ResearcherUz LogoResearcherUz
Dergiyi Görüntüle

Makroiqtisodiy ko‘rsatgichnilar o‘zgarishiga jiddiy ta‘sir etuchi global omillar va ularni o‘rganish yo‘llari.

Özet

Ushbu maqolada makroiqtisodiyot, mamlakatimizda makroiqtisodiyot boʻyicha koʻrsatkichlar va unga salbiy ta'sir koʻrsatuvchi omillar haqida bayon etilgan.


Tam PDF Belgesi

İlgili Makaleler

Tam metin

Makroiqtisodiy ko‘rsatgichnilar o‘zgarishiga jiddiy ta‘sir etuchi global

omillar va ularni o‘rganish yo‘llari.

Termiz davlat universiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti "Biznes

boshqaruvi va statistika" kafedrasi o‘qituvchisi

Axmedov Alim Babaniyazovich

Annotatsiya: Ushbu maqolada makroiqtisodiyot, mamlakatimizda makroiqtisodiyot boʻyicha koʻrsatkichlar va unga salbiy ta'sir koʻrsatuvchi omillar haqida bayon etilgan.

Kalit so'zlar: Makroiqtisodiyot, kapital, innovatsion jarayon, tadbirkorlik, strategiya, koʻrsatkich.

Makroiqtisodiyot - milliy ishlab chiqarish, ishsizlik va inflyatsiya umumiy darajasini oʻrganadi; iqtisodiy tizimning xususiyatlari bilan shugʻullanadi, umuman mamlakat iqtisodiyotining rivojlanish omillari va natijalarini oʻrganadi. Mustaqil ilmiy yoʻnalish sifatida makroiqtisodiyot 30-yillarning boshlarida shakllana boshladi. XX asr, mikroiqtisodiyotning shakllanishi XIX asrning so‗nggi yillariga toʻgʻri keladi (L. Valras, K. Menger, A. Marshall). Makroiqtisodiyotning asoslarini Jon Maynard Keyns yaratgan. J. Keyns oʻzining "Bandlik, foizlar va pullarning umumiy nazariyasi" (1936) kitobida barqaror ishsizlik darajasi va bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish quvvatlaridan toʻliq foydalanmaslik imkoniyatini isbotladi, ammo shu bilan birga davlatning toʻgʻri moliyaviy va pul-kredit siyosati ishlab chiqarishga ta'sir qilishi mumkin. shu bilan ishsizlikni kamaytirish va iqtisodiy inqirozlar davomiyligini qisqartirish. Binobarin, Keyns butun iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish zarurligini asoslab berdi. Makroiqtisodiyot va davlat siyosatida Keyns iqtisodiy nazariyasi hukmronlik qildi. Urushdan keyingi davrdan 1960 yillarga qadar, makroiqtisodiy siyosatning har qanday tahlili Keyns postulatlariga asoslangan edi. Keyns tomonidan ishlab chiqilgan gʻoyalarni uning izdoshlari - J. Xiks, A. Xansen, P. Samuelson ishlab chiqdilar. Biroq, yangi nazariy oʻzgarishlar Keyns makroiqtisodiy nazariyasining avvalgi ahamiyatini pasaytirdi. Keynschilikning eng ogʻir tanqidini M. Fridman boshchiligidagi monetaristik oqim namoyish etdi. Makroiqtisodiyot" atamasi ilmiy muomalaga nisbatan yaqinda kiritilgan, ammo umumiy iqtisodiy tendentsiyalarni makroiqtisodiy tahlil qilishning oʻzi koʻp asrlar davomida markaziy oʻrinni egallab kelgan. Shunday qilib, fransuz iqtisodchisi- fiziokrat F. Kene oʻzining "Iqtisodiy jadval" asarida (1758) iqtisodiyotda birinchi marta ijtimoiy takror ishlab chiqarishni ijtimoiy mahsulotning tabiiy va qiymat elementlari oʻrtasidagi muvozanat nisbatlarini aniqlash nuqtai nazaridan tahlil qilishga urindi. MB ta’kidlashicha, tashqi iqtisodiy noaniqliklarning kuchayib borayotganligi, global retsessiya yuzaga kelishi ehtimollarining oshayotganligi va asosiy xomashyo tovarlari narxi pasayuvchi trendga o‘tgan bo‘lsa-da, ular bo‘yicha kutilmalarning turli yo‘nalishda shakllanayotganligi, shuningdek, ichki iqtisodiy sharoitlardagi o‘zgaruvchanliklarni hisobga olib, o‘rta muddatli makroiqtisodiy prognozlar ikki xil ssenariy asosida ishlab chiqildi.

Asosiy ssenariy shartlariga ko‘ra, mamlakatda iqtisodiy faollikning yuqori sur’atlari, investitsion va iste’mol talabining o‘suvchi dinamikasi saqlanib qoladi. Tartibga solinadigan narxlarning shakllantirilishi bosqichma-bosqich bozor mexanizmlariga moslashtirib boriladi, fiskal konsolidatsiya boshlanadi, iqtisodiyotda davlat rolining pasayishi va belgilangan tarkibiy islohotlar davom ettirilishi hisobiga raqobat muhiti yaxshilanib boradi va xususiy xorijiy investitsiyalar hajmi yuqori sur’atlarda o‘sib boradi.

