ResearcherUz LogoResearcherUz
Dergiyi Görüntüle

HUDUDLARDA EKSPORTNI RIVOJLANTIRISH HAMDA MAHALLIY TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINI JAHON STANDARTLARIGA MOSLASHTIRISH

Özet

Ushbu maqolada hududlarda eksportni rivojlantirish hamda mahalliy tadbirkorlik subyektlarini jahon standartlariga moslashtirish bu borada yurtimizda olib borayotgan amaliy ishlar ularning tahliliga oid izlanishlar natijalari keltirilgan.


Tam PDF Belgesi

İlgili Makaleler

Tam metin

MOSLASHTIRISH

G’afforov Sardor Abduqodirovich – magistr*

*Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi

Anotatsiya. Ushbu maqolada hududlarda eksportni rivojlantirish hamda mahalliy tadbirkorlik subyektlarini jahon standartlariga moslashtirish bu borada yurtimizda olib borayotgan amaliy ishlar ularning tahliliga oid izlanishlar natijalari keltirilgan.

Kalit so’zlar. Hududlar, eksport, rivojlantirish, mahalliy, tadbirkorlik, jahon, standart, iqtisodiyot, kichik biznes.

O‘zbekiston iqtisodiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bu ishbilarmonlik muhitini yaxshilash va kichik biznes hamda xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksport salohiyatini kengaytirish uchun qulay sharoit yaratishdir. Buning uchun so‘nggi yillarda davlat rahbari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlovchi milliy institutlar tashkil etish to‘g‘risida qator huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Tashqi savdo va eksport ko‘rsatkichlari sur’atining umumiy ijobiy dinamikasidan kelib chiqib, uning hajmlari, shuningdek tarmoqlardagi eksport hajmlarining amalda o‘sish sur’atlarini oshishi davom etmoqda. Bundan tashqari, investitsiya faoliyati va eksport subyektlarini qo‘llab-quvvatlash sohasida tadbirkorlar biznes rejalari va rivojlanish strategiyasini amalga oshirishi uchun ularga qulay sharoitlar yaratish maqsadida qonunchilik takomillashtirilmoqda. Hududlarda eksportni rivojlantirish hamda mahalliy tadbirkorlik subyektlarini jahon standartlariga moslashtirish bo’yicha ham tizimli sa’yharakatlar olib borilmoqda. Eksport nazoratini o‘tkazishda, ya’ni zarur eksport sertifikatlarini olish va eksport bojxona rasmiylashtiruvi uchun ham muhim o‘zgarishlar yuz bermoqda. Sohani rivojlantirish uchun chuqur marketing tadqiqotlari o‘tkazish, uzoq muddatli barqaror savdo bozorlarini shakllantirishga, tashqi savdo infratuzilmasini, shu jumladan, chet ellarda yaratishga lozim darajada e’tibor qaratilmoqda [1]. Bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotda tadbirkorlik qobiliyati iqtisodiy resurs hisoblanib, ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishda shaxsiy omilining tarkibiy qismini tashkil etadi. O’zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar davomida, ayniqsa, uning hozirgi bosqichida hududlarda tadbirkorlik foliyatini rivojlantirish, ularni eksportga yo’naltirish, uning rivojlanishiga to’siq bo’ladigan har qanday g’ov va cheklovlarni bartaraf qilishga alohida e’tibor qaratilmaqda. Tadbirkorlikni jadal va yanada keng rivojlantirish uchun barcha sharoitlarni yaratish - eng muhim vazifadir. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimizda tadbirkorlari bilan ochiq muloqot shaklidagi uchrashuvda so’zlagan nutqlarida ham bu haqida alohida to’xtalib o’tganlar. Mamlakatimizda har yili yaratilayotgan ish o’rning 90 foizi xususiy sektor hissasiga to’g’ri kelmoqda. Hozirgi kunda ushbu tarmoqda 5 milliondan ziyod aholi, ayniqsa, yoshlarimiz mehnat qilayotgani uning nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy hayotimizdagi o’rni ham ortib borayotganini ko’rsatadi. Albatta, keying 3-4 yilda tadbirkor uchun kredit va subsidiya olish, litsenziya, ko’chmas mulk va resuruslarga ega bo’lish, eksport kabi masalalarda qator imtiyozli tizimlar yaratildi. Ortiqcha tekshirishlar nuqd pul, valyuta va xomashyo bo’yicha mavjud cheklovlar, to’siq va g’ovlarning aksariyatiga barham berildi. Hududlar kesimida yakka tartibdagi tadbirkorlar eng ko’p qismi Toshkentda -29 152, Samarqandda - 28 618 hamda Farg’onada 24 272 tani tashkil etilgan. Jami tadbirkorlar 41,6%i ya’ni 99 307 tasi ayollar hissasiga to’g’ri keladi. Mamlatatimizda foliyati uchun yangilik joriy qilinmoqda. Xususan, 2023- yilda boshlab mikro biznes uchun aylanmadan olinadigan soliqning amaldagi 4%dan 25% gacha bo’lgan stavkalari o’rniga yagona 4% soliq stavkasi qo’llaniladi. Mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining qariyb 56,0 foizi, ishlab chiqarilayotgan jami sanoat mahsulotlarining 23 foizi, koʻrsatilayotgan bozor xizmatlarining deyarli barchasi, mahsulot eksportining 18 foizi, iqtisodiyot tarmoqlarida ish bilan band boʻlgan aholining 76 foizi kichik biznes ulushiga toʻgʻri kelmoqda. Ana shu raqamlardan koʻrinib turibdiki, kichik biznes shakllari kichik boʻlishiga qaramasdan, iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirish, aholini ish bilan taʼminlash muammosini hal etish va xalqimiz faravonligini yuksaltirishda tobora katta rol oʻynamoqda.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish uchun imtiyozli soliq imkoniyatlari yaratilishini taʼminlash siyosati amalga oshirilishining davom ettirilishi, xususan, kreditlar ajratish orqali qoʻllab-quvvatlashning kengaytirilishi tadbirkorlik subyektlarining ish oʻrinlari tashkil qilish boʻyicha moliyaviy imkoniyatlarni sezilarli darajada oshirdi.

