ResearcherUz LogoResearcherUz
Dergiyi Görüntüle

LINGVOMADANIYATSHUNOSLIKDA KONSEPT TUSHUNCHASI VA “JINS” KONSEPTINING VOQEALANISHI

Özet

Mazkur maqolada lingvomadaniyatshunoslik boʻyicha umumiy qarashlar yoritilgan. Konsept terminining linvomadaniyatdagi oʻrni turk va oʻzbek tili misolida tahlil qilinadi. Shuningdek “jins” konseptining mumtoz poetik nutqdagi ahamiyati tahlillar orqali muhokama qilinadi.


Tam PDF Belgesi

İlgili Makaleler

Tam metin

“JINS” KONSEPTINING VOQEALANISHI

Sidiqova Feruza

Qarshi davlat universiteti

Lingvistika: oʻzbek tili

2-kurs magistranti Annotatsiya: Mazkur maqolada lingvomadaniyatshunoslik boʻyicha umumiy qarashlar yoritilgan. Konsept terminining linvomadaniyatdagi oʻrni turk va oʻzbek tili misolida tahlil qilinadi. Shuningdek “jins” konseptining mumtoz poetik nutqdagi ahamiyati tahlillar orqali muhokama qilinadi. Tayanch soʻz va iboralar: lingvomadaniyat, konsept, “jins” konsepti, assotsiativ birliklar. Kirish.Soʻnggi yillarda tilshunoslikdagi oʻzgarishlar matn tahlilida yangicha nazariya va yondashuvlarni olib kirdi. Jahon tilshunosligidagi qator ilmiy izlanishlar asosida tilshunoslikning zamonaviy sohalari shakllandi. Shu jumladan, tilshunoslikning yangi yoʻnalishlaridan biri hisoblangan lingvomadaniyat ham ushbu sohalar qatoridan joy egalladi. Til va madaniyatning oʻzaro ta’siri muammolariga e’tibor qaratadigan madaniy tilshunoslik sohasi XX asrning oxirlarida shakllana boshlagan. Asosiy qism. Lingvomadamiyatshunoslikning shakllanishi haqida gapirilganda, deyarli barcha tadqiqotchilar bu nazariyaning ildizi V.E.Gumboltga borib taqalishini ta’kidlaydilar. Tilda milliy ma’naviyat, dunyoqarash oʻz aksini topishi haqida fikrlarini aytarkan: “Biz dunyoni tilimiz yaratgandek koʻramiz” degan gʻoyani ilgari suradi. Til va madaniyatning- bogʻliqligi, madaniyatning tilda aks etishi-bilan bogʻliq masalalarning- metadologik asosi yaqin-yillardangina boshlandi.-Jumladan,- V.V.Vorobyov,-V.M.Shaklein, V.A.Maslova, V.N.Teliyalarning ishlari bunga asos boʻla oladi.

Oʻzbek tilshunosligida ham bu yoʻlda qator izlanishlar olib borilmoqda. Xususan, “til va madaniyat” masalalarida eng koʻp shugʻullangan, lingvomadaniyatning ilmiyasoslanishi singari bir qator masalalariga-qaratilgan dastlabki ishlar sifatida M.Nasrullayeva, G.Ergasheva, K.Raximovning ishlari, N.Mahmudovning “Tilning mukammal tadqiqi yoʻllarini izlab”, A.Nurmonovning “Oʻzbek -tilida- lingvomadaniyyoʻnalish”,- N.Saidrahimovaning “Lingvomadaniyatning ilmiy asoslanishiga doir ayrim mulohazalar”, “Lingvomadaniyatshunoslikning komponentlari” nomli maqolalarni misol keltirishimiz mumkin.

Lingvomadaniyat haqida gapirarkanmiz, uning markaziy tushunchasi konsept ekanligini ta’kidlash maqsadga muvofiqdir. Konsept termini oʻzbek tilshunosligidagi tadqiqotlarda yaqindan qoʻllanilishiga qaramay samarali ilmiy ishlar qilindi. Professor N.Mahmudov lingvokulturologiyada konseptning oʻrganilishi xususida shunday yozadi: “Lingvokulturologik tadqiqotlarda aynan konseptning ifodalanishi muammolariga juda katta e’tibor qaratilmoqda, internet materiallari bila tanishganda, masalan, Rossiyadagi tilshunoslikda bu yoʻnalish nihoyatda keng tarqalganini koʻrish mumkin, bu boradagi ishlarni sanab, sanogʻiga yetish mushkul. Hatto soʻnggi yillarda yoqlangan nomzodlik dissertatsiyalarining juda kata qismi aynan u yoki bu tilda konseptning lingvokulturologik tadqiqiga bagʻishlangan”1.

