Jadidchi Elbekning bolalar adabiyotini o‘qitish metodikasini
takomillashtirishdagi hissasi
Saparova Shahlo Ramazonovna
Osiyo Xalqaro universiteti
Ijtimoiy fanlar va texnika fakulteti
Pedagogika va psixologiya kafedrasi o’qituvchisi
Tel:+998914039787; gmail: saparovashakhlo@gmail.com
saparovashahlo243@gmail.com
Annotatsiya: Maqolada Fitrat hamda Cho‘lponlarning zamondoshi va shogirdi, XX asrning serqirra ijodkorlaridan biri, Elbek (Mashriq Yunusov)ning bugungi bolalar adabiyotini o‘qitish metodikasi uchun yaratgan “Go‘zal yozg‘ichlar” o‘qish kitobi yoritiladi. O‘qish kitobidagi bolalarga atab yozilgan ko‘plab shoir va yozuvchilarning, jumladan Elbek, Fitrat va Cho‘lponlarning eng sara asarlari keltiriladi va izohlanadi.
Kalit so‘zlar: “Ot ila odam” masali, “O‘gut” she’ri” “Oydin kechalarda” va “Hunarsiz kishi o‘limga yaqin” hikoyalari.
Boshlang‘ich ta’lim va maktabgacha ta’limda bolalar shunday ko‘p narsalarni o‘rganishadiki, bu - butun umri davomida olgan bilimlarining yarmiga teng. Shu sababli jamiyatimiz bolalarning dastlabki ta’lim olishlariga katta e’tibor qaratib, yangidan-yangi metodikalarni, zamonaviy vazifalarni ishlab chiqadi, bolalarning qobiliyatlarini keng ochib berish maqsadida turli imkoniyatlarni yaratib beradi. Bu borada 26.05.2023-yildagi PF-79-son O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni yorqin misoldir.
O‘tgan asrimizninng 20-yillarida millatimiz farzandlarini ilm-ma’rifatli bo‘lishi uchun maktablar ochib, dastur va darsliklar yaratib, xalqimiz uchun jonini fido qilgan jadidlarimiz orasida Elbek ham bor edi. Uning asl ismi Mashriq Yunusov bo‘lib, Elbek uning taxallusidir. Elbek Fitratning shogirdi, Cho‘lponning zamondoshi va do‘sti bo‘lib, jadid maktablari uchun ular bilan bir qatorda darsliklar va qo‘llanmalar yaratadi.
Elbek 2-4-sinf o‘quvchilari uchun quyidagi darslik va o’quv qo’llanmalarni yaratgan. “Yozuv yo‘llari”(1-bo‘lak, 1921), “O‘zbekcha o‘qish kitobi” (Fotih Sayfi bilan hamkorlikda, 1922), “O‘rnak”, “Bilim”, “Boshlang‘ich maktabda ona tili” (1923), “Go‘zal yozg‘ichlar”(1925) kabi o‘quv qo‘llanmalari shular jumlasidandir.
Elbekning xayrli ishlaridan biri yoshlarni ma’nan yetuk qilib tarbiyalash masalasiga katta e’tibor berishidir. Uning maktablarning o‘quvchilari uchun milliy ruh ufurib turgan “Go‘zal yozg‘ichlar” nomli darslik –majmua yaratishidir.
“Go‘zal yozg‘ichlar” boshlang‘ich maktablarning 4nchi bo‘limlari uchun tuzilgan o‘qish kitobi bo‘lib, kitobda “O‘zbek qizi” (Botu), “Bahorning kelishi” (Kultegin), “O‘gut” (Fitrat), “Ulug‘ bayram” (Choy), “O‘zbek qizi” (Cho‘lpon), “Turmush ko‘rinishlari” (Mirmulla), “Baynalmillal ashulasi”, “Hunarsiz kishi o‘limga yaqin” (A.Avloniy), “Martsiya” (Botu), “Maqtanchoq kishi” (G‘ulom Zafariy), “Qo‘zg‘al” (Tuzguchidan), “Oydin kechalar” (Cho‘lpon), “Yetar endi” (Botu), “Tuyg‘unoy”(Muborak Yunusova), “Men va boshqalar” (Cho‘lpon), “Uloqda” (A.Qodiriy), “Fol ko‘rguchi chol” (Devayifdan), “Baxtsiz erkinoy” (Murattab: Kavkab) kabi she’r va hikoyalar berilgan.
