MULOHAZALAR
Maxamadov Abduhoshim Mo‘minjon o‘g‘li
BuxDPI tarix ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi
Urunov Shoxijahon Jamshidovich
BuxDPI tarix ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi
Annotatsiya: Kishilar oq-qorani tanib tirikchilik qila boshlashibdiki, tevarak atroflaridagi yerlarni, daryo-ko'llarni, tog'laru qir-adirlarni, o‘tloq-yaylovlarni ma’lum bir nom bilan atab kelganlar. Ularning ma’no-mazmuni va tarixini bo‘lsa – toponimika fani o‘rganadi.
Toponimika - geografik nomlarning paydo boʻlishi, rivojlanishi, oʻzgarishi va toʻgʻri yozilishini oʻrganuvchi fan sohalaridan biri. Yer yuzining barcha hududlari o‘z toponimiyasi (geografik nomi)ga ega. Shular qatorida, Farg‘ona toponimikasi ham bundan mustasno emas. Ushbu maqolada, aynan, Farg‘ona viloyatida joylashgan Log‘on qishlog’i toponimi, paydo bo‘lishi va shakllanishiga doir ma’lumotlar keltirilgan.
Kalit so’zlar: Toponimika, toponim, Farg‘ona, Log‘on, Mug‘poshsho, qishloq, afsona, fonetika, metateza va hokazo.
Аннотация: Люди стали зарабатывать на жизнь, узнавая черное и белое, и называли окружающие земли, реки, озера, горы, холмы и луга конкретными именами. Естьли их значение и история - изучает наука топонимика.
Топонимия — одна из отраслей науки, изучающая происхождение, развитие, изменение и правильное написание географических названий. Все регионы земли имеют свою топонимию (географическое название). Среди них не является исключением и топонимия Ферганы. В данной статье содержится информация о топонимии села Ляган, расположенного в Ферганской области, ее происхождении и формировании.
Ключевые слова: Топонимика, топоним, Фергана, Ляган, Мугпошша, село, легенда, фонетика, метатезис и др.
Annotation: People began to make a living by recognizing black and white, and called the surrounding lands, rivers, lakes, mountains, hills, and meadows by specific names. If there is their meaning and history - the science of toponymy studies.
Toponymy is one of the branches of science that studies the origin, development, change and correct spelling of geographical names. All regions of the earth have their own toponymy (geographical name). Among these, the toponymy of Ferghana is no exception. This article contains information about the toponymy of the village of Logan, located in the Fergana region, its origin and formation.
Key words: Toponymy, toponym, Ferghana, Logan, Mughposhsha, village, legend, phonetics, metathesis, etc.
KIRISH
Toponimika qadimiy va ayni damda navqiron fan tarmoqlaridan biri bo’lib, XIX asrning oxirlaridan bu fanga qiziqish qaytadan uyg’ongan. Toponimika o’zi - geografik nomlar, ularning kelib chiqishi, kishi ismlarini o'rganadigan fan sifatida yuzaga kelgan.
Toponimikani olimlar “zamin tili” deb ham atashadi. Toponimika atamasiga qaraydigan bo’lsak,bu so’z yunon tilidan olingan bo‘lib, “topos” - joy, “ onom ” yoki “onima” – nom, umuman, joy nomini o‘rganadigan fan degan ma'noni bildiradi1.
Joy nomlari, ya’ni toponimiya o’z ichida bir necha turga bo‘linadi. Ana shular orasida oykonimiya (yunoncha, oykos - uy), polinimiya (yunoncha polis - shahar) yoki urbanonomiya (lotincha urbos - shahar), ya’ni qishloq hamda shaharlarning nomlari o’rganuvchi bo’limlari ham bor-ki, bunda har bir hududning yoki geografik joy nomlari, ularning ma’no va kelib chiqishi tahlil etiladi. Bu bir vaqtning o’zida qiziqarli va o’ta mashaqqatli ishdir. Chunki, har bir joy nomi yoki atoqli ot o’z tarixiga ega.