Konsept atamasi barcha atoqli tilshunoslar tomonidan atroflicha tadqiq qilinib, ularning barchasi bu tushunchaga individual yondashadi va talqin qilishadi. Y.A.Stepanov, S.A.Askoldov2 hamda V.A.Maslovaning3 ilmiy tadqiqotlarida konsept atamasi keng yoritilgan. Xulosalar shuni koʻrsatadiki, Y.A.Stepanov va S.A.Askoldovning fikri bir biriga juda yaqin boʻlib, ular konseptni “mantiqiy kategoriya” sifatida talqin etishadi. Ya’ni Askoldovning fikricha “konsept bu madaniyat elementlaridan birining kishi tafakkurida shakllangan shaklidir, xuddi shu shaklda madaniyat kishining mental dunyosiga kirib boradi”.

Demak, konsept lingvomadaniyatda eng faol qoʻllanuvchi birlik hisobanadi. Konsept lingvomadaniy birlik sifatida u yoki bu xalq madaniyatining-oʻziga xos jihatlarini ifodalaydi. Masalan:

Kızıl gül dane-dane Qizil gul dona dona

Açılır yane-yane Ochilur yona yona

Babası gelsin-görsün Otasi kelsin, koʻrsin

Benim yavrum-bir dane4. Mening bolam bir dona. 1 Mahmudov N.Tilning mukammal tadqiqi yo’llarini izlab// O’zbek tili va adabiyoti –T.: 2012, 3-16-b 2 Аскольдов С.А. Концепт и слово// Русская словесность. От теории словесности к структуре текста. Антология. – М:Akademia. 1997.-C. 267-280 3 Маслова В.А. Лингвокультурология. –M.: Akademia, 2006.-C.208 4 www.okumay ISEV.com. TÜRK NİNNİLERİNDEN SEÇMELER. isev.org.tr

Turk allalarida farzand qizil gulga oʻxshatilishi ham madaniy birlikning oʻziga xos ifodasidir. Ya’ni, bu allada ona farzandini qizil-guldek yagona ekanligini, kun sayin chiroy-ochib, onasining koʻz oʻngida-ulgʻayib borayotganligini ta’kidlab, otaning farzandini koʻrgani kelishi va uning yagona ekanligini anglashiga umid qiladi. Oʻzbek lingvomadaniyatida ham farzandni gulga oʻxshatish holatlari uchrab turadi. Masalan:

Gul bolani shom paytida yolgʻiz chiqarmang! Yuqoridagi misollarda koʻrishimiz mumkinki, Turk allasida farzand gulga oʻxshatilganiga ishora qilinsa, bizda gul bola birikmasi pok, begunoh semalari orqali kishi lisoniy xotirasida assotsatsiyalanadi.

Ma’lumki, oʻzbek lingvomadaniyatida-- jins konsepti- milliy-madaniy mohiyat kasb etadigan asosiy tushunchalardan- biri hisoblanadi. Bevosita ushbu atama haqida soʻz ketganda kishilarning lisoniy xotirasida, avvalo, ota, ona, bobo, buvi aka, singil, opa, uka, amaki, togʻa kabi shaxs otlari tiklanadi. Bunday birliklar jins konsepti assotsiativ maydonining yadro qismidan oʻrin egallaydi. Ularni quyidagicha koʻrib chiqish maqsadga muvofiqdir. Stimul soʻz: jins Yaqin chegara: ota, ona, bobo, buvi aka, singil, opa, uka, amaki, togʻa… Uzoq chegara: goʻzal, latofatli, baqquvat, jahldor, yosh, choyxona, muddatli harbiy xizmat, taqinchoqlar …

Bu kabi leksemalarni kengaytirish ham mumkin. Assotsiativ maydonning uzoq chegarasidan oʻrin olgan soʻzlar mantiqiy-semantik jihatdan aloqasi butunlay uzilgan

Uzoq chegara

Yaqin

chegara

Yadro soʻzlar emas. Choyxona, muddatli harbiy xizmat, taqinchoqlar kabi leksemalarni mantiqiy-semantik aloqasini quyidagicha izohlash mumkin: Asosan, bayram turli xil toʻy tadbirlarda xotin - qizlar taqinchoqlardan foydalanadi. Ushbu omil jins konsepti bilan mantiqiy- semantik jihatdan aloqani ta’minlaydi. Xuddi shunday, choyxona, muddatli harbiy xizmat kabi birliklar ham kishilarning lisoniy xotirasida erkak jinsini shakllantirishga xizmat qiladi. Assotsiatsiyalarning stimul soʻzga ma’noviy jihatdan kuchli bogʻlangani yaqin chegarada, kuchsiz boʻlsa uzoq chegarada joylashgan boʻladi. Yuqorida keltirilgan misollar har bir shaxsning individual qarashlari va tasavvurlari bilan bogʻliq.