Elbek asarlarida chet so‘zlar o‘rniga turkiy so‘zlarni qo‘llashga harakat qilgan. “Go‘zal yozg‘ichlar” to‘plamining muqovasiga «Boshlang‘ich maktablarning 4nchi bo‘limlari uchun tuzilgan o‘qish kitobidir», deb yozilgan bo‘lib, Elbek bu darslikda o‘quvchining yoshi, bilim darajasi va dunyoqarashini hisobga olgan. To‘plamda Cho‘lponning «Oydin kechalarda» hikoyasi ikkinchi bor chop etilgan bo‘lib, bu hikoyadagi ba’zi so‘zlarga birinchi bor chop etilgani «Inqilob» (1922-yil, 7-8 sonlar) jurnaliga qaraganda o‘zgarishtirishlar kiritilgan.
Masalan: «hamma», «qalbini», «g‘alati», «jimjitlik», «bechora», «butun a’zolarini» so‘zlari o‘rniga «sira», «barcha», «yuragini», «qiziq», «jimlik», «boyoqish», «muchalarini» so‘zlari qo‘llagan. Ya’ni maktab o‘quvchilarining poydevori bo‘lgan boshlang‘ich ta’limdanoq o‘zga so‘zlar o‘rniga o‘z ona tilidagi so‘zlarni o‘rganishlari uchun zamin yaratgan. Elbekning o‘zi shunday yozgan: “Shubhasiz, biz boshqa tillardan so‘z olamiz va bunga qarshi bo‘lish tilning tarixidan xabarsizlik bo‘lar edi. Ammo so‘z olishning chegarasi bo‘lishi kerak va shu bilan birga o‘z tilining xususiyati, uning o‘sishi, rivojlanishi yo‘llarini ham ko‘zda qattiq tutish kerak”.
“Ot ila odam” masali ham kitobxonni befarq qoldirmaydi. Asar qahramoni ot hisoblanadi:
Keng o‘tloqli ulug‘ bir tog‘ yoqasida,
Ko‘m-ko‘k bo‘lib o‘skan o‘tlar orasida
Ko‘b vaqtdan beri bir ot o‘ynab yurar edi,
Erkinlikda yolg‘iz o‘ynab yurar edi.
Keng o‘tloqda bir ot o‘zi yayrab yashab yurar, ochlik, suvsizlikni ko‘rmagan edi. Kunlardan bir kun unga bitta ho‘kiz kelib qo‘shni bo‘ldi, bepoyon o‘tloqdan to‘yibto‘yib o‘t yeya boshladi. Bu esa otga hecham yoqmadi:
Otning bunga qahri kelib achchig‘landi,
Uni bundan haydamakka bel bog‘ladi.
U ho‘kizdan qutulish uchun turli tadbirlar o‘ylay boshladi:
“Yaxshi shulkim- dedi, - bundan qutulmoq-chun,
Bunda yolg‘iz o‘z erkimda yashamoq-chun
Ko‘mak olmoq kerak menga odamlardan
Balkim ular qutultirar meni undan”
deya ot odamdan yordam so‘radi. Shunda inson:
Dedi: - O‘rtoq, men hech yayov yurolmayman,
Yayov yursam-da, hech unga yetolmayman.
Yaxshi ulkim, egar, no‘xta men keltiray
Egarlabon ham no‘xtalab seni minay.
Ular birgalashib ho‘kizni quvishga tushdilar. Nihoyat ho‘kizni tutib, bog‘ladilar. Odam esa otni bo‘shatishni xayoliga ham keltirmayotgan edi. Shunda ot:
–Ish bitdi-ku, nechun meni qo‘ymaydursiz,
Yoxud meni ho‘kiz kabi o‘ylaydursiz.
Meni qo‘ying, men erkinlik sevadurman
Shu o‘tloqda tinchib umr o‘tkazurman.