O‘zbekistonda toponimika fanining va geografik atamashunoslikning rivojlanishi va taraqqiyotida professor olim Hamidulla Hasanovning xizmatlari kattadir. Olimning “Geografik nomlari imlosi” (1962), “O‘rta Osiyo joy nomlari tarixidan” (1965), “Geografik nomlar siri” (1985), “Geografiya atamalari lug‘ati” (1966) kabi asarlarida, ko'plab ilmiy risolalari va maqolalarida O‘rta Osiyoda, jumladan O‘zbekistonda joy nomlarini o'rganishga qadimdan ahamiyat berib kelinganni hamda bu fan qadimdan yurtimizda mavjud bo’lganligini qayd qiladi. 1 Zohid Madrahimov. Tarixiy toponimika (o'quv qo‘llanma) / «Navro’z» nashriyoti. -Toshkent, 2017. 5 – b.
Keyinchalik, I. Nafasov, Z. Do'simov, N. Oxunov va boshqa bir qancha tilshunos toponimist olimlar tomonidan joy nomlarining nominatsion qununiyatlarini ochib berishdi. Ilmiy faoliyatlari davomida ko’plab joy nomlarining etimologiyasini aniqlab, ilmiy jihatdan tahlil qildilar.
Respublikamiz joy nomlarining kelib chiqish tarixini va millat, qabila, elat, urug‘-aymoq nomlarining kelib chiqish tarixini (etnogenezini) hamda geografiyaga oid atamalarni o‘rganishda Yahyo G'ulomov, Rashid Nabiyev, Abdulahad Muhammadjonov va boshqa birqancha tarixchi-arxeolog, etnograf hamda geograf olimlarning faoliyati diqqatga sazovordir.
O’zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng toponimika fani yanada rivojlana boshladi. Bir qancha farmon, qonun va qonun osti hujjatlari qabul qilinib, ilgari Sobiq Ittifoq davrida turli bayram, tarixiy shaxslar va turli g’alabalarga atab qo’yilgan nomlar o’zgartirilib, milliylashtirildi. Ayrim joy nomlariga esa o’zining qadimiy nomlari qayta berildi.
Toponika sohasiga e’tibor so’nggi yillarda yangicha tus oldi, yurtimiz toponimlarini o’rganish va ularning nomlanishiga ham jiddiy e’tibor berila boshlandi. Bu yo’lda yangi ilmiy darslik va monografiyalar yaratilmoqda.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Maqolani yozishda O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari, toponimika faniga oid ilmiy asarlar, maqola va dala tadqiqotlari natijasida mahalliy aholi bilan bo’lgan suhbatlar natijasida yozib olingan ma’lumotlar asosiy manba sifatida olindi. Maqolada tahiliy-ilmiy, tanqidiy, qiyosiy-taqqoslash, kuzatish, tahlil va tavsif kabi metodlardan foydalanilgan.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Dunyoda hamma narsaning nomi, o’z ismi bor. Misol uchun, daryo, tog’, tuproq va hokazo. Shu va shunga o’xshash atamalar qaysi tilde bo’lmasin bir ma’no-mazmunni ifodalaydi. Bunday so’zlarni istalgan tilga tarjima qilish ham oson. Ammo, joy-makon yoxud hudud nomalari bo’lgan atoqli otlar bundan mustano. Atoqli otlar ma’lum bir narsani, ob’yekt yoki predmetni anglatib, tarjima qilinmaydi va bir xil talaffuz qilinadi. Masalan, Fargo’na deyilganda, go’zal va betakror tabiatli vodiy tushunilsa, Buxoro deyilganda, ko’hna tamaddun maskani, shu nomli viloyat ko’z o’ngimizda gavdalanadi.
Geografik nom ya’ni toponim toponim - eng avvalo so‘zdir. Biroq, u oddiy so‘z bo’lib qolmasdan, birinchidan, atoqli ot. Ayrim toponimlar tilshunoslar uchun ham tushunarsiz bo’lsa, Buxoro, Samarqand, Termiz kabi yirik shaharlarimizning qanday ma’no anglatishi haqidagi bahs-munozaralarda hali ham bir to’xtamga kelingani yo’q. So’lim va betakror Farg’ona vodiysining toponimikasi ham bundan mustasno emas. Jumaladan, viloyatning shahar-u qishloqlarining nomlari, ularning ma’nolari va tarixi uzoq o‘tmishga borib taqaladi.
