SHAKLLANTIRISHGA TAYYORLASH METODIKASI.
Atamuratov Dilshod, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi v.b. dotsenti, PhD.
Annotatsiya
KIRISH
tadqiqotning maqsadi oliy san’at ta’limi sifatini oshirishda ta’lim klasteri yondashuvining imkoniyatlarini aniqlash, milliy “ustoz-shogird” an’analarini zamonaviy pedagogik texnologiyalar bilan uyg‘unlashtiruvchi “MentorCraft” mualliflik modelini nazariymetodik jihatdan asoslash hamda “O‘rgatib-o‘rganamiz” loyihasi orqali bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarining kasbiy-ijodiy, pedagogik va kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.
MAQSAD
Tadqiqotning maqsadi integrativ yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quvchilarda millatlararo muloqot madaniyatini shakllantirishga tayyorlash metodikasini ilmiy-amaliy jihatdan asoslash hamda mazkur jarayonda samarali integratsiya yo‘nalishlarini aniqlashdan iborat.
MATERIALLAR VA METODLAR
tadqiqotda bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlash jarayonida integrativ yondashuvning imkoniyatlari tahlil qilindi. Asosiy metodik yo‘nalishlar sifatida fanlararo integratsiya, nazariya va amaliyot integratsiyasi, o‘quv va tarbiyaviy faoliyat integratsiyasi hamda auditoriya va real hayot integratsiyasi belgilandi. Ularning mazmuni, amalga oshirish shakllari va kutiladigan natijalari ilmiy-amaliy jihatdan tahlil qilindi.
MUHOKAMA VA NATIJALARL
tahlil natijalari to‘rtta integratsiya yo‘nalishining o‘zaro uyg‘unligi bo‘lajak o‘qituvchilarning o‘quvchilarda millatlararo muloqot madaniyatini shakllantirishga tayyorgarligini kompleks rivojlantirish imkonini berishini ko‘rsatdi. Fanlararo integratsiya bilimlarni turli fanlar mazmuni bilan bog‘lashga, nazariya-amaliyot integratsiyasi nazariy bilimlarni amaliy faoliyatda qo‘llashga, o‘quv-tarbiyaviy integratsiya ta’lim va tarbiya jarayonlarini uyg‘unlashtirishga, auditoriya-real hayot integratsiyasi esa o‘zlashtirilgan bilim va ko‘nikmalarni real ijtimoiy vaziyatlarda qo‘llashga xizmat qiladi.
XULOSA
Integrativ yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarni millatlararo muloqot madaniyatini shakllantirishga tayyorlash metodikasi ta’lim mazmuni, amaliy faoliyat, tarbiyaviy jarayon va real hayot tajribasini yagona tizimda birlashtirish imkonini beradi. Mazkur to‘rt yo‘nalishning izchil va o‘zaro bog‘liq holda amalga oshirilishi bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish hamda o‘quvchilarda samarali millatlararo muloqot madaniyatini shakllantirish uchun muhim pedagogik shart hisoblanadi.
Kalit so‘zlar: ta’lim klasteri, MentorCraft, ustoz-shogird, o‘rgatib-o‘rganamiz, Peerto-Peer, ijodiy muhit, kasbiy traektoriya, san’at ta’limi.
МЕТОДИКА ПОДГОТОВКИ БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ К ФОРМИРОВАНИЮ
КУЛЬТУРЫ МЕЖНАЦИОНАЛЬНОГО ОБЩЕНИЯ У УЧАЩИХСЯ НА ОСНОВЕ
ИНТЕГРАТИВНОГО ПОДХОДА.
Атамуратов Дилшод, исполняющий обязанности доцента кафедры теории и практики перевода, PhD, Ургенчский государственный университет имени Абу Райхана Беруни.
Аннотация
ВВЕДЕНИЕ
в условиях глобализации целевая подготовка будущих учителей к формированию культуры межнационального общения у учащихся в поликультурной образовательной среде является актуальной педагогической задачей.
ЦЕЛЬ
научно-методическое обоснование направлений методики подготовки будущих учителей к формированию культуры межнационального общения учащихся на основе интегративного подхода.
МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ
в исследовании использованы анализ теорий интегративного и поликультурного образования, методы моделирования педагогических ситуаций, кейс-стади, межкультурного диалога, проектного обучения и системного контент-анализа.
ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ
обоснованы четыре ключевых направления интеграции (межпредметная, теория-практика, учебно-воспитательная деятельность и аудитория-реальная жизнь), выстроена их взаимосвязь от теоретического осмысления до применения в реальных коллективах.
ЗАКЛЮЧЕНИЕ
применение интегративной методики объединяет межпредметные знания, ценностные ориентации и коммуникативный опыт студентов, повышая их профессиональную компетентность в воспитании толерантности у школьников.
Ключевые слова: интегративный подход, культура межнационального общения, будущий учитель, межпредметная интеграция, методика подготовки, толерантность, профессиональная подготовка, этнопедагогика.
METHODOLOGY FOR PREPARING FUTURE TEACHERS TO DEVELOP
INTERETHNIC COMMUNICATION CULTURE AMONG STUDENTS BASED ON AN
INTEGRATIVE APPROACH.
Dilshod Atamuratov, Acting Associate Professor, Department of Translation Theory and Practice, PhD, Urgench State University named after Abu Rayhan Beruni.
Annotation
INTRODUCTION
preparing prospective teachers to foster a culture of interethnic communication among students within a multicultural educational environment is a vital imperative of modern pedagogy.
OBJECTIVE
to provide a scientific and methodological substantiation for the integrative approach-based model of preparing future teachers to develop interethnic communication skills in students.
MATERIALS AND METHODS
the study employed analysis of integrative and multicultural education theories, pedagogical scenario modeling, case studies, intercultural dialogue techniques, project-based learning, and comprehensive content analysis.
DISCUSSION AND RESULTS
four core integration dimensions were substantiated—interdisciplinary (combining ethnopedagogy, psychology, history, and languages), theory-practice, academic-educational activities, and classroom-real life connections—detailing their implementation formats and practical outcomes.
CONCLUSION
the integrative methodology effectively unifies interdisciplinary knowledge, value orientation, and communicative experience, enabling prospective teachers to cultivate tolerance and constructive dialogue in multicultural school settings.
Keywords: integrative approach, culture of interethnic communication, prospective teacher, interdisciplinary integration, preparation methodology, tolerance, professional training, ethnopedagogy.
Bo‘lajak o‘qituvchilarni millatlararo muloqot madaniyatini shakllantirishga tayyorlash uchun turli fan, faoliyat va muhitlarni bir-biridan ajratmasdan, yagona, integratsiyalashgan tizim sifatida tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi [1]. Integrativ yondashuv aynan shu yaxlitlikni ta’minlashga xizmat qiladi. Shu nuqtai nazardan, integrativ yondashuv asosida tayyorlash metodikasining asosiy yo‘nalishlarini ilmiy jihatdan tizimli tahlil qilish mazkur maqolaning dolzarbligini belgilaydi [2, 3].
Zamonaviy ta’lim makonida globallashuv jarayonlarining jadallashuvi, turli millat va madaniyat vakillari o‘rtasidagi ijtimoiy aloqalarning kengayishi hamda ko‘pmadaniyatli ta’lim muhitining shakllanishi bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quvchilarda millatlararo muloqot madaniyatini rivojlantirishga maqsadli tayyorlash zaruratini kuchaytirmoqda. Mazkur vazifa pedagogdan nafaqat kasbiy-pedagogik bilim va ko‘nikmalarni, balki milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarni anglash, madaniy xilma-xillikni to‘g‘ri qabul qilish, turli ijtimoiy va etnomadaniy guruhlar bilan konstruktiv munosabat o‘rnatish, o‘quvchilarda o‘zaro hurmat, hamjihatlik va bag‘rikenglikni shakllantirishga qaratilgan metodik faoliyatni tashkil eta olish kompetensiyasini ham talab qiladi. Shu jihatdan integrativ yondashuv bo‘lajak o‘qituvchilar tayyorgarligining nazariy, mazmuniy va amaliy tarkibiy qismlarini yagona pedagogik tizimga birlashtirish imkonini beruvchi metodologik asos sifatida muhim ahamiyat kasb etadi.
