«IXTISOSLASHGAN JURNALLARNING PAYDO BOʻLISH ZARURATI»
Biybisara Jartıbaeva
Nukus shahri Qoraqolpoq davlat universiteti 4-kurs talabasi
biybisarajartibaeva@gmail.com
Annotatsiya: Jurnallar jurnalistikaning anʼanaviy va zamonaviy omillarga tayanadi. Hozirgi milliy matbuotimizda nashr etilayotgan jurnallar oʻtmishdagi eng yaxshi anʼanalar asosida faoliyat yuritmoqda. Mazkur ilmiy maqolada jurnallarda ixtisoslashuv haqida so‘z boradi.
Kalit so‘zlar: Jurnal, ixtisoslashuv, nashr, fikr shakllantirish, media mahsulot.
Jurnal jamoatchilik fikriga taʼsir etuvchi, uni maʼlum ijtimoiy tabaqalar, siyosiy partiyalar, tashkilotlar manfaatlaridan kelib chiqib shakllanuvchi, mohiyatan gazeta bilan yonma-yon turuvchi matbuotning turi hisoblanadi. “Jurnal” atamasi fransuzchadan kirib kelgan boʻlib, “kundalik”, “gazeta” degan maʼnolarni angladi. Jurnal ommaning borliq haqidagi tasavvurlarining yanada oʻsishiga, jamiyatda ilm-fan, madaniyat va maʼrifatning taraqqiy etishiga, adabiyot va sanʼatning rivojlanishiga muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, kishilarga maʼnaviy ozuqa ham beradi.
Har bir sohada ixtisoslashuv boʻlgani singari, jurnallarda ham ixtisoslashuv bor. Avvalo “ixtisoslashuv” oʻziga oydinlik kiritsak. Oʻzbek tilining izohli lugʻatida: “ixtisoslashmoq – biror ixtisosga mansub boʻlmoq; unga moslashmoq” deyiladi. Jurnallarning paydo boʻlish tarixi kishilik jamiyatining rivojlanish tarixi, sivilizatsiyasining vujudga kelishi va boshqa ijtimoiy-siyosiy ehtiyojlar bilan bogʻliqdir. Fan va texnikaning oʻsishi, adabiyot va sanʼatning kamol topishi ham jurnallarning kelib chiqishida asosiy sabablardan biri boʻlgan. Ilk jurnallar ilmiy, adabiy yoʻnalishlarga ixtisoslashganligi tarixiy manbalarda keltirilgan.
Yevropada bosmaxona hukmron boʻlgandan soʻng noshirchilik faoliyatida ham oʻzgarishlar olib keldi. Noshirlar tartibsiz koʻrinishidagi nashrlar koʻp vaqt va kuch talab qilishini anglab yetishadi. Auditoriya uchun qiziqarli boʻlgan kontent tayyorlash borasida bosh qotirdilar. Oʻquvchilar faqatgina yangilik bilan aldab boʻlmaslini anglashadi. Hozirgi koʻrinidagi jurnallar XVII asrda risolalar va almanaxlar shaklida paydo boʻlgan. Jurnalchilik tarixi bevosita Fransiya davlati bilan bogʻliq. “Journal des savants” (“Olimlar jurnali”) deb nomlangan jurnalning birinchi soni 1965-yil 5- yanvarda Parijda 12-sahifadan iborat broshyura koʻrinishadigi chop etiladi. Nashrda ilm-fanning turli sohalari (anatomiya, meteorologiya, mexanika) kashfiyotlar va ixtirolar, mashhur kishilarning oʻy-fikrlari, farazlariga oid ilmiy maqolalari bosilgan.
