ResearcherUz LogoResearcherUz
Dergiyi Görüntüle

Özet

Sug‘oriladigan yerlarda barpo etiladigan dalani himoyalovchi o‘rmon ihotalari bir qator vazifalarni bajaradi: Ihota daraxtzorlar oralig‘ida mo‘tadil havo namligi vujudga kelib, qishloq xo‘jalik ekinlarini hosildorligini oshiradi va yosh nihollarini me’yoriy rivojlanishi uchun imkoniyat yaratadi. Ihotazorlarning samaradorligi asosan ularning turlariga, ekilish sxemasiga va qator sonlariga bog‘liqdir.


Tam PDF Belgesi

İlgili Makaleler

Tam metin

IHOTAZORLARNING TURLARI VA TUZULISHI.

1Egamberdiyev Murodjon Xolmirzayevich,

egamberdiyevmurod1991@gmail.com

2Ernazarov Asqarali Yusufovich

1Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti assistenti

2Surxondaryo viloyati Bobotog‘ davlat o‘rmon xo‘jaligi inspektori.

Annotatsiya. Sug‘oriladigan yerlarda barpo etiladigan dalani himoyalovchi o‘rmon ihotalari bir qator vazifalarni bajaradi: Ihota daraxtzorlar oralig‘ida mo‘tadil havo namligi vujudga kelib, qishloq xo‘jalik ekinlarini hosildorligini oshiradi va yosh nihollarini me’yoriy rivojlanishi uchun imkoniyat yaratadi. Ihotazorlarning samaradorligi asosan ularning turlariga, ekilish sxemasiga va qator sonlariga bog‘liqdir.

Kalit so‘zlar: Shamol, ixota o‘rmonlari, daraxt, tuproq, eroziya, sug‘oriladigan yerlar, havo, chang, namlik, qishloq xo‘jaligi panjarasimon, tuzulish.

ТИПЫ И СТРУКТУРА ОБЪЕКТОВ.

Аннотация. Лесные изгороди, защищающие поля, возводимые на орошаемых землях, выполняют ряд функций: Изгородь создает умеренную влажность воздуха между рядами деревьев, что повышает урожайность сельскохозяйственных культур и создает возможности для нормального развития молодых саженцев. Эффективность живых изгородей во многом зависит от их вида, схемы посадки и количества рядов.

Ключевые слова: Ветер, местные леса, деревья, почва, эрозия, орошаемые земли, воздух, пыль, влажность, сельскохозяйственные ограждения, конструкция.

TYPES AND STRUCTURE OF OBJECTS.

Abstract. Forest hedges protecting fields erected on irrigated lands perform a number of functions: The hedge creates moderate air humidity between the rows of trees, which increases the yield of agricultural crops and creates opportunities for the normal development of young seedlings. The effectiveness of hedges largely depends on their type, planting pattern and number of rows.

Keywords: Wind, local forests, trees, soil, erosion, irrigated lands, air, dust, humidity, agricultural fences, design.

Surxondaryo viloyati qishloq xo‘jaligi ekinlaridan yuqori hosil uchun qulay sharoitga ega hududlardan biri hisoblanadi. Ammo, hududning janubiy tumanlarida yoz paytida iqlimning issiqligi, havoning quruqligi, suvning tanqisligi, garmsel shamollarning esishi, tabiiy o‘rmonlarning kamligi qishloq xo‘jaligi ekinlaridan yuqori hosil olishda to‘sqinlik qiladi. Bularning muvozanatini ushlab turuvchi asosiy vosita ihotazorlardir.

Sug‘oriladigan yerlarda barpo etiladigan dalani himoyalovchi o‘rmon ihotalari bir qator vazifalarni bajaradi. Kuchli va o‘rtacha shamol esuvchi mintaqa hududlarida havo haroratini o‘zgartirib beradi.

Ihota daraxtzorlar oralig‘ida mo‘tadil havo namligi vujudga kelib, qishloq xo‘jalik ekinlarini hosildorligini oshiradi va yosh nihollarini me’yoriy rivojlanishi uchun imkoniyat yaratadi. Ihotazorlar orasidagi masofa, o‘rmon meliorativ hududlarga bog‘langan holda belgilanadi va daraxtlarning balandligi va ularning qaysi masofaga samarali ta’sir qilishi e’tiborga olinadi. Ihotazorlarning samaradorligi asosan ularning turlariga, ekilish sxemasiga va qator sonlariga bog‘liqdir. Ihota o‘rmonlari tuzilishiga qarab 3 turga bo‘linadi : 1. Zich joylashgan. 2. Yarim pajrasimon. 3. Panjarasimon (to‘rsimon).

Har bir yuqorida aytib o‘tilgan ihota o‘rmonlari daraxtlarni o‘tkazish sxemasiga va keyinchalik unga ishlov berishga qarab bir biridan foydalanadi.

• Zich -shamol o‘tkazmaydigan. 3 ta yarusdan, bosh (katta) daraxtlardan va

butalardan tashkil topadi.

• Yarim panjarasimon. Bu ihota o‘rmon tuzilishi pastda 1,5-2 m balandlikgacha katta

ochiq joylar. Yuqori tomonda shoxchalari bir biriga birikkan yopiq bo‘ladi. Bu bitta

katta daraxtlardan hosil bo‘ladi.

• Panjarasimon (to‘rsimon) bu ihota o‘rmonida bir tekisroq ochiq joylar bo‘ladi.

