INGLIZ TILINI OʻTGATISHNING ZAMONAVIY USULLARI
Denov tadbirkorlik va pedagogika institute Filologiya fakulteti xorijiy til va
adabiyoti: Ingliz tili yoʻnalishi 205-guruh talabasi
Roʻziyeva Farangiz
Annotatsiya: Hozirgi kunda ingliz tilining oʻrni beqiyosdir. Uni oʻrganish va oʻrgatish kundan kunga rivojlanib bormoqda. Ushbu maqolada siz ingliz tilini oʻrgatishning zamonaviy metodlari va texnalogiyalari haqida bilib olishingiz mumkin. Ushbu metodlar orqali ingliz tilini oʻquvchilaringizga oson va qiziqarli oʻrgatishingiz mumkin.
Kalit soʻzlar: Til, ingliz tili, taʼlim texnologiyalari, qiziqish, faollik, foydali metodlar.
Annotation: Nowadays, the role of the English language is incomparable. Learning and teaching it is developing day by day. In this article, you can learn about modern methods and technologies of teaching English. Through these methods, you can teach English to your students in an easy and interesting way.
Key words: Language, English, Educational technologies, interest, activity, useful methods
KIRISH
Ingliz tili dunyoda eng ko‘p insonlar tomonidan so‘zlanadigan tillar qatoriga kiradi. Ingliz tilini o‘rganish uchun ko‘p sabablarni keltirib o‘tishim mumkin. Ingliz tili Yevropa Ittifoqi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Jahon Savdo Tashkiloti va Xalqaro Valyuta Jamg'armasi kabi ko'plab yirik xalqaro tashkilotlarning rasmiy tili hisoblanadi. Babbel ma’lumotiga ko‘ra, yer yuzida 7.5 milliard inson bo‘lsa, shulardan 20% insonlar ingliz tilini bilishar ekan. Har 5 odamdan bir kishi ingliz tilini bilishi yoki tushunishi ayni haqiqat deb qarasak, ingliz tilini bilgan odam dunyoning qaysi nuqtasiga borsa ham so‘zlasha olar ekan.
Ingliz tili ilm-fan, texnalogiyalar, turizm va diplomatik aloqalar tili hisoblanadi. Keling xohlagan dasturlash tilini olaylik, barchasi ingliz tilida yozilgan. Eng yaxshi kitoblar, maqolalar ingliz tilida choq etiladi. Diplomatik munosabatlar barchasi ingliz tilida yuritiladi. Birinchi ma’lumot ingliz tilida ommaga tatbiq qilinadi. Ingliz tilini bilgan odam, birinchilardan bo‘lib dunyo yangiliklaridan bahramand bo‘ladilar. Ingliz tilidan internet olamida ham juda keng foydalaniladi. Ko‘pgina veb sahifalar, platformalar, ilovalar ingliz tilida yozilgan. Ingliz tilini bilsangiz, ko‘pgina qiziq forumlar, zamon bilan hamnafas bahs-munozaralarda ishtirok etishingiz mumkin.
Ingliz tili oson alifbodan tashkil topgan. Boshqa tillarga solishtirganda o‘rganish oson. O‘rganish uchun manbalar ko‘pligi bo‘yicha ham ingliz tili turadi. Ingliz tili qiziq til. Uni o‘rganishni boshlagan odam hechqachon zerikmaydi. Oson o‘rganish usullari mavjud. Barcha ma’lumotlar ingliz tilida bo‘lgani uchun, atrof muhit ingliz tiliga boy. Shuni inobatga olsak, ingliz tilini o‘rganishga sayohat juda oson kechadi. Eng yaxshi oliygohlar, o‘quv kurslari, onlayn kurslar ingliz tilida. Siz bilgan MIT, Harvard, Oxford universitetlari programmalari barchasi ingliz tilida. Dunyoning eng nufuzli 1000ta universiteti ingliz tilida programmalar taklif qilishadi. Kasb mutaxasislari ingliz tilini bilishadi. Dasturlash tili mutaxasistlari barchasi ingliz tilini bilishi talab qilinadi. Ingliz tilini bilishingiz sizni boshqa davlatlarga qo‘rqmasdan ko‘chib o‘tib ozroq vaqt yashab, o‘qib, ishlashingizga zamin yaratadi. Migratsiya uchun yo‘l bu ingliz tili hisoblanadi. Amerika, Avstraliya, Kanada, Yangi Zellandiya va Yevropaning ko‘pgina davlatlari ingliz tilida o‘qish, ishlash va yashash imkonlarini beradi. Ingliz tilini bilsangiz, sayohat qilishdan qo‘rqmasangiz ham bo‘ladi. Dunyoning qaysi burchagiga borsangiz ham o‘z rizqingizni shu sabab topa olasiz.
