ASOSIDA MOLIYA BOZORINI RIVOJLANTIRISH YO’LLARI
Rustamova Feruza Rustam qizi
Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti
“Iqtisodiyot” kafedrasi o’qituvchisi
Pochta manzili: feruza.rustamova.1994@mail.ru
Annotatsiya. Ushbu maqolada mamlakatimizda investitsiya muhiti barqarorligini ta’minlash, qimmatli qog‘ozlar bozorining milliy iqtisodiyot investitsion muhitiga ta’sirini oshirish shuningdek, moliya bozorining iqtisodiyoga jalb qilinayotgan xorijiy investitsiyalarni kengaytirishga ta’sirini oshirish va milliy iqtisodiyotga chet el investitsiyalarini jalb qilishni faollashtirish yo‘llarini takomillashtirishga yo‘naltirilgan muammolar ko’rib chiqilib ularga takliflar kiritilgan.
Kalit so’zlar: investitsiya, xalqaro investitsiyalar oqimi, investitsion muhit, investitsion faoliyat, fond bozori.
Аннотация. В данной статье рассматриваются проблемы, направленные на обеспечение стабильности инвестиционного климата в нашей стране, повышение влияния рынка ценных бумаг на инвестиционный климат национальной экономики, а также усиление воздействия финансового рынка на расширение привлекаемых в экономику иностранных инвестиций и совершенствование путей активизации привлечения зарубежных инвестиций в национальную экономику. Предложены рекомендации по решению этих проблем.
Ключевые слова: инвестиции, международный поток инвестиций, инвестиционный климат, инвестиционная деятельность, фондовой рынок.
Abstract. This article examines issues aimed at ensuring the stability of the investment climate in our country, increasing the impact of the securities market on the investment environment of the national economy, as well as enhancing the influence of the financial market on expanding foreign investments attracted to the economy. It also explores ways to improve the attraction of foreign investment into the national economy. Proposals are presented to address these challenges.
Keywords: investment, international investment flow, investment environment, investment activity, stock market.
Kirish. Jahon iqtisodiyotida COVID-19 pandemiyasi xalqaro investitsiyalar oqimining kamayishi va investitsiya loyihalarini amalga oshirish jarayonini sekinlashtirishga olib keldi. “Global to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarning oqimi 2020 yilda 35 foizga kamayib, 1 trln. AQSH dollarini tashkil etdi. 2019 yilda ushbu ko‘rsatkich 1,5 trln. AQSH dollarini tashkil etgan edi. Evropada jami to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarning oqimi 80 foizga kamayib, 73 milliard AQSH dollarni tashkil qildi. Ushbu ko‘rsatkich Buyuk Britaniyada 57 foiz, Fransiyada 47 foiz va Germaniyada 34 foizga kamaydi. Evropa Ittifoqida to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar hajmi 73 foizga kamayib, 103 milliard AQSH dollarini tashkil etdi. AQSHda investitsiyalar oqimi qayta investitsiya qilingan daromadlarning kamayishi 40 foizga kamayib, 156 milliard AQSH dollarini tashkil qilgan”1. Bu holatlar dunyo miqyosida xorijiy investitsiyalarni jalb etish va mamlakatlarning investitsion faollik mexanizmlaridan samarali foydalanish masalalarining ahamiyatli ekanligini taqozo etmoqda.
Jahon amaliyotida mamlakatlarning investitsiyalarga bo‘lgan talablarini rag‘batlantirish, investitsiyalar resurs bazasini kengaytirish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning moliyaviy mexanizmlarini takomillashtirish, qulay investitsion muhitning yaratilishi natijasida investitsiyalar hajmini ko‘paytirish, hududlarda investitsiya faolligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Bu borada milliy iqtisodiyot va alohida olingan mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ishlab chiqarishni to‘laqonli tashkil qilish negizida mavjud resurslardan unumli foyda-lanish, iqtisodiyotda investitsion faollikni belgilovchi qo‘shimcha omil va imkoniyatlarni aniqlash, innovatsion faollikni rag‘batlantirish va tadbirkorlik faoliyatida investitsion tavakkalchilikni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish, kabi yo‘nalishlardagi ilmiy tadqiqotlarga alohida ahamiyat qaratilmoqda.