Farg’onaning ana shunday qadim qishloqlaridan biri bo’lgan – Log’on qishlog’ining nomi haqida bir qancha bahsli fikr-mulohazalar mavjud bo’lib, hali ham o’z yechimini topganicha yo’q.
Log’on atamasi qachon paydo bo’lganligiga aniq fikrlar mavjud emas. Olimlar bu borada hali bir to’xtamga kelishganicha yo’q. Chunki, qishloq nomining kelib chiqishi haqidagi turli xildagi fikrlar, taxminlar mavjud.
Log’on atamasining kelib chiqishi haqida ma’lumot berganlardan biri taniqli jurnalist Sobirjon Dadaxo’jayev quyidagicha yozadi: “Log’on so’zini yolg’iz olib izohlash mantiqiy jihatdan to’g’ri emas. Bu so’z XIII asr mo’g’ullar istilosi va urush davrida paydo bo’lganligi shubhasiz. Bu o’rinda Gulpiyon, Mindon, Chimyon, Xalmiyon, Kokilon so’zlaridagi “on, yon” qo’shimchalari o’rin-joy otini yasashga xizmat qiluvchi affikslardir deb, “lak” so’zi qadimda ming, million ma’nosida qo’llanilgani hisobga olinsa, “Lakkon”, ya’ni ko’p qon to’kilgan degan ma’no kelib chiqadiki, bu tarixiy haqiqatga ancha to’g’ri keladi.
Asrlar o’tishi bilan so’zlarning fonetik o’zgarishga uchrashi hisobga olinsa, “Lak” tarkibidagi “K” tovushi “G” tovushiga aylanishi va talaffuzda birining tushib qolishi natijasida bu so’zning “Log’on” tarzida iste’molga kirishi tilshunoslik qoidalarga ko’ra tabiiy hol hisoblanadi. Demak, xulosa qilib aytganda, Log’on atamasi muayyan tarixiy janggoh, ko’p qon to’kilgan joy ma’nosini anglatishi mantiqqa to’g’ri keladi”2.
Bu o’rinda mahalliy aholi vakillarining qishloq nomining kelib chiqishi haqidagi fikrlarini ham sedan chiqarmaslik lozim. Qishloq ahli Log’on nomning kelib chiqishi haqida bir necha xil fikrlarni bildirdilar. Masalan, mahalliy aholining ko’plari Log’on nomining kelib chiqishini Mug’ podshohi va uning bevafo malikasi bilan bilan bog’lab, Log’on nomi “Lak qon”, “Lo kon”, “Loqqon”, “Laqqon” so’zlaridan kelib chiqqanligi bilan izohlaydilar. Darhaqiqat, “Lak qon”, “Loqqon”, “Laqqon” kabi so’zlar ham tahlil 2 N. Abdulahatov.,F.Zohidov. Farg’ona tumani tarixi // asotirlar, lavhalar, izlanishlar / “Farg’ona” nashriyoti/Farg’ona – 2013y. 245 – 246 b. qilinganida, “ko’p qon to’kilgan joy”, “qonli ust-bosh”, “qoli mato parchasi” kabi birbiriga yaqin va o’xshash bo’lgan ma’nolarni anglatishini ko’rishimiz mumkin.
Ammo, tokikistonlik tarixchi Farhod Hasanov “Таърихи мухтасари дехоти Исфара” nomli asarida, Isfara tumanining qishloqlaridan biri bo’lgan Lakkonning nomlanishi xususida quyidagicha ma’lumot beradi: “Yerining serhosilligi tufayli tufayli qishloq Lakkon nomini olgan”3. Bunda ko’rinadiki, Lakkon atamasi unumdor joy ma’nosini ham ifodalashi mumkin.
