ResearcherUz LogoResearcherUz
Dergiyi Görüntüle

IV-X ASRLARDA XORAZMNING IJTIMOIY-SIYOSIY TARIXI

Özet

Ushbu maqolada siz Xorazmda IV asrdan to X asrgacha bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy voqealarni tarixiy manbalardagi tahlili va Xorazmshoh Afrig‘iylar davri haqida ma’lumotlara ega bo‘lasiz. IV-X asrlarda Xorazmning ijtimoiy-siyosiy tarixi haqida ma’lumotlar berilgan.


Tam PDF Belgesi

İlgili Makaleler

Tam metin

IV-X ASRLARDA XORAZMNING IJTIMOIY-SIYOSIY TARIXI

Ro‘zimov Asror Shuxrat o‘g‘li

Uraganch innavatsion university “Ijtimoiy-gumanitar fanlar va

pedagogika” fakulteti “Ijtimoiy-gumanitar fanlar va tillar” kafedrasi

o‘qituvchi

Annotation: Ushbu maqolada siz Xorazmda IV asrdan to X asrgacha bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy voqealarni tarixiy manbalardagi tahlili va Xorazmshoh Afrig‘iylar davri haqida ma’lumotlara ega bo‘lasiz. IV-X asrlarda Xorazmning ijtimoiy-siyosiy tarixi haqida ma’lumotlar berilgan.

Key words: Xorazm, Afrig‘iylar, Zemarx, Menandr, Tabariy, “Osor ul-bokiya al-qurun al holiya”, Vazamar, B.I.Vaynberg, Beruniy, S.P.Tolstov, Turk xoqonligi.

Xorazmning ilk o‘rta asrlar tarixi haqida yozma manbalar kam bo‘lishi bilan birga arxeologik jihatdan ham kam o‘rganilgan mavzulardan biri hisoblanadi. Ayniqsa uning siyosiy tarixi yoki afrig‘iylar sulolasi tarixi haligacha Xorazm tarixining eng kam o‘rganilgan muammoli sahifalardan biri bo‘lib turibdi. Shuning uchun ham Xorazm tarixining mazkur muammoli masalasini nafaqat yozma manbalar balki, arxeologik va numizmatik manbalar orqali yanada chuqurroq o‘rganishni taqozo qiladi hamda ilgari davrlarda Xorazm ilk o‘rta asrlar davri tarixida bildirilgan ko‘pgina fikrlarni qaytadan ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Xorazm ilk o‘rta asrlar davriga oid yozma manbalar, ayniqsa, buyuk ajdodimiz Beruniy asaridagi ma’lumotlarni nafaqat arxeologik, balki numizmatik manbalar bilan chuqur ilmiy jihatdan solishtirish orqali bu muammoni yechish mumkin.

Xorazmning ilk o‘rta asrlar davrining arab bosqinigacha bo‘lgan davr tarixini yorituvchi manbalarni bir necha turlarga va davrlarga bo‘lgan holda ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq. Xususan ularni:

1. V – VII asrlar Vizantiya va Xitoy manbalari;

2. VIII - XIII asr boshlaridagi arab-fors manbalariga ajratish mumkin.

Birinchi guruh manbalari ma’lumotlari juda qisqa va noaniq bo‘lib, ularda asosan biror-bir siyosiy voqealar bilan bog‘liq holda Xorazm haqida eslatib o‘tiladi. Jumladan, vizantiyalik tarixchi Menandrning turklar yurtiga yuborilgan vizantiyalik Zemarx elchiligi to‘g‘risidagi hikoyasida ko‘rishimiz mumkin.

569-yili g‘arbiy turk xoqonining qarorgohida bo‘lgan Vizantiya elchisi Zemarxning safari Xorazm (Menandr Xorazmni xoliatlar yoki xoalitlar yurti deb ataydi) orqali o‘tgan. Xitoy manbalaridan biri “Tan-shu”da 751-yilda Xorazmdan Xitoyga xorazmshoh Shaoshifen(Savshafan)dan, 762-yilda esa xorazmshoh Turksabadan arablarga qarshi kurash uchun yordam so‘rab elchilar kelganligi qayd qilinadi1.

