ResearcherUz LogoResearcherUz
Dergiyi Görüntüle

IQTISODIY INQIROZLARNING NAZARIY ASOSLARI: SABABLARI VA TURLARI

Özet

O‘zbek tilida Maqolada iqtisodiy inqirozlarning kelib chiqishiga sabab bo‘luvchi nazariy omillar yoritilgan. Unda turli iqtisodiy maktablarning qarashlari asosida inqiroz tushunchasi, uni keltirib chiqaradigan omillar hamda inqirozlarning turlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, tarixiy tajribalar orqali inqirozlarning qanday shakllarda namoyon bo‘lishi va ularning iqtisodiy tizimlarga ta’siri tahlil qilinadi.


Tam PDF Belgesi

İlgili Makaleler

Tam metin

TURLARI

Moyliyev Elyor Baxtiyorovich,

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti

"Xalqaro iqtisodiyot va menejment" kafedrasi Phd o’qituvchi,

Bog‘lanish uchun telefon: +998940706740

Narzullayeva Maftuna Fayzullo qizi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti magistranti

Elektron pochta: maftunanarzullayeva05@gmail.com

Bog‘lanish uchun telefon: +998936341405 Annotatsiya O‘zbek tilida Maqolada iqtisodiy inqirozlarning kelib chiqishiga sabab bo‘luvchi nazariy omillar yoritilgan. Unda turli iqtisodiy maktablarning qarashlari asosida inqiroz tushunchasi, uni keltirib chiqaradigan omillar hamda inqirozlarning turlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, tarixiy tajribalar orqali inqirozlarning qanday shakllarda namoyon bo‘lishi va ularning iqtisodiy tizimlarga ta’siri tahlil qilinadi. Kalit so’zlar: Iqtisodiy inqiroz, inqiroz sabablari, inqiroz turlari, iqtisodiy nazariyalar, iqtisodiy sikl, makroiqtisodiy omillar, moliyaviy beqarorlik, ichki va tashqi omillar, tarixiy tajriba, iqtisodiy tizimlar barqarorligi In English The article presents a theoretical overview of the causes behind economic crises. It reflects on various schools of economic thought to explain what constitutes a crisis, explores the range of factors contributing to it, and classifies its types. Drawing on historical insights, it illustrates how crises manifest in practice and influence economic systems. Keywords: Economic crisis, causes of crisis, types of crisis, economic theories, business cycle, macroeconomic factors, financial instability, internal and external factors, historical experience, stability of economic systems. На русском языке В статье даётся теоретический обзор причин экономических кризисов. На основе разных экономических школ рассматриваются природа кризиса, его основные движущие факторы и разновидности. Через исторический опыт анализируются формы проявления кризисов и их влияние на экономические структуры. Ключевые слова: Экономический кризис, причины кризиса, виды кризисов, экономические теории, экономический цикл, макроэкономические факторы, финансовая нестабильность, внутренние и внешние факторы, исторический опыт, устойчивость экономических систем.

Iqtisodiy inqirozlar insoniyat tarixida deyarli har bir bosqichda takrorlanib kelayotgan murakkab va ko‘p qirrali jarayonlardan biridir. Ular nafaqat iqtisodiy o‘sish sur’atlariga, balki siyosiy barqarorlik va ijtimoiy farovonlikka ham sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Har bir inqiroz ortida turli sabablarga ega bo‘lgan iqtisodiy muvozanatsizliklar yotadi. Mazkur mavzuni o‘rganish nafaqat hozirgi zamonaviy iqtisodiy muammolarni tushunishga, balki ularning oldini olish yoki oqibatlarini yumshatishga doir samarali yondashuvlarni ishlab chiqishga yordam beradi.