Shuningdek, jurnal sonlarida adabiyot, falsafa, tabiiy fanlar sohasi boʻyicha Yevropaning turli nuqtalarida bosilgan kitoblar haqida maʼlumotlar94 ham berib borilgan. Buning natijasida qisqa muddat ichida boshqa mamlakatlarda ham jurnalga boʻlgan qiziqish uygʻonadi. Mazkur jurnal andozasida chet ellarda ilmiy jurnallar paydo boʻla boshlaydi. Xususan, oʻsha yilning oʻzida Londonda “Filosofikal tranzekshne of royyal sosyate” (“Qirollik jamiyatidagi falsafiy oʻzgarishlar”) nomli ilmiy jurnal nashr etiladi. Ushbu jurnal ham Fransiyada chop etilayotgan jurnal singari kitoblarga sharhlar bergan. Keyinchalik Italiya, Germaniya, Ispaniya, AQSH, Vengriya, Rossiya singari davlatlarga ham jurnallar kirib boradi.
XVII asrda Germaniyada, asosan Mayn daryosi boʻyidagi Frankfurtda jurnallar nashr etila boshlagan. “Akta publika” (1621), “Teatrum ayropem” (1634-1635), “Diarium ayropeum” (1659-1681) kabi jurnallar hozirgi tarixiy-siyosiy jurnallar ajdodlari edi. Jurnalchilik XIX asrning 2-yarmida jadal rivojlandi. Bu davrda jurnal targʻibotining usul va vositalarida ham katta oʻzgarishlar yuz berdi. Jurnallar adadi uzluksiz oʻsib bordi. XIX oxiri va XX boshlarida jurnallarning asosiy turlari shakllandi, rasmli-bezakli ommabop nashrlar yetakchi oʻrin egallay boshladi.
Yaponiyada ilk jurnallar ilm-fanga ixtisoslashgan boʻlib, “Meykoru dzassi” deb nomlangan jurnal 1883-yilda nashr qilingan. Oradan toʻrt yil oʻtib, oʻquvchilar qoʻliga satirik jurnallar ham yetib boradi. “Marumaru simbun” nomli jurnal ana shular jumlasidandir. 1920-yillarga kelib mamlakatda ommabop jurnallar ham nashr qilinadi.
Bu davrga kelib noshirlar ancha taraqqiy etgan boʻlib, jurnallar nafaqat mazmun jihatidan, balki dizayn jihatidan ham oʻzgardi. Jurnal sahifalari beriladigan turli materiallar rangli suratlar bilan bezatildi. Turkistonda ilk jurnallar XX asr boshlarida paydo boʻlgan. Shulardan birinchisi 1913-yilda Samarqandda dunyo yuzini koʻrgan “Oyina” jurnalidir. Jurnalga Turkiston farzandi, taraqqiyparvar jadidchilik harakatining atoqli namoyondasi Mahmudxoʻja Behbudiy asos solgan va oʻzi muharrirlik qilgan. Nashrning nomlanishi muqovada –arab, oʻzbek, fors va rus tillarida yozib qoʻyildi: “Mirʼot” – “Koʻzgu” – “Zerkalo” –“Oyina”. Jurnalga maqolalari oʻzbek va tojik tillarida yozilgan. Ushbu jurnal turkiy tildagi ilk ixtisoslashgan ijtimoiy, adabiy, ilmiy nashr sanalgan. Oʻsha davrda nega ixtisoslashuv zaruriyati tugʻilgan, degan savol tugʻiladi. “Oyina” jurnali ommaga ilm-maʼrifat, taraqqiyot gʻoyalarini keng yoyishga, oʻsha davrdagi qoloqlik va jaholatga qarshi kurashishda, tarixi va til-adabiyot masalalari, dunyo ahvoliga doir qiziqarli maqolalar, bahslar yoritishda bir vosita vazifasini oʻtadi. Jurnalda ijtimoiy, iqtisodiy, jugʻrofiy, adabiy materiallar bosilgan.
Jurnal oʻzbek va fors tillarida chop etilgan. Ziyo Saidning aytishicha, ushbu jurnal Turkiston va Buxorodan tashqari, Kavkaz, Tatariston, Eron, Afgʻoniston, Hindiston va Turkiyaga tarqatilar edi. Abdulla Avlodiy jurnalga: “Jurnallarning eng birinchisi va yaxshisi...” deya taʼrif bergan.
