ResearcherUz LogoResearcherUz
Dergiyi Görüntüle

IQTISODIY BILIM ASOSLARI DARSIDA FANLAR ARO BOG’LIQLIKNING O’QUVCHILAR RUHIYATIGA TA’SIRI

Özet

Ushbu maqolada iqtisodiyot fanining bugungi kunda jamiyatdagi o’z o’rni va uni puxta o’rganizshning qay darajada dolzarbligi va fanlar bilan bog’liqligi haqida mulohazalar yuritilgan.


Tam PDF Belgesi

İlgili Makaleler

Tam metin

BOG’LIQLIKNING O’QUVCHILAR RUHIYATIGA TA’SIRI

Ismoilova Dilfuza

Surxondaryo viloyati Termiz davlat pedagogika institute Geografiya va uni o’qitish

metodikasi kafedrasi o’qituvchisi.

Telefon: +998975332919

Annotatsiya – Ushbu maqolada iqtisodiyot fanining bugungi kunda jamiyatdagi o’z o’rni va uni puxta o’rganizshning qay darajada dolzarbligi va fanlar bilan bog’liqligi haqida mulohazalar yuritilgan.

Kalit so’zlar - Jismoniy shaxs, yuridik shaxs, daromad solig’i.

Iqtisodiy bilim asoslari fanini o’qitishda o’quvchidan kata ma’suliyat, bilim, tajriba va shu bilan birga yuqori darajadagi fikr talab etiladi. Ushbu fan boshqa fan singari qadimiy yoki asrlar davomida boy tajribaga ega emas. Iqtisodiy bilim asoslari fani bugungi kunning dolzarb zamon bilan hamnafas bo’lgan ko’zgusidir. Bu fan mustaqillik e’lon qilingandan so’ng O’zbekistonni birinchi Prezidenti I.A. karimov tomonidan asos solingan va umumta’lim maktablarida o’qitila boshlandi.

Iqtisodiy bilim asoslari fanida o’qitilayotgan har bir mavzudagi keltirilgan faktlar, qoidalar, tahdidlar ham aynan shu kunimizni ifoda etadi. Fanda o’tiladigan mavzularda o’quv fanlari bilan bog’liqlik juda ham ijobiy natija bo’ladi. Chunki fanlar aro bog’liqlik o’qituvchidan yuksak darajadagi bilim, ilmiy dunyoqarash o’quvchilarga nafaqat ushbu fan balki boshqa fanlarga nisbatan qiziqish uyg’ota olish ma’suliyatini yuklaydi. O’quvchilarga esa ular dunyoqarashining kengayishi , fikrlarini teranlashishi , shu bilan birga kelajakda biror kasb egallashda boshqa fanlarni o’rni qay darajada ekanligini ham anglatadi. O’quvchilar ushbu fanlar aro aloqa bilan birga iqtisodiy jarayon bilan bevosita bog’liq bo’lib, ular ruhiyatini o’zgartiradi.

E. sariqov va B. Haydarov muallifligiostida chop etilgan iqtisodiy bilim asoslari 9-sinf darsligida 3-bob soliq turlari 15-mavzu: Daromad solig’i mavzusi misolida fikrlarimizni tahlil qilaylik.

Ushbu mavzu tarix, adabiyot, huquq, matematika, fizika fanlari bilan bog’liqdir. Dastlab o’qituvchi mavzuni boshlashdan oldin bizning buyuk allomalarimizdan biri bo’lgan Amir temurni soliq haqidagi fikrlarini aytish orqali tarix fani bog’laydilar. Chunki Amir temur soliq haqidagi “ temur tuzuklari” da shunday yozadi. “Hirojni yig’ish vaqtida ikki vair tayinlansin, biri to’plagan molni yozib , Raiyat ahvolini tekshirib tursin, boj oluvchilar fuqaroga zulm qilib ularga zarar yetkazmang. Ikkinchi vazir esa chiqim daftariga yozib yig’ilgan mollarni sipoh maoshiga taqsim qilsin” deganlar. Bu tarixdan bizgacha dasturiamal bo’lib Amir temur davrida davlat xazinasida hisob-kitob ishlari aniq yo’lga qo’yilgan. Bu hozirgi zmondagi davlatning byudjet siyosatiga juda ham o’xshab ketadi. So’ngra o’qituvchi alisher Navoiy fikri orqali adabiyot faniga mavzuni bog’laydi.

Buyuk bobokalonimiz alisher Navoiy oddiy odamlarga soliq to’lashdan bosh tortmaslikni maslahat berganlar bunday xatti harakat “o’z sheriklariga jafo qilishlik bilan barobardir” degan. Alisher Navoiyning soliq haqidagi boj , hiroj to’lash haqidagi fikrlari mustaqil davlatimiz soliq tizimi haqidagi bilimlarning tarixiy asoslarini bilib olishga yordam berishi tabiiydir .

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 51-moddasida Fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yig’imlarni to’lashga majburdirlar . Bu so’zlar orqali o’quvchi huquq fani bilan bog’lagan holda ayrim iqtisodiy atamalar iqtisodiy atamalar aynan huquqshunoslik fani bilan bog’liqdir. Mavzuda asosan jismoniy va yuridik shaxslardan undiriladigan daromad soliqlari haqida so’z ketar ekan avvalo har ikkalasiga ta’rif beramiz.