Yana bir taxminga ko’ra, uning nomi qishloqning geografik o’rni “lagan”ni eslatib yuborganligi bois shu nomdan kelib chiqqan ekan. Bunga sabab esa, qishloq atrofi qir-adirliklardan iboratligi va ayrim qishloqlarga nisbatan pastroqda ya’ni botiqda joylashganligi tufaylidir. Yuqoridan qaraganda haqiqatdanda qishloq “Lagan”ni eslatib yuborishidir. Shu o’rinda yana bir narsani ta’kidlab o’tish kerakki, Rossiya imperiyasi va Sobiq Ittifoq davri aholi qaydnomalarida qishloq nomi “Ляган” deya atalib, barcha hujjatlarda shu nom bilan qayd etilgan. Bundan ko’rinib turibdiki, qishloq nomi uning geografik o’rnidan kelib chiqib nomlanganligi to’g’risidagi taxminiy fikrlar ham asosga ega.
Ma’lumot o’rnida yana bir eslatma, Lagan atamasiga o’xshash joy nomlari nafaqat Farg’ona vodiysida balki, Buxoro amirligining yozma manbalarida ham “Lagani”, “Lagandi” va “Lyagoni” tarzida keltiriladi4. 3 Хасанов Ф. Таърихи мухтасари дехоти Исфара. Душанбе: Матбуот, 2001. 113 – б. 4 Населенные пункты Бухарского эмирета ( конец ХIХ - начале ХХ вв.). Составители: И.Юлдашевб, К.Убайдуллаев, О.Д.Чехович, К.З. Хакимова. - Т.: "Университет", 2001. c – 90.
Tadqiqotchilar esa, qishloqning nomlanishi xususidagi Mug’ podshohi haqidagi rivoyatni xalq etimologiyasi ekanligini aytib, bu ilmiy tahlilga muhtoj ekanligini ta’kidlaydilar. Chunki, bu nomda -on ko’plik affiksi bo’lsa, log’ (lag’m) so’zi tunnel, korizning yer ostidagi arig’ ma’nosida ishlatilishi mumkin5. Ushbu ma’lumot bir qancha ilmiy asarlarda takrorlanadi. Chunki, O’zbekistonning bir qancha viloyatlari, qo’shni Tojikiston hamda Afg’oniston hududlarida lag’m so’zi bilan bog’liq joy nomlari ko’p. Misol uchun, Zahiriddin Muhammad Bobur Afgʻonistondagi viloyatlardan biri Lamgʻon toʻgʻrisida yozar ekan, uning besh tuman va ikki boʻlakdan iborat ekanligini taʼkidlaydi hamda nomning kelib chiqishi xususida mana bu fikrlarni bayon kiladi: “ Hazrati Nuh payg'ambarning otasi Mehtar Lomning qabri Alishang tumanidadur. Baʼzi tarixta Mehtar Lomni Lamak Lamkon debturlar. Ul elni xili mulohaza qilibturkim, baʼzi mahal “kof” oʻrunig’a “gʻayn” talaffuz qilurlar, bu jihattin gʻolibo bu viloyatni Lamgʻon debturlar”6. Bunda muallifning ta’biricha, Lamkon nomidagi “k” harfining “g’ ” deya aytilishi tufayli ham Lamg’on shakliga aylangan.
Boburning keltirgan ma’lumotlaridan Lamg’on shahri nomini antropotonim ekanligi anglashiladi.