Odam esa uning so‘zlariga quloq solmasdan, “ho‘kiz bilan birga qo‘shib bog‘lab qo‘ydi”. Masal sujeti g‘oyatda qiziqarli va ibratli fikrlarga boy. Bunda adib erk mavzusini ifoda etgan. Unda ot obrazi muhim o‘rin tutadi. Erkin yashayotgan ot ho‘kiz kelishi bilan tinchini yo‘qotadi. Aslida u bilan ahil, bahamjihat yashashi mumkin edi. Biroq nafsi tufayli ho‘kizdan qutulish yo‘llarini izlaydi. Bunga erishadi ham, lekin o‘zi tutqun bo‘lib qoladi. Ma’lumki, masallar tarbiyaviy mazmun tashiydi. Shu nuqtai nazardan masalning majoziy mohiyati ot obrazi orqali yorqinlashgan. Masalda bir necha axloqiy jihatlarga: erk, birlik, hamjihatlik, bag‘rikenglik kabilarga daxl qilingan. Egar, no‘xta-jilovlash vositasi. Inson ham shu vosita orqali otni o‘ziniki qilib oladi. Ushbu badiiy detalning majoziy ma’nosi shuki, u erkning dushmani. Ot-xudbin shaxslar timsoli. Binobarin, erkinlikni xudbinlik bo‘g‘adi. Agar ot bag‘rikenglik qilib, ho‘kiz bilan ahil yashaganida erki o‘z qo‘lida qolar edi. Asar tili ham juda shirali. Barmoqda bitilgan misralar ravon o‘qiladi va o‘z kitobxoniga oson yetib boradi.
Shuningdek bu to‘plamda Elbek ustozi Fitratning “O‘gut” she’rini ham chop ettirgan bo‘lib, Fitrat «O‘gut»da o‘zi va millati dardlariga najot topganday bo‘ladi. Bu najot - xalqning og‘ir-vazmin, mulohazakor, biroq ko‘zlari yoniq farzandlari - yigitlaridir! Bu yigitlarning nurli ko‘zlarida shoir millatning ertangi kunini, baxt-u iqbolini ko‘radi. Zero, har qanday xalqning kelajagi uning bag‘ridan yetishib chiqajak avlodga, bu avlodning millat orzularini qanchalik chuqur anglashiga bog‘liqdir.1
O‘gut
Og‘ir yigit, sening go‘zal, nurli ko‘zingda
Bu millatning saodatin, baxtin o‘qudim.
O‘ylashingda, turishingda hamda o‘zungda
Bu yurt uchun qutulishning borlig‘in ko‘rdim.
Turma - yugur, tinma - tirish, bukilma - yuksal,
Hurkma - kirish, qo‘rqma - yopish, yo‘rilma - qo‘zg‘al!
El yo‘lini to‘sib turgan eski bulutlarni
Yondirib qo‘y, yirtib tashla, barchasin yo‘q et.
Qilolmasang shu ishlarni,
Sening uchun xo‘rlikdir bu...!
Yiqil, yo‘qol, ket!
Elbekning “Go‘zal yozg‘ichlar” o‘qish kitobida ko‘plab ijodkorlarning asarlaridan namunalar, hikoyalar va xalq qo‘shiqlari keltirib o‘tilgan. Shu jihatlari bilan Shojalilov A. va boshqalar muallifligida 2020-yil nashridagi 4-sinf O‘qish darsligi bilan hamohangdir.
Mavzu: “Hunarsiz kishi o‘limga yaqin” (Ertak). 1-qism.
Ta’limiy: o‘quvchilarga hunarlar, ularning ahamiyati haqida ma’lumot berish, to‘g‘ri va ifodali o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirish, “Hunarsiz kishi o‘limga yaqin” ertagi bilan tanishtirish.
TK 2: asarga mos mavjud axborot manbalaridan (kitob, telefon, kompyuter) foydalana olish. 1 Manba https://tafakkur.net/ogut/abdurauf-fitrat.uz
FK 1: ertak matnini tinglab tushuna olishi va ongli, ifodali o‘qiy olishi.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarda mehnatsevarlik, tirishqoqlik, intiluvchanlik fazilatlarini tarbiyalash.
TK 5: ertakda kasblarni tanlash va ularga bo‘lgan hurmatni oshirish.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning mustaqil va ijodiy qobiliyatlarini, lug‘at ustida ishlash malakalarini rivojlantirish.
FK 2: o‘rganilgan ertak qahramonlarini ajrata olish.
Dars metodlari: suhbat, savol-javob, tushuntirish, “Hunarlar” mashqi.
“Hiylagarning jazosi” ertagi o‘qitiladi, mazmuni 3-4 nafar o‘quvchiga so‘zlatiladi.
O‘quvchilar o‘rtasida savol-javob o‘tkaziladi.
– Qozi hiylagarning hiylasini qanday aniqladi?
– Hiylagarga qanday jazo berildi?
O‘quvchilar berilgan savollarga javob berishadi.
– Bugun biz “Hunarsiz kishi o‘limga yaqin” ertagi ning 1-qismi bilan tanishamiz.
O‘quvchilar bilan turli hunar egalari, ularning insonlarga keltiradigan foydasi haqida suhbatlashiladi, javoblari tinglanib, to‘ldiriladi.
