--⊱⊱ 620 ⊰⊰--
REOBLITATSIYA
Saidahmedova Guljaxon
Toshkent shahar, Yunusobod tumani
414-son DMTT direktori
Amonova Hilola Aliyevna
Toshkent shahar, Yunusobod tumani
414-son DMTT defektologi
Annotatsiya: Oʻzbekistonda maktabgacha vamaktab taʼlimi tizimining ustuvor yoʻnalishlaridan biri imkoniyati cheklangan, eʼtibordan chetda qolgan bolalarni inklyuziv taʼlim bilan toʻliq qamrab olishdir. Maqolada ushbu yondashuv alohida ehtiyoji bor boʻlgan bolalar uchun imkoniyatlar va kelajak eshiklarini ochib berishi toʻgʻrisida fikr yuritiladi.
Kalit soʻzlar: inklyuziv taʼlim, integratsion taʼlim, ijtimoiy reablitatsiya, tafakkur, individual yondashuv, kommunikativ koʻnikmalar
"Inklyuziv taʻlim" atamasi inglizcha „inclusif“ soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, „oʻz ichiga oladi“ deb tarjima qilinadi va maxsus ehtiyojlari boʻlgan va shartli ravishda sogʻlom, yaʼni sogʻligi cheklanmaganodamlarning birgalikdagi taʼlimini anglatadi.
Inklyuziv taʼlim — davlat siyosati boʻlib, nogiron va sogʻlom bolalar oʻrtasidagi toʻsiqlarni bartaraf etish, maxsus taʼlimga muhtoj bolalar, (ayrim sabablarga koʻra nogiron boʻlgan) oʻsmirlar rivojlanishdauchraydigan nuqsonlar yoki iqtisodiy qiyinchiliklardan qatʼiy nazar ijtimoiy hayotga moslashtirishga yoʻnaltirilgan umumtaʼlim jarayoniga qoʻshishni ifodalovchi taʼlim tizimidir. Inklyuziv taʼlim—hamkorlikdagi taʼlim boʻlib, butun hamjamiyati tomonidan eng insonparvar va samarali taʼlim sifatida tan olingan. Inklyuziv taʼlim bu shunday taʼlim-tarbiya jarayoniki, unda jismoniy, ruhiy, aqliy va boshqa muammolaridan qatʼiy nazar barcha bolalar umumiy tarzda, oʻz uyi va hududida, ehtiyojlariga mos barcha sharoitlar yaratilgan maktablarda, oʻz tengqurlari bilan birga taʼlim olishi demakdir.
Inklyuziv taʼlimning maqsadi — alohida ehtiyojli bolalarning imkoniyatlaridan kelib chiqib, umumtaʼlim muassasalarida toʻlaqonli taʼlim olishlarini taʼminlash, taʼlim muassasalarida har bir bola uchun zaruriy shart-sharoitlarni yaratish.
Imkoniyati cheklangan bolalar uchun taʼlimning turli shakllari tashkil etilgan: maxsus taʼlim, uydagi taʼlim, inklyuziv, integratsion taʼlim va muruvvat uylari. Maxsus taʼlim -bolalarning muammolari boʻyicha maxsus tashkil etilgan maktab-internatlari, maktablar, uydagi taʼlim-taʼlim muassasalarida oʻqish imkoniyatiga ega boʻlmagan bolalar uchun oilada tashkil etiluvchi taʼlim, inklyuziv,integratsion taʼlim -umumtaʼlim muassasalarida tashkil etiluvchi uygʻun taʼlim, muruvvat uylari -rivojlanishida ogʻir nuqsonlarga ega bolalar uchun internat tipida maxsus tashkil etiluvchi taʼlim hisoblanadi.