Tahlil va natijalar. O‘zbekistonda mustaqil taraqqiyot davrida qulay investitsion muhitni yaratish, iqtisodiyotni sarmoya bilan ta’minlash, investitsion faoliyatning jozibadorligini oshirishga yo‘naltirilgan islohotlar amalga oshirilmoqda. “Mamlakatda jadal investitsion siyosatni amalga oshirish va chet el sarmoyadorlarini jalb qilish uchun investitsion jozibadorlikni kuchayti-rish zaruratiga alohida e’tibor qaratilmoqda”2. 1World Investment Report-2021: Investing in sustainable recover. UNCTAD/WIR/2021. 2O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevralьdagi PF-4947-son “O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida”gi Farmoni. https://lex.uz/ru/docs/3107036 Mazkur vazifalarning samarali va izchil bajarilishi ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish hamda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini olib borish, iqtisodiy tarmoqlararo investitsiyalar yo‘nalishi va taqsimlanishini ekonometrik modellashtirish uslubiyotini takomillashtirish, investitsiya samaradorligi va tavakkalchilik darajalarini aniqlash modellarini ishlab chiqish bo‘yicha tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirish maqsadga muvofiq.
O‘z navbatida, ushbu omillar mamlakatning investitsion jozibadorligini ham namoyon etadi va investitsiya muhitining jozibadorligi xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda muhim o‘rinni egallaydi.
Mamlakatda investitsion faoliyatning taraqqiyoti, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish ko‘lami, aksariyat hollarda, ular salmog‘ining darajasi bilan izohlashga harakat qilinadi. Shunga mos ravishda, agar tegishli salmoqni ifodalovchi ko‘rsatkich darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, uning roli ham yuqori va aksincha xulosaga kelinadi. Ana shunday yondashuvga tayangan holda xorijiy investitsiyalarni xarakterlovchi ma’lumotlar quyidagi 1-jadvalda keltirilgan.
1-jadval ma’lumotlarini tahlil qilish asosida quyidagi bir necha muhim xulosalarni chiqarish mumkin: 2020-2024 yillar davomida mamlakatimizda YaIM hajmining umumiy summasi barcha omillarning ta’siri ostida (shu jumladan, inflyasiya, konvertatsiya,) barcha omillar hisobiga oshgan, xuddi shu davrda xorijiy investitsiyalar umumiy summasining o‘sish darajasi esa barcha omillar hisobidan (jumladan, inflyasiya, konvertatsiya,koronavirus pandemiyasi) 1,1 martaga ortgan. Demak, ko‘rinib turibdiki, tahlil qilinayotgan davr mobaynida barcha omillar hisobidan xorijiy investitsiyalarning o‘sish sur’atlari YaIM hajmining o‘sish sur’atlaridan ancha yuqori bo‘lgan va bu ko‘rsatkichning darajasi 1,37 ga tengdir.
1-jadval
Yalpi ichki mahsulot va xorijiy investitsiya hajmlarining o‘zgarish
tendensiyasi (mlrd. AQSH dollari hisobida) 3
Ko‘rsatkichlar 2020
1 2022 2023 2024 3 O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma'lumotlari asosida muallif tomonidan tuzilgan.
Yalpi ichki mahsulot
hajmi, mlrd. so’mda. 668038 820536.6 995573.1 1204458.4 1454573.9
Xorijiy investitsiyalar,
mlrd. AQSH doll. 3,8 3,2 3,9 4,3 4,2
Xorijiy investitsiya-
larning YaIM
hajmidagi salmog‘i, %
da
5,65 5,41 7,72 7,37 7,28
Umumiy xulosa shundan iboratki, 2020-2024 yillar davomida mamlakat iqtisodiyotida xorijiy investitsiyalarning roli o‘sib borganligi bilan xarakterlanadi. Bu esa milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash, mehnat unumdorligini oshirish, zamonaviy boshqaruv tajribalarini o‘zlashtirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish nuqtai nazaridan ijobiy holatni namoyon qiladi.