“Hunarsiz kishi o‘limga yaqin” ertagining 1-qismi asosida multfilm namoyish etiladi. O‘qituvchi matnni o‘qiydi. Ertak mazmuni haqida qisqacha ma’lumot beriladi.
achchig‘i kelib – jahli chiqib
ilgarigi – avvalgi
fuqaro – xalq, omma
kengashibdi – maslahatlashibdi
Darslik bilan ishlash. Yangi mavzuni mustahkamlash maqsadida “Hunarsiz kishi o‘limga yaqin” ertagining 1-qismi o‘quvchilarga navbat bilan o‘qitiladi.
O‘quvchilar darslikdagi savollarni o‘qib, ularga javob berishadi:
O‘tinchining qizi podshohga qanday shart qo‘ydi?
–
Qiz shartini sovchilar qanday tushunishdi? Podshoh-chi?
–
O‘quvchilarning javoblari to‘ldirilib, umumlashtiriladi.
“Hunarlarni top” o‘yini. O‘quvchilar 4 kishilik kichik guruhlarga bo‘linadilar. Har bir guruhga ma’lum bir hunar beriladi. Har bir guruh o‘ziga berilgan hunarga ta’rif beradi. Eng yaxshi ta’rif bergan guruh g‘olib bo‘ladi.
Darsda o‘rganilganlar yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi.
– Nima uchun hunar o‘rganish kerak?
– Ertakdagi qaysi voqea sizda katta taassurot qoldirdi?
Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish. “Hunarsiz kishi o‘limga yaqin” ertagining 1-qismini o‘qish.
Mavzu: “Hunarsiz kishi o‘limga yaqin” (Ertak). 2-qism.
Ta’limiy: o‘quvchilarni ertak mazmuni bilan tanishtirish, ifodali va sidirg‘a o‘qishga, o‘qigan asari yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini og‘zaki tarzda izchil ifodalashga o‘rgatish.
FK 1: ertak matnini tinglab tushuna olish va ongli, ifodali o‘qiy olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarning hunar egallashga ishtiyoqini, kasb tanlashga qiziqishini oshirish, o‘zgalar mehnatini qadriga yetish tuyg‘ularini tarbiyalash.
TK 5: asardagi yaxshi va yomon odatlarni bir-biridan farqlay olish.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning o‘qigan asarlari yuzasidan savol-topshiriq tuzish, o‘qish, test yechish malakalarini rivojlantirish.
FK 2: o‘qilgan ertak mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob bera olish.
Dars metodlari: suhbat, “Sinkveyn”,“Tez javob” “Kim topqir” o‘yini.
O‘quvchilar “Hunarsiz kishi o‘limga yaqin” ertagining 1-qismini navbat bilan o‘qiydilar.
“Kim topqir” o‘yini. O‘quvchilar ekranda berilgan ertak voqealari ketmaketligini aniq lashadi. Voqealar o‘ziga mos raqamli gulning ustiga tartib bilan joylash lozim bo‘ladi. Kim to‘g‘ri va tez topsa, g‘olib bo‘ladi.
Javoblar:
Podshoh ovga chiqdi. 1.
Podshoh go‘zal qizni sevib qoldi. 2.
Qiz sovchilarga rad javobini berdi. 3.
Podshoh muallim bilan kengashdi. 4.
Podshoh gilam to‘qishni o‘rgandi. 5.
Qiz to‘yga rozilik berdi. 6.
Bugun biz “Hunarsiz kishi o‘limga yaqin” ertagining 2-qismi bilan tanishamiz. “Hunarsiz kishi o‘limga yaqin” ertagining 2-qismi asosida multfilm namoyish etiladi. Ertak matni o‘qib beriladi. Ertak mazmuni ustida ishlanadi.
O‘quvchilar bilan savol-javob o‘tkaziladi:
– Podshoh yarim kechada qayerga boribdi?
– Kabob yegani kelganlarni nima qilishar ekan?
– Podshoh qanday qilib o‘limdan qutulib qolibdi?
– Kabobchi qanday jazolanibdi?