Integrativ yondashuvning mazkur tadqiqot doirasidagi mohiyati turli fanlar doirasida egallangan bilimlarni oddiy mexanik birlashtirish bilan cheklanmaydi. U pedagogika, psixologiya, etnopedagogika, madaniyatshunoslik, sotsiologiya, kommunikatsiya nazariyasi hamda tarbiya metodikasiga oid bilimlarning o‘zaro mazmuniy aloqadorligini ta’minlashni nazarda tutadi. Natijada talaba millatlararo muloqot madaniyatini alohida bir pedagogik hodisa sifatida emas, balki shaxsning dunyoqarashi, qadriyatlari, kommunikativ xulqi, ijtimoiy tajribasi va madaniy identifikatsiyasi bilan uzviy bog‘langan yaxlit fenomen sifatida anglaydi.
Ta’limda integrativ yondashuv nazariyasi M.N. Berulava [1]ning fundamental tadqiqotlarida asoslangan. Ko‘p millatli ta’lim nazariyasi J. Banks [2]ning ishlarida, madaniyatlararo kommunikativ kompetensiya nazariyasi esa M. Bayram [3]ning tadqiqotlarida yoritilgan. Mahalliy pedagogika fanida Karimov B. [4], F. Yo‘ldoshev [5]ning ishlarida integrativ metodikaning umumiy tamoyillari tahlil qilingan.
Shunga qaramay, aynan millatlararo muloqot madaniyatini shakllantirishga tayyorlashda integrativ yondashuvni tizimli tahlil qiluvchi maxsus tadqiqotlar mahalliy fanda hali yetarli darajada mavjud emas, bu esa mazkur tadqiqotning ilmiy-amaliy ahamiyatini belgilaydi.
Fanlararo integratsiya yo‘nalishi etnopedagogika, psixologiya, tarix va til fanlari mazmunini uzviy bog‘lashni nazarda tutadi [1], bu esa talabada yaxlit, tizimli bilim asosini shakllantiradi. Nazariya va amaliyot integratsiyasi esa nazariy bilimni amaliy muloqot va pedagogik vaziyatlar bilan bog‘lashni ta’minlaydi [2], bu esa bilimning amaliy ko‘nikmaga aylanishiga xizmat qiladi.
O‘quv va tarbiyaviy faoliyat integratsiyasi auditoriya mashg‘ulotlarini tashqi tarbiyaviy-madaniy tadbirlar (millatlararo bayramlar) bilan uyg‘unlashtiradi [3], bu esa bilim va qadriyatning birgalikda mustahkamlanishini ta’minlaydi. Nihoyat, auditoriya va real hayot integratsiyasi o‘quv mashg‘ulotlarini real ko‘p millatli jamoa bilan bevosita bog‘laydi [4], bu esa nazariy-amaliy tayyorgarlikning real hayotda sinovdan o‘tishini ta’minlaydi [5]. Ushbu to‘rt yo‘nalish birgalikda tayyorgarlikning yaxlit, uzviy tizim sifatida amalga oshishini ta’minlaydi.
Millatlararo muloqot madaniyatini o‘quvchilarda shakllantirishga tayyorlikni bo‘lajak o‘qituvchining integrativ kasbiy sifati sifatida talqin qilish maqsadga muvofiq. Ushbu sifat turli millat vakillarining madaniy xususiyatlarini bilish, etnomadaniy tafovutlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, millatlararo kommunikativ vaziyatlarni pedagogik jihatdan tahlil qilish, nizoli holatlarning oldini olish, tolerant ta’lim muhitini yaratish va o‘quvchilarning konstruktiv muloqot tajribasini tashkil etish qobiliyatlarini o‘zida mujassamlashtiradi. Demak, tayyorgarlikning natijasi talabaning “millatlararo muloqot haqida bilishi” bilangina emas, balki mazkur bilimlarni pedagogik faoliyatda samarali qo‘llay olishi bilan belgilanadi.
