TAHLILDAN FOYDALANISH
Doniyorova Yorqinoy Gulomovna
Samarqand Agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti doktoranti
Annotatsiya. Ushbu maqolada ta’lim muassasalarida xorijiy tillarni o‘qitish samaradorligini oshirish yo‘llari bayon etilgan. Differensiatsiyaviy yondashuv asosida o‘quvchining individual xususiyatlarini hisobga olib, psixometrik tahlil asosida o‘qitish metodikasini rivojlanlashtirishga qaratilgan taklif hamda tavsiyalar keltirilgan.
Kalit so‘zlar: xorijiy tillarni o‘qitish, differensiatsiyaviy yondashuv, psixometrik tahlil, individual yondashuv.
Аннотация. В данной статье изложены способы повышения эффективности преподавания иностранных языков в образовательных учреждениях. Представлены предложения и рекомендации, направленные на совершенствование методики обучения на основе психометрического анализа с учетом индивидуальных особенностей учащихся при применении дифференцированного подхода.
Ключевые слова: преподавание иностранных языков, дифференцированный подход, психометрический анализ, индивидуальный подход.
Abstract. This article deals with effective ways to improve the teaching of foreign languages in educational institutions. The author presents practical suggestions and recommendations aimed at enhancing teaching methodology based on differentiated instruction, taking into account students' individual psychological and intellectual characteristics through psychometric analysis.
Key words: English language teaching, differentiated approach, psychometric analysis, individual approach.
Bugungi globallashuv davrida xorijiy tilni bilish zamon talabi bo‘lib, u har bir mutaxassis uchun zarur bo‘lgan zamonaviy kasbiy ko‘nikmalarning ajralmas qismiga aylangan. Oliy ta’lim tizimida xorijiy tillarni, xususan ingliz tilini samarali o‘qitish muhim vazifalardan biri sanaladi. Bu borada izchil tadqiqotlar olib borilmoqda va aniq maqsadlarga yo‘naltirilgan rejalar amalga oshirilmoqda. Ta’lim jarayonida differensiatsiyaviy yondashuv hamda psixometrik tahlil asosida har bir talabaga moslashtirilgan, ularning individual qobiliyatlari, yutuqlari, muammolari va ehtiyojlarini inobatga oluvchi o‘quv strategiyalarini ishlab chiqish muhim ahamiyatga egadir.
O‘quvchilarning bilim darajasi, qiziqishlari, o‘rganish uslubi, tushunish shakli hamda psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda o‘qitish metodikasini moslashtirish tamoyili bu - differensiatsiyaviy yondashuv. Ayniqsa, ingliz tilini o‘rgatishda ushbu yondashuv quyidagi asosiy jihatlar bo‘yicha amalga oshiriladi:
Talabalarning individual darajasiga mos topshiriqlar berish: kuchli va sust o‘zlashtiruvchi talabalarga alohida yondashuv asosida maxsus topshiriqlar tayyorlanadi. Bu orqali har bir o‘rganuvchining o‘ziga xos o‘rganish sur’ati e’tiborga olinadi.
Dars materiallarining turli uslub va formatlarda tanlanishi: ta’lim jarayonida turli manbalar asosida shakllantirilgan materiallardan foydalanish, o‘quvchilarning o‘ziga mos ta’lim usullarini topishlariga yordam beradi.
Mustaqil ta’limga rag‘batlantirish: o‘quvchilarda mustaqil o‘rganishga qiziqish uyg‘otuvchi metodlarni joriy etish orqali ularning bilim olishdagi faolligi va mas’uliyatini oshirishga erishiladi.
Psixometrik tahlil – bu o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma hamda qobiliyatlarini aniqlashga xizmat qiluvchi ilmiy o‘lchovlar tizimidir. Mazkur yo‘l bilan aynan o‘quvchilarning o’ziga xos fazilat va xususiyatlari o‘rganilib, aynan ta’lim olish jarayoniga moslashtiriladi. Ushbu tahlil orqali quyidagi jihatlarni ichiga oladi:
talabalar guruhlar bo‘yicha saralanadi;
individual yondashuv strategiyasi ishlab chiqiladi hamda o‘quv natijalari nazorat
qilinadi va baholanadi.
Psixometrik tahlil asosida o‘qitish jarayonining bosqichlari va amaliy tavsiyalari bir necha shaklda namoyon boʻladi.
Diagnostika bosqichi: O‘quv jarayoni boshlanishida talabalar psixometrik testlar orqali baholanadi. Ushbu testlar natijalari tahlil qilinib, har bir talabaning individual o‘quv ehtiyojlari aniqlanadi.