Lamg’on atamasi xususida yana toponimist olim, geografiya fanlari nomzodi Suyun Qorayev shunday yozadi: “Surxondaryo viloyati, Jarqo’rg’on tumani, Qashqadaryo viloyati, Qarshi tumani, Tojikistonning Ko’lob tumanida, Afg’onistonda ham Lag’mon degan joylar bor. Bu nomning xamirli ovqatga hech qanday aloqasi yo’q. Afg’onistondagi Lag’mon “Hudud ul-olam”da, “Boburnoma”da Lamg’on, Lamg’onot shakllarida tilga olingan. Bu nomda ko’plik affiksi – on ko’rinib turadi, lag’m tunnel, 5 Н. Охунова, Ю. Аҳмадалиев. Фарғона вилояти ойконимларининг номланиш хусусиятлари, “Фарғона” нашриёти, 2010 йил. 84 – б. 6 Бобурнома (академик нашр), Тошкент, 1960. 191 – б. korizning yer tagidagi gorizontal arig’I ma’nosida bo’lishi mumkin. Lag’mon – Lamg’on metateza (tovushlarning almashinishi) oqibatida bo’lsa kerak” 7. Ushbu fikrlar bilan Lag’mon to’g’risidagi fikrlarni tugallash bir muncha qiyin. Chunki yana bir toponimist olim To’ra Nafasov Lag’mon so’zini quyidagicha izohlaydi: “Yangi so’g’d (yag’nob) tilida lakka – maydon, dala. Qadimiy eroniy tilida man/mayn/meyn – mahalla, qishloq. Lag’mon – daladagi aholi punkti, shahar hududidan tashqaridagi aholi maskani”8. Yoki buni yanada soddaroq tarzda: sog’dcha laq/lag’ – chet, mayn esa qishloq, ya’ni chet qishloq - deb ko’rsatiladi9. Demak, Log’on atamasini qaysidir ma’noda, shahardan tashqaridagi aholi punkti, chet qishloq deb ham tushunsak bo’ladi.
Bu o’rinda yana bir narsai e’tiborga olsh kerak, fors-tjik tilida “ЛOҚ ” so’zi “yirtilgan, eskirgan, yirtiq, eski” ma’nolarida keladi. Masalan, “Ҷомаи лоқ – yirtilgan, titilgan kiyim” ma’nosida10. Bu esa yuqorida keltirilgan “Loqqon” atamasiga to’g’ri keladi.
XULOSA
Ma’nosiz nom bo’lmaganidek, har qanday geografik nom muayyan mazmunga va o’z tarixiga ega. Ana shunday maskanlardan biri Log’on nomi kelib chiqishi haqida aniq bir to’xtamga kelish qiyin. Buni yuqoridag misollar ham ko’rsatib turibdi. Faqatgina shu narsa aniqki, “Log’on” nomi va uning kelib chiqishi haqiqadagi boshqa taxminlarga qaraganda ishonchliroq taxmin bu - ushbu hududlarda ko’p bora qon to’kilgan bo’lishi mumkinligi yoki mug’poshsho va uning bevafo malikasi haqidagi afsonada keltirilgan malikaning lahta-lahta qoni to’kilgani ( ayrim insonlar esa malikaning qonga bo’yalgan ko’ylak parchalari shu yerlarda tushib ketganligi sababli deya izoh bildirishadi11 ) boisdir “Lakqon” yoki “Loqqon” nomlari bilan atalgandir. Yana bir narsani ham unutmaslik joiz, qishloq nomining bunday afsonaga bog’lanishiga yana bir sabab qishloq hududida bir yirik va ikki kichik bir biriga yaqin bo’lgan arxeologik yodgorliklarning joylashganligi. Biz ushbu fikrlarimizga qo’shimcha qilib, ushbu misralarni keltirib o’tsak: 7 Кораев С. Географик номлар маъноси. Т. «Ўзбекистон».1978. 73 – б. 8 Nafasov T. Qashqadaryo qishloqnomasi. - Toshkent: Muharrir, 2009. 156 – б. 9 Bu haqda batafsil: T Nafasov, V.Nafasova,“O‘zbek tili toponimlarining o‘quv izohli lug'ati” “Yangi asr avlodi", 2008 - y. 32 – b. 10 Таджикско-русский словарь / под ред. М.В.Рахими и Л.В.Успенской; гл. ред. Е.Э.Бертельс. – М., 1954. с – 208. 11 Dala tadqiqotlari. Farg’ona viloyati, Farg’ona tumani, Log’on qishlog’i “Vaziyo” MFYda yashovchi Abdullajonova Munavvarxondan ( 1956 – yili tug’ilgan ) yozib olindi.