Jismoniy shaxs – o’zbekiston respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar.

Yuridik shaxs – o’zbekiston respublikasi qonunlariga muvofiq tashkil etilgan korxonalar, firmalar, ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish muassasalari.

Bu aynan huquqiy mavzu bo’lganligi uchun Soliq kodeksi haqida gapirmaslikni iloji yo’q. Kelajakda soliqchi bo’lishni niyat qilgan o’quvchi albatta soliq kodeksi haqida maktab partasida ma’lumotga ega bo’ladi.

Mavzu bo’yicha daromad solig’ini hisoblashda keltirilgan misolga e’tibor beraylik. Firma o’z xodimga 2014 yil yanvar oyi uchun 1000000 so’m ish haqi hisoblanadi. Xodimni bu daromaddan davlat qancha soliq olishni ko’rib chiqamiz. 2014 yil yanvar oyida eng kam ish haqi 96105 so’mni tashkil etgan. Biz uni jadvaldan foydalanib 1 dan 6 barobargacha bo’lgan daromad uchun 7,5 % ushlash kerakligini aytib demak bu 5 × 96105 × 7,5% + 5 × 96105 × 16% + (1000000 − 961050) + 22% = 36039,4 + 76884 + 8569 = 121492,4 so’m daromad solig’I to’lashi kerak ekan. O’quvchiga matematik asos bilan ushbu amalni bajarishda eng kam ish haqini bilib daromad solig’ini ushlashni o’rgatish mumkin.

Bundan tashqari shu mavzu asosida ko’rsatilgan daromad solig’I stavkalari yillik bo’yicha ko’rsatilgan. Shu holat bo’yicha oddiy byudjet tashkilotda ishlaydigan , masalan, o’quvchi oylik daromadidan qancha daromad solig’I ushlanishi matematik bilim fizikaviy ko’nikma talab etiladi. Bunda eng kam ish haqi necha barobar ekanligi oddiy matematik yo’l bilan hisoblanadi va proporsiya tuziladi. Shunga ko’ra o’quvchi fizika masalalarni yechishda o’rgangan bilimdan foydalanib bajara oladi. Masalan : Farhod 1200000 so’m ish haqi oladi. Eng kam ish haqi 149775 so’m bo’lsa daromad solig’I qancha ishlanishini oddiy matematik yo’l bilan hisoblaymiz.

149,1775 ×8=1198.2 so’m

1200000 – 100%

X=1200000× 16 = 19200000 = 192000 𝑠𝑜′𝑚

X=192000 so’m

Shunday qilib o’quvchilarga ushbu mavzuni o’tishda esa iqtisodiy ko’rsatkichlarimiz yuqori bo’lib borishganligini kuzatish mumkin.

“ Soliq tizimining eng muhim vazifasi ishlab chiqarishni rivojlanishiga moddiy hom, ashyo, tabiiy, moliyaviy va mehnat resurslaridan to’plangan soliqlar mol mulkdan samarali foydalanishda rag’batlantiruvchi samarali ta’sir ko’rsatuvchidir” degan edilar o’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.karimov.

Zero o’quvchilarga soliq haqidagi ilmiy bilimlar kelajakda byudjet va iqtisodiyot sohasini rivojlanishida yordam beradi.

O’zbekiston Respublikasining “ta’lim to’g’risida”gi Qonuni, shuningdek Davlat ta’lim standartlarida o’z aksini topgan g’oyalar, maqsad vazifalardan kelib chiqilsa, o’quvchilarga iqtisodiy ta’lim berish bo’yicha olib borilayotgan ishlar bugungi kundagi real ehtiyojlardan ortda qolmoqda.

O’quvchilar uchun qiziqarli va tushunarli bo’lishini inobatga olgan holda hozirgi zamonaviy darslarni tashkil qilishda eng muhim fanlar yordamida darslarni tashkil qilishda eng muhim fanlar yordamida darslarni tashkil qilish kerak. Shuni aytish mumkinki, iqtisodiy bilim asoslari fanida mavzularni o’qitishda geografiyani ham bilish kerak bo’ladi, kimyo fani bilan ham uzviy bog’liq, masalalar yechish uchun matematika fani bilan , tarbiyaviy maqsadga erishish uchun Milliy istiqlol g’oyasi fani va AKT dan foydalanish uchun informatika fani, yangi ma’lumotlar olish uchun internetdan foydalanishga ingliz va rus tillarni mukammal bilish ta’lim jarayonini yangi sifat ko’rsatkichlariga erishish, yangi mavzuni bayon etish hamda boshqarish jarayonini tezlashtirish va samaradorligini oshirish imkoniyatini yaratadi. Ta’lim jarayonida Milliy istiqlol g’oyasi , informatika va matematika fanlari bilan uzviy bog’lash natijasida ta’lim tamoyillari , mohiyati , konsepsiyalari, usullari va uslubiyatlari o’zgaradi.

Foydalanilgan adabiyotlar to’plami ;

1. E.Sariqov , B.Haydarov “ Iqtisodiy bilim asoslari” Maktab darsligi 8-9- sinflar kitobi.

Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.