ResearcherUz LogoResearcherUz
Dergiyi Görüntüle

INGLIZ VA O’ZBEK TILLARIDA LEKSIK-SINTAKTIK STILISTIK USLUBLARNING QIYOSIY TAHLILI.

Özet

Maqolada ingliz va o'zbek tillarining funksional uslublarining xususiyatlari, turli uslubdagi matnlarni idrok etishning murakkabligini aniqlash tahlil qilinadi. Har qanday tilda nutq uslubi yoki funktsional uslublar deb nomlanuvchi tizimlar mavjud. Uslublar har qanday tilning boyligi va rang-barangligini tashkil etadi. Ingliz va o'zbek tillarida asosiy uslublarni o'rganish tilni tushunishni jiddiy ravishda boyitadi va uni o'rganishda yordam beradi. Tilni o'rganish jarayonida matnlarni o'qish turli funktsional uslublar: so’zlashuv, badiiy, ilmiy, publisistik (ommabop), rasmiy uslublarga tegishli hisoblanadi.


Tam PDF Belgesi

İlgili Makaleler

Tam metin

USLUBLARNING QIYOSIY TAHLILI.

Abdujabbarova Dilfuza Olimovna

Ilmiy rahbar: Nematov Bahodir Mamasharifovich

Samarqand davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti

Annotatsiya: Maqolada ingliz va o'zbek tillarining funksional uslublarining xususiyatlari, turli uslubdagi matnlarni idrok etishning murakkabligini aniqlash tahlil qilinadi. Har qanday tilda nutq uslubi yoki funktsional uslublar deb nomlanuvchi tizimlar mavjud. Uslublar har qanday tilning boyligi va rang-barangligini tashkil etadi. Ingliz va o'zbek tillarida asosiy uslublarni o'rganish tilni tushunishni jiddiy ravishda boyitadi va uni o'rganishda yordam beradi. Tilni o'rganish jarayonida matnlarni o'qish turli funktsional uslublar: so’zlashuv, badiiy, ilmiy, publisistik (ommabop), rasmiy uslublarga tegishli hisoblanadi.

Kalit so’zlar: funksional, ilmiy til uslubi, rasmiy ish, publitsistik, gazeta, badiiy til uslubi, jarayon, hodisalar, ravshanlik, ketma-ketlik, faoliyat, koʻplik, foydalanish, nutq, turgʻun, atamalar, matn, hujjat

Tilning funksional uslublari aloqaning aniq maqsadiga xizmat qiluvchi o’zaro bog’liq tillarining tizimi hisoblanadi. Funksional uslub xabar yo’llovchi tomonidan tashkil etilgan mutloq topshiriq mahsuli sifatida xizmat qiladi. Funksional uslublar ko’pincha tilning adabiy qismida uchraydi. [1]. Barcha funksional uslublar o’ziga xos usulda turli xil xususiyatlar bir tizim sifatida uzviy bog’liq bo’lsa ham, tilning aloqa vositalarining bir guruhida asosiy xususiyati bo’lishiga qaramay, so’ralayotgan vazifaviy uslubni aniqlash uchun yetarli bo’lmaydi.

Har bir vazifaviy uslub adabiy tilning rivojlanish bosqichida turg’un tizimga bog’liqdir, ammo u bir davrdan keyingisiga o’tayotganda, ba’zan tez-tez o’zgaradi. Shuning uchun tilning funksional uslublari tarixiy turkum (kategoriya) hisoblanadi. Ushbu tushunchani isbotlash uchun misollar yetarli darajadadir. Binobarin, vazifaviy uslubning she’riyat (badiiy) uslubi XVI asrning ikkinchi yarmida mustaqil uslub vazifasini bajarishni boshlagan; gazeta uslubi publitsistik uslubdan ajralib chiqqan; boshqa vazifaviy uslublar kabi notiqlik uslubi ham sezilarli darajada muhim o’zgarishlarga uchragan.