O‘quv rejalashtirish: Psixometrik testlar natijasiga asoslanib, ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan o‘qitish usullari va topshiriqlar differensiyalanadi. Har bir talaba uchun mos metodlar tanlanadi.
Monitoring va tahlil: Ta’lim jarayonining oraliq va yakuniy baholash natijalari asosida o‘quv faoliyatining samaradorligi o‘lchanadi. Olingan natijalar tahlil qilinib, baholash mezonlari qayta ko‘rib chiqiladi va o‘quvchilarning rivojlanish darajasi aniqlanadi.
Psixometrik tahlildan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar:
a) Semestr boshida psixometrik testlarni o‘tkazish – bu orqali talabalar bilim darajasi aniqlanadi va semestr davomida erishilgan natijalar bilan taqqoslash imkoniyati yaratiladi.
b) Differensiatsiyalangan topshiriqlarni guruh mashg‘ulotlariga integratsiya qilish – mashg‘ulotlar davomida turli formatdagi topshiriqlar orqali talabalarning individual xususiyatlari chuqurroq o‘rganiladi.
c) O‘qituvchilarning psixopedagogik kompetensiyalarini rivojlantirish – psixometrik yondashuvdan samarali foydalanish uchun o‘qituvchilarning psixologik bilim va ko‘nikmalarini doimiy ravishda takomillashtirish muhim hisoblanadi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, chet tilini samarali o‘qitishda differensiatsiyaviy yondashuv hamda psixometrik tahlilning qo‘llanilishi o‘quvchilarning bilimni o‘zlashtirish darajasini sezilarli darajada oshiradi, shuningdek, har bir talabaning individual xususiyatlariga moslashtirilgan ta’limni amalga oshirish imkonini yaratadi. Natijada o‘quv jarayonining sifat ko‘rsatkichlari yaxshilanadi, ta’lim samaradorligi ortadi. Ushbu yondashuvlar ta’lim tizimining modernizatsiyasi va o‘rganuvchilarning shaxs sifatida har tomonlama rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. Shuningdek, har bir talabaga mos o‘quv strategiyasi ishlab chiqilishi natijasida o‘rganishga bo‘lgan ichki motivatsiya oshadi.O‘quvchilarda mustaqil fikrlash, muammoli vaziyatlarda yechim topish ko‘nikmalari shakllanadi.
Ta’lim jarayonida o‘zaro tushunish va ijobiy psixologik muhitni yaratish imkoniyati kuchayadi.O‘qituvchining metodik yondashuvi yanada tizimlashtiriladi va samarali rejalashtirishga asos bo‘ladi. Umuman olganda, bu kabi innovatsion yondashuvlar xalqaro ta’lim standartlariga mos, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Tomlinson, C. A. (2014). The Differentiated Classroom: Responding to the Needs of All Learners. 2. Kaplan, R. M., & Saccuzzo, D. P. (2012). Psychological Testing: Principles, Applications, and Issues. 3. Ellis, R. (2008). The Study of Second Language Acquisition. 4. Brown, H. D. (2004). Language Assessment: Principles and Classroom Practices. 5. Luckin, R. et al. (2016). Intelligence Unleashed: An Argument for AI in Education. Pearson Education. 6. Shavkieva M. S., Daniyorova Y. The Linguistic Analysis of Syntactic Units, Word Combinations and Sentences // Galaxy International Interdisciplinary Research Journal. – 2023. – T.11. – № 4 – C. 361-363. 7. Shavkieva M. S., Daniyorova Y. The Linguistic Analysis of Translating Syntactic Units and Word Combinations from English into Uzbek // Galaxy International Interdisciplinary Research Journal – 2023. – T.11. – № 4 – C. 359-360. 8. Shavqiyeva M. S., Tursunova O. T., Shamsiyeva X. SH. General Characteristics of
English Nouns // BEST JOURNAL OF INNOVATION IN SCIENCE, RESEARCH AN
DEVELOPMENT – 2023. – T.3. – № 6 – C. 524-527.
9. Tursinova K.N., Maxmudova M.M., Shavqiyeva M. S. O‘quvchilarning kommunikativ ko‘nikmalarni rivojlantirishda integrativ o‘quv metodlar va axborot texnologiyalardan foydalanish // SCIENCE AND INNOVATION IDEAS IN
MODERN EDUCATION – 2025. – № 3 – C. 33-37.
Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.