XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA
KVINOA (Chenopodium quinoa Willd.)NING DORIVORLIK
XUSUSIYATLARI
Ko‘chkeldiyeva Shahnoza Chorshanbiyevna
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti tayanch doktoranti,
Termiz shahri, O‘zbekiston
Annotatsiya. Ushbu tezisda qishloq xo‘jaligi ekini bo‘lgan kvinoa o‘simligining tarkibi hamda dorivorlik xususiyatlari, oziq-ovqat sanoatida qo‘llanilishi haqida olimlarning tadqiqotlari natijasida olingan ma’lumotlar keltirilgan.
Kalit so‘zlar. Kvinoa, Janubiy Amerika, And tog‘lari, protein, vitaminlar, kosmo-diet ekin.
Аннотация. В данной диссертации приводятся данные, полученные в результате исследований ученых о составе растения квиноа, являющегося сельскохозяйственной культурой, а также о его лечебных свойствах и применении в пищевой промышленности.
Ключевые слова. Киноа, Южноамериканская, Андская, белковая, витаминная, космодиетная культура.
Annotation. This thesis presents data obtained from the research of scientists about the composition of quinoa, an agricultural crop, as well as its medicinal properties, its application in the food industry.
Keywords. Quinoa, South America, Andean mountains, protein, vitamins, Cosmo-diet crop.
Kvinoa (Chenopodium quinoa Willd) - ekini Janubiy Amerika mintaqalarining eng
muhim o‘simliklaridan biri hisoblanadi. Shuningdek ushbu o‘simlik cho‘l sharoitlariga,
issiq va quruq, ayozli va sovuq iqlimga mos keladi va namlik 40-88% bo‘lgan joylarda
o‘sishi mumkin. Havo harorati -4 dan +45 o C gacha haroratga bardosh beradi. Kvinoa
qadim zamonlardan beri Janubiy Amerika And tog‘larida yetishtirilgan va mahalliy aholi
uchun asosiy oziq-ovqat ekini hisoblanadi. Kvinoa odatda ko‘proq proteinni o‘z ichiga
oladi. Bu insonni uzoq vaqt davomida tetiklikni to‘liq his qilishni ta’minlaydi.
Kuxarenkova O.V va Kurenkova Ye.M tomonidan kvinoa ekinining biologik
xususiyatlari ushbu ekinni barcha turdagi agroekologik va agroiqlimlarda yetishtirish
imkonini beradi. Tarkibidagi organik moddalar vitaminlar ko‘pligi sababli qishloq
xo‘jaligida ham ushbu ekinni yetishtirishga talab yuqori. E.E.Gridneva,
G.Sh.Kaliakparova, S.U.Abdibekov ma’lumotlariga ko‘ra, kvinoaning bir qancha
xususiyatlari keltirilgan. Jumladan:
- turli iqlim sharoitlariga moslashish qobiliyati ya’ni -4 dan +35 ° C gacha bo‘lgan
harorat ham kvinoaning o‘sishi va rivojlanishiga imkon beradi;
- barqarorlik va ko‘p qirralilik, dengiz sathidan 4000 m gacha turli balandliklarda,
pasttekisliklarda va tog'larda o‘sishi mumkin;
- ekologiyaga zararli ta’siri yo‘q ya’ni kvinoa tuproq unumdorligini saqlaydi va himoya
qiladi;
-sog‘lom oziq-ovqat mahsulotlari toifasiga kiradi ya’ni tarkibidagi oqsillar,
aminokislotalarning yuqori miqdori kislotalar, minerallar, vitaminlar, yog‘lar,
shuningdek, boshqa oziq moddalar ko‘p miqdorda uchraydi.
“FARMAKOLOGIYA, FARMATSEVTIKA VA XALQ TABOBATI
DOLZARB MUAMMOLAR VA INNOVATSIYALAR”
- Turli taomlar, salatlar, pishiriq mahsulotlarini pishirish uchun ishlatiladi va turli
ichimliklar ham tayyorlanadi;
- NASA kvinoani kosmo-diet uchun ideal mahsulot sifatida (uni kosmosda o‘stirish
mumkin) deb baholaydi;
- yashil massa shaklida hayvonlarning ozuqasi sifatida chorvachilikda ham foydalanish
imkonini beradi.
Nanduri K.Rao o‘zining olib borgan izlanishlari asosida kvinoa o‘simligini shunday
deb ataydi: “Kvinoa – iqlimga mos qishloq xo‘jaligi uchun kelajak ekinidir.” Va ushbu
fikriga asoslanib, o‘z ma’lumotlarida kvinoaning barcha xususiyatlarini keltirib o‘tadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
1.Куренкова Евгения Михайловна, Кухаренкова Ольга Владимировна
“МИРОВОЙ РЫНОК КИНОА”. Ст.901-905
2.Rao, N. K. (2016). “Quinoa: a future-proof crop for climate smart agriculture,” in
Global Forum for Innovations in Agriculture-2016, ed R. Choukr-Allah (Abu Dhabi).
3.Redouane Choukr – allah, Kameswara R. Nanduri, Abdelaziz Hirich, Mohammad
Shahid, Abdullah Alshankiti, Kristina Toderich, Shagufta Gill and Khalil Ur Rahman
Butt. 2016, Quinoa for marginal environments: Towards future food and nutritional
security in MENA and Central Asia regions. Frontier in Plant Science, V 7; pp. 346-
359 (2016)
4.www.refseek.com (http://www.refseek.com/)
5. www.worldcat.org (http://www.worldcat.org/)
Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.