Ertakda uchragan notanish so‘zlar yuzasidan lug‘at ishi o‘tkaziladi.
musofir – boshqa yerdan kelgan yoki boshqa yerda yashovchi
zindon – qadimgi zamonda yer ostiga qurilgan zax va qorong‘i qamoqxona
aqcha – oldi-sotdi muomalalarida bo‘lgan metal yoki qog‘oz belgi; pul
muhr – biror shaxsning nomi to‘liq yozilgan matn va rasmning qabariq yoki botiq tasviri bo‘lgan bosma shakl
navkar – harbiy xizmatkor, askar
“Sinkveyn” usuli. O‘quvchilar sinkveyn tuzish qoidalari bilan tanishtiriladi. Shu qoidalar asosida ertak mavzusiga oid sinkveyn tuzish taklif etiladi. Hamma sinkveyn tuzganiga ishonch hosil qilingach, xohishiga ko‘ra o‘qitiladi.
Masalan: Hunar; bebaho, qadrli; qutqaradi, boqadi, ulug‘laydi; Hunarli kishi xor bo‘lmas; kasb.
O‘quvchilar javoblari tinglanadi va umumlashtiriladi.
– Bu ertakda podshoh qaysi hunarni egalladi?
– “Hunarli kishi xor bo‘lmas” maqoli ertak mazmuniga mosmi?
– Podshohning o‘rnida siz qaysi hunarni tanlagan bo‘lardingiz?
– Nima deb o‘ylaysiz, hunar egallash uchun kishida qanday xislatlar
mujassam bo‘lishi lozim?
Turli hunar egalarining suratlari ko‘rsatiladi. O‘quvchilar ularning ish qurollarini aytadilar.
“Tez javob” o‘yini. O‘quvchilar bilan qatorlararo musobaqa o‘tkaziladi. Ertak mazmuni yuzasidan savollar tuzishadi va bir-birlariga berishadi. To‘g‘ri va tez savollar tuzgan hamda javob bergan qator g‘olib bo‘ladi.
Darslik bilan ishlash.
“Harfdan gapgacha” mashqi. O‘quvchilar berilgan harflardan birini tanlaydilar va sxemalar asosida avval shu harf ishtirok etgan so‘zni, so‘ng shu so‘z qatnashgan gapni topib, o‘qiydilar.
Yerto‘la. Yerto‘lada podshohdan boshqa bir necha odamlar ham bor ekan.
Kabobchi. Kabobchilar gilamni podshohning o‘rdasiga olib bordilar.
Topshiriqni faol bajargan o‘quvchilar rag‘batlantiriladi.
O‘quvchilarga quyidagi savollar beriladi:
1. Bu ertakka yana qanday sarlavha qo‘yish mumkin?
1.
2. Siz qanday hunarlarni egallashni xohlaysiz?
2.
3. Nima deb o‘ylaysiz, ertakning asosiy g‘oyasi nimadan iborat?
3.
4. Bu darsda olgan bilimlaringiz kelgusi hayotingizda kerak bo‘ladimi?
4.
O‘quvchilar darsda ishtirokiga ko‘ra baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish. “Hunarsiz kishi o‘limga yaqin” ertagining 2-qismini o‘qib, qayta hikoyalash2
Yuqoridagi “Hunarsiz kishi o‘limga yaqindir” (A.Avloniy, Go‘zal yozg‘ichlarda) ertagi asosida O‘zbekkino milliy agentligi buyurtmasiga binoan “Hunarmand shahzoda” multfilmi ishlangan. O‘quvchilar bilimini tekshirish va baholashda quyidagi savollardan foydalanish bolalar adabiyotini o‘qitish metodikasini takomillashtirishning bir usulidir. 2 http://www.hozir.org
№ Topshiriq savoli: O‘quvchi
javobi:
1. O‘zingiz haqingizda ma’lumot bering.
2. Kelajakda kim bo‘lmoqchisiz?
3. Hunar deganda nimani tushunasiz?
4. Nega “Hunarli kishi xor bo‘lmas“
deymiz?
5. Fuqaro deganda nimani tushunasiz?
6. O‘tinchi qiz podshohga qanday shart
qo‘ydi?
7. Qiz shartini sovchilar qanday
tushunishdi?
8. Nima uchun hunar o‘rganish kerak?
9. Ertakdagi qaysi voqea sizga katta
taassurot qoldirdi?
10. Nima deb o‘ylaysiz, hunar egallash
uchun kishida qanday xislatlar bo‘lishi kerak?
Adabiyotlar:
1. Amonov U.S. O‘zbek folklorshunosligi xrestomatiyasi. Toshkent: “Paradigma”, 2018-yil, 99-120-betlar.
2. Amonov U.S. Armug‘on yolqinlar. Toshkent: “Turon zamin ziyo” 2017.
3. Amonov U.S. O‘zbek tili. Toshkent: “Muharrir” nashriyoti. 2011.
4. Amonov U. S. Turkiston o‘lkasida usuli jadid maktablarining shakllanish jarayoni, muammolari va taraqqiyoti //Pedagogs jurnali. – 2022. – Т. 1. – №. 1. – С. 412-414.