Bular daraxt va bir oz butalardan tashkil topadi. Ihota o‘rmonzorlarining fizik modeli:

• Oddiy ihota daraxtzorlar asosiy shamol yo‘nalishiga perpendikulyar

joylashadi.

• Yordamchi ihota daraxtlar asosiy ihota daraxtzorlarga nisbatan

perpendikulyar bo‘ladi.

• Asosiy ihota o‘rmonlarining oraligini kuyidagi formulalar bilan aniqlaymiz:

Z = K•H

Zich qator K =15-20

To‘rsimon konstruksiya K=20-25

Panjarasimon konstruksiya K=25-30

Har xil tuzulishga ega bo‘lgan ihota daraxtzorlari va aralashtirish sxemalarda qo‘llaniladigan daraxtlar va butalarni 3 asosiy kategoriyaga bo‘lish mumkin.

• Asosiy (bosh) daraxt turlari.

• Ikkinchi darajali daraxt turlari (yordamchi).

• Butalar.

Bu bo‘linishlar ma’lum bir darajada faraziy qabul qilingan, bir turga ega daraxt har xil o‘sish sharoitlarida ham asosiy, ham ikkinchi darajali daraxt bo‘lib qo‘llanilishi mumkin.

Asosiy daraxt turlari mahalliy aniq bir sharoitga quyidagi belgilari bilan tanlanadi.

• Biologik chidamliligi va ko‘p yashovchanligi.

• Yashil ko‘rsatkichi o‘sishi va shoh-shabbalari yaxshi rivojlangan , ildiz

sistemasi yaxshi rivojlangan.

• Keyinchalik o‘z-o‘zi ko‘payib yetilgan daraxtlar.

• Kelajakda yaxshi sifatli yog‘och olish.

Ikkinchi darajasi (yordamchi) daraxt turlari bu asosiy daraxt turlaridan odatda yomonroq biologik chidamlilikga ega va kamroq yashovchan bo‘ladi va nihoyat butalar tuproqni saqlaydigan parda shakllantirish uchun yetishtiriladi. Bu tuproqning issiqlik va namlik holatini, suv rejimini tartibga solishdir.

Ihota chet qatorlariga, tuproq yuza qatlamiga yaqin joylashib uzoq oraliqga ildiz yetadigan daraxt va buta turlarini yaqinlashtirmaslik kerak. Katta shoxlar o‘tib, qishloq xo‘jaligi ekinlariga soya qiladigan daraxt turlarini kiritmaslik kerak.

Ihotazorlarning samaradorligi asosan ularning turlariga, ekilish sxemasiga va qator sonlariga bog‘liqdir. Shamol tezligi katta bo‘lgan xududlarda yarim panjarasimon (35%) ihotazorlar yaratish maqsadga muvofiqdir. Shamol o‘rtacha tezlikda esadigan joylarda panjarasimon (35-50%) ihotazorlar yaratilmog‘i lozim. Shamol tezligi past bo‘lgan xududlarda shamolni o‘tqazish qobiliyati 75% bo‘lgan ihotalarni vujudga keltirmoq kerak.

Qattiq shamol esadigan hududlarda shamol kelib uriladigan asosiy dala ihotazorlari 4 qatorli, undan keyingilari esa 3 qatorli bo‘ladi, yordamchi ihotazorlar esa 2 qatorli bo‘ladi.

O‘rtacha tezlikda shamol esadigan joylarda asosiy ihotalar 3 qatorli, yordamchilari 2 qatorli bo‘ladi.Ihotazorlarda qatorlar oralig‘idagi masofa 3 metr, qatordagi daraxtlar oralig‘i 1,5-2 metr qilib olinadi. Buta o‘simliklarining oralig‘i 1,5 m bo‘ladi. Kanal va yo‘l bo‘ylarida ekiladiga bir qatorli daraxtzorlarda, ko‘chatlar oralig‘i 2 m bo‘ladi.

Qishloq xo‘jaligi yerlarida shamol qattiq esadigan xududlarda ihotazorlar yaratish uchun umumiy maydonga nisbatan 3-3,5% o‘rtacha tezlikda shamol bo‘ladigan joylarda 2-3%, shamol kam esadigan xududlarda 0,5-0,1% yer maydoni ajratiladi.

Ihotazorlarni butun meliorativ xususiyatlaridan to‘liq foydalanish maqsadida sug‘oriladigan yerlarning o‘rmonzorlar bilan qoplangan qismini shamol qattiq bo‘lgan joylarda 8-10%, o‘rtacha tezlikdagi xududlarda 6-7%, shamol kam bo‘lgan joylarda 4-5 % yetkazish lozimdir.

Adabiyotlar ro‘yxati. 1. Xonazarov A.A. Tuproq eroziyasi va tog‘-o‘rmon meliorasiyasi. Toshkent, O‘qituvchi,

1998, 2. Qumzullayev F.K, Xonazarov A.A. Ixota daraxtzor va dexqonchilik. Toshkent,

O‘qituvchi. 2002. 3. Qayimov A.Q., Berdiyev E.T. Dendrologiya (darslik) T.: «Cho‘lpon»,2012. -336b. 4. Qalandarov M.M., Xamroyev.X.F, Yuldashov Y.D. O‘rmonchilik.

Darslik. T: “ToshDAU nashr-tahririyat bo‘limi”, 2019. 232 bet. 5.Ablayev S.M., Yuldashov Y.X. Madaniy o‘rmonlar. Toshkent. 2008 6. Молчанова.А.И, Бойко.Н.П. Полизашитное лесоразведений в Узбекистане Из-во

“Лесная промьшленност” М 1969.

Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.