Ikkinchi guruh manbalari asosan arab-fors manbalari bo‘lib, ular asosan arab bosqini arafasi, arab bosqini davri va arab boqinidan keyingi davr siyosiy tarixi haqida ma’lumotlar berishi bilan birga Xorazmning ilk o‘rta asrlarning III-VII asrlar tarixiga oid ham ba’zi ma’lumotlar keltirib o‘tadilar. Bular ichida ayniqsa Tabariyning “Tarix ar-rusul va-l-muluk” (“Payg‘ambarlar va podshohlar tarixi”)2 va Abu Bakr alBalazuriyning “Kitob al futuh al-buldon” (“Mamlakatlarning zabt etilishi haqida kitob”)3 asarlaridagi ma’lumotlar juda qimmatli hisoblanadi.

Buyuk vatandoshimiz Abu Rayxon Beruniyning “Osor ul-bokiya al-qurun al holiya” (“Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”) asari ayniqsa katta ahamiyatga ega. Beruniy bu asarida Xorazmning ilk o‘rta asrlar tarixini yoritar ekan, unda boshqa manbalarda umuman uchramaydigan ma’lumotlarni ham keltirib o‘tadi. Chunonchi uning asarida afrig‘iylarning hokimiyat tepasiga kelishi, ularning 22 ta hukmdorlarining nomlari izma-iz keltirib o‘tilganki, bu ma’lumotlar hozirgacha numizmatik va arxeologik ma’lumotlar uchun qiyosiy manba hisoblanadi.

Eng avvalo bu sulola tarixini o‘rganishdan avval Xorazm tarixini milodiy I asrdan boshlab tahlil qilish lozim. Jumladan, bu davrda Xorazm davlatida yangi sulolaning hukmronligi boshlanadi. I – III asr boshlariga oid mis tangalaridagi yozuvlarida bu sulolaning ikki vakili – Artav va Artamush ismlari o‘qilgan.

Afrig‘iylar sulolasi taxtni qo‘lga kiritishi hamda bu sulola ilk vakillari haqida Beruniy ma’lumot keltirgan4. Mazkur voqea 304-305-yillarga to‘g‘ri keladi deb an’anaviy hisoblanib kelingan. Biroq bu yil sanasiga nisbatan numizmatika (tangashunoslik) materiallari asosida yangi yondashuv vujudga keldi. Unga ko‘ra, sulolaning birinchi podshosi Vazamar (Afrig‘) edi. Vazamar – bu podsho ismi, Afrig‘ esa-oila, urug‘ning nomidir. Shu boisdan, sulolani Vazamariylar (Afrig‘iylar) deb atash 1 Ғуломов Я.Ғ. Хоразмнинг суғорилиш тарихи. – Т.: ЎзССР ФА нашриёти, 1959. –B. 124.; Бартольд В.В. Хорезм. Статьи из «Энциклопедии ислама». Сочинения. –М.: Наука, 1965. Т. III. – С. 545. 2 История ат–Табари. Ташкент: Фан, 1987. –Б.23. 3 Ал–Белазури. Китоб футух ал–булдан (текст 431) // Материалы по истории туркмен и Туркмении (МИТТ). Т. 1.

– М. – Л., 1939. – С. 71, 74, 76, 78.

4 Бируни Абу Райхан. Памятники минувших поколений… – С. 48 taklif qilindi. Podsho Vazamarning hukmronligi boshlang‘ich yil sanasi inobatga olingan holda, Vazamariylar (Afrig‘iylar) xorazmshoh Ma’munga qadar Xorazmda 600 yildan ziyod hukmronlik qilganlari aniqlanadi5. Xorazm bu davrda boshqa mulklarga nisbatan ancha mustaqil edi. Mamlakatni Afrig‘iylar sulolasiga mansub podsholar boshqarib, o‘z nomlaridan mis va kumush tangalar zarb qildirib turganlar.

Beruniy shu sulolaga mansub 22 shohni sanab o‘tadi. U 305-yildan 995-yilgacha hukmronlik qilgan bu podshohlardan ba’zilarining hukmronlik qilgan yillari to‘g‘risida ayrim xronologik ma’lumotlarni keltiradi.