1917-yil oktyabr oʻzgarishidan soʻng Oʻzbekistonda “Inqilob”, “Yer yuzi”, “Mushtum” va boshqa koʻplab jurnallar nashr etildi. Keyinchalik “Sharq yulduzi”, “Yoshlik”, “Guliston” kabi jurnallar chiqarildi. Bu jurnallar ommaga ilm-fan, adabiyotsanʼat targʻib etishda xizmat qildilar. Shu bilan birgalikda, sovet davri jurnallari kommunistik yakka mafkura taʼsirida ish koʻrdilar.
Prezident Sh.Mirziyoyev davr haqida fikr yuritar ekan: “...oʻtgan asrning boshlarida yurtparvar, millatparvar bobolarimiz “jadidchilik”, yaʼni, yangilanish va erkinlik, adolat va tenglik, ilm-maʼrifat va milliy oʻzlikni anglash gʻoyalarini bayroq qilib, kurash maydoniga mardona chiqqanlarini barchamiz yaxshi bilamiz. Bu ulugʻ zotlarning maqsadi – jaholat va qoloqlik girdobida qolib kelayotgan Turkiston xalqini dunyoviy ilm-fan, ilgʻor kasb-hunarlar bilan qurollantirib, umumbashariy rivojlanish yoʻliga olib chiqishdan iborat edi.
Jurnalistikada fikrni shakllantirish OAVning asosiy vazifasi — jamoatchilik ongiga taʼsir etish va uni shakllantirishdan keyin ikkinchi oʻrinda turadi. Shunday qilib, zamonaviy jurnalistikaning bosh vazifasi odamlarda fuqarolik jamiyati talablariga javob beradigan, jamiyatni demokratlashtirish va bozor iqtisodiyoti munosabatlari talablaridan kelib chiqadigan ijtimoiy-psixologik sifatlar, qarashlar va ishonchni shakllantirishdan iboratdir.
Jurnalni media mahsulot sifatida olib qaraganda u maʼlum bir auditoriyaga moʻljallanadi. Auditoriyaning qiziqishiga qarab oʻzining ixtisoslashuvini belgilaydi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Abdulla Avloniy. Burungʻi oʻzbek vaqtli matbuotining tarixi // “Turkiston”, 1924-yil 24-iyun
2. Abdirashidov Z., Egamqulova N. Mahmudxoʻja Behbudiy va uning “Oyina” jurnali. – T.: Muharrir nashriyoti, 2019
3. Moʻminov F., Nurmatov A. Jahon jurnalistikasi tarixi. – T.: Oʻzbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2006.
4. V.V.Voroshilov. “Jurnalistika”, 160-bet, Sankt-Peterburg-2001.
5. Xudoyqulov M. Jurnalistika va publitsistika. – T.:Tafakkur, 2010
6. Aхмедова Нилуфар Мамасидиковна. (2023). OСОБЕННОСТИ
НЕАЛГОРИТМИЧЕСКИХ МЕТОДОВ И ИХ РОЛЬ В РЕШЕНИЕ ЗАДАЧ. E
Conference Zone, 52–58. Retrieved from
7. Shoqosim o'g'li, A. U., Rahimovna, T. O. R., Mamasiddiqovna, A. N., Mamasoliyevich, T. R., & Roxataliyevna, A. N. (2022). Technologies For Improving The Quality Of Educational Results Of Schoolchildren By Developing A Personalized Model Of Teaching Mathematics Through Interactive Stories. Journal of Positive School Psychology, 6(11), 1354-1365.
8. Ахмедова, Н. М. (2017). B помощь арифметике. Молодой ученый, (4-2), 14-15.
9. Akhmedova, N. (2022). DEFINITION OF THE CONCEPT OF"
ALGORITHMIC COMPETENCE". Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 3(12), 140-143.
Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.