ResearcherUz LogoResearcherUz
Dergiyi Görüntüle

JAMIYAT IJTIMOIY-MA’NAVIY MUHITINI SOG‘LOMLAHTIRISHDA OILANING O‘RNI

Özet

Oila jamiyatning eng muhim ijtimoiy asosi hisoblanadi. Ta’lim va tarbiyaning samaradorligini ta’minlash eng avvalo oila orqali amalga oshiriladi. Mamlakatimizda oila va uning tinchligi, osoyishtaligi, farovonligi masalasiga davlat siyosati darajasida qaraladi. 


Tam PDF Belgesi

İlgili Makaleler

Tam metin

OILANING O‘RNI

Ergasheva Maxbuba Xotambekovna

Sharof Rashidov nomidagi SamDU professori (v.b), f.f.d (DSc)

Raxmonova Ruxshona Botir qizi

Samarqand Zarmed universiteti talabasi

Annotatsiya. Oila jamiyatning eng muhim ijtimoiy asosi hisoblanadi. Ta’lim va tarbiyaning samaradorligini ta’minlash eng avvalo oila orqali amalga oshiriladi. Mamlakatimizda oila va uning tinchligi, osoyishtaligi, farovonligi masalasiga davlat

Kalit so‘zlar: oila, ijtimiy muhit, tarbiya, piktogramma, metodika.

Аннотация. Семья является важнейшей социальной основой общества. Обеспечение эффективности образования и воспитания осуществляется прежде всего через семью. В нашей стране вопрос семьи, ее мира, спокойствия и благополучия решается на уровне государственной политики.

Ключевые слова: семья, социальная среда, воспитание, пиктограмма, методика.

Abstract. The family is the most important social foundation of society. Ensuring the effectiveness of education and upbringing is carried out primarily through the family. In our country, the issue of the family and its peace, tranquility, and wellbeing is considered at the level of state policy.

Key words: family, social environment, upbringing, pictogram, methodology.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2020 yil 18 fevraldagi "Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari tug‘risida"gi Farmoni bilan oilaviy qadriyatlar va oila instituti rivojlanishning yangi bosqichiga qadam quydi.

Afsuski, turmush qurgan yoshlar orasida hayotni yengil-yelpi tasavvur qilish, oila muqaddas ekanini tushunib yetmaslik va arzimas sabablar bilan ajralishlar ko‘payib bormoqda. Begunoh bolalar yetim bo‘lib, mehr va e’tiborga eng tashna vaqtida ota-ona tarbiyasidan chetda qolmoqda. Yana biri esa oilalarda nosog‘lom munosabatlar, qaynona-kelin, er-xotin o‘rtasidagi janjallar, xotin-qizlarimiz orasida o‘z joniga qasd qilish hattoki erkaklar o‘rtasida bu holatlari ko‘payib bormoqda.

Shuning uchun ham mamlakatimizda yoshlarni oila - nikoh munosabatlariga tayyorlash muhim vazifa sanalib, bu boradagi ishlarni ta’lim tizimining barcha bug‘inlarida oilaga oid huquqiy tushunchalarni yoshlarga oiladan o‘rgatib borishdan boshlash maqsadga muvofiqdir. Zero, “…Ijtimoiy tarbiya sistemasi va strukturasini jo‘ngina tushunish maqsadga muvofiq emas. Bu jarayon bir butun sistema sifatida turli ijtimoiy institutlar, jamoat tashkilotlari, siyosiy partiyalar, madaniy-ma’rifiy uyushmalar, amalga oshiradigan tarbiyaviy-mafkuraviy tadbirlarni, shuningdek, madaniy meros, milliy qadriyatlar, jamoatchilik fikrining tarbiyaviy-mafkuraviy imkoniyatlarini qamrab oladi”1. Demak, tarbiya va ta’lim jarayonining mahsuldorligi uchun, oqilona kechishi hamda samarali natijasi uchun jamiyat hayotidagi har bir ijtimoiy-siyosiy struktura mas’ul hisoblanadi. Ayniqsa, bu jarayonda oila institutining ahamiyatini alohida qayd etish maqsadga muvofiqdir.

Oila dastlabki ta’lim-tarbiya maskani hisoblanadi. Oiladagi so‘lom muhit va oqilona tarbiya har bir shaxs hayoti, kelajagi farovonligini ta’minlaydi. “Oila ota-ona hamda farzandlarning birlashuvidan tashkil topgan ma’lum bir tizim hisoblanadi. Bu tizimning birlashuvida quyidagi axloqiy-estetik tamoyillar asosiy o‘rin egallaydi:

 mehr va muhabbat;

 ishonch va e’tiqod;

 sadoqat va mas’uliyat;

 daxldorlik hissi;

 o‘zaro hurmat;

 samimiylik, rostgo‘ylik h.k.