Xorazm siyosiy boshqaruv tuzumi haqida yana bir ma’lumot bu “xisrav” va “bagpur” unvonlarining mavjudligidir. “Xisrav” unvoni birinchi bor arab muallifi Bal’amiy asarida qandaydir Xamjerd degan hudud hukmdori yoki Xamjerd degan hukmdor unvoni sifatida uchraydi6. Mashhur xorazmshunos olim S.P.Tolstov fikricha, Xorazmda arab bosqini arafasida yuqoridagi ikkita unvon bir vaqtda ishlatilgan. Ya’ni, xisrav-xorazmshoh diniy vazifalarni bajaruvchi hukmdor, bagpur esa u bilan sherikchilikda boshqaruvchi dunyoviy hukmdor hisoblangan7. Ammo bu fikr keyinchalik yana bir mashhur olim B.I.Vaynberg tomonidan rad etilib, bu ikkala unvon bir paytda bir hukmdorga nisbatan qo‘llanganligini ta’kidlaydi, lekin nima uchun shundayligini o‘zi ham to‘liq izohlab bera olmaydi8.

IV-VIII asrlar Xorazm davlatchiligi va siyosiy boshqaruv tuzumi haqida faqat ba’zi yozma ma’lumotlarnigina hisobga olmaganda, hech qanday ma’lumot yo‘q. Numizmatik tadqiqotlar ma’lumotlariga ko‘ra Xorazmda davlat tepasida shoh turgan. Ular “xorazmshoh” deb ulug‘lanib, bu an’ana O‘rta Osiyoning boshqa hududlariga ko‘ra ancha uzoq vaqt saqlanib qolgan. Ya’ni ba’zi hududlardagina (Toxaristonda“malikshoh”, Termizda-“termizshoh”) va ba’zi vaqtlardagina mahalliy hukmdorlar shoh unvoni bilan yuritilgan. Bu Xorazm davlatchiligi tarixida, boshqarish tartibida uzoq vaqt sezilarli o‘zgarishlar bo‘lmaganligini ko‘rsatadi.

O‘rta asrlarda Xorazmda xorazmshohlarning to‘rtta sulolasi davlatni boshqargan bo‘lib, bular Afrig‘iylar sulolasi (305-995), Ma’muniylar sulolasi (995-1017), 5 Ртвеладзе Э.В. Некоторые аспекты политической и династийной истории государства Вазамаридов (Афригидов) // В кн.: Хорезм в истории государственности Узбекистана. – Ташкент: «Ўзбекистон файласуфлари миллий жамияти», 2013. – С. 95-96. 6 Вайнберг Б.И. Монеты древнего Хорезма. – М., 1977, – С. 98-99. 7 Толстов С.П. Қадимги Хоразм маданиятини излаб. – Т., 1964.–Б.239-242. 8 Вайнберг Б.И. Монеты древнего Хорезма. – М., 1977, –С. 100. Oltintosh sulolasi (1017-1034), Anushtaginlar sulolasi (1097-1231) edi. Mazkur sulolalar hukmdorlari tarixda xorazmshohlar nomi bilan mashhur bo‘lganlar. X-XII asrlar davomida Xorazmdagi yuz bergan siyosiy jarayonlar yaxlit qaraganda, nafaqat Movarounnahr balki, Abbosiy xalifalar, G‘aznaviy, Saljuqiylar, Buvayhiylar, G‘uriylar, Qoraxoniylar, Qoraxitoylar sulolalari hukm surgan Eron, Shimoliy Hindiston, Mo‘g‘uliston va Yаqin Sharq mintaqasida kechgan siyosiy voqealar bilan chambarchas bog‘liq edi.

Ana shu sababdan ham mazkur davr tarixi uzoq vaqtdan buyon ko‘plab xorijiy va mahalliy tarixchilar e’tiborini tortib kelmoqda. Xususan, ushbu davr tarixida chuqur iz qoldirgan Xorazmshohlar davlatining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-ma’naviy hayoti bir qator tadqiqotchilar tomonidan o‘rganilgan va bunday izlanishlar hanuz davom etmoqda

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Abu Rayhon Beruniy. Tanlangan asarlar. I-jild. – T.: «FAN», 1968.

2. Matniyozov M, Ollamov Ya. Xorazm davlatchiligi tarixi. – Urganch: UrDU nashriyoti, 2009.

3. Masharipov O. Xorazm, yuksalish va inqiroz / Xorazmnoma. 2 – kitob. – Urganch: Xorazm nashriyoti, 2007.

4. Tolstov S.P. Qadimgi Xorazm madaniyatini izlab. - T,: «Fan», 1964.

5. G‘ulomov Ya.G‘. Xorazmning sug‘orilish tarixi. – T.: O‘zSSR FA nashriyoti, 1959.

Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.