Inklyuziv taʼlimga jalb qilinmagan nogiron bolaning hayot yoʻli: 7 yoshgacha uyida boʻladi. 10 yoki 12 yil maxsus taʼlim muassasasi (internat,maktab)da,oʻzi kabi bolalar bilan tahsil olganda,sogʻlom insonlar bilan muloqoti birmuncha cheklangan boʻladi. Bitirib chiqib, sogʻlom insonlar orasida samarali yashab qolishi uchun yana kimningdir yordamiga muhtoj boʻladi, bu davrda bola 19 yoshga kirgan boʻlib ota-onasi ham oʻrta yoki undan katta yoshli boʻladi, kollej yoki boshqa
--⊱⊱ 621 ⊰⊰-- turdagi taʼlimga jalb etilmasa, bu shaxs oilasi qaramogʻida qoladi chunki aksariyat ota-onalar avaylash maqsadida uyda boqib oʻtirishga harakat qiladilar. Sabab: farzandining sogʻlom insonlar orasida ishlab yoki boshqa munosabatlarga kirishishiga ishonchi yetmaydi. Boz ustiga, ular atrofdagilarning farzandiga nisbatan salbiy munosabat qiladi degan xavotirda boʻladilar. Natijada imkoniyati cheklangan shaxs tor doiradagi kishilar jamoasida qolishga nahkum boʻladi. Kech oila quradi. Agar turmush oʻrtogʻi ham oʻzi kabi boʻlsa, ota-ona yana kichik oilani “tortishi”ga toʻgʻri keladi. Ular bolalik boʻlsa, yana masʼuliyat koʻpayadi. Biroq, bu davrda ota-onaning yoshi ancha ulgʻayib ularning oʻzlari ham oʻzgalar gʻamxoʻrligiga muhtoj boʻlishlari mumkin. Demak,otaona keksalikka, shu bolasining taqdirini oʻylash bilan umr kechiradi.
Imkoniyati cheklangan bola inklyuziv taʼlimga erta jalb etilsa, mahallada bolalikdan qoʻshni bolalar bilan oʻynaydi, ular bilan tanishadi, milliy qadriyatlarni anglay boshlaydi. Maktabgacha taʼlim davrida atrofdagi sogʻlom insonlar va tengdoshlari bilan muloqotga, erta oʻz-oʻziga oʻrganadi, maktab taʼlimiga tayyor boʻladi. MTTda toʻsiqlar, muvaffaqiyatlar va kelajakka ishonch, toblanish davrida sogʻlom odamlar bilan muloqotda davom etadi, atrofdagilarning salbiy va ijobiy qarashlarida duch kelayotganini anglaydi va ularga nisbatan oʻzining mustaqil pozitsiyasini topib oladi. Endi u mustaqil hayotga qadam qoʻyadi mustaqil fuqaro sifatida oʻqishi, ishlashi, turli munosabatlarda ishtirok etishga tayyor. Ota-ona va yaqinlari uning tashqariga chiqishidan xavotirga tushmaydi. Jamiyatda uning kimligi, nimaga qodirligini bilgan, taniganlar unga ishonadi.Natijada u oila qurish,oilasini boqish imkoniga ega boʻladi.
Hozirgi kunda inklyuziv taʼlim amaliyoti respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi tomonidan olib borilayotgan loyihalar asosida takomillashib bormoqda. Muammolar aniqlanib, tegishli yechimlar topish borasida tajriba sinov ishlari olib borilmoqda.
Inklyuziv taʼlimning eʼtirof etilishi tamoyilining mazmuni shundaki, 1990-yildan buyon alohida yordamga muhtoj bolalarni maktabgacha taʼlim tizimiga jalb etish borasida bir qancha jahon miqyosida dekloratsiyalar va qarorlar qabul qilindi. Ularni jahonning koʻplab davlatlari eʼtirof etdilar. Ammo bugungi kunga qadar ularni hayotga joriy qilish borasida koʻplab muammolar mavjud. Baʼzi davlatlarda esa umumiy taʼlim borasida qonun yoki qarorlar qabul qilinganda nogiron bolalarning taʼlim masalasi kiritilmaydi. Ammo inklyuziv taʼlimni tan olish faqatgina qonun chiqarish bilangina bogʻliq boʻlmaydi. Diskriminatsiya (odamlarni ajratish) va ijtimoiy notoʻgʻri fikrlashga qarshi kurashish –eng muhim narsadir. Yaʼni inklyuziv taʼlimni eʼtirof etgan holda, aholi oʻrtasida targʻibot va tashviqot ishlarini olib borish eng birinchi galdagi masaladir. Inklyuziv taʼlimning barcha uchun ochiq boʻlishi tamoyili. Oʻtgan