Yuqoridagi fikrlardan maʼlum boʻladiki, ingliz tilini oʻrganish sizga juda keng imkoniyatlar yaratib beradi. Bu tilni mukammal bilish sizga xohlagan davlatingizga oʻqish yoki ishlash uchun borish va u yerda qiynalmasdan yashashga yordam beradi
ASOSIY QISM
Respublikamizda chettilining o'qitilishi, chet tili o'qituvchilarining bilim va ko'nikmalarini baholashning umumevropa ramkalari tavsiyanomalari (CEFR) ga mos ravishda yangi usul va talablari ishlab chiqildi. Unga ko'ra umumta'lim maktablari va kasb-hunar kollejlari o'quvchilari uchun darsliklar yaratildi. Ushbu talablarga mos ravishda o'quv xonalari stendlar va yangi axborot kommunikativ texnikalar bilan jihozlandi. Chet tili o'rganishga bo'lgan talab ham kundan kunga oshib bormoqda. Chet tili fani to'rt aspectga (o'qish, yoish, tinglab tushunish va gapirish) bo'linib, ularning har biri bo'yicha alohida tushuncha va ko'nikmalar berilmoqda. Ta'lim texnologiyalari, bu ta'lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan unumli foydalanishdir. Shuningdeck, ta'lim jarayoniga zamonaviy innavatsion texnologiyalarini olib kirish orqali ta'lim sifati va samaradorligini oshirishni nazarda tutadi. Xususan, chet tilini o'rganishda bunday axborot-kommunikatsion texnoogiyalardan foydalanishning bir qancha afzalliklari mavjuddir. Til o'rganish va o'qitishda zamonaviy taxnologiyaning roli beqiyosdir. Texnologik vositalardan foydalanish chet tili o'rganishning har bir aspect (o'qish, yoish, tinglab tushunish va gapirish)ida qo'l keladi. Masalan, tinglab tushunish uchun, albatta kompyuter, player, CD disklarsiz bu jarayonni amalga oshirish mumkin emas. Tinglab tushunish til o'rganishning eng muhim qismlaridan biridir. Bunda o'quvchi bir paytning o'zida so'zlovchining talaffuzi, grammatik qoidalarga rioya qilganligi, so'z boyligi va uning ma'nolariga e'tibor berishi talab qilinadi. Ta'lim jarayonida zamonaviy texnologiyalardan foydalanishda o'quvchilar ham axborot - kommunikatsion texnologiyalarni yaxshi bilish va ulardan foydalana olishi muhim omil hisoblanadi. Chet tilini zamonaviy texnologiyalardan foydalanib o'rgatish va o'rganish eng samador usullardan biridir.