Integrativ yondashuv asosidagi metodikaning muhim xususiyati fanlararo, mazmuniy, faoliyatli, metodik va qadriyatli integratsiyaning o‘zaro uyg‘unligini ta’minlashdan iborat. Fanlararo integratsiya turli fanlarda o‘rganiladigan millatlararo munosabatlarga oid bilimlarni yagona pedagogik mazmunga birlashtiradi. Mazmuniy integratsiya milliy va umuminsoniy qadriyatlar, tarixiy-madaniy tajriba, etnomadaniy bilim va zamonaviy ijtimoiy munosabatlarni o‘zaro bog‘laydi. Faoliyatli integratsiya nazariy bilimlarni amaliy pedagogik vaziyatlarda qo‘llashni ta’minlaydi. Metodik integratsiya an’anaviy va interfaol metodlarning maqsadli uyg‘unlashtirilishiga asoslanadi. Qadriyatli integratsiya esa talabaning milliy o‘zlikni anglashini boshqa millat va madaniyatlarga hurmat bilan uyg‘unlashtirishga xizmat qiladi.
Mazkur metodikaning samaradorligi bo‘lajak o‘qituvchilarda millatlararo muloqot madaniyatini shakllantirishga tayyorlikning tarkibiy komponentlarini izchil rivojlantirish bilan bevosita bog‘liq. Ushbu komponentlarni motivatsion-aksiologik, kognitiv, kommunikativfaoliyatli va refleksiv-baholash yo‘nalishlarida ifodalash mumkin. Motivatsion-aksiologik komponent millatlararo totuvlik, bag‘rikenglik, o‘zaro hurmat va hamkorlik qadriyatlariga ijobiy munosabatni qamrab oladi. Kognitiv komponent millatlar, etnomadaniyat, millatlararo munosabatlar, kommunikativ me’yorlar va ularning pedagogik xususiyatlariga oid bilimlarni ifodalaydi. Kommunikativ-faoliyatli komponent turli madaniy muhitlarda samarali muloqot qilish, pedagogik vaziyatlarni boshqarish va o‘quvchilar o‘rtasidagi hamkorlikni tashkil etish ko‘nikmalarini nazarda tutadi. Refleksiv-baholash komponenti esa talabaning o‘z qarashlari, xatti-harakatlari va pedagogik qarorlarini millatlararo munosabatlar nuqtai nazaridan tahlil qilish imkoniyatini belgilaydi.
Integrativ metodikaning mazmunini shakllantirishda “milliy o‘zlik – madaniy xilmaxillik – o‘zaro hurmat – konstruktiv muloqot – ijtimoiy hamkorlik” mantiqiy zanjiriga asoslanish alohida ahamiyatga ega. Dastlab talaba o‘z milliy madaniyati, tarixiy an’analari va qadriyatlarini anglaydi. Keyingi bosqichda boshqa millatlarning madaniy o‘ziga xosliklari bilan tanishib, madaniy xilma-xillikning tabiiy ijtimoiy hodisa ekanligini tushunadi. Shundan so‘ng o‘zaro hurmat va tolerant munosabat asosida konstruktiv kommunikatsiya ko‘nikmalari rivojlantiriladi. Yakunda esa mazkur kompetensiyalar pedagogik hamkorlik va real kasbiy faoliyatga integratsiyalanadi.
Bo‘lajak o‘qituvchilar tayyorgarligida pedagogik vaziyatlarni modellashtirish metodi yuqori samaradorlikka ega. Bunda talabalarga maktab amaliyotida uchrashi mumkin bo‘lgan millatlararo munosabatlarga oid muammoli vaziyatlar taklif etiladi. Masalan, o‘quvchilar o‘rtasida milliy mansublik asosida tushunmovchilik yuzaga kelishi, muayyan millatning urf-odatiga nisbatan noto‘g‘ri fikr bildirilishi yoki madaniy stereotiplar ta’sirida kommunikativ to‘siq paydo bo‘lishi kabi vaziyatlarni pedagogik jihatdan hal qilish topshiriladi. Talaba muammoning sabablarini aniqlaydi, tomonlarning pozitsiyalarini tahlil qiladi, pedagogik yechim variantlarini ishlab chiqadi va eng maqbul qarorni asoslaydi. Bunday faoliyat nazariy bilimlarni kasbiy kompetensiyaga aylantirish imkonini beradi.
