ResearcherUz LogoResearcherUz
Dergiyi Görüntüle

INGLIZ VA O’ZBEK TILLARIDAGI FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING ETIMOLOGIK O’ZIGA XOSLIKLARI

Özet

Iboralar ijtimoiy - madaniy ahamiyatga ega bo’lib, ular jamiyatning umumiy xarakteri, yashash tarzi, urf-odatlarini o’zida namoyon etadigan tildagi bir vositadir. Ushbu maqolada ingliz va o’zbek tilidagi ba’zi fellar va iboralarning kelib chiqishi haqida so’z yuritiladi.


Tam PDF Belgesi

İlgili Makaleler

Tam metin

ETIMOLOGIK O’ZIGA XOSLIKLARI

Shukurova Farida Xayrilla qizi

aliceamethyst59@gmail.com

Annotatsiya: Iboralar ijtimoiy - madaniy ahamiyatga ega bo’lib, ular jamiyatning umumiy xarakteri, yashash tarzi, urf-odatlarini o’zida namoyon etadigan tildagi bir vositadir. Ushbu maqolada ingliz va o’zbek tilidagi ba’zi fellar va iboralarning kelib chiqishi haqida so’z yuritiladi.

Kalit so`zlar: Ibora, fel, urf-odatlar, denotativ ma’no, frazeologik xususiyatlar, jamiyatning umumiy xarakteri.

Annotation: expressions have social and cultural significance, they are a means of language that shows the general character of the society, way of life, and customs. This article talks about the origin of some verbs and expressions in English and Uzbek.

Keywords: phrase, verb, customs, denotative meaning, phraseological features, general character of society.

Аннотация: выражения имеют социально-культурное значение, являются средством языка, отображающим общий характер общества, быт, обычаи. В этой статье рассказывается о происхождении некоторых глаголов и выражений в английском и узбекском языках.

Ключевые слова: словосочетание, глагол, обычаи, денотативное значение, фразеологические признаки, общий характер общества.

Iboralar ijtimoiy - madaniy ahamiyatga ega bo’lib, ular jamiyatning umumiy xarakteri, yashash tarzi, urf-odatlarini o’zida namoyon etadigan tildagi bir vositadir. Ingliz tilini o’rganishda ham uning frazeologik xususiyatlarini tadqiq qilish muhim va murakkab vazifalaridan biri hisoblanib fel va iboralarda tilning alohida qatlami sifatida o’rganilib chiqishni taqozo qiladi chunki fel va iboralarda ko’pincha so’zlar o’zining asl ma’nosini yo’qotib ko’chma manoda qo’llanilgan bo’ladi hamda ularni to’g’ridan to’g’ri tarjima qilib bo’lmaydi. Tilshunoslikning iboralarni o’rganadigan sohasi frazeologiya deb yuritiladi va bu sohada B.Freyzer, N.Xomskiy, A.Kunin, V.Vinogradov, o’zbek tilshunoslaridan esa Sh.Rahmatullayev, B.Yo’ldoshev, A.Mamatov, A.Bushuy, M.Sodiqovalar ilmiy ishlar olib borishgan. Amerikalik olim .Freyzerning fikricha - “ Iboralar lingvomadaniyat sohasida muhim o’rin tutadi va oddiy birikmalardan farqli ravishda ular qotib qolgan birikma bo’lib, shakli va ma’nosi o’zgarishiga yo’l qo’yilmaydi. Reformatskiy esa – “ Frazeologik birliklar turli aholi qatlami nutqiga xos bo’lgan, ularning sinfi va kasbini ko’rsatadigan so’z va so’z birikmalaridir ”– deya ta’rif beradi. Yana bir lingvomadaniyatshunos olim Chi Renning fikriga ko’ra – “ Iboralar so’zlarning shunday qotib qolgan guruhiki, ularning so’zlari alohida yakka olinganda iboraning umumiy ma’nosiga bog’liq bo’lmaydi1. Iboralar ijtimoiy fenomendir. Shuning uchun ham ular biron bir yakka shaxsning emas balki butun bir jamiyatning siyosat, savdo -sotiq, hunarmandchilik, din, san’at va boshqa sohalar ta’sirida yaratilgan aql-u zakovati mahsulidir ”.

Iboralarni hech qachon denotativ ma’noda tushunmaslik kerak ya’ni ularda so’zlar asl ma’nosi bilan ishlatilmaydi agar asl ma’nosida ishlatilsa u ibora bo’lmaydi. Masalan,

1)Ukam qorong’uda to’nini teskari kiyib oldi.

2)Ukam birdan to’nini teskari kiyib oldi.

