IJTIMOIY XAVF OSTIDA QOLGAN BOLALAR BILAN PSIXOLOGIK-
PEDAGOGIK ISHLARNI TASHKIL ETISH
Kuchkarova Fazilat Xankeldiyevna
Zarmed universiteti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri, dotsent
Sherqulova Nilufar Istamovna, Amonova Mohigul Nasrullayevna
Samarqand Zarmed universiteti talabalari
Annotatsiya. Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarni ijtimoiylashuv jarayonida duch keladigan psixologik-pedagogik muammolar va ularni kelib chiqish sabablari va oqibatlarini topish hamda yechimlari haqida yoritilgan.
Kalit soʻzlar: “Xavfli oila”, ijtimoiy moslashuv, xavf tushunchasi, psixologik yondashuv, xatar, xavf guruhi.
Аннотация. В статье рассматриваются психолого-педагогические проблемы, с которыми сталкиваются дети дошкольного возраста в процессе социализации, их причины и последствия, а также пути решения.
Ключевые слова: «Семья риска», социальная адаптация, концепция риска, психологический подход, риск, группа риска.
Abstract. This article discusses the psychological and pedagogical problems that preschool children face in the process of socialization, their causes and consequences, and their solutions.
Key words: "Risk family", social adaptation, concept of risk, psychological approach, risk, risk group.
Ijtimoiy ishda xatar guruhidagi oilalar va bolalar muammosini oʻrganishda “xavf” tushunchasi asosiy oʻrin egallaydi. Ilmiy adabiyotlarda bu tushuncha madaniy muhit va ijtimoiy jarayonlaroʻlchamida sodir etilgan yoki sodir etilish ehtimoli mavjud boʻlgan holat sifatida qayd etiladi. “Xavf” tushunchasi grekcha risikon – jarlik ma’nosini anglatib, asosan quyidagi mazmunda qoʻllaniladi: bu – sodir boʻlish yoki sodir boʻlmaslik ehtimoli yuqori boʻlgan kutilmagan salbiy imkoniyatdir.
Bugungi kunda xavfning turli koʻrinishlari fan va bilim sohalari tomonidanoʻrganilmoqda. Psixologiya, iqtisodiyot (iqtisodiy xavflar), mehnat va aholi turmush tarzini himoyalash tizimi, ekologiya, pedagogika va ijtimoiy ish sohasi shular jumlasidandir. Masalan psixologik lugʻatda xavf, sodir etilganda omadsizlik yoki yoʻqotish ehtimoli mavjud boʻlgan, oʻziga chorlovchi maqsadga qaratilgan xattiharakat sifatida qayd etiladi. Bu termin psixologiyada odatda uch mazmunda qoʻllaniladi:
Faoliyatdagi omadsizlik oqibatida vujudga kelgan koʻngilsiz holatlar natijasi;
Subyektga yoʻqotish (yutqazish, travma va h.k.) tahdidini tugʻdiruvchi harakat;
Xatti-harakatning ikki turi oʻrtasidagi tanlov: e’tibor jalb etmaydigan, ammo ishonchli;
E’tiborni tortadigan, ammo natijasi ishonchsiz, koʻngilsizliklar keltirib chiqaruvchi. Sotsiologiyada xavf mavjud emas, balki tarixiy, siyosiy va ijtimoiy munosabatlarni idrok etish orqali shakllangan dunyoqarashlar bor degan gʻoya mavjud.
G.V.Osipovning ijtimoiy lugʻatida «xavf» – bu salbiy oqibatlari va natijasi mavhum boʻlgan situatsion xatti-harakat deb ta’riflanadi. M.A.Gulinaning ijtimoiy ish lugʻatida «xavf» – insonning salomatligi yoki rivojlanishiga muayyan sharoit yoki boshqa shaxslar xatti-harakatlarining salbiy ta’siri sifatida ta’riflanadi. Ijtimoiy ishda “xavf” – bu magʻlubiyat yoki yetishmovchilik natijasida ijtimoiy ahvoli moʻtadil boʻlmagan shaxslarning vaziyat noaniqligini bartarf qilish bilan bogʻliq faoliyati hisoblanadi. Xavf guruhidagi shaxslar – ijtimoiy ahamiyatni yoʻqotish yoki biologikoʻlimga olib kelishi mumkin boʻlgan hayotiy qiyinchiliklarni yolgʻiz yenga olish imkoni yoʻq, ijtimoiy ahvoli barqaror boʻlmagan shaxslar hisoblanadi. «Xavf guruhiga mansub» bolalar – turli ilmiy tarmoqlarning oʻrganish predmeti hisoblanadi.
