ResearcherUz LogoResearcherUz
Dergiyi Görüntüle

IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALARDA YAKKABDAGI TA’LIM TARBIYANING TASHKILIY ASOSLARI.

Özet

Ushbu maqolada Imkoniyati cheklangan bolalarni yakka tartibdagi ta’lim tarbiyasining tashkiliy asoslari va bu ta’lim to’g’risida qabul qilingan qonunlar to’g’risida so’z yuritilgan.


Tam PDF Belgesi

İlgili Makaleler

Tam metin

TARBIYANING TASHKILIY ASOSLARI.

Ashurova Shohsanam

Termiz davlat pedagogika institute Maktabgacha ta’lim psixologiyasi va

pedagogikasi yo’nalishi 2-bosqich talabasi Annotatsiya: Ushbu maqolada Imkoniyati cheklangan bolalarni yakka tartibdagi ta’lim tarbiyasining tashkiliy asoslari va bu ta’lim to’g’risida qabul qilingan qonunlar to’g’risida so’z yuritilgan. Kalit so’zlar: Imkoniyati cheklangan bolalar, maxsus ta’lim, ta’lim va tarbiya, olegofrenopsixologiya.

Asosiy qism

O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining qarori: “Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo’lgan hamda uzoq vaqt davolanishga muhtoj bolalarning uyida yakka tartibdi ta’lim olishlarini tashkil etish tartibi to’g’risida” gi nizomga o’zgartirishlar va qo’shimcha kiritish haqida. O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 2- aprelda ro’yxatdan o’tkazildi, ro’yxat raqami: 2691-1.

BMT Bosh Ansabiliyasi tomonidan 1989-yil 20-noyabrda bir ovozdan qabul qilingan Bolalarni kamsitmaslik-konvensiyaning muhim tamoyillaridan hisoblanadi. Bolalar huquqlari to’g’risidagi konvensiya 1990-yil 2-sentiyabrda kuchga kirgan unga O’zbekiston Respublikasi 1992-yil 9-dekabrda qo’shilgan.

2020-yil 13-oktiyabrda “Alohida ta’lim ehtoiyojlari bo’lgan bolalarga ta’lim tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi PQ4860-son qarori qabul qilindi. Bu hujjat qonun hujjatlari qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2020-yil 14-oktiyabrdan kuchga kirgan. Hujjatga ko’ra 2020-2025-yillarda Xalq ta’limi tizimida Inklyuziv ta’limni rivojlantirish konsepsiyasi va 2020-2021-yillarda uni amalga oshirish bo’yicha “Yo’l xaritasi” tuzib chiqiladi. 16-yoshgacha nogironligi bo’lgan bolalar deganda jismoniy, aqliy, ruhiy yoki sensor(sezgi) nuqsonlari borligi tufayli turmush faoliyati cheklanganligi munosabati bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nogiron deb topilgan hamda ijtimoiy yordamga va himoyaga muhtoj shaxslar tushuniladi.

Bola huquqlari kafolatlari to’g’risidagi qonunning 3-bob Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar huquqlarining qo’shimcha kafolatlari 29-moddasida: Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolarning ta’lim olish huquqlari kafolatlari Davlat maxsus pedagogic yondashuvga ehtiyoji bo’lgan ijtimoiy himoyaga muhtoj bolarning belgilangan ta’lim standartlari va ta’alablari darajasida bilim olishlariini kafolatlovchi zarur mablag’lar ajratadi, hamda, boshqa choralar ko’radi.

Uyda yakka tardibda ta’lim berishning asosiy maqsadi o’quvchilarning ta’lim olishga bo’lgan huquqlarini ta’minlash hamda ularning ta’lim olishlari uchun zarur sharoit yaratishdan iborat.

Uyda yakka tartibda ta’lim berishning asosiy vazifalari: - O’quvchilarning umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim standartlari hamda ular asosida ishlab chiqilgan (Aqli zaif bolalar uchun) maxsus ta’lim talablariga muvofiq bilim olishlarini ta’minlash. - Barkamol, jismonan va ma’naviy sog’lom shaxsni voyaga yetkazish, o’quvchilarg madaniy-ma’rifiy qadriyatlarni, fuqarolik va vatanparvarlik hislarini shakillantirish. - Ta’lim berish jarayonida o’quvchilarning sog’ligini himoyalovchi dars jadvaliga rioya etilishini ta’minlash.

