XUSUSIYATLARI VA UNDAN OQILONA FOYDALANISH
To’ychiyev H.H., Eshkaraev S.Ch.
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti, Termiz sh, Farovon massivi
43B-uy, e-mail: esadir_74@rambler.ru
Annotatsiya. Maqolada gulxayri o‘simligining o‘ziga hosligi va o‘simlik kimyoviy tarkibi boyligi, shifobaxshligi, oziq-ovqat, kosmetologiya, xalq tabobati va rasmiy tibbiyotda foydalanish yo‘llari keltirilgan.
Kalit so‘zlar: Gulxayri, xom ashyo, quritish, dorivor, hid, ta’m, retsept, damlama.
MEDICINE OF GULKHYRI PLANT (ALTHAEA OFFICINALIS)
CHARACTERISTICS AND ITS REASONABLE USE
Tuychiyev H.H., Eshkarayev S.Ch.
Termiz University of Economics and Service, Termiz city, Farovon massif
43B-house, e-mail: esadir_74@rambler.ru
Abstract. The article describes the uniqueness and richness of the plant's chemical composition, medicinal properties, ways of using it in food, cosmetology, folk medicine and official medicine.
Key words: Gulkhairi, raw material, drying, medicinal, smell, taste, recipe, tincture.
ЛЕЧЕБНЫЕ СВОЙСТВА РАСТЕНИЯ ГУЛЬХИРИ (АЛТЕЙ
ЛЕКАРСТВЕННЫЙ) И ЕГО РАЗУМНОЕ ИСПОЛЬЗОВАНИЕ
Туйчиев Х.Х,, Эшкараев С.Ч.
Термезский университет экономики и сервиса, г. Термез, массив Фараван
43Б-дом, e-mail: esadir_74@rambler.ru
Аннотация. В статье описаны уникальность и богатство химического состава растения, лечебные свойства, способы использования его в пище, косметологии, народной и официальной медицине.
Ключевые слова: Гульхири, сырье, сушка, лекарственный, запах, вкус, рецептура, настойка.
KIRISH
Hozirgi kunda dunyo miqyosida dorivor o‘simliklar xom ashyosidan olinadigan tabiiy dori darmonlarga bo‘lgan talab ortmoqda. Shunday ekan, insonlar manfaatlarini ko‘zlab, har bir giyoh xususiyatlarini o‘rganib, ularning plantatsiyalarini yaratish hamda ko‘paytirish ulardan yuqori sifatli dorivor o‘simlik xom-ashyo zaxirasini tashkil etish zarur.
Gulxayri - Althaea armeniaca Ten. (Алтей армянский)
O‘simlik tavsifi: Malvaceae oilasiga mansub kop yillik ot. Poyasi tik osuvchi, oddiy yoki kam shoxlangan, mayin yulduzsimon tukli, balandligi 70-150 sm. Mevasi ko’pchilligida ko’sak.Gulxayri ildizi ezofagit, gastrit, oshqozon yarasi va on ikki barmoqli ichak yarasi, enterokolit, oziq-ovqat toksikoinfeksiyalari va dizenteriya bilan birga yordamchi vosita sifatida ishlatiladi. O’tkir oshqozon-ichak kasalliklarida, ayniqsa, diareya bilan kechadigan kasalliklarda, kop miqdorda kraxmal saqlovchi shilimshiqli gulxayri damlamasi nafaqat davolovchi, balki oziqa vositasi sifatida ham qollaniladi.
GEOGRAFIK tarqalishi Gulxayri Qadim zamonlardan beri shifobaxsh o’simlik sifatida ishlatilib keladi. Yer yuzida 70 ga yaqin turkumi va 900 turi bor. Koʻp tropik va subtropik rayonlarda tarqalgan. Bulardan gulxayri, bo'ritaroq,gʻoʻza, kanop, tugmachagul, paxtagul, gulhamishabahor keng tarqalgan. Oʻzbekistonda 7 turkumi va 27 turi oʻsadi. Ularning koʻpidan tola olinadi, dori tayyorlanadi.
KIMIYOVIY tarkibi
Gulxayri o'simligining tarkibida juda ko'p foydali moddalar bor . Chunonchi gulxayrining ildizida 35 % gacha shilliq moddalar, 37 % gacha kraxmal , 16 % ga yaqin qand , asparagin , betain , pektin , yog' , 4,9 % atrofida mineral tuzlar mavjud . O'simlikning barg hamda gullarida 0,02 % ga yaqin qattiq efir moyi , karotin , vitamin C , ildizlardagiga qaraganda ikki marta kam shilliq moddalar bor .
Dorivor preparatlari. Qaynatma, quruq ekstrakt, kukun (poroshok), sharbat.Kubik shaklida qirqilgan ildiz nafas olish yo‘llari kasalliklarida ishlatiladigan turli yig‘malar (Species pectoralis va boshqalar) tarkibiga kiradi.Qaynatma ildizdan faqat sovuq suvda tayyorlanadi (mahsulotdan shilliq modda ajralib chiqadi, kraxmal suvda erimasligi sababli qaynatmaga o‘tmaydi).