Shunisi e’tiborliki, oilada namoyon bo‘ladigan axloqiy-estetik kategoriyalar hech qanday manfaatdorliksiz paydo bo‘ladiki, unda oila a’zolari biror natijani kutmagan holda bir-biriga nisbatan muhabbatni his etadi”2. Oila jamiyatning eng muhim ijtimoiy asosi hisoblanadi. Ta’lim va tarbiyaning samaradorligini ta’minlash eng avvalo oila orqali amalga oshiriladi. “Tarbiya kishilik jamiyati ibtidosida paydo bo‘lgan va bashariyat manfaatlari uchun xizmat qilib kelgan. Tarbiya avlodlar o‘rtasidagi aloqani ta’minlaydi. Kattalar turmush jarayonida orttirgan tajribalarini o‘zidan keyingi avlodga o‘rgatib borganlar. Kichik avlod esa o‘z faoliyati davomida duch kelgan yangi-yangi 1 Чориев А. Инсон фалсафаси. Ижтимоий тарбия. Учинчи китоб. – Қарши: Ilm-fan-ma’naviyat, 2024. – B. 3. 2 Ergasheva M.X. Ta’lim va tarbiya falsafasi. Darslik. – Samarqand: SamDU Tahririy nashriyoti, 2025. – B.329. muammolarning yechimini topish barobarida bilim va ko‘nikmalarni egallab, oldingi avloddan meros qolgan bilimlarni yanada boyitib, o‘zidan keyingi avlodga qoldiradi”3. Demak tarbiya azaliy, uzluksiz jarayon bo‘lib avloddan-avlodga doimiy ravishda vorisiylik tamoyili asosida o‘tib boradi. Bu vorisiylikni qay darajada ta’minlanishini esa jamiyatdagi oila bogini belgilaydi.

Oilada nafaqat axloqiy-ma’naviy tarbiya, balki huquqiy tarbiya brilishi ham maqsadga muvofiq sanaladi. Professor A.Huseynova ta’biri bilan aytganda, O‘zbek oilalari farzandlarida yuridik tushunchalar shakllanishi qobiliyatlarini o‘rganishda "Piktogramma" (A.R.Luriya) metodikasidan foydalanishni keng ommaga yetkazishimiz zarur. "Piktogramma" metodikasidan tadqiqot maqsadida foydalanishimizning asosiy sababi, oilada farzandlarning esda olib qolish xususiyatlari va uning samaradorligi, assosiativ fikrlash faoliyati xususiyati va tushunchali tafakkurni shakllanganlik darajasini aniqlashga qaratilgan. Ushbu metodikada foydalanilgan so‘zlar va so‘z birikmalari besh toifa belgilardan iboratdir:

1) abstrakt tasvirlar (A) - chiziqlar ko‘rinishidagi, ammo biror-bir ma’noli timsolni ifodalamaganda;

2) belgili-simvolli (B) - simvollar yoki belgilar orqali ifodalanganda (geometrik figura, strelka va boshqalar);

3) konkret (K) -konkret predmetlarda ifodalangan;

4) syujetli (S) - predmetlarni ifodalash biror bir vaziyat, syujet, biror bir faoliyat orqali ifodalanganda;

5) metaforik (M) - tasvirlar metafora shaklda ifodalanganda, masalan, "quvonch" so‘zi osmonga parvoz qilayotgan odam qiyofasida tasvirlanganda.

Metodikani qo‘llashdan olingan qiymatlarni tahlil qilishda ikki xil tartibda yondashildi: birinchi holatda, respondentlar tasvirlarining so‘zlarni ifodalash klassifikatsiyasiga; ikkinchi holatda esa qatnashchilarning umumiy qiymatlari tarzda sharxlashga harakat qilinadi. Umuman olganda huquqiy tarbiya va bilimning dastlabki elementlari aynan oila muhutida shakllantirlishi lozim.

Davlatimiz Konstitutsiyasining XIV bobi ham “Oila, bolalar va yoshlar” deb nomlanadi. Mazkur bobning 76-moddasiga binoan: “Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir. Nikoh O‘zbekiston xalqining an’anaviy oilaviy qadriyatlariga, nikohlanuvchilarning ixtiyoriy roziligiga va tenghuquqliligiga asoslanadi. Davlat oilaning to‘laqonli rivojlanishi 3 Mavlonova K, Voxidova N, Raxmonqulova N. Pedagogika nazariyasi va tarixi. Darslik. – T.: Fan va tcxnologiya, 2010. – B. 5. uchun ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa shart-sharoitlar yaratadi”4. Demak mamlakatimizda oila va uning tinchligi, osoyishtaligi, farovonligi masalasiga davlat

Xulosa qilib aytganda, oilaning tinchligi butun jamiyat tinchligi va farovonligini ta’minlaydi. Oiladagi shakllangan sog‘lom muhit va oqilona ta’lim-tarbiya, jamiyatning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy, ma’rifiy, huquqiy tizimi barqarorligi uchun fundamental asos bo‘lib xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.: O‘zbekiston, 2023. 2. Mavlonova K, Voxidova N, Raxmonqulova N. Pedagogika nazariyasi va tarixi. Darslik. – T.: Fan va tcxnologiya, 2010. 3. Чориев А. Инсон фалсафаси. Ижтимоий тарбия. Учинчи китоб. – Қарши: Ilmfan-ma’naviyat, 2024. 4. Ergasheva M.X. Ta’lim va tarbiya falsafasi. Darslik. – Samarqand: SamDU Tahririy nashriyoti, 2025. 4 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.: O‘zbekiston, 2023. – B. 43.

Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.