Shuningdek, “Madaniyatlararo dialog” metodidan foydalanish talabalarni turli madaniy pozitsiyalarni tushunishga o‘rgatadi. Ushbu metodda talabalar muayyan millatning qadriyatlari, an’analari, kommunikativ xususiyatlari yoki ijtimoiy xulq me’yorlarini o‘rganib, ularni boshqa madaniyatlar bilan qiyoslaydi. Muhokama jarayonida madaniyatlarning ustun yoki quyi ekanligi emas, balki ularning o‘ziga xosligi, umumiy jihatlari va o‘zaro boyitish imkoniyatlariga e’tibor qaratiladi. Natijada talabalarda madaniy tafovutlarga nisbatan baholovchi emas, tushunuvchi va dialogik munosabat shakllanadi.
Keys-stadi metodini integrativ mazmunda qo‘llash ham muhim pedagogik natijalarni ta’minlaydi. Keyslar pedagogik, psixologik, madaniy va kommunikativ muammolarni bir vaqtning o‘zida qamrab olishi lozim. Masalan, ko‘pmillatli sinfda o‘quvchilardan birining milliy qadriyatlari bilan bog‘liq vaziyat yuzaga kelganda talaba ushbu holatni pedagogik maqsad, psixologik holat, madaniy kontekst va kommunikativ strategiya nuqtai nazaridan kompleks tahlil qiladi. Shu tariqa integrativ fikrlash shakllanib, bir muammoga bir nechta fan nuqtai nazaridan yondashish ko‘nikmasi rivojlanadi.
Metodik jihatdan rolli va ishbilarmonlik o‘yinlari ham alohida ahamiyatga ega. Talabalarning “o‘qituvchi”, “o‘quvchi”, “ota-ona”, “sinf rahbari”, “turli madaniyat vakili” kabi rollarni bajarishi ularning vaziyatni boshqa shaxs pozitsiyasidan anglashiga imkon beradi. Bu esa empatiya, kommunikativ moslashuvchanlik, nizolarni konstruktiv boshqarish va pedagogik takt kabi kasbiy sifatlarning rivojlanishiga yordam beradi. Rolli faoliyatdan so‘ng tashkil qilinadigan refleksiv muhokama talabalarga o‘z harakatlari va qarorlarining natijalarini anglash imkoniyatini yaratadi.
Integrativ yondashuv asosida loyiha metodidan foydalanish ham maqsadga muvofiq. “Millatlar do‘stligi”, “Madaniyatlar muloqoti”, “Biz turlichamiz, ammo birgamiz”, “Milliy qadriyatlar va umuminsoniy birlik” kabi pedagogik loyihalar talabalarni mustaqil izlanish, axborot to‘plash, turli madaniyatlarni qiyoslash va ta’limiy-tarbiyaviy mahsulot yaratishga jalb qiladi. Loyiha faoliyatining muhim tomoni shundaki, unda talaba bilimlarni reproduktiv o‘zlashtirishdan ijodiy-amaliy faoliyatga o‘tadi.
Mazkur jarayonda hamkorlikda o‘qitish texnologiyalari ham integrativ metodikaning amaliy mexanizmlaridan biri bo‘lishi mumkin. Kichik guruhlarda turli vazifalarni bajarish, jamoaviy loyiha yaratish, muammoga umumiy yechim topish va o‘zaro fikr almashish talabalarning muloqot madaniyatini bevosita faoliyat jarayonida rivojlantiradi. Ayniqsa, guruhlarni turli fikr va pozitsiyalar asosida shakllantirish talabalarga murosaga kelish, boshqalarning qarashlarini tinglash va umumiy maqsad yo‘lida hamkorlik qilish tajribasini beradi.
Bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashda refleksiv faoliyat metodikaning yakunlovchi emas, balki barcha bosqichlarini qamrab oluvchi tarkibiy elementi bo‘lishi zarur. Refleksiv kundaliklar, esse, o‘z-o‘zini baholash kartalari, pedagogik vaziyatlar bo‘yicha refleksiv savollar hamda portfolio talabaning o‘zida mavjud stereotip va qarashlarni anglashiga yordam beradi. “Men boshqa millat vakilining nuqtai nazarini qanchalik tushuna oldim?”, “Mening pedagogik qarorimda qanday stereotiplar ta’sir ko‘rsatishi mumkin?”, “Ushbu vaziyatda barcha tomonlarning qadriyatlari hisobga olindimi?” kabi savollar refleksiv kompetentlikning rivojlanishiga xizmat qiladi.