Shundoqqina tog’larning baxmal etaklarida
Yastanib yotmishdir men tavallud topgan makon.
Qadimiy mug’poshshoning qadim ertaklarida
Mening qishlog’imni atamishlarki “Lak qon”
Balki ko’p qirg’in ko’rgan, armoni bo’lgan “lak-lak”,
Zamnona shevasidan bag’ri lak-lak qon balkim12.
Nima bo’lgan taqdirda ham biz ushbu asotir va rivoyatlarni inkor eta olmaymiz. Chunki, har qanday xalq og’izaki ijodiyoti namunalari ma’lum bir sabab yoki voqea asnosida yaratiladi. Ularning o’zagida esa haqiqat yashir. Log’on atamasi va uning kelib chiqishiga doir tadqiqotlarni hali davom ettirishimiz, topilmagan jumboqlarga esa javob topishimiz kerak. Bu yo’lda yana bir qancha tadqiqotlarni olib borish, ma’lumotlarni jamlash va saralash, arxiv materiallari va yozma manbalarga murojaat qilish darkor.
Bejizga, Farg’ona tumani hududlarida o’tgan asrning 50 – yillarida arxeologik va etnografik tadqiqotlarni olib borgan taniqli arxeolog olim A.N.Bershtam bu yerlarni “Asotirlar diyori” – deya atamagan. Buni oddiy Log’on qishlog’i misolida ham ko’rib turibmiz.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
Asosiy adabiyotlar
1. Abdulahatov N., Zohidov F. Farg’ona tumani tarixi // asotirlar, lavhalar, izlanishlar / “Farg’ona” nashriyoti/Farg’ona – 2013y. – 368 b.
2. Бобурнома (академик нашр), Тошкент, 1960. – 514 b.
3. Ҳасанов Ф. Таърихи мухтасари дехоти Исфара. Душанбе: Матбуот, 2001.
4. Madrahimov Zohid. Tarixiy toponimika (o'quv qo‘llanma) / «Navro’z» nashriyoti. -Toshkent, 2017. – 128 b.
5. Nafasov T. Qashqadaryo qishloqnomasi. - Toshkent: Muharrir, 2009.
6. Nafasov T., Nafasova V. “O‘zbek tili toponimlarining o‘quv izohli lug'ati” “Yangi asr avlodi", 2008 - y. – 88 b. 12 ОНАМДАН ЁДГОР ДУНЁ: шеълар/адабийғбадиий нашр/ Й.Ҳусанов – Фарғона: “Фарғона” нашриёти. 2015. 17 – б.
7. Населенные пункты Бухарского эмирета ( конец ХIХ - начале ХХ вв.). Составители: И.Юлдашевб, К.Убайдуллаев, О.Д.Чехович, К.З. Хакимова. - Т.: "Университет", 2001. – 415 c.
8. Охунова Н., Аҳмадалиев Ю. Фарғона вилояти ойконимларининг номланиш хусусиятлари, “Фарғона” нашриёти, 2010 йил. – 128 б.
9. Қораев С. Географик номлар маъноси. Т. «Узбекистон».1978.
10. Таджикско-русский словарь / под ред. М.В.Рахими и Л.В.Успенской; гл. ред. Е.Э.Бертельс. – М., 1954. – 789 c.Таджикско-русский словарь / под ред. М.В.Рахими и Л.В.Успенской; гл. ред. Е.Э.Бертельс. – М., 1954. – 789 c.
Dala tadqiqotlari
1. Dala tadqiqotlari. Farg’ona viloyati, Farg’ona tumani, Log’on qishlog’i “Vaziyo” MFYda yashovchi Abdullajonova Munavvarxondan ( 1956 – yili tug’ilgan ) yozib olindi.
Badiiy adabiyotlar
1. ОНАМДАН ЁДГОР ДУНЁ: шеълар/адабийғбадиий нашр/ Й.Ҳусанов – Фарғона: “Фарғона” нашриёти. 2015. – 96 б.
Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.