“Iqtisodiy inqiroz” tushunchasiga ta’rif beradigan bo’lsak turli adabiyotlarda va turli iqtisodchilar tomonidan turlicha talqin qilingan. Jumladan, inqirozning o’ziga O’zbekiston Milliy Ensiklopediyasida quyidagicha izoh berilgan: “Inqiroz — taraqqiyotda orqaga ketish, tanazzul. Har qanday obyekt o‘zining rivojlanishi mobaynida paydo bo‘lish, ulg‘ayish, pasayish va halok bo‘lish bosqichlaridan o‘tadi. Har qanday tizim (obyekt)ning nisbatan yuqori darajada shakllangan holatidan quyi darajadagi holatga o‘tish jarayoni inqiroz davri deyiladi. Ijtimoiy tizimlardagi inqirozlarga differensial yondashish kerak. Iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ma’naviy sohalardagi inqirozlar, odatda, mustaqil ro‘y beradi, ba’zan esa hammasi kompleks tarzda baravar bo‘ladi. Bunday holda jamiyatning umumiy iqtisodiy inqirozi boshlanadi”1.

Tarixiy manbalar shuni ko‘rsatadiki, iqtisodiy inqirozlar masalasiga yondashuvlar har doim bir xil bo‘lmagan. Har bir davr iqtisodchilari o‘z zamonasining ijtimoiy va iqtisodiy sharoitlariga qarab bu hodisani turlicha talqin qilganlar. Fransuz mutafakkiri Pierre Le Pesant de Boisguilbert (1646–1714) esa bu borada ilk sistematik yondashuvlardan birini taklif etgan iqtisodchilardan biridir. U iqtisodiy muammolarni 1 O’zbekiston Milliy Ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashri “I” harfi 245- bet faqat statistik raqamlar yoki qisqa muddatli omillar bilan izohlash o‘rniga, masalaga chuqurroq – tizimli va institutsional yondashgan.

Boisguilbert fikricha, iqtisodiy inqirozlarning ildizi davlatning haddan tashqari aralashuvi va bozor qonuniyatlariga ishonmasligidadir. U erkin bozor mexanizmlari, raqobat va narxlar muvozanatini iqtisodiy barqarorlikning asosi deb biladi. Aynan shu asosda u iqtisodiy inqirozlarni sun’iy cheklovlar, ortiqcha soliqlar va markazlashgan boshqaruvning oqibati sifatida izohlaydi. Uning eng muhim asari — “Le Détail de la France” (1695) — da quyidagicha ta’rif keltiriladi: “Davlat ortiqcha soliqlar va nojo‘ya tartiblar orqali bozorning tabiiy harakatini to‘xtatmoqda. Agar dehqon ishlab chiqarishda manfaat topmasa, butun jamiyat ochlikka yuz tutadi.” (Boisguilbert, 1695)2. XX asrda kapitalistik dunyoning ko’lami jihatidan eng yirik hisonlangan inqiroz – Buyuk dipressiyani tushuntiruvchi zamonaviy makroiqtisodiyotni 1930 yillarda fan darajasiga olib chiqqan va o’z navbatida, biznes sikllarining zamonaviy nazariyasiga salmoqli hissa qo’shgan iqtisodchi olim J.M.Keyns hisoblanadi. Bu paytda, 1929-1933 yillarda A.Smit tomonidan amal qilinib kelayotgan nazariya AQSh va bir qator rivojlangan mamlakatlarning yalpi ichki mahsulotlarining keskin kamayishi, ishsizlik darajasining oshib ketishi, ishsizlik darajasi qariyib 25% yetishini tushuntirib bera olmadi. Klassik maktab nazariyotchilar (A.Smit, D.Rikardo, J.S.Mill, Y.Shumpeter) tomonidan olib borilgan qarashlar quyidagilardan iborat edi:

- bozor samarali faoliyat olib boradi, talabgir va taklif beruvchini uchrashtirish

va resurslarni to’g’ri taqsimlaydi;

- baho to’liq egiluvchan va u bozorni ortiqcha tavordan (narxga nisbatan)

tozalaydi;