5. Амонов У. С. Научный подход а. Фитрата к пословицам //Современные тенденции развития науки и технологий. – 2016. – С. 5.
6. Amonov U. S., Saparova S. R. The mother tongue textbook of the primary school in Elbek's interpretation //Academicia: An International Multidisciplinary Research Journal. – 2021. – Т. 11. – №. 6. – С. 403-407. 8.
7. Amonov Ulug‘murod Sultonovich, Saparova Shahlo Ramazonovna “Elbek – bolalar adabiyotini o‘qitish metodikasining asoschisi” “Ayniy vorislari” 2023-yil.73- 77-betlar. https://buxdu.uz/media/jurnallar/ayniy/ayniy_vorislari_1_2023.pdf.
8. Amonov U. S. Folklore in the works of Abdurauf Fitrat //Theoretical & Applied Science. – 2016. – №. 10. – С. 9-12.
WORKS_OF_ABDURAUF_FITRAT
ABDURAUF-FITRAT Amonov/dcc79abce08ba4602c2dc5b5ae3a87b345797d63
9. Amonov U. S. Abdurauf Fitrat is one of the earliest researchers of uzbek folklore. “Academicia” An International Multidisciplinary Research Journal, India. June 2020. 669-673p. DOI:10.5958/2249- 7137.2020 =6&article=096
10. Amonov U.S. Jadidchilik harakati va “Buxoroyi sharif” ro‘znomasi. “Ta’lim va innovatsiyalar” jurnali №5. 2022-may. 62-68-betlar.
11. Amonov U.S. Новые грани творческого наследия Элбека. “Til va adabiyot ta’limi” jurnali. 2020 yil. 4-son. 62-63-betlar.
12. Dolimov U. Elbek-ona tili va adabiyot o‘qitish metodikasining asoschisi. “Ma’naviy qadriyatlarimiz” jurnali. 2009 yil. 7-son. 57-65-betlar.
13. Elbek. Tanlangan asarlar. Toshkent: “Sharq”, 1999-yil.
14. Elbek. Go‘zal yozg‘uchilar. Toshkent.1925-y.114-b.
15. Qobulov N. Elbek. Toshkent: “Fan”, 1988.
16. Qosimova K. va boshqalar. Ona tili o‘qitish metodikasi. Boshlang‘ich ta’lim fakulteti talabalari uchun darslik. Toshkent: “Nosir” nashriyoti. 2009.
17. Safarov O., Jamilova B., Safarova N. Bolalar adabiyoti va folklor. – Toshkent: Turon zamin ziyo, 2015.– 356b.
18. Saparova Sh.R. “The classification of Elbek poems in 5 directions” ped_mahorat@umail.uz 2021-yil, dekabr. 175-bet.
19. Saparova Shahlo Ramazonovna “Elbek o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish metodikasining asoschisi” Boshlang‘ich ta’lim mazmunini takomillashtirish: o‘quv dasturi-o‘qituvchi-baholash xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Buxoro2023. 352-355-betlar
20. Saparova Shahlo Ramazonovna “Elbek philologist, teacher, children’s poet” “Boshlang‘ich ta’limning zamonaviy tendentsiyalari: Ta’lim va tarbiya integratsiyasi” III Xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiyasi Jizzax shahri. 2023-yil 4-may. 75-78-betlar
21. Saparova Shahlo Ramazonovna “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun Elbekning yaratgan darsliklari” “Ta’lim va innovatsion tadqiqotlar” xalqaro ilmiymetodik jurnal. 2023-yil aprel. 68-77-betlar.
22. Saparova Sh.R. “Both creative and teacher” Filologik tadqiqotlarning yangi bosqichi: Zamonaviy tendensiyalar va istiqbollar xalqaro-ilmiy-amaliy anjuman materiallari. 2023-yil 15-may. 230-232-betlar.
23. Shojalilov A., Matchonov S., G‘ulomova X., Sariyev Sh., Dolimov Z. O‘qish kitоbi. 4-sinf uchun dаrslik. Tоshkеnt: “Yangiyul poligraph sevice” 2020. –160 b.
24. www.natlib.uz – O‘zbekiston Respublikasi Milliy kutubxona sayti
25. www.Ziyonet.uz – Axborot ta’lim portali
26. www.edu.uz
Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.