--⊱⊱ 450 ⊰⊰--
YONDASHUVLARI
(boʻlajak tarbiyachilar misolida)
Ergashova Munisa Hoshim qizi
Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor
va mutaxassislarini qayta tayyorlash va
ularning malakasini oshirish instituti
mustaqil izlanuvchisi
Annotatsiya: Ushbu maqolada maktabgacha taʼlim yoʻnalishi talabalarining taʼlim jarayonida interaktiv faol oʻquv oʻyinlaridan foydalanishning innovatsion yondashuvlari ilmiypedagogik nuqtai nazardan koʻrib chiqiladi. Talabalarning taʼlim olish jarayonida interaktiv oʻyinlardan foydalanish ularning amaliy faoliyatda oʻyinlar bolalarning kognitiv, kommunikativ, ijtimoiy-emotsional hamda ijodkorlik koʻnikmalarining rivojlanishiga koʻrsatadigan taʼsirini oʻrganishadi. Shuningdek interaktiv oʻyinlarni taʼlim muhitiga samarali qoʻllash talabalarda kompetensiyaviy yondashuv va integrativ taʼlim metodologiyalari bilan integratsiyalashgan shakllari ularning kasbiy tayyorgarlik jarayoniga oʻrni tahlil qilinadi. Maqolada interaktiv (interfaol) oʻquv oʻyinlarining taʼlim sifatini yaxshilashdagi roli, talabalarning faol ishtirokini taʼminlash, mustaqil oʻrganish orqali nazariy bilimlarini oʻzlashtirishning soddalashtirilishi hamda rivojlantiruvchi taʼlim muhitini boyitishdagi afzalliklari asoslab beriladi.
Kalit soʻzlar: Oʻyin, integratsiya, geyzer, pitsa, kasbiy kompetensiya, kommunikatsiya, samarali taʼlim, interaktiv.
Аннотация: В данной статье рассматриваются инновационные подходы к использованию интерактивных активных образовательных игр в образовательном процессе дошкольников с научно-педагогической точки зрения. Изучается использование интерактивных игр в образовательном процессе обучающихся, изучается влияние игр на развитие познавательных, коммуникативных, социально-эмоциональных и творческих навыков детей в практической деятельности. Также анализируется роль эффективного использования интерактивных игр в образовательной среде, интегрированной с компетентностным подходом и интегративными образовательными методиками, в процессе их профессиональной подготовки. В статье обосновывается роль интерактивных образовательных игр в повышении качества образования, обеспечении активного участия обучающихся, упрощении усвоения теоретических знаний посредством самостоятельного обучения, обогащении развивающей образовательной среды.
Ключевые слова: Игра, интеграция, гейзер, пицца, профессиональная компетентность, коммуникация, эффективное образование, интерактив.
Abstract: This article examines innovative approaches to the use of interactive, active educational games in preschool education from a scientific and pedagogical perspective. It examines the use of interactive games in studentsʼ learning and their impact on the development of childrenʼs
--⊱⊱ 451 ⊰⊰-- cognitive, communicative, social-emotional, and creative skills in practical activities. It also analyzes the role of the effective use of interactive games in an educational environment integrated with a competency-based approach and integrative educational methods during professional development. The article substantiates the role of interactive educational games in improving the quality of education, ensuring active student participation, facilitating the acquisition of theoretical knowledge through independent learning, and enriching the developmental educational environment.
Key words: Igra, integration, geyser, pizza, professional competence, communication, effective education, interactive.
Zamonaviy taʼlim muhitida oliy taʼlim muassasalarida talabalarning taʼlim jarayonlarini integrativ usulda tashkil etish bugungi kunning dolzarb masalariga aylanmoqda. Chunki XXI asr fan va texnologiyalarning jadallashuvi ortidan taʼlim muhitida ham jadallashtiruvchi va soddalik bilan bilim olishga boʻlgan ehtiyoj kuchaymoqda. Bugungi davr talabalari kutubxonalardan emas balki internet tarmoqlarida maʼlumotlarni tezlik bilan olishni maʼqul koʻrishmoqda. Bunday holat albatta bilim olish jarayoni ham xuddi shu usulda osonlik va ularga qiyinlik tugʻdirmaydigan shaklda olishni istashmoqda. Bu esa oliy taʼlim muassasasi professor-oʻqituvchisidan doimiy oʻz ustida ishlashni hamda talabalarni faol oʻzlashtirishlarini taʼminlashi lozim.