Integrativ metodikaning samaradorligi tegishli pedagogik shart-sharoitlar bilan ta’minlanadi. Bunda, avvalo, pedagogik fanlarning mazmuniga millatlararo muloqot madaniyatiga oid mavzu va topshiriqlarni integratsiyalash; nazariy bilimlarni real va modellashtirilgan pedagogik vaziyatlar bilan bog‘lash; talabalarning faol va hamkorlikdagi ta’lim faoliyatini tashkil etish; ko‘pmadaniyatli va tolerant ta’lim muhitini yaratish; refleksiv faoliyatni muntazam amalga oshirish hamda auditoriya va auditoriyadan tashqari faoliyatning uzviyligini ta’minlash zarur.
Shu bilan birga, integrativ tayyorgarlikni faqat alohida maxsus kurs doirasida amalga oshirish yetarli emas. Millatlararo muloqot madaniyatiga oid mazmun “Pedagogika”, “Psixologiya”, “Tarbiya”, “Pedagogik mahorat”, “Etnopedagogika”, “Madaniyatshunoslik” kabi fanlar, pedagogik amaliyot va mustaqil ta’lim topshiriqlari bilan vertikal hamda gorizontal ravishda integratsiyalanishi kerak. Gorizontal integratsiya bir bosqichda o‘qitiladigan fanlarning mazmuniy aloqadorligini ta’minlasa, vertikal integratsiya talabaning mazkur yo‘nalishdagi kompetensiyalarini ta’lim bosqichlari davomida oddiydan murakkabga qarab izchil rivojlantirishni nazarda tutadi.
Metodikani bosqichma-bosqich amalga oshirish nuqtai nazaridan diagnostikmotivatsion, kognitiv-integrativ, amaliy-faoliyatli va refleksiv-korreksion bosqichlarni ajratish mumkin. Diagnostik-motivatsion bosqichda talabalarning dastlabki bilimlari, munosabatlari va stereotiplari aniqlanib, millatlararo muloqotga ijobiy motivatsiya shakllantiriladi. Kognitiv-integrativ bosqichda fanlararo bilimlar tizimlashtiriladi. Amaliyfaoliyatli bosqichda keyslar, loyihalar, rolli o‘yinlar va pedagogik amaliyot orqali bilimlar kasbiy faoliyatga tatbiq etiladi. Refleksiv-korreksion bosqichda esa erishilgan natijalar tahlil qilinib, kamchiliklar aniqlanadi va individual rivojlanish yo‘nalishlari belgilanadi.
Metodikaning natijadorligini baholashda ham integrativ diagnostika tamoyiliga amal qilish lozim. Bunda faqat bilim darajasini aniqlovchi testlardan foydalanish yetarli emas. Motivatsion va qadriyatli munosabatni aniqlash uchun so‘rovnoma va diagnostik metodlar, kognitiv ko‘rsatkichlar uchun test va muammoli topshiriqlar, kommunikativ-faoliyatli ko‘rsatkichlar uchun pedagogik vaziyatlar va kuzatish, refleksiv ko‘rsatkichlar uchun esa o‘z-o‘zini baholash, portfolio va refleksiv topshiriqlardan foydalanish mumkin. Natijada bo‘lajak o‘qituvchining tayyorligi bilim, munosabat va amaliy faoliyatning birligi asosida baholanadi.