- mehnat haqi bahoning bir ko’rinishi va u ham yetarlicha egiluvchan.U

mehnat bozorni to’liq muvozanatda saqlay oladi;

- bozorlar samarali bo’la olsa, bunda davlat roli yetarli cheklanadi.Davlat

mudofaa, xavfsizlik, qonunlar va tartiblarning ijrosini ta’minlashi va

monopoliyalarning yuzaga kelmasligi kabi vazifalarni bajarishi lozim. 2 Boisguilbert, Pierre le Pesant, sieur de. (n.d.). The Columbia Encyclopedia, 6th ed. Oxford University Press Encyclopedia.com.https://www.encyclopedia.com/gsearch?q=Boisguilbert%2C+Pierre+Le+Pesant+de%E2%80%9D Biroq bu qarashlar Buyuk Depressiya davrida bozor iqtisodiyot o’zini-o’zi samarali tartibga solishning uddasidan chiqmasligini ko’rsatdi. Baholar, mehnat haqi qanchalik pasaymasin, iqtisodiyot o’sish suratlarining pasayishi va ishsizlik darajasining oshishi kabi iqtisodiy muammolarni bartaraf eta olmadi. Aksincha, klassik nazariyaga ko’ra, yuqori ishlik darajasi shu darajaga yetishi kerak ediki, natijada ishlab chiqaruvchilar bu bahoda barcha mehnatga faol aholini ish bilan ta’minlay olishi lozim edi. Natijada ishsizlik o’z-o’zidan bartaraf bo’lishi kerak edi. Ammo amalda bu yuz bermadi va J.Keyns uchun o’z qarashlarini isbotlash imkoni paydo bo’ldi. J.Keyns klassik nazariyaga qarshi bo’lgan quyidagi ikki qarashni asosladi. Brinchidan, iqtisodiyot vaqtning istalgan nuqtasida raqobatli muvozanatda bo’la olmaydi, ya’ni “ko’rinmas qo’l” o’z ishini iqtisodiy holatning har jabhasida bajarmaydi. Bu muvozanatsizlikning asosiy sababi esa – baholar va mehnat haqining uzoq vaqt davomida shartnomali holatda o’zgarmay va joriy bozor konyukturasiga mos kelmasili hisoblanadi. Ikkinchidan, iqtisodiyotning qay darajada bo’lishini yalpi talab belgilamaydi, bunda investorlarning hamda istemolchilar va hukumatning tovarlar va xizmatlar sotib olishga qanchalik tayyor ekanligi bilan baholanadi3. Keyns nazariyasiga ko’ra iqtisodiy inqiroz sabablari quyidagicha izohlanadi:

➢ Agregat talabning yetishmasligi: Keynesning fikricha, iqtisodiy inqirozlar

ko‘pincha agregat talabning pasayishi (ya'ni, iste'molchilar va investorlarning xarid

qilish faolligining kamayishi) bilan bog‘liq bo‘ladi. Bozor o‘z-o‘zidan

muvozanatga kelmaydi, chunki barcha ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlar har

➢ Ishsizlikning tabiiy emas, balki tizimli shakli: Klassik iqtisodiy nazariyadan

farqli ravishda, Keynes ishsizlikni narxlar moslashmasligi bilan emas, balki talab

yetishmovchiligi bilan izohlaydi. Ishsizlik — bu tizimli muammo, uni faqat ishchi

kuchining narxini kamaytirish bilan hal qilib bo‘lmaydi;

