar uchraydi. Bargidan tayyorlangan damlama xalq tabobatida, me’da – ichak yallig’lanishi, ich ketish, diabet va boshqa kasalliklarni davolashda ishlatiladi.

Yong’oq yog’ochidan sanoatda foydalanish: durodgorlikda, o’yma naqshlar tayyorlashda mebel sanoatida eng yaxshi yog’ochlarning yuqori sinfiga kiradi. Uni xatto yirik samolyot va avtomabil zavodlarida juda keng foydalaniladi. O’zbekistonda yong’oqni yog’ochi uchun etishtirish ikkinchi darajali xisoblanadi shuning uchun bozorda yong’oq yog’ochi zaxiralari juda kamdir. Yong’oq yog’ochi kesilganda va oqlangan to’qimalarida juda chiroyli bezakli naqshlar paydo bo’ladi. Bunday yog’och, kontrplak, parket va qoplama ishlab chiqarishga, qimmatbaho mebellar, tayoyorlashda kup foydalaniladi.

Yog’ochini kesib olishda yong’oq daraxtlari ko’pincha ildiz bilan birga qazib olinadi, chunki daraxt tanasining pastki qismi erga tushishi va yumshoq yog’ochi egiluvchan mebellar tayyorlashda juda qulay xisoblanadi. Ildiz qatlamidan xatto qirol yaroq yasashda xam keng qo’llaniladi.

Yong’oq urug’idan va payvand qilish yo’li bilan ko’paytiriladi. Yong’oq chetdan changlanganligi sababli, urug’idan yetishtirilgan daraxt o’zining xususiyatlari bilan aslidan farq qilishi mumkin. Sifatli va istiqbolli navlarning xususiyatlarini to’la saqlab qolish maqsadida yong’oqni payvandlash yo’li bilan ko’paytiriladi.

Ko’p yillik tajribalar natijasiga ko’ra, urug’idan yetishitirilgan qimmatli navlarning nasli, garchan ma’lum darajada o’zgarsada, oxir-oqibatda xo’jalik sifatini uncha yo’qotmaydi, ayrim ko’chatlar hattoki, o’zining asliga nisbatan sifatliroq hosil beradi.

Payvandlash usuli ancha murakkab bo’lib, kamdan-kam hollarda, asl sifatini saqlab qolish lozim bo’lgan navlarni yetishtirish maqsadida qo’llaniladi,eng muhimi ekish uchun urug’ tanlashga katta e’tibor berilishi lozim. Yirik, mag’zi to’q, po’chog’i qalinroq urug’lardan yetishitirilgan ko’chatlar maqsadga muvofiq bo’ladi.

Ko’paytirish uchun yong’oqni kuzda, oktyabrning oxirlari-noyabrning boshlarida yoki erta bahorda stratifikatsiya qilinib (bo’rttirib) ekiladi. Bo’rttirish qum solingan yashik yoki ariqlardan amalga oshiriladi. Stratifikatsiya yashigining balandligi yoki ariqning chuqurligi 0,5 m dan ortiq bo’lmasligi kerak.

Stratifikatsiyalash muddati urug’li yong’oqning po’chog’ini qalinligiga bog’liq bo’lib, harorat 1-8°S darajada bo’lsa, 1,5 oydan 3 oygacha 18-20°S darajali haroratda 20-25 kundan keyin una boshlaydi. Po’chog’i yupqa urug’larni yoki stratifikatsiya qilinmay qolgan urug’liklarni erta bahorda ekish oldidan 4-5 kun oqar suvda ivitib ekiladi.

Ko’chatzor uchun ajratilgan maydon kamida 45-50 sm chuqurlikda haydaladi va tekislanadi. Urug’ ekish uchun 70 sm qator oralatib egatlar olinadi. Yong’oqlar qirrasi bilan yotqizilib yoki uchini yuqoriga qaratib 10 sm oraliqda qadaladi. Urug’lik kuzda 9-10 sm, bahorda 7-8 sm chuqurlikda ko’miladi. Bunday hollarda gektariga 1,4-1,6 tonna urug’ sarflanadi.

Yong’oq boshqa mevali o’simliklarga nisbatan namga talabchan bo’ladi. SHu sababdan, 1 yil davomida ko’chatzorlar 10-12 marta sug’oriladi, tuprog’i yumshatiladi va begona o’tlardan tozalanadi. Bir yillik ko’chatning bo’yi 30-40 sm ga yetadi. Ko’chatzorlarda ikkinchi yili ham xuddi shunday o’tkaziladi va yil davomida ko’chatlarning bo’yi 1 metrgacha o’sadi.

Unumsiz yerlarda ko’chatlar yaxshi o’sishi uchun gektariga 100-120kg azot va 60-70 kg sof fosfor hisobidan o’g’itlash lozim. Sug’orishdan oldin o’g’it egat tagiga 12- 15 sm chuqurlikda solinadi. Agarda xo’jalikda go’ng bo’lsa, uni gektariga 25-30 tonna hisobidan, yer haydash vaqtida solish tavsiya qilinadi.

Etishitirilgan ko’chatlarni suv bilan ta’minlangan yerlarga 2 yoshligida, lalmikor, ya’ni sug’orilmaydigan yerlarda esa 1 yoshligida ekish yaxshi natija beradi.

Ko’chirib olingan ko’chatlarning ildizi o’tkir pichoq bilan tozalanadi va joyiga o’tkazilguncha nam tuproqqa ko’mib saqlanadi. Ko’chatni o’tkaziladigan joyga tashib keltirilgan vaqtida ildizi qurib qolishiga yo’l qo’ymaslik kerak. Buning uchun ildiziga loy yopishtirib, ustidan ho’l poxol o’raladi. Yong’oq ko’chati, ayniqsa lalmikor yerlarda kuzda o’tkazilsa, yaxshi natija beradi.