Har bir uslubning rivojlanishi standart ingliz va o'zbek tillari normalarining o'zgarishi bilan oldindan belgilanadi. Bunga ijtimoiy sharoitlarning o'zgarishi, ilmiy taraqqiyot va madaniy hayotning rivojlanishi ham katta ta'sir ko'rsatmoqda. An'anaviy ajralib turuvchi funktsional uslublar — ilmiy (ommabop fan), rasmiy, publisistik (ommabop), so'zlashuv, badiiy — tilning quyi tizimlari bo'lib, ularning har biri besh asosiy darajadagi o'ziga xos: fonetik, morfologik, leksik, sintaktik va matn tarkibi bo’yicha xususiyatlarga ega.

Ilmiy stil ilmiy tadqiqotlar stilidir. Bu stil fan, texnika sohasida yaratilgan asarlarda qo‘llaniladi. Shunga ko‘ra u bir necha xilga bo‘linadi: ilmiy-texnikaviy, ilmiy-ommabop, ilmiy-o‘quv, ilmiypublitsistik va ilmiy-hujjat stillari. Ilmiy-texnikaviy stilda ilmiy maqola, ma’ruza va monografiya, disertatsiya yoziladi. Ilmiy-ommabop stilda axborot ommabop tarzida ilmiy jihatdan tushuntiriladi. Bunda ma’lumot sof ilmiylikdan biroz soddalashtiriladi. Va har bir sohaning ilmiy yutuqlari ommaga m a’lum so£zlar bilan bayon qilinadi. Ilmiy o‘quv stilida darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, uslubiy qo‘llanmalar va uslubiy maqolalar yoziladi. Ular o‘quvchilar uchun tushunarli so‘zlar bilan ilmiy jihatdan bayon qilinishi kerak. Ilmiy-publitsistik stilda ommabop risolalar, ilmiy-ommabop maqolalar yoziladi. Ularda ilmiy terminlar boclishi bilan birga ommaning hissiyotiga ta’sir qiladigan so‘zlar ishlatiladi. Ilmiy-hujjat stihda ixtiro uchun olinadigan hujjat yoki unga tegishli adabiyotlar tasvirlanadi. Bunday hujjatlarda ilmiy axborot to‘g‘risida ma’lumot beriladi va u huquqiy jihatdan himoya qilinadi. Ilmiy stilning har bir turi bir-biridan farq qiladi. Ammo ulami birlashtiradigan umumiy xususiyatlari mavjud. Ular sirasiga boy ma’lumotlaming keltirilishi, ulaming obyektivligi, aniqligi, fikming qisqa va lo‘nda ifodalanislii xosdir. Shuningdek, ulaming har birida ilmiy-terminologiyaning faol ishlatilishi muliim xususiyat sanaladi. Ilmiy stilning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, bu stilda fikrlar mantiqiy jihatdan aniq, izchil, bir m a’noli boclishi lozim.

Funktsional uslublar u yoki boshqa elementlar va tuzilmalarni ishlatish mumkinligi yoki mumkin emasligi, shuningdek ularning aloqa tizimlari bilan ajralib turadi. Masalan, fonetik vositalar notiqlik uslubi uchun muhimdir: talaffuz me'yorlariga rioya qilish, intonatsiyadan keng foydalanish; ilmiy uslub uchun — sintaktik: aniq sintaktik tuzilma, so'zlarning to'g'ridan-to'g'ri tartibi, so'zlarning keng qo'llanilishi, har xil aniq va o'ziga xos tizimlardan keng qo’llanilishi, matn darajasida: mantiqiy, aniq taqdimot tuzilishi (gazeta yoki jurnal maqolasi). Rasmiy uslubning matni maxsus atamalar (tijorat, yuridik va boshqalar), shtamplar, ixtisoslashtirilgan xorijiy iboralar, qisqartmalar, aralash so'zlarning mavjudligi, leksik darajada obrazli vositalarning yo'qligi bilan tavsiflanadi; sintaktik darajada — murakkab tuzilishlar, fe’lning majhul nisbatidagi gaplarning keng qo’llanilishi yordamida hosil bo’ladi. [1].