➢ Investitsiyalarning beqarorligi: Investitsiyalar foiz stavkalariga emas, balki

tadbirkorlarning kelajakka bo‘lgan ishonchiga (Keynes buni animal spirits —

“hayvoniy ruh” deb atagan) bog‘liq. Salbiy psixologik kayfiyat investitsiyalarni

to‘xtatib, inqirozga olib keladi. 3 Keynes,John M. The Theory of Employmet, Interst, and Money” (New York: harcourt,1936) 403- bet The General Theory of Employment, Interest and Money, Chapter 3 — "The Principle of Effective Demand; Chapter 2 — "The Postulates of the Classical Economics"; Chapter 12 — "The State of Long-Term Expectation" Bundan tashqari bir nechta iqtisodchilar o’z asarlari bunga qo’shimcha tarzda iqtisodiy inqirozga sabab bo’luvchi boshqa omillarni keltirib o’tishadi: Karl Marx (1867) kapitalistik tizimdagi inqirozlarni ortiqcha ishlab chiqarish (overproduction) bilan bog‘laydi. Uning fikricha, kapitalizm sharoitida ishlab chiqaruvchilar foyda oshirish maqsadida ishlab chiqarishni kengaytiradi, ammo mehnatkashlarning haqiqiy daromadi cheklanganligi sababli tovarlar talab qilinmay qoladi. Natijada, tovarlar bozorda qoladi (realizatsiya muammosi), korxonalar zarar ko‘radi va ishsizlik kuchayadi. Marx buni kapitalizmning tuzilma kamchiligi deb hisoblaydi4. Avstriya iqtisodiyot maktabi vakili Friedrich Hayek (1931) inqirozlarni kredit ekspansiyasi va resurslarning noto‘g‘ri taqsimlanishi bilan izohlaydi. Uning Nomutanosiblik nazariyasiga (Theory of Malinvestment) ko‘ra, markaziy banklar tomonidan kreditlar arzonlashtirilganda, investorlar foydali bo‘lmagan loyihalarga mablag’ ajratadi. Keyinchalik, bu loyihalar samarasizligi aniq bo‘lganda, bozor tozalanadi va resurslarni qayta taqsimlash inqirozi yuzaga keladi5. Nobel mukofoti laureati Robert Shiller (2000) inqirozlarni irratsional optimizm va spekulyativ pufakchalar bilan bog‘laydi. Uning Irrational Exuberance kitobida ta’kidlashicha, bozor ishtirokchilari ko‘pincha qisqa muddatli daromadlarga ishonib, aktivlar narxini haqiqiy qiymatidan oshirib ko‘rsatadi. Vahima boshlanganda, bu pufakcha yoriladi va narxlarning keskin tushishiga olib keladi. Shiller buni 2008-yilgi moliyaviy inqirozda ko‘rish mumkinligini ta’kidlaydi6. Joseph Stiglitz (2002) zamonaviy inqirozlarda global integratsiya va tashqi omillarning rolini ta’kidlaydi. Uning Globalization and Its Discontents asarida geosiyosiy inqirozlar, iqlim o‘zgarishi, pandemiyalar va savdo urushlari kabi omillar butun dunyo iqtisodiyotiga 4 Marx, K. (1867). Capital: Critique of Political Economy (Vol. 1). Hamburg: Verlag von Otto Meissner 1-jild, 23-25-boʻlimlar 5 Hayek, F. A. (1931). Prices and Production. London: Routledge & Kegan Paul. 2-3-lectures (~30-60-betlar) .https://www.scirp.org/reference/referencespapers?referenceid=2963697 6 Shiller, R. J. (2000). Irrational Exuberance. Princeton, NJ: Princeton University Press. 2-bob (25-40-bet); 5-bob (90-110- bet) exuberance?srsltid=AfmBOorGMP2WQH3tRPaskeynYjgB9bm7be_VOnRa5mIk6w95Ga2fAecc. ta’sir ko‘rsatishi aytilgan. Masalan, 2020-yilda COVID-19 pandemiyasi global ta’minot zanjirlarini buzganligi tufayli iqtisodiy pasayish kuzatildi7.