To‘rtta integratsiya yo‘nalishini tahlil qilish jarayonida ularning mazmuni, shakli va natijasi tizimlashtirildi. Tahlil natijalari quyidagi jadvalda umumlashtirilgan holda keltirilgan:
1-jadval
Fanlararo
integratsiya
Etnopedagogika,
psixologiya, tarix va til
fanlari mazmunini
uzviy bog‘lash
Fanlararo
integratsiyalashgan
mavzular va qo‘shma
topshiriqlar
Yaxlit, tizimli bilim
asosining
shakllanishi 2 Nazariya va
amaliyot
Nazariy bilimni amaliy
muloqot va pedagogik
Nazariy mavzu bilan
bir vaqtda amaliy
trening o‘tkazish
Bilimning amaliy
ko‘nikmaga
aylanishi
vaziyatlar bilan
bog‘lash 3 O‘quv va
tarbiyaviy
faoliyat
Auditoriya
mashg‘ulotlarini tashqi
tarbiyaviy-madaniy
tadbirlar bilan
uyg‘unlashtirish
Millatlararo
bayramlar, ijodiy
tadbirlarni o‘quv
jarayoniga bog‘lash
Bilim va
qadriyatning
birgalikda
mustahkamlanishi
Auditoriya va
real hayot
O‘quv
mashg‘ulotlarini real
ko‘p millatli jamoa
bilan bevosita
bog‘lash
Pedagogik amaliyot,
real jamoa bilan
hamkorlik loyihalari
Nazariy-amaliy
tayyorgarlikning
real hayotda
sinovdan o‘tishi
1-jadvalda ko‘rinib turibdiki, integratsiya yo‘nalishlari nazariydan amaliyga, auditoriyadan real hayotga qarab izchil kengayib boradi. Umuman olganda, ularni kompleks qo‘llash tayyorgarlikning yaxlit va barqaror bo‘lishini ta’minlaydi.
Muhokama natijalari shuni ko‘rsatadiki, integrativ yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quvchilarda millatlararo muloqot madaniyatini shakllantirishga tayyorlash metodikasining samaradorligi “bilimlar integratsiyasi → qadriyatli anglash → kommunikativ tajriba → pedagogik faoliyat → refleksiv takomillashuv” mexanizmi orqali ta’minlanadi. Ushbu mexanizm talabaning nazariy bilimlarini kasbiy-amaliy faoliyat bilan bog‘lash, turli fanlardan olingan bilimlarni yagona pedagogik vazifani hal qilishga safarbar etish va millatlararo muloqotga oid pedagogik qarorlarni mustaqil qabul qilish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Shunday qilib, integrativ yondashuv bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quvchilarda millatlararo muloqot madaniyatini shakllantirishga tayyorlashda fanlararo bilimlar, qadriyatli munosabat, kommunikativ tajriba, pedagogik faoliyat va refleksiyani yagona metodik tizimga birlashtirish imkonini beradi. Bunday tayyorgarlik natijasida bo‘lajak pedagog milliy o‘zlikni hurmat qilish bilan birga madaniy xilma-xillikni qadrlaydigan, turli millat vakillari o‘rtasida konstruktiv dialogni tashkil eta oladigan, nizoli vaziyatlarning profilaktikasini amalga oshiradigan hamda o‘quvchilarda bag‘rikenglik, hamjihatlik va o‘zaro hurmatga asoslangan muloqot madaniyatini maqsadli shakllantira oladigan kasbiy kompetent shaxs sifatida rivojlanadi. Integrativ yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarni millatlararo muloqot madaniyatini shakllantirishga tayyorlash to‘rtta o‘zaro bog‘liq integratsiya yo‘nalishiga asoslanadi. Kelgusi tadqiqotlarda ushbu metodikani amaliy sinovdan o‘tkazish maqsadga muvofiqdir.
ADABIYOTLAR RO‘YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES
1. Берулава М.Н. Теория и практика интеграции образования. – М.:
Совершенство, 1998. – 192 с.
2. 2. Banks J.A. An Introduction to Multicultural Education. – Boston: Pearson, 2014.
– 208 p.
3. 3. Byram M. Teaching and Assessing Intercultural Communicative Competence. –
Clevedon: Multilingual Matters, 1997. – 124 p.
4. 4. Karimov B. Etnopedagogika va millatlararo munosabatlar madaniyati. –
Toshkent: O‘qituvchi, 2016. – 196 b.
5. 5. Yo‘ldoshev J.G‘. Ta’lim texnologiyalari va kompetensiyaviy yondashuv. –
Toshkent: O‘qituvchi, 2011. – 216 b.
Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.