Dorivor gulxayri o‘simligining yer ustki qismidan ajratib olingan uglevodlar aralashmasidan „mukaltin“ nomli dorivor preparat olinadi. „Mukaltin“ preparatini balg‘am ko‘chiruvchi dori sifatida yuqori nafas yo‘llari va o‘pka yallig‘lanishi kasalliklarida ishlatiladi. Abu Ali Ibn Sino gulxayri ildizidan , bargidan va urug'laridan tayyorlangan damlama bilan yo'tal , qon tupurish , zotiljam va buyrak kasalliklarini davolagan . Buyuk tabib gulxayri ildizi asosida tayyorlangan dori-darmonlarni ko'krakni yumshatuvchi , balg'am ko'chiruvchi omil sifatida tavsiya etgan .
ISHLATILISHI Uy va Sanoatda Gulxayri gul tojbarglaridan teri , shoyi va jun matolarni bo'yashda foydalaniladi . Chunki gulxayri gulbarglari o'zida qizil , zangori hamda binafsharang bera oladigan malvidin pigmentini saqlaysi . Gulxayri ildizidan kleyster tayyorlash , o'simlikning poya va shoxchalaridan a`lo sifatli qog'oz hamda arqonlar tayyorlash mumkin . Gulxayri gullari bolarilar uchun yaxshi oziq hisoblanadi .
Olinish usuli va qo’llanishi Dorivor gulxayrining ildizini odatda kuzda yoki erta bahorda kavlab olinib , dag'al ildizpoya va mayda ildizchalardan ajratiladi-da , zudlik bilan suv oqimida yuvib olinadi (ildiz shilliqlanmasligi uchun ) . Shundan so'ng ochiq havoda quritiladi . Uy sharoitida gulxayri ildizidan quyidagicha damlama tayyorlash mumkin : birorta idishga 2 stakan miqdorda qaynatib sovutilgan suv quyiladi va uning ustiga 4 choy qoshiq maydalangan ildizdan solib , 8 soat davomida qo'yib qo'yiladi . So'ngra suzib olib , sharbatiga kuniga 3-4 mahal yarim stakan miqdorda ichiladi .
XULOSA
Xulosa qilib aytganda, Bugungi kunga kelib tabiiy xom ashyoga bo‘lgan talab kun sayin ortib bormoqda, shu jumladan dorivor gulxayri o‘simligiga ham ehtiyoj yetarlicha ekanligini ko‘rish mumkin. O‘simlik o‘ziga xos xarakterli gulining xushbo‘y hid va ta’mga ega ekanligi sababli oziq-ovqat (ziravor), kosmetoloigiya, xalq tabobati va rasmiy tibbiyotda keng dorilar tayyorlash uchun foydalanib kelinmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Dorivor o'simliklarning yashash joylari va resurslari atlasi. – M.: GUGK, 1983. – 340 b. Istiqbolli dorivor oʻsimliklarning biologik xususiyatlari va tarqalishi //T.A.Adilova tahriri. – Toshkent: Fan, 1981. – 158 b.
2. Gammerman A.F., Kadaev G.N., Yantsenko-Xmelevich A.A. Dorivor o'simliklar (shifobaxsh o'simliklar). – M.: Oliy maktab, 1984. – 400 b.
3. Abu Ali ibn Sino (Avitsena)ning o‘simlik dori vositalari. Ma’lumotnoma // Sh.B.Irgashev tahriri ostida. – Toshkent: Abu Ali ibn Sino, 2003. – 457 b.
4. Azizxonovna N.M., Madullaevich I.O. Dengiz itshumurtidan foydalanish va uning foydali xususiyatlari tibbiyotda //Yevrosiyo Tibbiyot tadqiqotlari davriy nashri. – 2023. – T. 19. – B. 57-59.
5. Narzullaeva M. va boshqalar DOIBYOR O'SIMI DENGIZTINA VA UNING TIBBIYOTDAGI FOYDALI XUSUSIYATLARI // Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: nazariya va amaliyot. – 2023. – T. 2. – Yoʻq. 9. – 68-70-betlar.
6. Sobirjonovna BN va boshqalar. CHAKANDA O'SIMLIGIGA ZAMONAVIY
QARASHLAR //ILMIY VA TA'LIM TADQIQOTLARIDAGI INNOVATIONS
JURNALI. – 2023. – T. 6. – Yoʻq. 2. – 209-211-betlar.
7. Nabieva F.S., Narzullayeva MA, Bo'Riyev M.G. YUQUMLI
KASALLIKLARNI TASHXISLASHDA IMMUNOFERMENT TAHLILINING
AHAMIYATI //Research Focus. – 2022. – T. 1. – Yoʻq. 4. – 161-164-betlar.
8. Chinorgulning xalq tabobatidagi ahamiyati A.S.Sadriddinovna, A.M.G‘ulomovna Yevroosiyo tibbiy tadqiqot davriy nashri, 19, 49-50
9. DENGIZ TURGANINING (Hippophae Rhamnoides L.) SHIFOBALIK XUSUSIYATLARI. Intelligence 2 (3), 1-3
10. SALVIA O'SIMLIGINING XUSUSIYATLARI. JF Alikovna, AA
Shukrullayevich JURNAL OF INNOVATIONS IN SCIENTIFIC AND
EDUCATIONAL RESEARCH 6 (2), 217-218
11. Salvia submutica o'simligining gipotenziv xususiyatlari A.M.G'ulomovna, AS Sadriddinovna Evrosiyo Tibbiyot Tadqiqotlari davriy nashri 19, 51-52
12. Sobirjonovna BN, Kurakbaevna T.S. Bolalardagi surunkali nefritik sindromning klinik dinamikasi //Evroosiyo Tibbiyot tadqiqotlari. – 2023. – T. 19. – S. 53-56.
Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.