Yuqoridagi gaplarga izoh beradigan bo’lsak, birinchisida hech qanday ibora ishlatilmagan ya’ni “ukam qorong’uda to’nini o’ng yoki chapligini bilmasdan teskari kiyib oldi” ma’nosini berayapti, bundan anglashiladiki gapda qo’llanilgan barcha so’zlar o’z ma’nosida. Ikkinchi gapda esa ibora mavjud: bu yerda “to’nini teskari kiyib oldi” iborasi gapga ukamning birdan jahli chiqib ketdi ma’nosida ishlatilgan. Endi xuddi shunday holatni ingliz tilida olib ko’raylik. Masalan,

1) Little Sarah learnt the alphabet by heart from A to Z

2) Sarah is an expert in this sphere she knows from A to Z

Yuqoridagi gaplarning ham birinchisida so’zlar denotativ ya’ni asl ma’nosida ifodalangan, ikkinchi gapda bo’lsa so’zlar ibora sifatida qo’shimcha ma’noga ega. Ularni quyidagicha tarjima qilish mumkin: 1) Kichik Sara alifboni A dan Z gacha yodlab oldi. 2) Sara bu sohaning mutaxassisi u buni ipidan ignasigacha biladi. (yaxshi

1 Виноградов В.В. Об основных типах фразеологических единиц в русском языке / В.В.

Виноградов // Избр. труды. Лексикология и лексикография. – М., 1977. –161с. biladi ma’nosida) Ushbu gapda ingliz tilidagi from A to Z iborasiga o’zbek tilidagi ipidan ignasigacha iborasi muqobil variant hisoblanadi.

Dunyodagi barcha narsalar kabi iboralarning ham o’z kelib chiqish tarixi ya’ni etimologiyasi mavud. Etimologiya atamasi qadimgi Gretsiyada paydo bo’lgan bo’lib, “etymos” asl, tub; “logos” fan, ta’limot ma’nolarini anglatadi. Agar ma’lum bir tildagi frazeologik birliklarning tarixini o’rgansak bevosita o’sha millatning tarixi va urf odatlarini ham o’rganamiz. Masalan, ingliz tilidagi “bare foot” iborasini oladigan bo’lsak, u so’z birikmasi sifatida tarjima qilinganda “yalang oyoq, oyoq kiyimsiz” ma’nolarini beradi, ibora sifatida olinganda esa “hali unashtirilmagan, bo’ydoq” ma’nosini beradi va uning kelib chiqish tarixi o’rta asrlarning so’ngiga borib taqaladi. Endi esa nima uchun aynan bare foot iborasi hali turmushga chiqmagan qiz uchun ishlatilganligini ko’rib chiqamiz. Buning sababi o’rta asrlarda kuyov tomondan qiznikiga mehmonga kelgan qarindoshlar bo’lajak kelinga oyoq kiyim sovg’a qilishgan, shuning uchun ham aynan shu ibora qo’llanilgan. Bunga o’xshash ibora o’zbek tilida ham mavjud unda ham aynan inson tana a’zosining bo’sh, hech nima yo’qligini aytish bilan qizning hali turmushga chiqmaganligini ifodalash mumkin2. Bu ibora “boshi ochiq” iborasi bo’lib uning kelib chiqishi ham ingliz tilidagi muqobiliga o’xshash. Ya’ni qadim zamonlardan buyon yigit va qizni unshtirishga kelgan yigitning qarindoshlari urf odatlarga ko’ra qizga oq kiyimlik mato va oq ro’mol olib kelishgan hamda ro’molni qizning boshiga o’rab ketishgan shundan so’ng qiz unashtirilgan hisoblangan.

Shuningdek shunday iboralar ham borki ularning mualliflari mavjud aniqrog’i kimdir ularni birinchi marta ishlatgan va shundan so’ng bu ibora keng tarqalib ketgan. Masalan, o’zbek tilidagi chappor urmoq iborasi XX asrning 30-yillarida betakror adib Hamid Olimjon tomonidan o’zbek adabiyotiga kiritilgan. Shoirimiz o’zining “ O’zbekiston” qasidasida, “Qiz” she’rida, “Oygul bilan Baxtiyor” ertak-dostonida ushbu iborani qo’llagan:

2 Кунин A.B. Асимметрия в сфере фразеологии / А.В. Кунин // Во-просы языкознания. –

1988. – № 3. 107с.

