Korxonalarda pul mablag’lari hisobini takomillashtirish.
Turayeva Gulizahro
Guliston davlat universiteti ,,Iqtisodiyot’’kafedrasi o;qituvchisi
Nigora Jo’rayeva
Guliston agrotexnologiyalar texnikumi o’qituvchisi
Hasanova Diyora
Aliqulova Oydin
Rahmatova Nilufar
Rahmonberdiyeva Nozima
Guliston davlat universiteti ,,DO’YQIT” talabalari
Annotatsiya: Maqolada pul mablag’lari hisobini ham nazariy ham amaliy jihatdan o’rganish kelgusida moliyaviy hisobning uslubiy asoslaridan biri hisoblangan bugalteriya hisobi hisob- varaqlar rejasini moliyaviy hisobot shakllari talab qiladigan ma’lumotlarni yig’ish, qayta ishlash va saqlash nuqtai nazaridan rivojlantirish zarurligini ko’rsatadi.
Kalit so’zlar: Hisob kitob scheti, naqdsiz pul, to’lov topshiriqnomasi, aksept me’morial order, akkreditiv, chek daftarchalari, uzoq muddatki kreditlar.
Kirish.
Ma’lumki, iqtisodiyot rivojlanishining barcha bosqichlarida naqd pulsiz hisob kitoblar alohida ahamiyatga ega bo’lgan va ularni hisobga olish tartibi o’sha davrdagi iqtisodiyotning rivojlanishi darajasidan kelib chiqqan. Bozor iqtisodiyoti sharoitida naqd pulsiz hisob kitoblardan samarali foydalanish korxonalar iqtisodiyotining barqaror rivojlanishini ta’minlovchi asosiy omillardan biridir. Chunki korxonalar faoliyatining uzluksiz davom etishini ta’minlash uchun zarur ishlab chiqarish zahiralari va mehnat vositalari sotib olish, davlat byujetidan tashqari fondlar uchun to’lovlarni amalga oshirish ma’lum miqdorda naqd pulsiz hisob kitoblar talab qiladi. Shuning uchun ham korxonalar mavjud pul mablag’larini yuqorida ko’rsatilgan maqsadlarga sarflashda iqtisodiy jihatdan manfaatli va tejamli bo’lgan hamda korxonaga o’z mablag’laridan ratsional foydalanish imkonini berishni birinchi navbatda hisobga olishi zarur.
Muxokama va natijalar
Korxona amalga oshiruvchi har qanday faoliyat turi pul mablag‘larini talab qiladi. Korxona pul mablag‘lari asosan mahsulot, ish va xizmatlar, shuningdek qimmatbaho qog‘ozlarni va mol mulkni sotishdan kelib tushadi. Yuridik shaxslarning pul mablag‘larining tashkil topishi, saqlanishi va ulardan foydalanish tartibi O‘zR Markaziy banki boshqaruvi tomonidan nazorat qilinadi. 2015 yil 16 mayda MB tomonidan tasdiqlangan va 2015 yil 22 iyunda Adliya Vazirligi tomonidan ro‘yxatga olingan "Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish Qoidalari"da batafsil yoritib berilgan.
Korxonalarda pul mablag‘larining buxgalteriya hisobini yuritish ko‘p jihatdan ularning turkumlanishiga bog‘liq. Chunki pul mablag‘larining qaysi manbalardan kelib tushishi va qaysi yo‘nalishlar bo‘yicha sarflanishini tahlil qilish asosida ulardan samarali va maqsadga muvofiq foydalanish mumkin.
Hozirda amaliyotda pul mablag‘lari quyidagicha turkumlanadi:
1) valyuta turlari;
2) qaysi joyda saqlanishi;
3) qaysi maqsadlarga sarflanishi;
4) qaysi manbalardan kelib tushishi;
5) pul mablag‘lari turlari.