Nutq stillari bir-biriga bog‘liq vositalaming tuzilishidan tashkil topadi. Ular tilning vazifasi bilan chambarchas bog‘liqdir. Shuning uchun ham ular nutq stillari deyiladi. Tilning vazifasi jamiyat taraqqiyoti bilan bog‘liq va uning ijtimoiy mohiyatidan kelib chiqadi. Nutq stili tizimini tashkil etuvclii ifodalar faqat bir stil publitsistik, rasmiy va so‘zlashuv stillarida ishlatilmasligi ham mumkin. Lekin har bir nutq stili o‘zining barcha xususiyatlari bilan yagona bir maqsadga bo‘ysungan muayyan til vositalarining majmuasiga ega. Nutq stillari til taraqqiyotining ma’lum bir davrida asta-sekin shakllanadi va o‘zgarishlarga uchraydi. Masalan, XX asr boshida nashriyot va vaqtli matbuot ishlarining kengayib ketishi bilan bog‘liq tarzda O‘zbekistonda publitsistik stil vujudga kelgan. Nutq stillari og‘zaki va yozma nutq shakllari bilan chambarchas bog‘liq. Dernak, har bir nutq stili og‘zaki va yozma shaklda ifodalanishi mumkin. Masalan, so‘zlashuv stili, asosan, og‘zaki nutqqa xos. Lekin badiiy adabiyotda bu stil yozma shaklga ega bo‘ladi. Shuningdek, ilmiy stilning og‘zaki ko‘rinishi dars jarayonida ma’ruza o‘qilganda, anjumanlarda ilmiy ma’ruzalar bayon qilinganda namoyon bo‘ladi, yozma shakli esa dissertatsiyalar, monografiyalar, ilmiy maqolalar taizida ifodalanadi. Nutq stillari o‘ziga xos belgilari va farqlaridan qat’i nazar, adabiy til me’yorlari asosida umumiylikka ega. Adabiy me’yor nima? Adabiy me’yor atamasiga « O‘zbek tilining izohli lug£ati»da shunday sharh beriladi: «Adabiy me’yor til tovush tizimini, grammatik ko‘rinishi va lug‘at tarkibidagi eng hayotiy va zaruriy vositalami tanlab olish demakdir. Adabiy me’yor tilning eng yuksak, ishlangan, silliqlangan shaklidir».

Rasmiy stil diplomatik yozishmalarda, iqtisodiy, davlat idoralaridagi, sudlarda, savdoga doir, yuridik munosabatlar ifodasi bo’lgan hujjatlarda ishlatiladi, ya’ni bu stil ish yuritish hujjatlarida qo‘llaniladi. Bunga ariza, tushuntirish xati, e’lon, taijimayi hol, ishonch qog‘ozi, tilxat, hisobot, rasmiy notalar, buyruq va farmonlar, farmoyishlar, taklifnoma, rasmiy xatlar, tijorat yozishmalari kabilar kiradi. (Bu rasmiy qog‘ozlaming qanday yozilishi haqida M.Aminov, A.Madvaliyev, N.Malikamov, N.Mahmudovning «Ish yuritish» nomli kitobidan har tomonlama ma’lumot olish mumkin). Bu stilda adabiy me’yorga qat’iy rioya qilinadi, shevaga xos so‘zlar, jargonlar, har xil stilistik bo‘yoqqa ega bo‘lgan so’zlar ishlatilmaydi. Jumlalar ham inversiyasiz bo’lishi lozim. Gaplarda ta’sirchanlik bo‘lmaydi. Rasmiy stilda yoziladigan ayrim hujjatlar shtampga o‘xshash maxsus tartib va shakl bilan yoziladi. Masalan, rasmiy xatlar, ariza, tushuntirish xati, bildirgi, ma’lumotnomalar, qarorlami ko‘rsatish mumkin. Agar pul, buyum miqdori ko’rsatilishi lozim bo’lsa, oldin raqam bilan, so‘ng qavs ichida harflar bilan yoziladi. Hujjatlarda fikr aniq, qisqa, lo£nda (ravon) bayon qilinishi lozim. Bunda xatboshi (abzas)ning o‘mi muhimdir. Har bir yangi, alohida fikr xatboshi bilan ajratilishi, bir xatboshi bilan ikkinchi xatboshi o‘rtasidagi matn to‘rt-besh jumladan oshmasligi me’yorga mosdir. Hujjatchilikda imlo va tinish belgilariga alohida e’tibor berish kerak. Hujjatning nomi bosh harf bilan yoziladi. Agar bosma matn bo’lsa, hujjat nomining har bir harfi bosh harf bilan yoziladi. Hujjatning nomidan so‘ng hech qanday belgi qo’yilmaydi.