yigirma yil davomida alohida yordamga muhtoj bolalarni maktabgacha taʼlim tizimiga jalb etish yoʻnalishida sezilarli ishlar amalga oshirildi. Ammo inklyuziv taʼlim tizimini joriy qilish asosan shaharlar miqyosida boʻlib, qishloqlardagi hududlarda hali-hamon alohida yordamga muhtoj bolalar taʼlimdan chetda qolib ketmoqda yoki qishloqlardagi ota-onalar nogiron farzandini shaharlardagi maxsus muassasalarga qatnashlarini taʼminlash uchun qiyinchiliklarga duch kelmoqdalar. Shuning uchun ham alohida yordamga muhtoj bolalarni inklyuziv taʼlimga jalb etish barcha hududlarda, barcha alohida yordamga muhtoj bolalarni qamrab olgan boʻlishi taʼminlanishi lozim. Bogʻlanishning mavjud boʻlishi tamoyili. Bogʻlanish bu – soʻzning zamirida ommaviy binolarning sifati, ayniqsa, alohida yordamga muhtoj bolalar uchun maktablarga kirishning oson boʻlishi kabilar yotadi. Bola MTT binosiga zinapoyalar aravachada yurishga moslashtirilmaganligi sababli kira olmaganligi yoki oʻyin maydonchasi aravachada harakatlanuvchilarga moslashtirilmaganligi uchun MTTdan chiqarib tashlanmasligi kerak. Bu kabi qulayliklarni yaratish unchalik katta mablagʻ talab qilmaydi. Yangi MTT binosi alohida yordamga muhtoj bolalarning ehtiyojlarini eʼtiborga olgan holda rejalashtirilgan paytdan boshlab
--⊱⊱ 622 ⊰⊰-- qurilishi kerak. Shubhasiz, alohida yordamga muhtoj bolalar uchun yaxshi boʻlgan qulayliklar normal rivojlanishdagi bolalar uchun hech bir muammo keltirib chiqarmaydi. Jismonan bogʻlanishlarni yaratish inklyuziv taʼlimning asosiy muammolarini hal etishga xizmat qiladi.
Markazlashtirilmagan boʻlishi tamoyili.
Bu tamoyilning mazmuni quyidagicha ifodalaniladi:
A) Inklyuziv taʼlim xizmatlari umumiy taʼlim tizimining integratsiya qilingan qismi boʻlishi kerak.
B) Inklyuziv taʼlim tizimidgi vazifalar mahalliy taʼlim organlariga javobgarlik va boshqaruvni yuklash uchun markazlashmagan holda olib borilishi va imkoniyatlar mahalliy sharoitlarga moslashtirilishi lozim.
Optimal integratsiyaga erishish uchun markazlashtirilmagan boʻlish muhimdir. Bu ayniqsa qishloq sharoitlarida ayni muddao boʻladi. Inklyuziv taʼlimning vazifalari alohida yordamga muhtoj bolalarga oʻz ota-onalari bilan birga boʻlish, ularga xuddi tengdoshlari kabi oʻzlariga yaqin boʻlgan maktablarda taʼlim olish imkonini beradi. Bu ularda shaxsiy sifatlarning shakllanishida muhim ahamiyatga ega. Alohida yordamga muhtoj bolaning normal rivojlanishiga halaqit berish, nogironlikdan ham ogʻirroq holatlarga olib kelishi mumkin. Inklyuziv taʼlimda kompleks yondashishi tamoyili. Alohida yordamga muhtoj bolalarga nogiron deb faqatgina nuqson jihatdan yondashish emas, balki bu bolalarga har tomonlama yondashish lozim. Bu esa alohida yordamga muhtoj bolalar uchun taʼlim masalasini rejalashtirayotganda uning butun hayoti davomida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan ehtiyojlarni hisobga olgan holda reja tuzish talab etadi.
Demak alohida yordamga muhtoj bolalarga MTT sharoitida taʼlim va tarbiya berish natijasida bolalar oʻrtasida doʻstona munosabatlar shakllanib boradi , ularning ijtimoiy jamiyatga erta va toʻlaqonli moslashuvlarini taʼminlaydi. Inklyuziv taʼlimning maktabgacha taʼlim tizimiga kiritilishi yana bir ahamiyatli tomoni shundaki, maxsus taʼlim muassasalari mavjud boʻlmagan hollarda ham imkoniyati cheklangan bolalarni maktabgacha taʼlimga toʻliq tortish imkonini beradi.
Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.