Bu jarayonda, jumladan:
− kompyuterlardan foydalanganda o'quvchi chet tilidagi video roliklarni, namoyishlarni, dialoglarni kino yoki multfilmlarni ham ko'rishi ham eshitishi mumkin;
− chet tilidagi radio eshittirishlar va televideniedagi dasturlarni eshitish va tomosha qilish mumkin;
− ancha an'anaviy usul hisoblanadigan magnitafon va cassetalardan foydalanish;
− CD pleyerlardan foydalanish mumkin. Bu texnik vositalardan foydalanish o'quvchilarning chet tilini o'rganishlari jarayonini qiziarliroq va samaraliroq bo'lishini ta'minlaydi
Ingliztilinioʻrgatishdako’proq interfaol metodlarga e’tiborni qaratish ta’lim samaradorligini oshiradi. Ingliz tili darslariga qo’yilgan eng muhim talablardan biri talabalarni mustaqil fikrlashga o’rgatishdir. Bugungi kunda ingliz tili o’qituvchilari Amerika Qo’shma Statlari, Angliya pedagoglari tajribasiga tayangan holda quyidagi innovatsion metodlardan foydalanib kelishmoqda: − “Muammoli vaziyat yechimi” (Creative Problem Solving) bu usulni qo’llash uchun hikoyaning boshlanishi o’qib beriladi qanday yakun topishi o’quvchilar, talabalar hukmiga havola qilinadi; − “Quvnoq topishmoqlar” (Merry Riddles) o’quvchilarga topishmoqlar o’rgatish Ingliz tilini o’rgatishda muhim ahamiyatga ega, ular o’zlariga notanish bo’lgan so’zlarni o’rganadilar va o’ylab topishmoq javobini topadilar; − “Tezkor javob” (Quick answers) o’tilgan dars samaradorligini oshirishda yordam beradi; − “Chigil yozdi” (“Warm-up exercises”) o’quvchilarni darsga qiziqtirish uchun sinfda har xil o’yinlardan foydalanish [3]; − “Pantomima” (pantomime) bu usul juda qiyin mavzular tushuntirilishi kerak bo’lgan darsda yoki yozma mashqlari bajarilib, talabalar charchagan paytda foydalanilsa bo’ladi; − “Hikoya zanjiri” (a chain story) usuli o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirishda yordam beradi; − “Rolli o’yinlar” (Acting characters) bu usul darsning barcha tiplarida qo’llanilishi mumkin. Hunarga o’rgatish uchun “Interpretter”, “Translator”, “Writer”, “Poet” kabi kasbdagi kishilar darsda ishtirok etishib o’quvchilar bilan suhbatlashishlari mumkin; “Allomalar yig’ini” (Thinkers meeting) U.Shekspir, A.Navoiy, R.Burns kabi shoirlar va yozuvchilarni “taklif qilish” mumkin. Bunday paytda ular aytib ketgan hikmatli so’zlardan darsda foydalanish yoshlarni komil inson bo’lib tarbiyalanishiga yordam beradi; − “Rasmlar so’zlaganda” (When pictures speak) usuli ancha qulay bo’lib, ingliz tilini o’rgatishda, talaba, o’quvchilarning og’zaki nutqini rivojlantirishda yordam beradi, buning uchun mavzuga oid rasmlardan foydalanish lozim; − Kviz kartochkalari (quiz cards) o’quvchilarning soniga qarab kartochkalar tarqatiladi va hamma talabalar bir vaqtda darsda ishtirok etish imkonini beradi bu esa vaqtni tejaydi. Ko’rib chiqqnimizdek, har bir innovatsion texnologiya o’ziga xos afzallik jihatlariga egadir. Bunday usullarning barchasida o’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi hamkorlik, o’quvchining ta’lim jarayonidagi faol harakati ko’zda tutiladi.
XULOSA VA MUNOZARA
Xulosa qilib aytganda, Ingliz tili darslarida innovatsion usullarni qo'llash natijasida o'quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi, nutqi ravonlashadi, tez va to'g'ri javob berish malakasi shakllanadi. Bunday usullar o'quv chida bilimga ishtiyoq uyg'otadi. O'quvchi darslarga puxta hozirlik ko'rishga intiladi. Bu esa o'quvchilarni ta'lim jarayonining faol sub'yektlariga aylantiradi. Ta'lim tizimi o'z oldiga erkin fikrlovchi, barkamol, yetuk shaxsni tarbiyalashni vazifa qilib qo'yar ekan, kelgusida biz bo'lajak o'qituvchilar innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish yo'llarini yanada mukammalroq ishlab chiqshimizimiz bi lan o'z xissamizni qo'shishimiz mumkin.
Zamonaviy tilni o‘rgatish ko‘proq madaniyatli shaxsni shakllantirishga qaratilgan bo‘lib, u o‘z-o‘zini tahlil qilish va yangi bilimlarni tizimlashtirish ko‘nikmalariga ega ekan. Innovatsion usullar butun tizimni modernizatsiya qilishning ajralmas qismidir. Shunga amin holda o‘qituvchilar eng ilg‘or yondoshuvlar bilan tanishishlari va keyinchalik ularni birlashtirishi va o‘z ishlarida foydalangan holda ta‘lim tizimida sezilarli o‘sishga erishish mumkin. Ko‘plab tashkilotlar axborotni jo‘natish va olish uchun multimedia imkoniyatlaridan foydalangan holda yangi darajaga o‘tmoqda. Kompyuterlar va boshqa qurilmalardan foydalanish butun ta‘lim jarayonining muvaffaqiyatini belgilaydi. Ta‘lim jarayonida o‘tkaziladigan treninglarda nutq ko‘nikmalarini shakllantirishga va ijtimoiy moslashuvchanlikni rivojlantirishga еtarli e‘tibor berilishi kerak.
