ResearcherUz LogoResearcherUz
Dergiyi Görüntüle

INNOVATSION TA’LIMDA TALABA MARKAZLI YONDASHUV: KLINIK FARMAKOLOGIYA FANI MISOLIDA

Özet

An’anaviy ma’ruza va seminarlar orqali o‘qitish uslublari, odatda, talabani passiv tinglovchi sifatida shakllantirib, uning mustaqil fikrlashi, klinik tafakkuri va amaliy qaror qabul qilish ko‘nikmalarini yetarli darajada rivojlantirmaydi. Shu boisdan, dunyo bo‘yicha yetakchi tibbiy ta’lim muassasalari tomonidan talaba markazli yondashuv asosida qurilgan innovatsion o‘quv modellari keng joriy etilmoqda. Talaba markazli yondashuvda o‘quv jarayonining markazida o‘qituvchi emas, balki talabaning o‘zi, uning faolligi, tanqidiy fikrlashi, mas’uliyatli qaror qabul qilish qobiliyati turadi.


Tam PDF Belgesi

İlgili Makaleler

Tam metin

XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA

FARMAKOLOGIYA FANI MISOLIDA

Jumaeva Gulruxsor Aliyorovna

tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent,

Alfraganus universiteti, Toshkent shahri, O'zbekiston Mavzuning dolzarbigi. An’anaviy ma’ruza va seminarlar orqali o‘qitish uslublari, odatda, talabani passiv tinglovchi sifatida shakllantirib, uning mustaqil fikrlashi, klinik tafakkuri va amaliy qaror qabul qilish ko‘nikmalarini yetarli darajada rivojlantirmaydi. Shu boisdan, dunyo bo‘yicha yetakchi tibbiy ta’lim muassasalari tomonidan talaba markazli yondashuv asosida qurilgan innovatsion o‘quv modellari keng joriy etilmoqda. Talaba markazli yondashuvda o‘quv jarayonining markazida o‘qituvchi emas, balki talabaning o‘zi, uning faolligi, tanqidiy fikrlashi, mas’uliyatli qaror qabul qilish qobiliyati turadi. Mavzuning maqsadi. Innovatsion ta’lim tamoyillari asosida klinik farmakologiya fanini o‘qitishda talaba markazli yondashuvni joriy etish va uning ta’lim samaradorligini oshirish usullarini o‘rganish. Tadqiqot metodlari va usullari: Tadqiqotda adabiyotlar tahlili, so‘rovnomalar va intervyular orqali talabalarning klinik farmakologiya faniga bo‘lgan yondashuvi o‘rganildi. Shuningdek, ta’lim jarayonidagi innovatsion usullar sinovdan o‘tkazildi. Tadqiqot eksperimental va kuzatuv metodlariga asoslangan holda olib borildi. Tadqiqot obyekti va predmeti: Tadqiqot obyektini Alfraganus universitetining davolash ishi yo‘nalishida tahsil olayotgan 3-bosqich talabalar tashkil etdi (jami 60 nafar). Predmet sifatida klinik farmakologiyani o‘qitish jarayoni va undan olinayotgan natijalar o‘rganildi. Tadqiqot davomida talabalar tasodifiy ikkita guruhga ajratildi: nazorat guruhi (30 nafar) — an’anaviy o‘qitish uslublari asosida ta’lim oldi (ma’ruza, frontal seminar), hamda tajriba guruhi (30 nafar) — talaba markazli yondashuv asosida, ya’ni interaktiv darslar, PBL (muammo asosida o‘qitish), kichik guruhli muhokamalar va simulyatsion mashg‘ulotlar asosida o‘qitildi. Qo‘llanilgan usullar: Didaktik tajriba – ikki xil o‘qitish modelining samaradorligini taqqoslash; Test sinovlari – har ikki guruhda dastlabki va yakuniy bilim darajasi baholandi; So‘rovnoma va intervyular – talabalar fikrini aniqlash uchun anonim shaklda o‘tkazildi; Tahliliy-statistik usullar – natijalarni SPSS dasturi yordamida matematik-statistik qayta ishlash (o‘rtacha qiymatlar, dispersiyalar, p<0.05 asosida ishonchlilik darajasi baholandi). Tadqiqot muddati va o‘tkazilgan joyi: Tadqiqot 2024-yil sentabr oyidan 2025-yil may oyiga qadar Alfraganus universiteti tibbiy ta’lim fakultetida o‘tkazildi. Tadqiqot natijalari va ularning muhokamasi. O‘tkazilgan tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, talaba markazli yondashuv asosida tashkil etilgan ta’lim klinik farmakologiya fanini o‘zlashtirishda an’anaviy o‘qitish metodlariga nisbatan yuqori samaradorlikka ega. Bilim darajasi bo‘yicha taqqoslash: Tajriba guruhida o‘quv kursi yakunida o‘tkazilgan test natijalarida o‘rtacha ball 87,3 ± 4,1 bo‘lgan bo‘lsa, nazorat guruhida bu ko‘rsatkich 74,5 ± 5,8 ni tashkil etdi (p<0.05). Bu esa talaba markazli o‘qitish modeli o‘zlashtirish darajasini sezilarli oshirganini ko‘rsatadi. Klinik tafakkur va muammoli vaziyatlarni hal qilish ko‘nikmalari: Tajriba guruhidagi talabalar klinik