Asli rasmiy stilda bo‘yoqdor so’zlar ishlatilmaydi. Lekin diplomatik уozishmalarda bo‘yoqdor so’zlar bo’lishi taqozo qilinadi. Unda maqtov ifodalari: hurmatli janob, janobi oliylari, Sizga bo’lgan hurmatimga ishonch bildirgaysiz, bosh ustiga, boshimiz ko‘kka yetdi, eng samimiy tabrik, ezgu tilaklar ila, Sizga chuqur hurmat bilan, minnatdorlik izhor etaman kabilar faol ishlatiladi. Rasmiy stilda jargonlar, shevaga oid so‘zlar, eskirgan so’z va birikmalar odatda ishlatilmaydi. Arxaizm va istorizmlardan foydalaniladi: shahzoda, shoh, malika, janob, hazrati oliylari kabilar. Yuridik hujjatlardan Konstitutsiyada ham har bir so’z va jumla fikrmulohazaning aniq, to’g’ri ifodalanishiga xizmat qilishi lozim.

Bu stilning ariza, tushuntirish xati, tilxat, taklifnoma kabi ko‘rinishlari jumlalaming qisqaligi va fikrlarning aniqligi bilan ajralib turadi. Hujjatlardagi nutqiy shtamplar matnga rasmiylik belgisini kiritadi. Hujjatlarda ot turkumiga oid so'zlar ko‘p qo‘llaniladi. Hatto fe’l islilatilganda, uning otga yaqin shakli — harakat nomidan foydalaniladi. Masalan, qabul qilishingizni so’rayman, qarorning bajarilishi, stipendiya tayinlash, talabalar safiga tiklash kabilar. Fe’llar majhul nisbatda va buyruq-istak mayli shaklida qo‘llaniladi: qaror qilindi, kо'rib chiqildi, eshitildi, bajarilsin, tayinlansin, amalga oshirilsin kabilar. Yuridik qonun va hujjatlarda jumlalar juda uzun, ba’zan bir fikr yarimbetlik gap orqali ifodalanadi (Qonunlardan parchalar o‘qiladi). Konstitutsiya o‘z tuzilishiga ko‘ra bob va bo‘limlarga bo‘linadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Гальперин И. Р. Стилистика английского языка. М.: Книжный дом

«ЛИБРОКОМ», Изд.5, 2013. 336 с.

2. Тихонова Е. В. Медиатекст как инструмент вербальной диагностики конфессиональной напряженности // Мировое культурно-языковое и политическое пространство: инновации в коммуникации: сборник научных трудов. М.: ТрансАрт, 2014. С. 172–186.

3. Шомақсудов А. ва бошқалар, Ўзбек тили стилистикаси. –Т.: Ўқитувчи, 1983, 9- бб.

4. M.Xalilova: “O’zbek tili stilistikasi asoslari”, “Farg’ona” nashriyoti, 2009. 6- бет

Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.