ADABIYOTLAR RO’YXATI
1. Bekmuratova UB “Ingliz tilini o'qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish” mavzusida referat. Toshkent-2012
2. M. Xoldorova, N. Fayziyeva, F. Rixsittilayeva. "CHET TILINI
O'QITISHDA YORDAMCHI VOSITALARDAN FOYDALANISH". Tashkent
Nizomiy nomidagi TDPU, 2005.
3. Otaboeva, M. R. Chet tilini o'qitishda zamonaviy innovatsion texnologiyalaridan foydalanish va uning samaradorligi / M. R. Otaboeva. — Text: direct, electronic // Young scientist. - 2017.
4. Johnson, KE The Sociocultural Turn and Its Challenges for Second Language Teacher Education. // TESOL Quarterly., - London., 2006.
5. Harmer J. The Practice of English Language Teaching. - London.,
6. Passov E. I. General method of foreign exchange training. -Moscow., 1985.
7. Akbar T. Opportunities to Form Spiritual Competence in Students of the 10-11th Class //Web of Scholars: Multidimensional Research Journal. – 2022. – Т. 1. – №. 8. – С. 160-167.
8. Rustamovich T. A. Islom Ta’limotlarda Shaxs Ma’naviyati Masalalari
//TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI. – 2021. – Т.
1. – №. 5. – С. 186-190.
9. Rustam o‘g A. T. et al. Milliy oʻquv dasturining hayotimizdagi oʻrni //Journal of Universal Science Research. – 2023. – Т. 1. – №. 5. – С. 88-93.
10. TA Rustamovich (2021) Issues of Personal Spirituality in Islamic Teaching International Journal of Trend in Scientific Research and Development
(IJTSRD) 1(6), 886-889
11. Akbar To‘raqulov Rustam o‘g‘li, & Hakimova Nigina Ma`mur qizi. (2023). Milliy oʻquv dasturining hayotimizdagi oʻrni. Journal of Universal Science Research, 1(5), 88–93. Retrieved from
12. Akbar To‘raqulov Rustam o‘g‘li, & Jumanazarova Durdona Abduvohidovna. (2023). Oliy ta’limda korrupsiyaga qarshi kurashish. Journal of Universal Science Research, 1(5), 101–109. Retrieved from
13. Akbar To‘raqulov Rustam o‘g‘li, & Xurramova Aziza Abdurasul qizi.
(2023). XALQARO BAHOLASH DASTURI ASOSIDA O‘QUVCHILARNING
BILIMINI BAHOLASH METODOLIGIYASI. Journal of Universal Science Research, 1(5), 94–100. Retrieved from
14. Akbar To‘raqulov Rustam o‘g‘li, & Abdullayeva Xumora O‘tkirbekovna. (2023). TA’LIM METODLARI VA VOSITALARI. Journal of Universal Science Research, 1(5), 503–508. Retrieved from
15. Akbar To‘raqulov Rustam o‘g‘li, & Choriyeva Diyora Muhiddinovna. (2023). Boshlang‘ich ta’limda tarbiya metodlari. Journal of Universal Science Research, 1(5), 509–512. Retrieved from
16. Saidova Parvina Mirzo qizi, & Murodullayeva Zaytuna Abdulloyevna.
(2023). SHARQ MUTAFAKKIRLARINING MA’NAVIY TARBIYA HAQIDAGI
TA’LIMOTLARI. Journal of Universal Science Research, 1(5), 340–351. Retrieved from http://universalpublishings.com/index.php/jusr/article/view/665
17. Saidova Parvina Mirzo qizi, & Saparova Shalola Sheraliyevna. (2023).
ABDURAUF FITRATNING “OILA” ASARIDAGI MA’NAVIY-AXLOQIY
QARASHLARI. Journal of Universal Science Research, 1(5), 352–362. Retrieved from http://universalpublishings.com/index.php/jusr/article/view/666
Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.