Erta bahorda imkoni boricha ko’chatni ertaroq o’tkazish lozim. Respublikamizning tekislik va tog’ etaklaridagi hududlarda yong’oq ko’chati o’tkazish uchun yumshoq qatlami chuqur, sho’rlanmagan va suv yaxshi chiqadigan maydonlarni tanlash kerak. Yong’oqni tog’lardan balandligi dengiz sathidan 1400-1500 m bo’lgan shimoliy yon-bag’rlardagi nam yaxshi saqlanadigan yerlarda (Bo’stonliq tumani), Respublikaning janubiy rayonlarida esa undan ham balandroq joylarda sug’ormasdan o’stirish mumkin. Sug’oriladigan yerlarda yong’oq ko’chatlari orasi 12-16 m dan (1 gektarda 40-70 tup) qilib o’tkaziladi. Qator oralaridagi maydondan yaxshiroq foydalanish maqsadida vaqtincha boshqa mevali ko’chatlarni o’tkazish ham mumkin. Yong’oq 12×12 m lik sxemada o’tkazilganda uning qator oralariga meva daraxtlaridan olxo’ri, olcha yoki past bo’yli olma daraxtlarini ekish mumkin. 1 gektar maydonga 280 tup ko’chat joylashtirilsa shundan 70 tup yong’oq, 210 tup mevali daraxtlar ko’chatlari joylashadi.

Yong’oq xiyobonlarga, yo’l yoqalari va ariq bo’ylariga bir qator, orasi 8-10 m dan qilib o’tkaziladi. Dalalarni ixota qilishda yong’oq boshqa daraxtlar bilan (terak, akatsiya, meva daraxtlari) aralashtirilib, 5×5 m oraliqda o’tkaziladi. Yong’oqni sifatli haydalgan yerda 60×60 sm kenglikda qazilgan chuqurlikka o’tkaziladi.

Lalmikor yerlarda yong’oq ancha zichroq – orasi 10×10 m kenglikda o’tkaziladi. Qator orasidan olcha va olxo’ri o’tkazish uchun foydalaniladi. 1 gektar maydonga 100 tup yong’oq va 300 tup boshqa ko’chat joylashtiriladi.

Yong’oq sug’orilmaydigan tog’ yonbag’rlarda tuproqqa yaxshi nam to’plash va mashinalardan foydalanish imkonini beradigan terrasalarga yoki suv to’planib qolmaydigan, hajmi 1×1,5 m dan kam bo’lmagan maydonchalarga o’tkaziladi. Terrasa yoki maydonchalar, shuningdek ko’chat o’tkaziladigan chuqurlar oldindan, ya’ni kuzda ko’chat o’tkazish uchun bahor-yoz paytida, bahorgi ko’chat o’tkazish uchun kuzda tayyorlab qo’yiladi. Ekish vaqti chuqur, maydoncha yoki terrasalar bir oz tuzatiladi, xolos.

Yong’oqning ildizi juda nozik bo’ladi, u hatto bir yoshligida ham joydan-joyga ko’chirib o’tkazilganda zaiflanib o’sadi. Bundan tashqari, ko’chat ko’chatzorlardan olinib, quyosh yaxshi tushib turadigan ochiq joyga o’tkazilsa, tanasining pastki qismini oftob urishi mumkin. SHuning uchun lalmikor yerlardan ko’chat o’tkazib o’tirmay, biryo’la yong’oqni urug’idan yetishtirish ham mumkin. O’z joyida o’stirilgan o’simlik chuqur ildiz otib, qurg’oqchilikka chidamli bo’ladi. Bu esa lalmikor yerlarda katta ahamiyatga ega. Bunday yong’oq urug’i kuzda yoki erta bahorda oldindan tayyorlangan terrasalarda yoki maydonlarda hajmi 40×40 sm lik uyaga ekiladi.

Ko’klamda urug’larni undirib ekish kerak. Tanlab olingan urug’lardan har bir uyaga 3-4 tadan 20-30 sm oraliqda 10-20 sm chuqurlikda ekiladi. Ustidan tuproq bosib qo’yiladi. Agar urug’ yaxshi ko’karib chiqsa, kuzda har bir uyaga 1 tadan o’simlik qoldiriladi, qolganlari esa boshqa yerlarga ko’chat qilinadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida” gi 2017-yil 7- fevraldagi PF-4947-sonli farmoni O’zbekiston Respublikasi qonun xujjatlari to’plami, 2017 y., 6-son, 70-modda. B. 25-28.

2. O’zbekiston Respublikasining “O’rmon to’g’risida” gi qonuni. O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisning 2018 yil 16 apreldagi sessiyasi. – Toshkent, 2018.

3. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori. O’zbekiston Respublikasi O’rmon xo’jaligi davlat qo’mitasini tashkil yetish to’g’risida PQ-2966 qarori. O’zbekiston Respublikasi qonun xujjatlari to’plami, 2017 y., 20-con, 358-modda. B. 36-40

4. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-iyunь PQ-3025-son qarori

5. Karimov I.A. asosiy vazifamiz – vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada oshirish. Toshkent: O’zbekiston, 2010.

6. O’rmon to’g’risida” gi qonun. O’z. Res. Oliy majlisining xv-sessiyasi materiallari.

7. O’zbekiston o’rmonlari. Toshkent: Abu matbuot konsalt, 2009. - 5-13 bet.

8. Ablaev S.M., Yuldashov Ya.X. Madaniy o’rmonlar. – Toshkent, 2008.

Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.