AMALDAGI NATIJALARI.
Xurramov Davlatbek Shuxrat o‘g‘li Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti buxgalteriya hisobi va audit
yo’nalishi talabasi
Annotatsiya:Ushbu maqola mamlakatimizda iqtisodiyotimizni yaxshilash va asosan Surxondaryoda qilinayotgan o’zgarishlar haqida so’z ketadi.
Kalit so’zlar: O’zbekiston, Jizzax, Surxondaryo, elektromobillar, GESlar, iqtisodiyot, YaIM
Kirish.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish va bozor mexanizmlarini keng joriy qilish tamoyillariga asoslangan islohotlarning yangi bosqichida davlatning iqtisodiyotdagi rolini kamaytirish va xususiy sektorning ishtirokini kengaytirish bo’yiocha navbatdagi ishlarning natijadorliginioshirish bugungi kunda iqtisodiyotni boshqarishning aniq,shaffof va natijaga yo’naltirilgan mexanizmini ishlab chiqishni taqozo etmoqda.
Shu bilan birga, hududlarda aholining turmush darajasi va sifatini yaxshilash, xususan kambag‘allikni qisqartirish vazifalari ko‘p jihatdan iqtisodiyotning barcha tarmoq va sohalarining raqobatbardoshligini oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun fundamental sharoitlarni yaratib berish hisobiga yangi va barqaror ish o‘rinlarini tashkil etish bilan bevosita bog‘liqdir.
Asosiy qism.
Hozirgi kunda milliy taraqqiyotimizning ikkinchi strategik davrida turipmiz.Ya’ni, 2017-2021-yillarga moʻljallangan Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarib, 2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi ijrosiga kirishdik.
Prezidentimiz mustaqilligimizning oʻttiz bir yillik bayramiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi nutqida yangi Oʻzbekistonni barpo etish va rivojlantirishning muhim yoʻnalishlarini belgilab berganini ham alohida tilga olamiz.
Prezidentimiz taʼkidlaganidek,bugungi Oʻzbekiston — bu kechagi Oʻzbekiston emas. Bugungi xalqimiz ham kechagi xalq emas. Mamlakatimiz pandemiya va global inqirozning salbiy taʼsirlariga qaramasdan, erkin, obod va farovon hayot qurish yoʻlidan dadil olgʻa bormoqda.
— Prezidentimiz rahbarligida erishilayotgan har bir yutuq va natijalar samaradorligi, albatta, strategik rivojlanish tamoyillariga oʻtilgani bilan izohlanadi.
— Jadal rivojlanish, jahon iqtisodiyotidagi va geosiyosatdagi oʻzgarishlar davrida mamlakat va uning hududlarini barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda yangi yondashuv va vositalardan foydalanish ehtiyoji yuzaga keladi. Strategik rivojlanish yoʻli ana shunday muhim jarayonda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yoʻnalishlarini belgilashni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar majmuidir. Oʻzbekiston bu boradagi islohotlarni amalga oshirishda izchillik va uzviylik yoʻlini tanladi
Shu boisdan,muhtaram prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash dasturi bo’yicha tadbirkorlar uchun juda katta imkoniyatlar yaratilmoqda, boshqa davlatlardan tadbirkorlik subyektlarini ko’paytirish uchun investorlar jalb qilinmoqda va o’zlari ham bu jadallashuv vaqtida rivojlanishga katta hissa qo’shmoqdalar.Misol uchun kuni kecha iqtisodiyoti bo’yicha dunyoda yuqori o’rinlarda ketayotgan davlatlardan biri bo’lgan Xitoy xalq respublikasida joylashgan BYD(Build Your Dreams) kompaniyasi bilan shartnoma tuzdilar va Jizzax viloyatida BYD gibrid va elektromobillarini ishlab chiqarishni yo’lga qo’yishni maqsad qildilar.Bundan 2023- yilning o’rtalarida yana o’sha Jizzax viloyatida ADM JIzzakh kompaniyasi Chery international bilan hamkorlikda gibrid avtomobillar va elektomobillar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yganini ma’lum qildi.
Albatta, prezidentimizning bu kabi hamkorliklaridan ko’zlangan asosiy maqsadlari O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini va aholi turmish tarzini yaxshilash, ayni vaqtda asosiy barchamizning asosiy vazifamiz bo’lgan mamlakatimiz ekologiyasini yaxshilashdan iborat deb o’ylayman.Bilamizki respublikamizning asosiy shaharlarida mashina soni juda ham oshib ketgan va bu foydalanilayotgan mashinalarning asosiy qismi gaz yoqilg’isi yoki benzin yoqilg’isidan foydalanadi,albatta bu ekologiyamiz uchun katta zarar hisoblanadi. Shu sababli elektromobillardan foydalanish va uni o’z mamlakatimizda ishlab chiqarish yo’lga qo’yilmoqda.
Xususan oxirgi yillarda iqtisodiyotimizni asoslaridan biri bo’lib turgan oltin konlarimizdagi oltin qazib olish hajmini yanada oshirildi va bundan tashqari yangi gaz konlari ham ochildi va ishga tushdi.Ayniqsa o’zimiz istiqomat qiladigan Surxondaryo viloyatini oladigan bo’lsak,Boysun tumanida 2019-yil yangi gaz koni ochildi va hozirgi kunda shu yerning o’zida gazni qayta ishlash zavodi qurilmoqda.Gazning o’rtacha kunlik oqimi 300 ming kubometrni tashkil qiladi.
Surhan Gas Chemical Operating Company xorijiy korxonasi tomonidan amalga oshirilayotgan ushbu loyihaning qiymati 2,9 milliard dollar. Majmua yiliga 5 milliard metr kub gazni qazib chiqarish va qayta ishlash quvvatiga ega bo‘ladi.