Iqtisodiy inqirozlar tahlil qilinar ekan, ularga turli iqtisodiy- siyosiy va ijtimoiy omillar ta’sir etishiga ko’ra bir necha turlar bilan bir- biridan farq qilishini tushunish mumkin bo’ladi. Inqiroz turlari ularning yuzaga kelish omillari, namoyon bo‘lish uslublari, ta’sir maydoni va kelib chiqish asoslariga ko‘ra guruhlarga ajratiladi. 1.Yuzaga kelish sabablariga ko’ra iqtisodiy inqiroz turlari: (bu tur inqirozning qanday omillar asosida yuzaga kelishini tavsiflaydi.)

➢ Ishlab chiqarishdagi muvozanatsizlik- ortiqcha ishlab chiqarish yoki bozordagi

talabning pasayishi bilan izohlanadi.

➢ Moliyaviy sektor beqarorligi – banklar, fond bozori va kredit institutlaridagi

pasayishlar, tebranishlar natijasida yuz beradigan inqiroz.

➢ Pul-kredit siyosatidagi xatoliklar – inflyatsiya, deflyatsiya yoki valyuta

qadrsizlanishi, qarz miqdorlarining ortishi oqibatida yuzaga kelishi.

➢ Tashqi shoklar – pandemiyalar, urushlar, global energiya narxlari yoki tabiiy

ofatlar sabablari. 2.Namoyon bo’lish shakli (iqtisodiy ko’rinishiga) ko’ra turlari: (bu tur inqirozlarning qanday ko’rinishda iqtisodiy faoliyatda namoyon bo’lishini tushunishga yordam beradi. Inqirozlar turli shakllarda iqtisodiy faoliyatlarni pasaytirish yoki qisqartirishi mumkin.)

➢ Regressiv inqiroz (Recession)8 – YaIMning ikki chorak davomida salbiy o’sish

sur’ati bilan namoyon bo’ladi.

➢ Depressiya (Depression)9 – uzoq vaqt davom etuvchi va chuqur iqtisodiy

pasayishlar turli sohalarda bir vaqtda sodir bo’lishi bilan kuzatiladi.

➢ Stagflyatsiya (Stagflation)10 – inflatsiya va ishsizlik darajasining bir vaqtda

oshishi bilan namoyon bo’ladi. 7 Stiglitz, J. E. (2002). Globalization and Its Discontents. New York: W.W. Norton & Company. 4-bob (70-90-bet); 6-bob (120-140-bet) 8 AGROVOC Multilingual Thesaurus_ BMTning FAO tashkiloti tomonidan yuritiladigan lug’at Created 9/20/22, last modified 8/12/24 https://agrovoc.fao.org/browse/agrovoc/en/page/c_4f7e5db1 9 AGROVOC Multilingual Thesaurus_ BMTning FAO tashkiloti tomonidan yuritiladigan lug’at Created 2/3/12, last modified 9/28/22 https://agrovoc.fao.org/browse/agrovoc/en/page/c_28802 10 Investopedia_global moliyaviy media veb-sayti ta’rifi https://www.investopedia.com/terms/s/stagflation.asp 3.Qamrov va ta’sir doirasiga ko’ra:( inqirozlar ta’sir doirasi davlat yoki jamiyatning iqtisodiy holatiga ko’ra ta’sir qiladi)

➢ Sanooat sohasini qamrab olgan inqiroz- ishlab chiqarishdagi xatoliklar,

resurslarning noto’g’ri taqsimlashini va ortiqcha ishlab chiqarish bilan yuzaga

keladi.

➢ Moliyaviy sektorga oid inqiroz- banklar va moliyaviy institutlar doirasida yuzaga

keladi.

➢ Makroiqtisodiy sektorga oid inqiroz (butun iqtisodiy tizimga ta’sir qiluvchi)- keng

qamrovli va butun iqtisodiy tizimni qamrab olgan inqiroz. 4.Yuzaga kelish omillarga ko’ra:

➢ Ichki omillar- noto’g’ri iqtisodiy siyosat, bozor muvozanatsizligi, yuqori qarz olish,

davlat-jamiyat noto’g’ri boshqaruvi natijasida yuzaga keladi.