Shuni alohida qayd etish kerakki, 2020-2024 yillar davomida jalb qilingan xorijiy investitsiyalarning o‘sib borishi qat’iylik (barqarorlik) xarakteriga ega emas. Ushbu ko‘rsatkich tahlil qilingan yillar daomida «ko‘tarilish-pasayish-ko‘tarilish-pasayishko‘tarilish» tarzida o‘zgarib borgan. Buning o‘ziga xos sabablari, bir tomondan, xorijiy investitsiyalar YaIMning eng muhim va o‘zgaruvchan komponenti bo‘lib, ularni taxmin qilish juda qiyin. Xorijiy investitsiyalar to‘satdan o‘sib ketishi yoki aksincha tushib ketishi ham mumkin (masalan, AQSHda buyuk depressiya davrida investitsiyalar 100 foizga tushib ketgan). Ikkinchi tomonidan, bunday manzaraning amaliyotda kuzatilishi bu erda unga tegishli bo‘lgan talaygina muammolarning mavjudligini ham ko‘rsatadi.
Mazkur muammolar xorijiy investitsiyalarning muhim turi hisoblangan to‘g‘ridanto‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda ham ko‘zga tashlanadi. Jumladan, 2016-2020 yillarda mamlakat iqtisodiyotga jalb qilingan xorijiy investitsiyalarning umumiy hajmi 15 mlrd. AQSH dollarini tashkil qilgan. Bu ko‘rsatkich qo‘shni Qozog‘istonda 108,1 mlrd. AQSH dollariga teng bo‘lib, ushbu mamlakatga yiliga o‘rtacha 22 mlrd. AQSH dollari miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya oqimi kuzatilmoqda (3.1-rasm).
1-rasm Markaziy Osiyo mamlakatlariga jalb qilingan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy
investitsiyalar oqimi (mlrd. AQSH dollari hisobida)4
Bunday holat O‘zbekiston iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish ishlari talab darajasida emasligini yaqqol namoyon etadi hamda iqtisodiyot o‘sishining yuqori sur’atlari va xorijiy sarmoyaga o‘sib borayotgan talabni qanoatlantirish bir-biriga muvofiq emasligini ko‘rsatadi.
Shunday bo‘lsa-da, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning mamlakat YaIM hajmidagi salmog‘i o‘sish sur’atiga ega bo‘lgan. Xususan, ushbu ko‘rsatkich 2020 yilda 5,03 foizni tashkil qilib, 2016 yilga nisbatan 2,5 birlikka oshgan5.
O‘z navbatida, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning mamlakat YaIM hajmidagi salmog‘ining o‘sib borishi O‘zbekistonda xorijiy mamlakatlar bilan tashkil etilgan qo‘shma korxonalar sonining ko‘payib borayotganligidan darak beradi. 2018 yildan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar ustav fondidagi xorijiy investitsiyalar ulushining eng kam miqdorining 30foizdan 15 foizgacha kamaytirilishi, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonaning ishtirokchisi sifatida xorijiy yuridik shaxs qatnashishi shartligi to‘g‘risidagi talabning bekor qilinishi, ushbu turdagi korxonalar ustav fondining eng kam miqdorini 600 million so‘mdan 400million so‘mgacha pasaytirilganligi hamda chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun davlat boji miqdorining uch baravarga kamaytirilganligi6, 4 https://cabar.asia/ru/pryamye-inostrannye-investitsii-v-kazahstane-v-2020-godu-struktura-i-dinamika. 5 O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma'lumotlari asosida muallif tomonidan tuzilgan. 6 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 1 avgustdagi «O'zbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to'g'risida»gi PF-5495-son Farmoni. xorijiy investitsiyalar miqdoriga qarab soliq imtiyozlarining berilayotganligi7 xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilishda muhim amaliy ahamiyat kasb etdi. Jumladan, 2020 yilda O‘zbekistonda xorijiy sarmoya asosida tashkil etilgan korxonalar soni 12300 tani, bu ko‘rsatkich 2016 yilda bor-yo‘g‘i 5147 tani tashkil etgan, ya’ni 2016-2020 yillar davomida ushbu korxonalar soni 2,4 martaga ortgan (xorijiy hamkorlar bilan tashkil etilgan jami qo‘shma korxonalarning 21 foizi Rossiya Federatsiyasi, 17 foizi Xitoy Xalq Respublikasi, 14 foizi Turkiya, 9 foizi Qozog‘iston, 8 foizi Janubiy Koreya va qolgani boshqa rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarga to‘ri keladi8).