O’zbek tilining izohli lug’atining 1981-yildagi nashrida ushbu iboraning ma’nosi “qiyg’os, yoppasiga, yalpisiga” sifatida izohlangan, 2008-yildagi yangi nashrida esa yuqoridagi ma’nolaridan tashqari “Charx urmoq, shiddat bilan harakat qilmoq, javlon urmoq” ma’nolariga ham ega ekanligi ko’rsatilgan. Aslida bu frazeologik birlik Jizzax she’vasiga mansub bo’lib bundan avval adabiy nutqda uchramagan faqat og’zaki nutqda mavjud bo’lgan.

1)Vodiylarni yayov kezganda,

Bir ajib his bor edi menda,

Chappar urib gullagan bog’in,

O’par edim vatan tuprog’in…

(“O’zbekiston” qasidasidan)

2)Podsho ham chappor urib daryoga chopib bordi…

(“Oygul bilan Baxtiyor” ertak dostonidan)

Yuqoridagi misollarda bitta ibora ikki xil ma’noni ifodalayapti, ya’ni birinchi misolda FB “qiyg’os, yoppasiga” ma’nosida kelgan bo’lsa, ikkinchi misolda ushbu FB chopmoq fe’liga qo’shilib, harakatning shiddat bilan sodir bo’layotganini ifodalagan.

Kelib chiqishi jihatidan muallifga ega bo’lgan FBlar ingliz tilida ham mavjud bo’lib, bunday FBlar og’zaki nutqda ham yozma nutqda ham tez tez uchrab turadi ammo uning kelib chiqish tarixi bilan hamma ham qiziqavermaydi. Misol uchun “on the side of Angels” iborasini oladigan bo’lsak, u “haqiqat tarafda turmoq”ma’nosida ishlatiladi va uning kelib chiqishi britaniyalik davlat arbobi Benjamin Disraelining 1864-yil noyabr oyidagi nutqiga borib taqaladi. U bu iborani ishlatish orqali Charlz Darvinning “Turlarning kelib chiqishi” asaridagi “inson maymundan tarqalgan” degan fikriga qarshiligini bildirgan va shunday degan: “Is man an ape or an Angel? Now I am on the side of the Angels”(“Inson maymunmi yoki farishta? Men farishtaligi tarafdoriman”) (Times, 26-noyabr 1864-yil)3.

Inglizlar nutqida keng tarqalgan FBlardan biri bo’lgan “to have an axe to grind” iborasi “shaxsiy xusumati bo’lmoq” ma’nosini beradi va bu ham muallifi mavjud

3 Реформатский А.А. Введение в языковедение / А.А. Реформатский. – iboralardandir. U dastlab amerikalik mashhur davlat arbobi Benjamin Franklin tomonidan siyosiy maqsadda qo’llanilganilgan, keyinchlik esa bu ibora shunchalik mashhur bo’lganidan oddiy xalq tomonidan umumiy ma’noda ishlatila boshlangan.

I am non-smoker, and have no personal axe to grind. (Men chekuvchi emasman, va chekuvchilarga ham shaxsiy xusumatim yo’q.) Times 1997

O’zbek tilida yana shunday ibora borki, bu ibora og’zaki nutqda ko’p uchraydi, ammo uning kelib chiqishi haqida ko’pchilik o’ylab ko’rmagan bo’lsa kerak. Bu “oshig’i olchi” iborasi bo’lib, u nutqda “ishi baroridan kelmoq, muvaffaqiyatga erishmoq” [….izohli] ma’nosida ishlatiladi4. Uning kelib chiqishi milliy o’yinlarimizdan biri bo’lgan “oshiq” o’yiniga borib taqaladi. Bu o’yin qadimda xontaxta, sandal yoki tekis yerda qo’y yoki echkining oshiq suyaklari yordamida o’ynalgan. Oshiqning tomonlari va qirralari turlicha: olchi, tavka, chakka va pikka deb atalib, olchi – oriqsimon tuzilishi, tavka - uning orqasi, chikka - do’ng va pikka esa o’rtasi chuqur joylarni anglatadi. Xalq og’zaki ijodida ayniqsa “Go’r o’g’li” turkumidagi dostonlarda askarlarning quvish, odamlarning yovdan qochish holatlari - pikka, keksa-yu yoshlarning yiqilib surinib dumalashlarini oshiq o’yinidagi chikkapikka holatlariga o’xshatishgan. Shunday qilib, bu o’yinning g’alabaga yetaklovchi omadli qirrasi “olchi” deb atalgan va “oshig’i olchi” iborasi ham shundan kelib chiqgan.