Psixologiya, pedagogika, ijtimoiy pedagogika, ijtimoiy ishda «Xavf guruhi»ga mansub bolalar turkumiga kattalar va tengdoshlari bilan munosabatda nizolar kelib chiqadigan, ta’limda qiyinchiliklarni xis qiluvchi, aqliy rivojlanishi oqsaydigan, ijtimoiy moslashuvi qiyin boʻlgan bolalar kiradi. Bolalarning xavf guruhiga mansub boʻlib qolishining turli salbiy etiologik ijtimoiy ildizlari mavjud. Asosiy sabablardan biri jamiyat va jinoiy elemetlarining inson xayotiga salbiy ta’siriga qarshi bolada voyaga yetmaganligi sababli kurash immuniteti yoʻqligidir. Bolalardagi salbiy omillarni kamaytirish, ularni optimal rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratishda mutaxassislarning alohida e’tibori va kompleks yondashuvi talab etiladi. «Xavf» soʻzi odatda istalmagan holda sodir boʻlishi yoki boʻlmasligi mumkin boʻlgan salbiy voqelik ehtimoli degan ma’noni anglatadi.
«Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida “ijtimoiy himoyaga muhtoj” bolalar tushunchasi qiyin xayotiy vaziyatda qolgan, davlat va jamiyat tomonidan maxsus himoya qilinishi talab etiladigan, shuningdek: - nogiron odamlar, jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsoni boʻlgan; - yetimlar; - ota-ona qaramogʻisiz qolgan; - maxsus tarbiya muassasalarida tarbiyalanayotgan; - muqim yashash joyi boʻlmagan; - kam ta’minlangan oilalar farzandlari; - jinoyat sodir etgan va jinoiy jazoga tortilgan; - zoʻravonlik va ekspluatatsiya, qurolli toʻqnashuvlar va tabiiy ofatlar qurboni boʻlgan bolalarga nisbatan qoʻllaniladi. - «Xavf ostida»gi bolalar - muayyan noqulay omillar ta’sirida biror bir salbiy vaziyatda qolgan bolalardir. 1. Pedagogik nuqtai nazardan «Xavf ostida»gi bolalar asosan, ruhiy va jismoniy salomatligi qarovsiz, uzoq vaqt davomida tarbiya berilmagan yoki notoʻgʻri tarbiyalangan bolalardir. Notoʻgʻri tarbiya shakllanishining asosiy omillari - oilaning past madaniy darajasi, otaonalarda pedagogik bilimning yetishmovchiligi, bolalar rivojlanishiningoʻziga xos jihatlarini e’tiborga olishni istamaslikdir.
Bunday bolalar aqliy, shaxsiy, intellektual rivojlanish sohalaridaoʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlib, kattalar va tengdoshlari bilan yetakchi faoliyat boʻlgan muloqot yetarli darajada tashkilanmagan boʻladi. «Xavf ostidagi bolalar» tushunchasiga quyidagilar kiradi:
- rivojlanishida muammolari mavjud, ammo klinik va patologik jihatdan sogʻlom bolalar;
- turli sabablarga koʻra ota-ona qaramogʻisiz qolgan bolalar; kam ta’minlangan, asotsial oilalar bolalari;
- Ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-psixologik jihatdan qoʻllab-quvvatlashga muhtoj oilalar farzandlari;
Ijtimoiy, psixologik va ta’limga moslashuvchanligi boʻlmagan bolalar.
Asosiy xavf omili sifatida quyidagilarni belgilash mumkin - Tibbiy va biologik (salomatlik koʻrsatkichi, irsiy kasalliklar, tugʻilish jarayonida orttirilgan kasalliklar, ruhiy va jismoniy rivojlanishidagi nuqsonlar, ona kasalligi) Ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-demografik (koʻp bolali va notoʻliq oilalar, voyaga yetmagan ota-onalar, ishsiz oilalar, muhojirlar oilalari, muhojirlar). Ijtimoiy-psixologik (oiladagi notoʻgʻri tarbiya, pedagogik bilimsizlik, oilaviy mojaro, ijtimoiy muhit va boshqalardan begonalashish Pedagogik (ta’lim muassasalari va ularning psixo-fiziologik xususiyatlarigaoʻrganish va boshqa bolalarga nisbatan aqliy rivojlanishi darajasi va tayyorgarlik sur’ati, ta’lim uchun motivatsiya yoʻqligi,).
Bolalarning deviant xulqli boʻlishiga odatda ota-onalarning oʻz bolaliklaridagi muammolari sabab boʻladi. Asotsial oilalarda tarbiyalanayotgan bolalarda, odatda,oʻzgalarni tushunish, xamdardlik hissi boʻlmaydi, ba’zan bunday holat emotsional “kar”likni keltirib chiqaradi. Bu esa kelgusida bola tarbiyasida mavjud nuqsonlarni bartaraf etishda mutaxassislar aralashuvi jarayonida bolaning qat’iy qarshilik koʻrsatishiga olib keladi. Bunday bolalarda agressiya yuqori,oʻz-oʻziga ishonch past boʻlib, bu ularning xayoti davomida saqlanib qoladi. Salbiy psixologik omillar bolalar va oʻsmirlar rivojlanishida deviant xulqni keltirib chiqaradi. Ba’zi bolalarda – bu oʻz joniga qasd qilish, jinoyat sodir etishga moyillik, fohishabozlik, giyohvandlikning turli shakllari orqali, boshqa xolda – bu psixiatrik kasalliklar natijasida, uchinchi holatda – kuchli va ogʻir patologik holatlarda namoyon boʻladi.
