ResearcherUz LogoResearcherUz
Dergiyi Görüntüle

Mahalliy budjetlar faoliyatini raqamlashtirish, muammo va yechimlar

Özet

Ushbu maqolada Uy xo‘jaliklari daromadlarini oshirishda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishning ekonometrik modellari


Tam PDF Belgesi

İlgili Makaleler

Tam metin

Mahalliy budjetlar faoliyatini raqamlashtirish, muammo va yechimlar.

Termiz davlat universiteti

Iqtisodiyot va turizm fakulteti

Iqtisodiyot kafedrasi o‘qituvchisi

Rashidova Xadicha Tursunaliyevna

Annotatsiya: Ushbu maqolada Uy xo‘jaliklari daromadlarini oshirishda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishning ekonometrik modellari

haqida bayon qilingan.

Kalit so‘zlar: Mamlakat, tadbirkorlik, uy xo‘jaligi, barqaror, model, natija, bozor iqtisodiyoti, moliyalashtirish, oila.

Mamlakatimizda soʻnggi yillarda byudjet tizimida olib borilayotgan islohotlar mahalliy byudjetlar daromad manbalarini barqarorligini ta'minlashga asos bo'lib hisoblanmoqda. Hozirgi kunda hududlarni moliyaviy barqarorligini ta'minlashda mahalliy byudjetlarning ahamiyati yanada ortib bormoqda, shu sababli mahalliy byudjetlarni daromadlarini mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etadi. Davlat o'zining funksiya va vazifalarini amalga oshirish uchun ma'lum bir xarajatlar qilishi zarur boʻladi va ularni soliqlar va yigʻimlar orqali mablag'larni toʻplaydilar. Soliqlar iqtisodiyotni boshqarishning asosiy qurollaridan biri bo'lganligi bois mutaxassislar muloxazalar yuritadilar. Respublikamizning turli hududlari boʻylab ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatning o'zgarishi hamda iqtisodiyotni yangilash sharoitida mahalliy byudjetlarning faoliyatini samarali tashkil etish va mahalliy byudjetlar moliyaviy barqarorligini yanada oshirish davlat moliyasini isloh etishning eng muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Hozirgi kunda mahalliy byudjetlar boshqaruv tizimini isloh qilish va optimallashtirish masalalari byudjet qonunchiligini takomillashtirsh oldida turgan muhim vazifadir. Hududlarning kompleks rivojlanishi, uning iqtisodiy salohiyati, xorijiy investitsiyalari va innovatsion texnologiyalarini jalb qila olish qobiliyati ko'p jihatdan hududlarning rivojlanganlik darajasiga bog'liq hisoblanadi. Viloyat, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ularning mavjud salohiyatidan samarali va optimal foydalanish masalalari "Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida"gi dasturda o'z ifodasini topgan. Ta'kidlash joizki, hududlarni kompleks rivojlantirishda mahalliy byudjetlarning o'rni yuqori bo'lib, ko'plab hududiy loyihalarning amalga oshirilishi, aholiga o'z vaqtida sifatli ijtimoiy xizmat ko'rsatish darajasi mahalliy byudjetlarning mustaqilligi va daromadlarning barqarorligiga bog'liq hisoblanadi. Mahalliy byudjetlarning daromad bazasini tubdan mustahkamlash va markazlashtirish asosida hududlarni kompleks rivojlantirishni barqaror moliyalashtirish, byudjetlararo munosabatlarni yanada takomillashtirish, mahalliy davlat hokimiyati organlarining moliyaviy erkinligini kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga ko'maklashish, yangi ish joylari yaratish hamda aholi bandligini ta'minlash, muhandislik-kommunikatsiya, yo'l-transport va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirish hisobiga soliq salohiyatini kengaytirish bo'yicha aniq maqsadga yo'naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda ularning mas'uliyatini oshirishni ta'minlash asosiy maqsadimizdir.