➢ Tashqi omillar- global narxlar o’zgarishi, xalqaro siyosiy holatlar, tabiiy ofatlar

ta’sirida ro’y beradi.

Bugungi dunyo iqtisodiyotida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar va muammolar iqtisodiy inqirozlar masalasini dolzarb qilib qo‘ymoqda. Maqola davomida o‘rganilgan ma’lumotlar asosida shuni aytish mumkinki, har qanday iqtisodiy inqiroz birdaniga va sababsiz yuzaga kelmaydi. Unga ko‘pincha ichki iqtisodiy nomutanosibliklar, moliyaviy beqarorlik, siyosiy qarorlarning sustligi yoki global omillar sabab bo‘ladi. Bu omillar birbiriga bog‘liq va o‘zaro ta’sirchan bo‘lib, natijada inqirozga olib keluvchi jarayon bosqichma-bosqich shakllanadi. Inqirozlar har doim ham bir xil shaklda namoyon bo‘lmaydi. Ba’zilari tsiklik tusda bo‘lib, tabiiy iqtisodiy o‘zgarishlar oqibatida yuzaga keladi. Boshqalari esa to‘satdan sodir bo‘lib, moliya bozorlarining qulashiga yoki tashqi iqtisodiy zarbalarga bog‘liq bo‘ladi. Har bir tur o‘ziga xos xususiyatlarga ega va ular alohida yondashuvni talab qiladi. Shuni anglash kerakki, inqirozlar faqat yo‘qotish emas, balki o‘sish va islohot uchun imkon hamdir. Aynan inqirozlar orqali iqtisodiyotdagi zaif nuqtalar aniqlanadi, yangicha yondashuvlar paydo bo‘ladi va tizim o‘zgarishga majbur bo‘ladi. Demak, iqtisodiy inqirozlar sabab va turlarini chuqur tushunish — kelajakdagi muammolarni oldindan sezish va ularni yumshatish yo‘lida muhim qadamlardan biridir. Foydalanilgan adabiyotlar: 1.O’zbekiston Milliy Ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashri “I” harfi 245- bet 2. Boisguilbert, Pierre le Pesant, sieur de. (n.d.). The Columbia Encyclopedia, 6th ed. Oxford University Press Encyclopedia.com.https://www.encyclopedia.com/gsearch?q=Boisguilbert%2C+Pierre+ Le+Pesant+de%E2%80%9D 3. Keynes,John M. The Theory of Employmet, Interst, and Money” (New York: harcourt,1936) 403- bet The General Theory of Employment, Interest and Money, Chapter 3 — "The Principle of Effective Demand; Chapter 2 — "The Postulates of the Classical Economics"; Chapter 12 — "The State of Long-Term Expectation" 4. Marx, K. (1867). Capital: Critique of Political Economy (Vol. 1). Hamburg: Verlag von Otto Meissner 1-jild, 23-25-boʻlimlar 5. Hayek, F. A. (1931). Prices and Production. London: Routledge & Kegan Paul. 2-3- lectures (~30-60-betlar) 6.Shiller, R. J. (2000). Irrational Exuberance. Princeton, NJ: Princeton University Press. 2-bob (25-40-bet); 5-bob (90-110-bet) 7.Stiglitz, J. E. (2002). Globalization and Its Discontents. New York: W.W. Norton & Company. 4-bob (70-90-bet); 6-bob (120-140-bet) 8.AGROVOC Multilingual Thesaurus_ BMTning FAO tashkiloti tomonidan yuritiladigan lug’at Created 9/20/22, last modified 8/12/24 9.AGROVOC Multilingual Thesaurus_ BMTning FAO tashkiloti tomonidan yuritiladigan lug’at Created 2/3/12, last modified 9/28/22 10.Investopedia_global moliyaviy media veb-sayti ta’rifi

Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.