Hozirgacha konni o‘zlashtirishga 1 milliard 450 million dollarlik investitsiya kiritilib, 20 ta quduqda burg‘ilash ishlari yakunlangan. 11 ta gaz qudug‘i sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgan. Poydevor ishlari va metall konstruksiyalar qurish qariyb yakunlanib qolgan Zavodning loyihalari va qurilishi Shell kompaniyasining litsenziyalangan texnologiyalari asosida olib borilmoqda. U eng ilg‘or ekologik talablarga mos bo‘lib, ishlab chiqarishdagi zararli chiqindilarni 99 foiz zararsizlantirish imkoniyatiga ega. Bunday uskunalar MDH davlatlari ichida birinchi bor ushbu zavodga o‘rnatilmoqda.Yana bir muhim jihati, zavod elektr energiyani ham o‘zi generatsiya qiladi, ham tuman aholisiga yetkazib beradi.
Davlat rahbarimiz 2023-yilning so’ngida ushbu gaz-kimyo majmuasiga tashrif buyurdi va shu yerdagi geologik qidiruv va seysmik tadqiqot ishlari yakunlari bilan tanishdi. Investorlar, konni o‘zlashtirishda qatnashayotgan mutaxassis va quruvchilar bilan suhbatlashdi.
“Asosiy maqsad gazni xomashyo sotish emas, uni qayta ishlash,qo’shimcha qiymatli mahsulotlar olish bo’lishi lozim.Investitsiya tez vaqtlarda o’zini oqlab zavod raqobatdosh bo’lish uchun oxirgi mahsulot sifatli va yuqori daromadli bo’lishiga erishish kerak”, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Ekologiyamiz ifloslanayotgan bir paytda elekltromobillardan foydalanish ekologiyamizni yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlardan biri hisoblanadi.Albatta elektromobillardan qancha ko’p foydalansak elektrni ham shuncha ko’p ishlatishimizga to’g’ri keladi,bu esa O’zbekistonda elektr ishlab chiqarish salmog’ini oshirishga undaydi.Albatta bu holat ham prezidentimiz etiboridan chetda qolgani yo’q.Misol uchun kuni kecha ya’ni 28-fevral kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni ko‘paytirish masalasi muhokama qilindi.
Davlat rahbari matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, mamlakatda quyosh va shamol energiyasi salohiyati elektrga bo‘lgan hozirgi ehtiyojni 10−12 barobar ortig‘i bilan qoplashga yetadi. Lekin shunday ulkan imkoniyat ancha yillar davomida ishga solinmagan.
Bugungi kunga qadar sohaga 2,1 milliard dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya kirib kelgan, yana 13 mlrd dollarlik loyihalar amalga oshirilyapti. Deyarli barcha viloyatlarda zamonaviy quyosh va shamol elektr stansiyalari qurilmoqda, deyiladi xabarda.
Xususan, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand va Surxondaryoda 1,6 gigavattli 9 ta yirik quyosh va shamol elektr stansiyalari ishga tushgan. Andijon, Samarqand, Surxondaryo va Toshkent viloyatida 183 megavattli 6 ta yirik va kichik GESlar foydalanishga topshirilgan.
Shu jumladan,Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi To’palang suvomborini oladigan bo’lsak, Prezident Shavkat Mirziyoyev 2023-yilning 16- noyabr kuni Surxondaryo viloyatidagi To‘palang gidroelektr stansiyasiga borib, modernizatsiya ishlarini ko‘zdan kechirdi. U 2006-yilda ishga tushirilgan paytda jami 30 megavatt quvvatli ikkita agregat bo‘lardi.
Davlatimiz rahbari 2019-yil aprelda bu yerga tashrif buyurib, yana ikkita gidroagregat qurish yuzasidan topshiriq bergan edi. Avvaliga suv ombori to‘g‘oni qo‘shimcha 20 metrga ko‘tarildi. Natijada uning sig‘imi 380 million kub metrdan 500 millionga yetkazildi.
Shu tariqa, To‘palang GESining umumiy quvvati 175 megavattga yetib, Chorvoq GESidan keyin mamlakatimizdagi ikkinchi yirik stansiyaga aylandi.Samaradorligini aytganda, bu yerda yiliga qo‘shimcha 467 million kilovatt/soat elektr quvvati yaratildi. Qariyb 167 mingta xonadonning elektr ta’minoti yaxshilandi. Bu yiliga o‘rtacha 107 million metr kub tabiiy gaz tejaladi, deganidir.
Shuningdek, Surxondaryoda ko‘mir qazib olish imkoniyatlari bo‘yicha axborot berildi. Qayd etilganidek, hududda 82 million tonna ko‘mir zaxirasi aniqlangan. Bugungi kunda 541 ming tonna qazib olinmoqda. Bu hajmni 2 million tonnaga yetkazish, mutaxassislar tayyorlash zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.
Xulosa qilib, shuni aytishimiz mumkinki,muhtaram prezidentimizning qilayotgan o’zgarishlari va yangiliklari albatta aholi turmish tarzini yaxshilash,iqtisodiyotimizni rivojlantirish aholi yalpi ichki mahsulotini salmog’ini oshirish,eksportbop mahsulotlarni ko’proq ishlab chiqarish ,shuningdek, O’zbekiston reytingini yuqori cho’qqilarga chiqarish va dunyoga tanitishga qaratilgan.
Foydalanilgan adabiyotlar:
― https://lex.uz/acts/-4776669
― https://asr.gov.uz/news/6535
― https://president.uz/oz/lists/view/6693
― https://kun.uz/news/2022/10/17/
― https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/01
― https://uzreport.news/politics/shavkat-mirziyoyev
― https://www.gazeta.uz/oz/
Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.