ResearcherUz LogoResearcherUz
Dergiyi Görüntüle

Jarqo‘rg‘on kvars qumi asosida tripleks shisha olish.

Özet

Ushbu maqolada Surxondaryo kvars qumlarining kimyoviy tarkibi rentgenografiya analizi yordamida aniqlanib ular orasida Sherobod va Jarqo‘rg‘on kvars qumlari foiz tarkibi yuqoriligi aniqlandi. Jarqo‘rg‘on kvars qumini xom ashyosi ko‘pligini hisobga olib tripleks shisha olishni ishlab chiqdik.


Tam PDF Belgesi

İlgili Makaleler

Tam metin

Jarqo‘rg‘on kvars qumi asosida tripleks shisha olish.

Qodirov Rustam Abdumannonovich 2-kurs magistranti

Termiz muhandislik-texnologiya instituti

Annotatsiya.

Ushbu maqolada Surxondaryo kvars qumlarining kimyoviy tarkibi rentgenografiya analizi yordamida aniqlanib ular orasida Sherobod va Jarqo‘rg‘on kvars qumlari foiz tarkibi yuqoriligi aniqlandi. Jarqo‘rg‘on kvars qumini xom ashyosi ko‘pligini hisobga olib tripleks shisha olishni ishlab chiqdik.

Kalit so‘zlar: Tripleks, shisha listi, elastik plyonka, deraza oynasi, sintetik polimer, rentgenografiya.

Tripleks tarkibiga ikki shisha listi va bir elastik plyonkadan iborat. Tripleks boshqa ko‘p qavatli shishalar singari silliqlangan va silliq qilinmagan oddiy deraza oynasidan tayyorlanadi. Tripleks olishda qo‘llaniladigan shishalar qalinligi quyidagicha bo‘ladi: 2,0, 2,3, 2,8, 3,2, 4,7 - 5.3 mm Ikki shisha listini biriktiruvchi elastik plyonka sifatida selluloid, vinilit, pleksigum, butafol va boshqa organik modda ishlatilishi mumkin. Ammo selluloid (nitrotsellyuloza) quyosh nurlari ta’sirida oldin sarg‘ayadi, keyinroq esa yer rangini oladi natijada tripleks shaffofligi yo‘qoladi. O‘tkazilgan ilmiy-tadqiqot ishlari orqali bu maqsadlarda butafolli plyonkani ishlatish yaxshi natija berishi aniqlandi. Bunday plyonka o‘zining yuqori shaffofligi, nur ta’siri va sovuqqa chidamliligi bilan ajralib turadi. U shishalar bilan bir tanlik bo‘lib ketish, yuqori mustahkamlik hamda suv yutish qobiliyatiga ega. Butofol sintetik polimer mahsuloti bo‘lib, tarkibi polivinilbutiralga to‘g‘ri keladi. Unga 16-18 % dibutilsebatsinat qo‘shilsa sifat ko‘rsatkichlari yanada yaxshilanadi. Butafol ikki markada chiqariladi: A (aviatsiya uchun) va B (avtomobil tripleksi uchun).

Tripleks shishasidan «Neksiya”, «Damas”, «Malibi”, «Gentra” avtomobillarining eshik va oldi oynasi tayyorlangan. Shuningdek, shishadan avtomobillarning korpusini ham yasash mumkin.

Kvant elektronikasida esa aktiv moddadan (neodim, erbiy, itterbiy, seriy, samariy oksidlari) tayyorlangan shisha XX asrning 60-70-yillardan boshlab lazer sifatida ishlatilmokda. Bu kashfiyot fanning ulkan yutug‘i bo‘lib qolmay, insoniyat madaniyati xazinasiga qo‘shilgan salmoqli hissa bo‘ldi. Chunki u jismlarni juda yuqori haroratda qizdirish, fizikaviy va kimyoviy jarayonlarni tezlashtirish, jarroh, zargar va quruvchining tig‘siz ishlashi, predmetlarning hajmiy tasvirini olish, turli materiallar, suyuqlik va gaz muhitlarining tarkibini tez aniqlash kabi imkoniyatlarni tug‘diradi.

Tripleks bugungi kunimizda qurulish sohasida ham keng qo`llanilmoqda. Asosan baland qavatli, osmon o‘par binolarning, oynasi va tashqi qavatida ham shunday mustahkam bo‘lgan tripleksdan foydalanishadi.

Surxondaryo viloyati kvars qumlarining kimyoviy tarkibi

Xom ashyo S

iO2

A

l2O3

F

e2O3

C

aO

M

gO

S

O3

N

a2O

K

2O

Q

.Y.

M

ass.%

1 U

chqizil

7.05

0.56

.19

.29

.19

.06

7.14

2 Ja

rqo’rg’o

n kvars

0.91

0.26

.87

.18

.55

.84

4.50

Ja

rqo’rg’o

n kvars

selikat

uchastk

asi}

7.28

.45

.68

.77

.34

.73

.95

.73

4 S

ariosiyo

4.02

2.62

.64

.61

.61

.66

8.72

5 Q

iziriq

8.10

.72

.28

0.81

6 S

herobot

0.30

.94

.48

.13

.81

.32

.97

.98

7 S

herobod

Soztupr

oq

koni}

8.93

4.01

.24 0.43

.43

.56

Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, konlarning ichida Jarqo‘rg‘on va Sherobod tumanidagi kvars qumlari tarkibida SiO2 ning miqdori rentgenografiya analizi yordamida tekshirganimizda boshqa konlar kvars qumlaridagiga nisbatan ko‘pligi aniqlandi. Yuqoridagi olingan analiz natijalardan shuni xulosa qilish mumkinki, Surxondaryo viloyati bir qator kvars qumi konlaridan, jumladan Jarqo‘rg‘on tumanidagi kvars qumlarini boyitish orqali tripleks shisha ishlab chiqarishda xomashyo sifatida ishlatish mumkinligi aniqlandi. Bu esa silikat sohasini rivoji uchun katta ahamiyatga ega.

ADABIYOTLAR

1. Ismatov A.A. Silikat va qiyin eriydigan nometall materiallar texnologiyasi Toshkent: Fan va texnologiya, 2006.

2. Ismatov A.A. Silikat va zo‘rg‘a suyuluvchan materiallar fizik-kimyoviy tahlilining zamonaviy usullari. Toshkent: Fan va texnologiya, 2006.

3. N.I. Minko, V.M. Narsev, R.G. Melkonyan. Istoriya razvitiya i osnovы texnologii stekla. – Belgorod: Izd - vo BGTU, 2008.

4. Obzor rыnka tarnogo stekla dlya piщevoy promыshlennosti v Rossii. – M, 2007.

5.Tarasov A. Ye. Novыe texnologii: energiya stekla. // Jurn. Stroitelnыe materialы, oborudovanie, texnologii XXI veka. 2012.

6.Spravochnik po nailuchshim dostupnыm texnicheskim metodam ispolzovaniya energii v stekolnoy promыshlennosti. Proizvodstvo sortovogo i tarnogo stekla. M.: Ekolayn, 2005.

Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.