“FARMAKOLOGIYA, FARMATSEVTIKA VA XALQ TABOBATI

DOLZARB MUAMMOLAR VA INNOVATSIYALAR”

holatlar asosida berilgan topshiriqlarda: dori vositalarini to‘g‘ri tanlash, dozani hisoblash, nojo‘ya ta’sirlarni aniqlash, farmakoterapiyani individuallashtirish kabi masalalarda mustaqil ravishda to‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmasini ko‘rsatdi. Ularning 82% klinik holatlar yuzasidan to‘g‘ri qaror qabul qilgan bo‘lsa, nazorat guruhida bu ko‘rsatkich 61% ni tashkil etdi. Talabalar fikrlari (so‘rovnoma asosida): Tajriba guruhidagi talabalar quyidagi fikrlarni bildirdilar: 90% — darslar qiziqarli va interaktiv o‘tgani sababli o‘zlashtirish darajasi oshganini aytdi; 87% — kichik guruhlarda ishlash klinik tafakkurni rivojlantirishga yordam berganini qayd etdi; 79% — simulyatsion mashg‘ulotlar real amaliyotga yaqin tajriba berganini ta’kidladi.

Nazorat guruhi talabalarining asosiy e’tirozi – ma’ruzalar zerikarli va passiv o‘tishi, bilimlar amaliyotda qo‘llanilishiga ishonch pastligi bo‘ldi. Muhokama: Olingan natijalar xalqaro ilmiy adabiyotlarda keltirilgan ma’lumotlar bilan hamohang. Masalan, Dolmans va hammualliflari (2005) tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotda PBL asosidagi yondashuv talabalarda mustaqil o‘rganish, amaliy qaror qabul qilish va kasbiy kompetensiyalarni shakllantirishda samaraliroq ekanligi qayd etilgan. Bizning tadqiqotda ham shunga o‘xshash xulosalarga kelindi: talaba markazli yondashuv nafaqat bilim, balki fikrlash, baholash, qaror qabul qilish va jamoaviy ishlash kabi muhim klinik ko‘nikmalarni shakllantiradi. Xulosa. O‘tkazilgan tadqiqot va amaliy tajriba natijalari shuni ko‘rsatdiki, talaba markazli yondashuv klinik farmakologiya fanini o‘qitishda yuqori samaradorlikka ega bo‘lib, u: talabalarni ta’lim jarayonining faol ishtirokchisiga aylantiradiklinik tafakkur, tanqidiy fikrlash va muammoli vaziyatlarni hal qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi; darslarni interaktiv, mazmunli va amaliyotga yaqinlashtiradi; kasbiy kompetensiyalarni shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Ushbu o‘quv modeli an’anaviy o‘qitish usullariga nisbatan samaraliroq bo‘lib, zamonaviy tibbiy ta’lim talablariga to‘liq javob beradi.

Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.