Deviant xulq – bolalarning yoshligidayoq bolalar va oʻsmirlar dezadaptatsiyasining turli koʻrinishlari sifatida namoyon boʻladi. Masalan: boladagi dezadaptatsiyaning kechishi va tabiatidan kelib chiqib patogen, ruhiy-ijtimoiy va ijtimoiy turlarga boʻlish mumkin. Patogen dezataptatsiya – markaziy asab tizimining funksional buzilishi natijasidagi asab kasalliklari, ruhiy rivojlanishdagi buzilishlar sababli yuzaga keladi. Ruhiy-ijtimoiy dezadaptatsiya – bolaning yoshi va jinsining individual psixologik xususiyatlari bilan bogʻliq boʻlib, rivojlanishida qaysarlik, toʻgʻri tarbiya berilmaganligi sababli yuzaga keladi. Ijtimoiy dezataptatsiya – boladagi oʻtish yoshida vujudga keladigan oʻsmirlik inqirozi oqibatida vujudga keladi. Bolalarning psixik jihatdan oʻsishida ta’lim va tarbiya gʻoyatda muhim ahamiyatga ega. Bolalar psixikasining oʻsishi bilan ta’lim va tarbiyaning oʻzaro munosabati haqidagi masalalarni hal etishga urinayotgan nazariyalar hozirda koʻp topiladi.
Ta’lim va psixik oʻsish bir-biriga yaqin va parallel holda boradi, ya’ni ta’limtarbiya bilan psixik oʻsish qadam-baqadam boradi. Bola bilan ishlaydigan oʻqituvchi, biologik omillar bilan emas, balki uning ijtimoiy oqibatlari bilan shugʻullanadi. Bu bolalarning jamiyatda rivojlanishini va integratsiyasini amalga oshirish demakdir. Bolada “men”i shakllanadi,oʻz qadriyatlarinioʻrganadi. “Ijtimoiy xavf” tipologiyasi tushunchasi mavjud boʻlib, bunga ob’ektiv yoki subyektiv sabablarga koʻra kiyin hayotiy vaziyatlarda qolgan, davlat tizimidagi ijtimoiy xizmatlar yordamiga va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar kiradi. Bunday oilalar: - qochoqlar va turar joyidan mahrum boʻlgan oila; - koʻp bolali yoki oʻz tarkibida alohida ehtiyojga muhtoj boʻlgan a’zosi mavjud oilalar; -oʻz tarkibida alohida ehtiyojga muhtoj boʻlgan farzandi mavjud oilalar; notoʻliq oilalar; - harbiy tez yordam tizimidagi oilalar; ishsiz oila; - harbiy – pudratchilar oilalari; - notinch hududlarda yashovchi oilalar. «Xatarli oilalar» muammosi ham nazariy va ham amaliy jihatidan ijtimoiy ish obyekti hisoblanadi.
Ilmiy adabiyotlarda «muammoli oila» yoki «ijtimoiy xavfi oilalar» degan aniq ta’rifi yoʻq. Shuning uchun turli manbaalarda “kam ta’minlangan”, “destruktiv», «disfunksional», «ijtimoiy xavfli vaziyatdagi» yoki «asotsial oila» tushunchasini uchratish mumkin. Shunday qilib, pedagogik nuqtai nazaridan «muammoli oila» – past ijtimoiy statusga ega boʻlgan, muayyan hayotiy funksiyasini bajarolmaydigan oiladir. Bunday oilalarda, bolaning ta’lim-tarbiya olishi qiyinchilik bilan amalga oshiriladi. «Xavf ostidagi» oila – bu farovon boʻlmagan oila boʻlib, unda ikki turdagi xavf mavjud. Birinchi turdagi xavf – bu jamiyat uchun tahdid soladigan xavfdir.
Bunday xavf turidagi oilaoʻzining qadriyatlari, tartib-qoidalari, bolalar tarbiyasidagioʻziga xos assotsial yoʻnalishi orqali jamiyatga tahdid soladi. Ikkinchi xavf turidagi oilada oila a’zolarining, ayniqsa bolalarning aqliy va jismoniy rivojlanishi uchun yetarli sharoit boʻlmaganligi natijasida ijimoiylashuv jarayoni past oilalardir.
Foydalanilgan adabiyotlar foʻyxati:
1. “Bolalar va yoshlarning ijtimoiy himoyasi va ta’minoti”oʻquv–uslubiy majmua Namangan-2024
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori “Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazini tashkil etish to‘g‘risida” 07.09.2004 y., 419-son.
Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.