Mahalliy byudjetlar tizimi mahalliy talab-ehtiyojlarni to'laroq, qondirishni hamda davlatning markazlashgan tartibda amalga oshiradigan tadbirlarning bajarilishi bilan chambarchas bogʻlangan holda ijro etishga imkon yaratib beradi. Respublika va mahalliy byudjetlari oʻrtasidagi munosabatlarni, bog'liqligini yanada takomillashtirish, shubhasiz regionlarni iqtisodiy rivojlantirish, ular o'rtasidagi iqtisodiy nomutanosiblikka mumkin qadar barham berishdan iborat. Bundan tashqari, mahalliy byudjetlarga tushumlarning yangi manbalarini qidirib topish, soliq undirishning progressiv tizimini joriy qilish va mavjud soliq tushumlari asosini takomillashtirish sohasida bir qancha ishlar amalga oshirilgan boʻlsada bu ishlarning haqiqiy holati hali toʻliq oʻrganilmagan. Shu sababli mahalliy byudjetlarning samarali shakllantirish masalalarini tadqiq etish va tahlil qilish zarurdir. Yuqorida ta'kidlab oʻtilgan masalalar maqolaning dolzarbligini belgilab beradi. Mahalliy byudjetlar tizimi butun mamlakat miqyosida keng ko'lamli ijtimoiy tadbirlarni amalga oshiruvchi davlatning moliyaviy dastagi hisoblanadi. Mahalliy byudjetlar orqali hududlarning daromadlari tarmoqlararo, hududlararo hamda ijtimoiy qatlamlararo qayta taqsimlanadi. Mazkur taqsimotning oqilona tashkil etilishi, samarali faoliyati qat'iy byudjet intizomiga rioya etilishiga bogʻliqdir. Mahalliy byudjetlar umumdavlat miqyosidagi iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarini amalga oshirishda, birinchi navbatda, davlat mablagʻlarini taqsimlash va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Ular mahalliy hokimiyatlarning faoliyat ko'rsatishlarida asosiy moliyaviy manba boʻlib, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatini joylarda amalga oshirishda asosiy rolni o'ynaydi. Mahalliy byudjetlar tizimi mahalliy talab-ehtiyojlarni toʻlaroq, qondirishni hamda davlatning markazlashgan tartibda amalga oshiradigan tadbirlarning bajarilishi bilan chambarchas bog'langan holda ijro etishga imkon yaratib beradi. Respublika va mahalliy byudjetlari o'rtasidagi munosabatlarni, bog'liqligini yanada takomillashtirish, shubhasiz regionlarni iqtisodiy rivojlantirish, ular o'rtasidagi iqtisodiy nomutanosiblikka mumkin qadar barham berishdan iborat. Bundan tashqari, mahalliy byudjetlarga tushumlarning yangi manbalarini qidirib topish, soliq undirishning progressiv tizimini joriy qilish va mavjud soliq tushumlari asosini takomillashtirish sohasida bir qancha ishlar amalga oshirilgan bo'lsada bu ishlarning haqiqiy holati hali to'liq oʻrganilmagan. Shu sababli mahalliy byudjetlar moliyaviy barorligini ta'minlash, samarali shakllantirish masalalarini oʻrganish va tahlil qilish zarurdir. Mahalliy byudjetlar tarkibida byudjet dotatsiyasi va subventsiyalari ulushini kamaytirishda mamlakatimiz hududlarining iqtisodiy rivojlanish darajasi turlicha ekanligini ularning moliyaviy ta'minlanish koʻrsatkichlarida ko'rishimiz mumkin. Shunga muvofiq ravishda hududlar miqyosida daromadlarning soliq bazasi va

xarajatlarning umumiy miqdori ham farq qiladi. Ayni chog'da, mamlakatning oʻz byudjetini shakllantirish huquqiga ega har bir ma'muriy hududi, daromadlar bazasi hajmidan qat'iy nazar, o'sha hududda yashovchi aholini davlat tomonidan kafolatlangan muayyan ijtimoiy-madaniy xizmatlar bilan ta'minlashi shart.

Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida mahalliy moliya tizimi hamda mahalliy byudjetlar barqarorligini ta'minlash va byudjet siyosatini toʻgʻri tashkil etish nechogʻli zarurligini alohida ta'kidlab oʻtish lozim. Diyorimizda tub islohotlar yanada chuqurlashayotgan hozirgi vaqtda ijtimoiy hayotimizning barcha sohalarida boʻlgani kabi moliya va byudjet sohasida ham chuqur oʻzgarishlarni amalga oshirish davr talabidir. Hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida yagona iqtisodiy hududni yaratish, yagona eng kam ijtimoiy xizmat standartlarini moliyaviy ta'minlash, fuqarolarga teng ijtimoiy himoya va ijtimoiy huquqlar kafolatlanishini, ya'ni mamlakatning barcha hududlarida iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish uchun qulay sharoitlar yaratilishini ta'minlash byudjetlararo munosabatlarning asosiy maqsadlaridir. Yurtimizda byudjetlararo munosabatlar doirasida davlat byudjetini shakllantirish, koʻrib chiqish, tasdiqlash hamda ijro etish jarayonida davlat va mahalliy hokimiyat organlari o'rtasida hokimiyat organlarining byudjet vakolatlari, huquqlari, majburiyatlari va mas'uliyatlari boʻyicha munosabatlari tartibga solinadi. O'zbekiston Respublikasi davlat byudjeti tarkibiga kiruvchi Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjeti hamda mahalliy byudjetlar daromadlar va xarajatlar bo'yicha muvozanatlashgan bo'lishi shart. Rejali xarajatlarning uning daromadlaridan ortishi faqat respublika byudjeti parametrlarida koʻzda tutilishi mumkin.

Mahalliy byudjetlarning iqtisodiy faoliyat yuritishlari oʻz daromad manbalari

mavjudligi bilan xarakterlanadi. Ular o'z hududlarida turli yo'nalishdagi vazifalarni bajarishlari uchun yetarli miqdorda moliyaviy mablagʻga ega boʻlishlari zarur.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Аллаяров С. Р., Зайнитдинов С. М. Ў. Иқтисодий ўсишга таъсир кўрсатувчи омиллар ва уларнинг таснифи //Science and Education. - 2021.

2. Аллаяров С. Р., Кандахарова Ш. Н. ПЕРСПЕКТИВЫ ЭФФЕКТИВНОГО

ИСПОЛЬЗОВАНИЯ БЮДЖЕТНЫХ СРЕДСТВ B УПРАВЛЕНИИ

ГОСУДАРСТВЕННЫМИ ФИНАНСАМИ //СТОЛИЦА НАУКИ. - 2021.

3.Аллаяров С. Теоретическое исследование оптимальной фискальной и денежно-кредитной политики для стимулирования экономического роста // Научный журнал финансов и бухгалтерского учета. 2018.

4. Аллаяров С., Набиев Е., Аллаяров С. Амануллаева Ю. (2020) Пути улучшения налогового механизма для обеспечения финансовой безопасности страны //International Journal of Advanced Science and Technology.

5. Аллаяров С., Аллаяров С., Юлдашева У., Маджидов Н. (2020). Оценка эффективности результатов бюджетной политики Республики Узбекистан. Международный журнал передовых наук и технологий.

6. Кабулов Х. А. Приоритетные вопросы стратегии развития доходного потенциала региона //Экономика и бизнес: теория и практика. - 2020.

7.Кобулов Х. А. Место и роль доходов местного бюджета в улучшении доходного потенциала региона //Экономика и бизнес: теория и практика.- 2020.

8.Кобулов Х. А. ОБЕСПЕЧЕНИЯ ФИНАНСОВОЙ УСТОЙЧИВОСТИ

МЕСТНЫХ БЮДЖЕТОВ ПУТЕМ УЛУЧШЕНИЯ ФИНАНСОВОГО

ПОТЕНЦИАЛА РЕГИОНА //Современная наука: актуальные вопросы, достижения и инновации. - 2020.

9. Kobulov K. Modeling the processes of forming a strategy for the revenue potential of local budgets // Архив научных исследований.- 2020.

10.Malikov T. et al. Methodological approaches to assessing and forecasting the tax potential of the region //Turkish Journal of Computer and Mathematics Education

(TURCOMAT). - 2021.

Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.