Inkilyuziv ta’lim – bu maxsus ta’lim extiyojlari va individual imkoniyatlarning xilma-xilligini hisobga olgan holda barcha taxsil oluvchilar uchun ta’lim muassasalarida ta’lim olish imkoniyatini teng ravishda ta’minlashdir. Barkamol shaxsni tarbiyalashda ularning ruhiy jarayonlarining rivojlanishini ayniqsa imkoniyati cheklangan alohida yordamga muhtoj bo’lgan bolalarning ruhiy jarayonlarini xususiyatlarini bilish difektolik mutaxasislar uchun kata ahamiyatga ega.

“Maxsus psixologiya” o’quv qo’llanmasi to’rt bo’limdan iborat bo’lib, birinchi bo’lim olegofirenopsixologiya, ikkinchi bo’lim sudropsixologiya, uchunchi bo’lim logopsixologiya va to’rtinchi bo’lim tiflopsixologiya deb nomlangan.

Olegofrenopsixologiya- aqli zaif bolalar psixologiyasi. Maxsus psixologiyaning bir tarmog’I bo’lib, aqli jihatdan turli darajada miyyordan cheklangan bola va o’quvchilarning ruhiiy qonuniyatlarini o’rganadi. Maxsus psixologiya nuqsonli bolalarning ruhiy qonuniyatlarini o’rganuvchi fan bo’lib, quyidagi qisimlardan iborat: 1. Ko’zi ojzlar psixologiyasi (Tiflopsixologiya). 2. Kar saqovlar psixologiyasi (Sudropsixologiya). 3. Aqli zaiflar psixologiyasi (Olegofrenopsixologiyasi). 4. Nutqi buzilgan bolalar psixologiyasi. 5. Psixik jihatdan orqada qolgan bolalar va rivojlanishda turli o’zgarishlar bor bo’lgan bolalar psixologiyasi.

Nuqsonli bolalar ichida aqli zaif bolalar ruhiyati nisbatan mukammal o’rganilgan tarmoqdir. Ammo bu tarmoq ham normal bolalar ruhiyatiga nisbatan birmuncha keng atroflicha o’rganilmagan. Aqli zaif bolalar psixologiyasi fanining maqsad va vazifalari shu toifa bolalarning ruhiy xususiyatlari haqidagi bilimlar bilan difektologlarni, olegofreno pedagoglarni qurollantirishdan iborat. Aqli zaif bolalar ta’lim tarbiyasi korreksiyasini to’g’ri tashkil qilish uchun bu bolalarning xususiyatlari haqida bilimlar juda zarur.

Ma’lumki har bir fan o’zining yuzaga kelish rivojlanish, taraqqiy qilish tarixiga qonuniyatlariga ega, shu singari aqli zaif bolalar psixologiyasi fani ham ma’lum rivojlanish tarixiga ega. Aqli zaif bolalar ruxiyatini o’rganishning mumkinligi va zarurligi tibbiyot, xususan psixiatreyaning rivoji bilan uzviy bog’liq. XVII-asr oxirlari XIX-asr boshlarida aqli zaif bolalarni davolash, tatbiyalash, o’qitishga oid ma’lum ijodiy qarashlar yuzaga keldi va shakillana boshladi. Shuni eslatib o’tish joizki aqli zaif bolalar ta’lim tarbiyasida dastlab asosan aqli nuqsoni og’ir darajadagi bolalar ustida boshlangan. 1858-yilda rus pedagogi N.A.Dobrolyubov tomonidan aqli zaif bolalarning o’ziga xos xususiyatlari ochib berildi. Uning ko’rsatishicha “faollikning pastligi”, “ sekin idrok qilish ” , “quruq yodlashning ustunligi” , “ bir xildagi harakatlar ” , “ yangi sharoitlarga yomon moslashish ” , “bilimlarni to’g’ri ishlata olmaslik ” – aqli zaif bolalarga xos xususiyatlar ekan. Hozzirgi paytda aqli zaif terminini o’rniga unining sinonimlarini ishlatishga harakat qilinmoqda negaki bu termin bolani faqat aqliy jihatdan noadekvatligini bildiradi. U esa motorika, hissiy-irodaviy doira va bir butun shaxsiy yetishmovchiliklarga ega. Undan tashqari tashxisning u shakli ota-onalarga og’ir botadi. Alohida yordamga muhtoj bolalar Imkoniyati cheklangan bolalar” deb yuritilmoqda.