Biroq, mamlakatimizda fond bozorining yaxshi rivojlanmaganligi porfel shaklidagi xorijiy investitsiyalarni jalb qilinishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Chunonchi, 2016-2020 yillar mobaynida O‘zbekistonga jalb qilingan portfel xorijiy investitsiyalar o‘sish sur’atiga ega bo‘lsa-da, ammo ularning hajmi talab darajasida emas. 2020 yilda ushbu turdagi investitsiyalarning YaIM hajmidagi ulushi 0,41 foizni tashkil etgan, xolos. Shu munosabat bilan, alohida qayd etish joizki, to‘g‘ridan-to‘g‘ri va portfel xorijiy investitsiyalarni milliy iqtisodiyotga jalb qilish holati sust darajada bo‘lib, bunday holat xorijiy investitsiyalarni jalb qilish mexanizmini takomillashtirish zarurligini kun tartibiga qo‘yadi.
Xulosa. Moliya bozorlarining iqtisodiyotni rivojlantirishdagi oʻrnini oshirish uchun samarali tartibga solish tizimi oʻrnatilishi lozim. Moliya bozorini tartibga soluvchi organlar ishtirokchilar va investorlarning firibgarlik va manipulyatsiyadan aziyat chekmasligini ta'minlashga e’tibor qaratadi. Shuningdek, regulyatorlar bozorlarning samarali ishlashini va bozor ishtirokchilarining bozor yaxlitligiga ishonchlarini ta'minlashga e’tibor qaratadi. Likvidlilik, keng qamrovdagi ishtirokchilar hamda ishonchli ma'lumotlarning mavjudligi moliya bozorlarining samarali faoliyat yuritishiga yordam beradi. Ushbu faktorlarni moliya bozorlarida yuzaga keltirish, ishtirokchilar faoliyatini mavjud xalqaro standardlarga moslashtirish mamlakatimizda moliya bozorini rivojlantirish imkonini beradi.
1. Moliya bozorlarida tartibga solish usullarini, ya’ni litsenziyalash, nazorat qilish, qoidalar ishlab chiqish, hisobotlar taqdim etish, standartlashtirish, roʻyxatdan oʻtkazish tartibini belgilash kabilarni keng qoʻllash firibgarlikning oldini olish va moliya bozorini 7 Masalan, jalb qilinayotgan to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarning hajmiga qarab, yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig'idan, mol-mulk solig'idan va yagona soliq to'lovidan ozod etish muddatlari uzaytirilgan. 8https://bigasia.ru/content/news/businness/rossiya-stala-liderom-po-kolichestvu-sovmestnykh-predpriyatiy-v-uzbekistane/. rivojlantirishda yordam beradi.
2. Moliya bozorini tartibga solishda asosiy maqsadlardan biri sifatida investitsion jozibadorlikni oshirish ta’kidlanadi. Bunda moliya bozorini tartibga solish orqali moliya bozorining faoliyat mexanizmlarini ishlab chiqish, moliyaviy barqarorlikni ta’minlash va investorlarning huquqlarini himoya qilish orqali investorlarni jalb qilish imkoni yuzaga keladi.
3. Hukumat tomonidan mamlakatimiz moliya bozorining Osiyodagi va xalqaro darajadagi moliya bozorlarini tartib soluvchi tashkilotlar bilan, shuningdek, jadal rivojlanayotgan davlatlar moliya bozorlari bilan integratsiyalashuvi yoʻllari koʻrib chiqilishi lozim. Bu xalqaro darajadagi talablarga mos keladigan moliya bozorini shakllantirish, xorijiy mamlakatlar moliya bozorlarini tartibga solish amaliyotini oʻrganish va milliy moliya bozorimizga moslashtirish imkoniyatini taqdim etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
1. O‘zbekiston Respublikasining “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni. (yangi tahriri). 2019 yil 25 dekabr.
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 1 avgustdagi «O'zbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to'g'risida»gi PF5495-son Farmoni.
3. Angelidi M.S., Karimov N.G. Investitsiyalarni loyihaviy moliyalashtirishtizimida sindikat asosida kreditlashtirish. – T.: «TMI», 2005 yil.-
4. Зенченко С.В., Шемѐткина М.А. (2007)«Инвестиционный потенциал региона». Сборник научных трудов Сев.Кав.ГТУ. Серия «Экономика». №6.
Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.