Respublikamizda xo‘jalik sub’ektlariga nafaqat O‘zbekiston milliy valyutasi so‘mda balki boshka chet el valyutalarida ham banklarda hisob raqamlarini ochish imkoniyatlari berilgan. O‘zR Markaziy bankining qaroriga ko‘ra, barcha xo‘jalik sub’ektlariga 1999 yil 1 iyuldan boshlab, bir necha banklarda o‘zlarining turli valyutalardagi hisob raqamlarini ochish imkoniyati berildi. (1-jadval)
1-jadval.Pul mablag‘larining faoliyat turlari bo‘yicha sarflanishi
№ Faoliyat turlari Pul mablag‘larining sarflanishi
1 Asosiy
(operatsion)
a) ish haqi
b) ishlab chiqarish zahiralarini sotib olish
c) xarajatlarni to‘lash
d) olingan kreditlarga foizlar to‘lash
e) soliqlarni to‘lash
2 Investitsiyaviy
a) asosiy vositalarni sotib olish
b) qimmatli qog‘ozlarni sotib olish
v) kreditlar berish
3 Moliyaviy
a) o‘z aktsiyalarini sotib olish
b) obligatsiyalar bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish
v) dividendlar bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish
Pul mablag‘larining akkreditiv va chek daftarchasi shakliga o‘tkazilishidan ko‘zlangan asosiy maqsad, xo‘jalik sub’ektlari o‘rtasidagi hisob-kitoblarni tezlatish va ishonchdan chiqqan yoki bir-biridan ancha uzoqda joylashgan yuridik shaxslar o‘rtasidagi hisob-kitoblarda qo‘llashdan iboratdir.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda pul mablag’lari bu – korxonaning asosiy to’lov vositalaridan biri hisoblanadi. Korxonalarning pul mablag'la’i asosan hisob-kitob schetida, kassada, valyuta schetida va maxsus schetlarda saqlanadi. Pul mablag’lari hisobi kassa kitobi, kassa kirim-chiqim orderlari, hisob-kitob schetidan ko’chirmalar va boshqa hujjatlar yordamida yuritiladi. Korxonalarning bankdagi milliy va xorijiy valyuta hisob raqamlarida saqlanayotgan pul mablag‘lari mamlakatimiz iqtisodiyotining poydevorini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Shunday qilib, pulning birinchi vazifasi mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga xizmat qilsa, ikkinchi vazifasi esa korxonalarga ma’lum miqdorda daromad keltirishdan iboratdir.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonuni № 404. –T.: 2016 y
2. Turayeva, G., Mullajonov, B., Qurbonbekov, R., Toʻraqulov, S., Mamadaliyev, U., & Fozilov, S. (2023). BUXGALTERIYA HISOBINING USULLARI VA TAMOYILLARI. Наука и технология в современном мире, 2(14), 53-55.
3. Turayeva, G., Mamarahimov, A., Berdiqulov, S., & Robimqulov, N.
(2023). BUXGALTERIYA HISOBI FANINI RIVOJLANISHIDA AKT NING
O’RNI. Инновационные исследования в современном мире: теория и практика, 2(15), 25-26.
4. Gulizahro, T., Hurriyat, M., Oydinoy, N., Umida, N., & Muxlisa, O.
(2023, April). RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA “1C: BUXGALTERIYA
HISOBI”. In " Conference on Universal Science Research 2023" (Vol. 1, No. 4, pp. 96- 98).
5. Gulizahro, T., Shodiyor, X., Zulhumor, S., Feruza, B., & Mohinur, Y.
(2023, April). BUXGALTERIYA HISOBINING USULLARI VA TAMOYILLARI.
In " Conference on Universal Science Research 2023" (Vol. 1, No. 4, pp. 90-92).
6. Gulizahro, T., Kamola, H., Zulayxo, P., Aziza, T., & Nozima, G. (2023,
April). BUXGALTERIYA HISOBI SCHOTLARIDAN FOYDALANISH TALABI.
In " Conference on Universal Science Research 2023" (Vol. 1, No. 4, pp. 99-101). Madinabonu, A., Nurjahon, N., & Mehriniso, M. (2023, April). BUXGALTERIYA HISOBINING MILLIY STANDARTI. In " Conference on Universal Science Research 2023" (Vol. 1, No. 4, pp. 93-95).
Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.