“jins” konsepti mumtoz adabiyotimizda katta ahamiyatga ega boʻlgan nazmiy leksika orqali ham ifodalanadi.-Bunday birliklar majoziy-ramziy koʻchma ma’nolarda yoki oʻxshatishga asoslangan tasvir vositasi vazifasida qoʻllanilib “jins” konseptini voqealanishiga xizmat qiladi. Masalan: Qoʻnub ul gul uza bulbul chekib gul shavqida gʻul-gʻul, Bu sarv uzra chekib gul terdin tushub shabnam. (Devoni Sa’diy) Ey nasimi subh, ahvolim diloromimga ayt, Zulfi sunbul, yuzi gul, sarvi gulandomimga ayt. (A.Navoiy) Navoiy, koʻyin et manzil, yuzu qaddigʻa boʻl moyil, Ki, bogʻ etmas seni xushdil, gulu sarv aylamas xurram. (A.Navoiy) Sarvi gulning soyasinda soʻldi gul, netmoq kerak? Sarvidin tobut yasab, guldan kafan bichmoq kerak. (A.Navoiy) Labing gʻuncha, yuzung ikki qizil gul, Qading sarvu, soching goʻyoki sunbul. (Furqat) Ey menglari mushku, engi lola, koʻzi ohu, Zulfing gʻamida tutti koʻngilni qora qaygʻu. (Atoyi) Yuzu gulu, qaddi shamshod, koʻzlari nargis, Bahori yosumanimni tushumda koʻrsam edi. (Nodira) Sen gulsenu men xaqir bulbuldurmen, Sen shu’lasen, ul shu’laga men quldurmen. (Bobur) Sen gul kibi to gʻamzadasen husnunga magʻrur, Bulbul kibi gʻamzadamen husanunga hayron. (Bobur) Boburo, hargiz quloq she’ringgʻa ul gul solmadi, Gulga ne parvoe, yuz faryod qilsa andalib. (Bobur) Suhaylni koʻrdi-yu, aylandi birtek, Kunash girdinda yurgan misli ertek, Oʻzin gul bildi-yu, bulbul Suhaylni, Uni sevdi-yu, taslim etti maylni. (Sayfi Saroyi)

Mazkur she’riy matnlarda yor obrazi oʻxshatish usuli orqali oʻziga xos tasvirga ega boʻlgan. Matnda oʻxshatish vositalari vazifasini bajargan sarv, sunbul, gul, gʻuncha, sarv, sunbul, mushk, lola, ohu, shamshod, nargis, shu’la leksemalari orqali kitobxon koʻz oldida goʻzal ayol obrazi gavdalansa, bulbul, qul leksemalari esa erkak jinsiga ishora qiladi. Bunday holat poetik nutqqa xos oʻxshatish vositalarining “jins” konseptini voqealantirishda muhim ahamiyat kasb etganligini koʻrsatadi. Xarakterli tomoni shundaki, bu kabi leksemalar til egalari xotirasida aynan shu belgisi bilan oʻrnashganligi tufayli poetik nutqda har gal “jins” konseptini voqealantiradi. Ya’ni, gul, gʻuncha, sarv, sunbul, gʻuncha, ohu kabi leksemalar poetik- nutqda doim yorganisbatan qoʻllanishga xoslangan boʻlib, kishilarning lisoniy xotirasida assotsiativ tarzda “ayol” konseptini yodga soladi. Yoki ayol leksemasi-talaffuz etilganda xotirada-gul, gʻuncha, ohu kabi leksemalar yodga keladi. Oʻzbek tilida “jins” konsepti tilning leksik tizimida oʻziga xos-lugʻaviy birliklar orqali-voqealanadi. Bunday birliklar “jins” konseptini voqealantiribgina qolmay ular bilan assotsiativ munosabatga kirishadi5. Xulosa. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, poetik nutqda-majoziy-ramziy ma’nolarda qoʻllanuvchi-leksik birliklar ham mantiqiy, ham assotsiativ jihatdan “jins” konsepti-bilan bogʻlanadi. Yuqoridagi tahlillar natijasida- konsept termini har bir-shaxs 5 Yigitaliyev U. Maqola: o’zbek tilida jins va gender tushunchalarining funksional-semantik va kognitiv tahlili. 344-348-b. uchun individual va jamiyat-uchun umummilliy boʻlgan, ong, til va ruhiyatningbogʻliqligida kechuvchi jarayondir degan xulosaga kelishimiz mumkin. Umuman olganda, konsept lingvomadaniyatimizning markaziy tushunchasi sifatida namoyon boʻladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Аскольдов С.А. Концепт и слово// Русская словесность. От теории

словесности к структуре текста. Антология. –М:Akademia. 1997.

2. Mahmudov N.Tilning mukammal tadqiqi yoʻllarini izlab// Oʻzbek tili va

adabiyoti –T.: 2012.

3. Маслова В.А. Лингвокультурология. –M.: Akademia, 2006.

4. www.okumay ISEV.com. TÜRK NİNNİLERİNDEN SEÇMELER. isev.org.tr

5. Yigitaliyev U. Maqola: o’zbek tilida jins va gender tushunchalarining

funksional-semantik va kognitiv tahlili. 344-348-b.

Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.