Kichik biznes sohasida yaratilayotgan ish oʻrinlarini salmoqli qismi xizmat koʻrsatish va servis sohasi ulushiga toʻgʻri keladi. Koʻp hollarda aholini koʻpayishi natijasida mehnat bozorida yuzaga kelgan yuqori demografik bosimga qaramasdan kichik biznesning jadal rivolanishi tufayli band boʻlgan aholi sonining jadal suratlarda oshib borishini taʼminlashga erishilmoqda. Bunda oʻz navbatida, mamlakatimiz umumiy aholisi soniga nisbatan band boʻlganlar soninig salmogʻi ham koʻpaymoqda [2]. Kichik biznes sohasida huquqiy va normativ bazaning yaratilishi esa, hududlarda mahalliy kasanachilikning barcha turlarini, avvalambor, korxonalar bilan hamkorlikdagi mehnat shartnomalari asosidagi kasanachilikni, hunarmandchilik, shuningdek, qoramol boqish va uyda turli xizmatlar koʻrsatishga asoslangan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish hamda koʻplab ishsizlarni ishga joylashtirish imkonini berdi. Oʻtgan davrda 8 mingdan ortiq sanoat, qurilish, transport, aloqa, xizmat koʻrsatish korxonalari kasanachilar bilan ishlab chiqarish va mehnat munosabatlariga kirishdi, bu korxonalar kasanachilar bilan mehnat shartnomalari asosida birlashib, 70 mingdan ziyod kishini band boʻlishini taʼminladi. Oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilikning rivojlantirilishini ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlashga doir chora-tadbirlar 150 dan ortiq ish oʻrni tashkil etish imkonini berdi. Qishloq xoʻjaligida ishlab chiqarish samaradorligini sezilarli ravishda oshirish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash hajmini koʻpaytirish, xususan, soʻngi uch yil ichida hududlarda 540 dan ziyod yangi korxonaning ishga tushurilishi, 152 ta yangi eksportga yo’naltirilgan jahon talablariga mos mahsulot turi ishlab chiqarilishining oʻzlashtirilishi va shuning natijasida qishloqda ijtimoiy — iqtisodiy islohotlarning chuqurlashtirilishi, qishloq xoʻjaligi va unga kiradigan barcha tarmoqlar va ishlab chiqarish majmuasini modernizatsiya qilish, fermer va dehqon xoʻjaliklarining rivojlantirilishi va kengaytirilishi 100 mingdan ziyod ish oʻrni tashkil etilishini taʼminladi. Ishlab chiqarish, ijtimoiy bozor infratuzilmasi, transport va kommunikatsiya qurilishining rivojlantirilishi, aholi punktlarini obodonlashtirish ishlarining kengaytirilishi 60 mingga yaqin ish oʻrni yaratilishiga olib keldi. Mazkur yoʻnalishda ish oʻrinlari yaratilishida investitsion loyihalarni amalga oshirayotgan vazirliklar, idora va korxonalariga mamlakatimizda ishlab chiqarilmaydigan, chetdan olib kelinadigan jihozlar, xomashyo va materiallar, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar, texnologik hujjat va uskunalar uchun bojxona toʻlovlaridan ozod boʻlish boʻyicha imtiyozlar berilgani muhim ahamiyatga ega boʻldi va shu orqali ishlab chiqarish xarajatlari va tannarxini kamaytirish, boʻshagan mablagʻlarning salmoqli qismini mehnatga haq toʻlash fondiga yoʻnaltirish hamda yirik infratuzilma obyektlarining qurilishi va qayta qurilishida ish oʻrinlari yaratishni taʼminlashga imkon berdi.