Aqli zaif bolalarni ayrim qismi ommaviy umumta’lim maktablarida tashkil qilingan karriksion rivojlanttirish ta’lim sinflarida o’qiydilar, hamda uy sharoitida individual o’qitiladi. Bolada murakkab nuqsonning borligi uning rivojlanish, yo’nalishini tormozlaydi, nuqsonlarning koreksiyalash imkoniyatini kamaytiradi, o’quv tarbiyaviy jarayonini tashkil qilishni sezilarli qiyinlashtiradi. Bunday bolalar bilan muvofaqqiyatli ish olib boorish e’tibor va keng bilim doirasiga ega bo’lishni talab qiladi. Murrakab nuqsonli bolalar alohida muammoni yuzaga keltiradilar, ular maxsus o’rganilishi kerak. Lekin bu turdagi tadqiqotlar juda kam. Aqli zaif bolalarga og’izaki mantiqiy fikrlashbuzilishi xotiraning, idrokning, ixtiyoriy diqqatning buzilishlari xosdir. Mana shu umumiy psixologik xususiyatlarni hisobga olib o’quv darsliklari va darsliklar tuziladi, maxsus usullar ishlab chiqiladi va sinflarda frontal ishlar tashkil qilinadi. O’zigfa xos xususiyatlari bilan sinfdoshlaridan keskin farq qiluvchi ayrim o’quvchilar ham uchraydi, shuningdek bola u joyda juda bo’sh mo’ljalga noladi, bu uni yozish, o’qish, matematika va boshqa predmetlarga o’qitishda qiyinchilik tug’diradi. O’quvchi individual yondashishga muhtoj, busiz u o’quv dasturini o’zlashtirolmaydi.

Xulosa qilib aytganda men imkoniyati cheklangan bolalarni yakka tartibdagi ta’lim tarbiyasiga berilayotgan imkoniyatlar ularning barcha bolalar singari ta’lim olish jarayonlariga individual yondashuvlar albatta o’z samarasini berishi va ular jamiyatda o’z o’rinlariga ega bo’lishlariga sabab bo’ladi deb o’ylayman. Hozzirgi kunda bunday bolalarning “Aqli zaif” – terminini o’rniga “ Imkoniyati cheklangan bolalar ” deb yuritilishi bu bolalar uchun hamda mendek mana shunday bolani tarbiyalayotgan onalar uchun og’irlik qilmaydi. Har bir ota-ona bolasi sog’lom yoki imkoniyati cheklangan bola bo’lishidan qat’iy nazar ularning ta’lim tarbiya olishini va jamiyatda o’z o’rnini topgan shaxs bo’lib shakllanishini xoxlaydi. Bunaqa bolalarning tug’ilishiga ko’plab omillar sabab bo’lishi mumkin. Masalan: Qarindoshlar o’rtasidagi nikoh, Endogen va Ekzogen omillar, onaning yuqimli kasalliklar (qizilcha, xomilaning alkagol bilan zaxarlanishi, narkotiklar, dorilarni haddan ziyod qabul qilish onaning Endokren kasalliklari, xromsoma buzilishlari) muhim rol o’ynaydi. Ona qornida rivojlanish davrida tug’riq paytida va bir-bir yarim yoshida olingan miyya shkastlanishlari ma’lum ahamiyatga ega. Shu bilan bir qatorda hozzirgi iqtisodiy va ekologik vaziyat ham kata rol o’rnaydi. Bunday bolalar ro’xiyati birmuncha keng va atroflicha o’rganilmagan ular uchun maxsus o’rganilishi kerak bo’lgan tatqiqotlar kam bo’lishiga qaramasdan berilgan maxsus psixologiya, pedagogika o’quv qo’llanmalaridan foydalangan holda ular bilan individual tarzda ishlash kerak bo’ladi va bu jarayonlar asta sekinlik bilan bo’lsada bunday bolalar hayotida ijobiy burilishlar yasaydi. Imkoniyati cheklangan bolalarning umumta’lim ommaviy maktabida qolishi ko’pincha unga hech qanday foyda keltirmaydi va bir qator xollarda jiddiy oqibatlarga olib keladi. Uning shaxsiyatida doimiy keskin salbiy siljishlar sodir bo’ladi. Ular uchuun ko’pincha individual xususiyatlariga ko’ra va ota-onalar iltimosiga binoan uyda tarbiyalanadilar va o’qitiladilar.

Men bunday bolalar uchun imkoniyatlar ko’payishiga ishonaman. “Bolaning begonasi bo’lmaydi” degan naqlda ish yuritilsa jamiyatda har bir bola o’z imkoniyat darajasidan kelib chiqib o’rnini topadi.

Foydalanilgan adabiyot 1. Maxsus psixologiya. L.R.Mo’minova, Sh.M.Amirsaidova, Z.N.Mamarajabova, M.U.Hamidova, D.B.Yakubjanova, Z.M.Djalolova, N.Z.Abidova. O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti Toshkent-2003, 3-19-betlar

Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.