Endi men bilan bamaslahat ish yuritsangiz, kam bo’lmaysiz, doim oshig’ingiz olchi bo’ladi. “Xonadon” J.Abdullaxonov

Fel va iboralar tarixiga nazar soladigan bo’lsak ularning kelib chiqishi turlicha bo’lishi mumkin, xususan diniy dunyoqarashlar ta’sirida ham ko’plab fel va iboralar kelib chiqgan. Bu hodisani o’zbek tilida ham ingliz tilida ham ko’plab uchratishimiz mumkin. Masalan o’zbek tilidagi “qadamlaringizga hasanot” iborasining kelib chiqishi aynan islom dini va muqaddas kitobimiz “Qur’on”ga borib taqaladi. Ushbu FB ma’nosi bo’yicha iboralarning qutlov iboralar turkumiga kiradi, “biror bir kishining tashrifidan mamnuniyat” ma’nosida ishlatiladi. fel va iboralardagi “hasanot” so’zi

4 Хомский Н. Аспекты теории синтаксиса / Н. Хомский. – М. : Изд-во Моск. ун-та, 1972. –

259с. arab tilida “hasana” o’zbekcha “yaxshilik” so’zining ko’plikdagi shakli bo’lib, “Qur’on” oyatlarida ko’p uchraydigan so’zlardan biridir.

Angliyaliklar xristian dinida bo’lganliklari uchun ingliz tilidagi aksariyat fel va iboralarning kelib chiqishi ularning muqaddas kitobi bo’lmish “Biblya” ya’ni Injil va u bilan bog’liq rivoyatlarga bog’liq. Bibliyadan olingan fel va iboralar xalqaro frazeologik fondning bir qismini tashkil qiladi. Chunki ular aksariyat Yevropa tillarida keng tarqalgan bo’lib, Bibliyadan olingan fel va iboralar “bibleizm”lar deb ataladi.Bibliyadan olingan iboralar quyidagi lug’atlarda ko’p uchraydi: Oxford Dictionary of English Idioms, Longman Dictionary of English Language and Culture, Wordsworth Dictionary of Phrase and Fable.

Masalan “the Old Adam” iborasining kelib chiqishi Injildagi Odam alayhissalomning yaratilishi uning yerga quvilishi va u yerda hayot kechirishni o’rganishi bilan bog’liq. Shundan kelib chiqgan holda bu FBning ma’nosi insoniyatning kelib chiqishi ya’ni asliga ishora qiladi.

“It is the Old Adam in us. We are descendants of a long line of dirt farmers, sheepherders… and so forth.”1993 Outdoor Canada

Xulosa qilib aytganda, iboralar tilimizni ta’sirchan, go’zal qiladigan muhim bir vositadir. Ular gaplarning ma’nosiga stilistik bo’yoq beradi ya’ni oddiy so’zlar berishga ojiz bo’lgan ma’noni aynan iboralar berishi mumkin. Bundan tashqari ular qaysi xalqqa tegishli bo’lsa o’sha xalqning yashash tarzi, dunyoqarashi, urf odatlari hatto tarixidan ham darak berishi mumkin. Yuqorida aytilganlaridan ko’rinib turibdiki, iboralar ya’ni FBlar nafaqat xalq og’zaki ijodi sifatida balki aniq bir mualliflarga ega shaklda ham uchrashi mumkinligi aniqlandi. Bu esa FBlarning etimologik xususiyatlarini o’rganishda alohida bir tadqiqot obyekti bo’lib xizmat qilishini ham ta’kidlab o’tishimiz zarur.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Виноградов В.В. Об основных типах фразеологических единиц в русском языке / В.В. Виноградов // Избр. труды. Лексикология и лексикография. – М., 1977. –161с.

2. Кунин A.B. Асимметрия в сфере фразеологии / А.В. Кунин // Вопросы языкознания. – 1988. – № 3. 107с.

3. Реформатский А.А. Введение в языковедение / А.А. Реформатский. –

4. Хомский Н. Аспекты теории синтаксиса / Н. Хомский. – М. : Изд-во Моск. ун-та, 1972. – 259с.

5. Fraser B. Idioms within a Transformational Grammar / B. Fraser //

Foundations of Language.–1970.–Vol.6.–No.1. 24p.

6. Macmillan English Dictionary for Advanced Learners. – Macmillan

Publishers Limited, 2002. – 1692 p.

7. Oxford dictionary of idioms. – Oxford University Press, 2004. – 340 p.

8. O’zbek tilining izohli lug’ati – Toshkent, 1981. 1321 b.

9. Ren C. Translation of English Idioms from the Perspective of Cultural Context / Chi Ren, Hao Yu // Cross-Cultural Communication. – 2013. – Vol. 9. – No. 5. – P. 78–82.

Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.