Muqobil ssenariyga ko‘ra tashqi xatarlar va global retsessiyaning kuchayishi fonida mamlakatda tashqi talab darajasi pasayishi, turli kanallar orqali kirib keladigan valyuta oqimlarining kamayishi, iqlim o‘zgarishlari ta’sirida ishlab chiqarish va yalpi taklifning qisqarishi ehtimollari asosida tayyorlangan. Bunda, yalpi talabning kamayishi global inflyatsion jarayonlarni jilovlovchi va xomashyo tovarlari narxlarini pasaytiruvchi omil bo‘lsa, yalpi taklifning qisqarishi ichki bozorda narxlar darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Makroiqtisodiy barqarorlikni saqlab qolishda asosiy e’tibor inflyatsiya darajasini 2024 yil so‘ngiga qadar 5 foizlik targetiga pasaytirish, konsolidatsiyalashgan budjet taqchilligini YAIMga nisbatan 2023 yilda 3 foiz va 2024 yilda 2 foizdan oshirmaslik, xomashyo bo‘lmagan tayyor mahsulotlar eksportini real (fizik) o‘sishi kamida 20−25 foiz bo‘lishini ta’minlashga qaratilishini taqozo etadi, deyiladi MB sharhida. Jahon iqtisodiyoti va savdo hamkorlarda geosiyosiy vaziyatdagi keskinliklar fonida yuqori noaniqliklar saqlanib qoladi, tashqi talab 2022 yilgi ko‘rsatkichlardan past bo‘ladi. Shuningdek, global inflyatsion jarayonlar va unga javoban ko‘rilayotgan choralar kelgusida jahon iqtisodiyotini retsessiya yoki stagnatsiyaga (iqtisodiy pasayish yoki turg‘unlik) uchrashi ehtimolligini oshirishi mumkin, joriy yil oxiridan global inflyatsiya darajasi sekinlasha boshlashi kutilmoqda. Asosiy xomashyo tovarlari narxlarida pasayish tendensiyalari saqlanib qoladi, global retsessiya sharoitida narxlar yanada pasayishi va rivojlanayotgan davlatlar valyutalariga nisbatan bosimlar yuzaga kelishi mumkin. Oxirgi yillardagi iqtisodiyotga moliyaviy rag‘batlarning qo‘llab-quvvatlovchi ta’sirlari kamayib boradi.

Yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash vazifasi davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini qisqartirish va raqobat muhitini kuchaytirishga qaratilgan ta’sirchan va qat’iy tarkibiy islohotlarni amalga oshirishni talab etadi. Keyingi yildan budjetdan moliyalashtirish imkoniyatlari cheklanib borishini inobatga olib davlat xarajatlarini taqsimlash va amalga oshirishda yuqori moliyaviy intizomni ta’minlash hamda har bir so‘mning tejamli va maqsadli ishlatilishi taqozo etiladi. Makroiqtisodiyot YaIM, YaMM, yalpi talab, yalpi taklif, to'lov balansi, pul bozori, tovar bozori va mehnat bozori kabi tushunchalar bilan ishlaydi. Mamlakatning iqtisodiyoti holati va rivojlanishini ifolalovchi umumlashgan koʻrsatkichlar tizimi — milliy boylik, yalpi ichki mahsulot, yalpi milliy mahsulot, sof milliy mahsulot, milliy daromad, aholi daromadlari, davlat va xususiy investitsiyalar yigindisi, muomaladagi jami pul miqdori va sh k. jami xoʻjalik boʻyicha jamlanma, umumlashtiruvchi koʻrsatkichlar makroiqtisodiyotni oʻrganadigan obʼyektlar hisoblanadi. Ayni paytda makroiqtisodiy mamlakat miqyosida oʻrtacha daromadlar, oʻrtacha ish haqi, inflyasiya darajasi, ishsizlik, bandlik, mehnat unumdorligi singari oʻrtacha iqtisodiy koʻrsatkichlarni hamda ularga davlatning iqtisodiy siyosati koʻrsatadigan taʼsirini oʻrganadi va tadqiq etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1. Bunkina M.K., Semenov V.A., Makroekonomika, M., 1996; Hakimova M., Makroiqtisodiyot, T., 1997. 2. N. M. Mahmudov, A. B. Shokirov, X. A. Ulashev, J. A. Shokirov "Makroiqtisodiyot" oʻquv qoʻllanma 2021 y. 3. Mirzaxodjayev A.B., Sharifov Sh.S., Boboqulov S.B., "MAKROIQTISODIYOT" oʻquv qoʻllanma 2021y. 4. I.О. Yakubоv, H.A. Hakimov "MAKROIQTISODIYOT-2" 2019 y.

Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.