Bundan tashqari toʻxtab qolgan korxonalar, jumladan, tijorat banklari balansiga olingan bankrot korxonalarning ishlab chiqarish faoliyatini tiklash natijasida minglab ish oʻrni tashkil etildi.

2024-yil 1-choragi holati bo’yicha hududlarning eksport ko’rsatkichlari [3]

Oʻzbekistonda 2024-yil 1-may holatiga 404 755 ta tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) faoliyat koʻrsatmoqda. Ular iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha quyidagicha: savdo sohasida – 154 239 ta, sanoat sohasida – 64 244 ta, qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi sohasida – 33 481 ta, qurilish sohasida – 32 677 ta, yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar sohasida – 27 880 ta, tashish va saqlash sohasida – 16 994 ta, axborot va aloqa sohasida – 9 994 ta, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmat koʻrsatish sohasida – 9 482 ta, boshqa sohalarda – 55 764 ta. Agrar-industrial davlat hisoblangan O’zbekistonda hududlardagi qishloq xo’jaligidagi tadbirkorlik subyektlarini rivojlantirish, uni eksportga ko’proq jalb qilish imkoniyatlari yuqori. Statistika agentligining bergan ma’lumotlariga qaraganda 2023 yilda 1.0 mlrd AQSH dollaridan ziyod meva va sabzavotlar eksport qilingan. Bunday ko’rsatkichlarga erishishga albatta eng avvalo eksport qilinayotgan meva-sabzavotlar sifatini jahon talablariga moslashtirish bu borada xalqaro standartlarni joriy qilish, eksport qilinayotgan davlatlarning sanitariya talablarini inobatga olinayotganini e’tirof etish lozim. Agar meva-sabzavotlar eksport qilinish geografiyasiga e’tabor beradigan bo’lsak yaqin Osiyo davlatlari va hatto Yevropa davlatlarini borligini ham ko’rishimiz mumkin. Jumladan: Qozogʻiston – 606,6 ming tonna, Rossiya – 512,5 ming tonna, Qirgʻiz Respublikasi. – 146 ming tonna, Xitoy – 105,6 ming tonna, Pokiston – 51,5 ming tonna, Afgʻoniston – 34,8 ming tonna, Belarus Respublikasi – 22,8 ming tonna, Tojikiston – 21,5 ming tonna, Turkiya – 15 ming tonna, Eron – 11 ming tonna, Gruziya – 10,5 ming tonna, Ozarbayjon – 8,5 ming tonna, Ukraina – 7,6 ming tonna, BAA – 6 ming tonna, Germaniya – 3,1 ming tonna meva-sabzavotlar bevosita yurtimizning turli hududlaridagi mahaliy tadbirkorlar tomonidan eksport qilingan.

Xulosa qilib aytganda hududlarda eksportni rivojlantirishda mahaliy tadbirkorlik subyektlarida ishlab chiqarish jarayonidan boshlab toki mahsulot tayyor bo’lguncha bo’lgan jarayonda xalqaro standartlarni joriy qilish, mahsulotning ekologik, xavfsizlik talablariga qatiiy amal qilinganligini e’tiborga olish muhim ahamiyat kasb etadi [4].

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

1. Maxmudov N., Isomjonov O.O. O‘zbekistonda eksport faoliyatini rivojlantirishdagi muammolarni bartaraf etish yo‘llari. 195-200 b, Journal of new century innovations, Volume–29_Issue-2_May_2023

2. Murodjonova L. O’zbekiston Respublikasida tadbirkorlikni rivojlantirishning ahamiyati, 207-209, Innovation: the journal of social sciences and researches, Volume 1, Issue 6, 2023.

3. Нуриллаев, Р., & Нуриллаев, Ш. (2023). Повышение эффективности депозитной политики в коммерческих банках.

4. Vaxabov A.V., Tadjibaeva D.A., Xajibakiev Sh.X. Jahon iqtisodiyoti va

xalqaro iqtisodiy munosabatlar. O‘quv qo‘llanma. – T.: “ Moliya ”, 2011.

5. Нуриллаев, Р. (2023). Аспекты здоровья и питания: влияние продукции животноводства на устойчивые и здоровые рационы.

Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.