Mamlakatimizda taʼlim mazmuni va sifati ustuvor masala sifatida qaralmoqda. Taʼlim sohasini rivojlantirish, qisqa vaqt mobaynida samaradorligini oshirish yoʻllari izlanmoqda, shuningdek, pedagogik texnologiyalarni joriy etish sohadagi islohotlarning diqqat markazidan oʻrin olgan. Talabalarning kasbiy tayyorgarligini oshirishda taʼlim tashkilotlarida ilmiy hamda amaliy zarur shart-sharoitlar yaratib berilmoqda. Mashgʻulotlar jarayonida ilgʻor pedagogik texnologiyalarni qoʻllash hamda ularda shaxsiy fikrlar orqali amaliy muammolarni hal qilishga qaratilgan metodlarni qoʻllash orqali ularda kasbiy sifatlar va pedagogik mahoratini oshirish imkoni yaratilmoqda18
Taʼlimda yangi tadqiqot yoʻnalishi boʻlgan kompetentli yondashuvning paydo boʻlishi hamda xorijiy pedagogik va metodik manbalarda “kompetentlik” va “kompetensiya” tushunchalari 1960- yillarning oxiri 1970-yillarning boshlarida paydo boʻldi va oliy taʼlim muassasalarida taʼlim oluvchilarning kasbiy tayyorgarligi nazariyasi va amaliyotiga keng kirib bordi.19
Oʻquv mashgʻulotlarida talabalarning faolligini oshirish va bilim olishga boʻlgan qiziqishlarini ragʻbatlantirishga qaratilgan oʻyinlar, ularning kasbiy kompetentligini oshirishda xizmat qiladi. Kasbiy tajriba bilim, koʻnikma va malakaning integratsiyasi sifatida aks etadi. Biroq, kasbiy-ijodiy faoliyat koʻnikmalarining oʻzlashtirilishi nafaqat amaliy koʻnikma va malakalarning integratsiyasi, mutaxassis sifatida faoliyatni samarali tashkil etish usul va vositalarini ishlab chiqishni emas, shu bilan birga kasbiy ijodkorlik metodologiyasidan xabardor boʻlish, ijodiy tafakkurni rivojlantirish va kreativ xarakterga ega shaxsiy sifatlarining yetarli darajada oʻzlashtirilishi talab etadi. Talabalarning kasbiy tayyorgarligini oshirish hamda kasbga boʻlgan qiziqishlarini uygʻotishda taʼlimiy oʻyinlardan foydalanish ularning intellektual salohiyatini optimallashtirishga yordam beradi [2]. Mashgʻulotlar jarayonini tashkil etishda oʻyin texnologiyalarini qoʻllash pedagoglarningishini osonlashtiradi. Mashgʻulot jarayonida qisqa vaqt davomida nazariy bilimlarni samarali egallashga qaratilgan metodlardan foydalanish, yakka va jamoaviy topshiriqlar orqali ularning dunyoqarashini 18 “Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-6097-sonfarmoni, 29.10.2020 yil 19 X. Meliyev, O. Jamoldinova. K. Risqulova. Tarbiyachining kasbiy kompetenti va mahorati. Zarvaraq nashriyoti. Toshkent-2021. 25-bet.
--⊱⊱ 452 ⊰⊰-- shakllantirishga asoslangan usullar samarali natija beradi. Oʻyin texnologiyalaridan foydalanish orqali ularning mashgʻulotdagi aktivligi oshadi hamda qiziqishining rivojlanishiga fundamental asos qoʻyiladi [3, 4].
Issiq geyzer usuli
1-rasm: Issiq geyzer sxemasi
Nazariy maʼlumotlarni bu shaklda ham aks ettirish juda samarali natija beradi. Bu usulni mashgʻulotlar jarayonida ham qoʻllash mumkin. Talabalarning lugʻat boyligini oshirish hamda ilmiy terminologiyadan foydalanish koʻnikmalarini shakllantirishda asosiy omil hisoblanadi.
“Belgilar sehriga rang ber”
Mazkur oʻyinni jamoaviy va yakka tartibda tashkil etish mumkin.
Jamoaviy shaklda tashkil etilganda bolalarni sonidan kelib chiqib 5 yoki 2 guruhga boʻlib oʻynash mumkin.
5 ta guruhga boʻlinganda har bir guruh uchun rasmda koʻrsatilgan
geometrik shakllar boʻlib beriladi. Jamoaning har bir ishtirokchisi oʻzi
guruhiga biriktirilgan rangni boʻyashi lozim. Buning uchun xonaning
bir tomoniga guruhlar sonidan kelib chiqib rasm chiqarib stol ustiga
qoʻyiladi. Jamoa aʼzolari oʻz guruhlariga tegishli shaklni boʻyashadi.
Ushbu oʻyinni bir necha xil shaklda bolalarga taklif etish mumkin.
“Pitsa” usuli
Ushbu usul orqali talabalar mavzuga oid savollarga javob yozishadi.
Bunda pitsaga oʻxshash kesilgan boʻlak ostida mavzuga tegishli
savollar yozilgan boʻladi. Talabalar oʻzlari yoqtirgan pitsa boʻlagini
olib unda yozilgan savolga javob yozishadi. 10 daqiqa vaqt
savollarga javob yozishga beriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. “Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash” toʻgʻrisigi PF-6097- son farmoni 29.10.2020 yil
2. Azizxodjayeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. Oʻquv qoʻllanma. – T.;2013 yil.
3. https://lex.uz/
4. https://www.wikipedia.org/
5. Лобашев В.Д., Талых А.А., Зименкова Ф.Н. Элементы творческой деятельности в технологическом образовании студентов // Педагогика и психология образования, - М: МПГУ, №4, 2016.- С.59-65.
Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.