ResearcherUz LogoResearcherUz
Dergiyi Görüntüle

MAKTABGACHA TA'LIM SOHASIDAGI BUGUNGI KUN RIVOJLANISHI, YANGILIKLARI VA YUTUQLARI.

Özet

Bugungi kunda maktabgacha ta'lim tizimida qator islohotlar o‘tkazilmoqda, ularning bari bolalar va pedagoglar manfaatlari yo‘lida xizmat qilishiga, shuningdek maktabgacha ta'lim sifatini yaxshilashga  qaratilgan.Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim sohasidagi bugungi kun rivojlanishi, yangiliklari va yutuqlari haqida ma’lumot berilgan.


Tam PDF Belgesi

İlgili Makaleler

Tam metin

YANGILIKLARI VA YUTUQLARI.

Abdishukurova Nilufar

Maktabgacha ta'lim yo’nalishi 303 guruh talabasi

Ilmiy rahbar: Maktabgacha ta‘lim metodikasi kafedrasi o'qituvchisi

Mamatqulova Shaxnoza Annotatsiya: Bugungi kunda maktabgacha ta'lim tizimida qator islohotlar o‘tkazilmoqda, ularning bari bolalar va pedagoglar manfaatlari yo‘lida xizmat qilishiga, shuningdek maktabgacha ta'lim sifatini yaxshilashga qaratilgan.Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim sohasidagi bugungi kun rivojlanishi, yangiliklari va yutuqlari haqida ma’lumot berilgan. Kalit so’zlar: Konsepsiya, maktabgacha ta’lim, ijtimoiy-ma’naviy hayot, davlatxususiy sherikchiligi. Har bir mamlakatning iqtisodiy qudrati, ijtimoiy-ma’naviy hayot darajasining yuksalishi ta’lim tizimining raqobatbardoshligi, ilm-fan taraqqiyoti bilan belgilanadi.Shu bois, O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ta’lim sohasini tubdan takomillashtirish, ta’lim sifatini oshirish, intellektual salohiyatli, jismoniy barkamol avlodni shakllantirish, aniq fanlarni chuqurlashtirib o‘qitish va iqtisodiyotning turli sohalari uchun malakali kadrlarni tayyorlash ustuvor vazifalar sifatida belgilangan bo‘lib, pirovardida bugungi davr talabiga javob bera oladigan ta’lim tizimni yaratish ko‘zda tutildi. Sohadagi islohotlar natijasida maktabgacha ta’lim tizimida boshqaruv mexanizmi tubdan takomillashtirildi, nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish tizimi isloh qilindi, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim tizimi qayta ko‘rib chiqildi, oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish choralari kuchaytirildi, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limning ikki pog‘onali tizimi joriy etildi. Maktabgacha ta’lim. Uzluksiz ta’lim tizimining birlamchi bo‘g‘ini hisoblangan ushbu soha har tomonlama sog‘lom va barkamol bola shaxsini tarbiyalash va maktabga tayyorlashda g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Lekin, tahlillar shuni ko‘rsatdiki, oxirgi yillarda turli omillar ta’sirida maktabgacha ta’lim tizimida bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash borasida rivojlanish o‘rniga, orqaga ketish holatlari, yil davomida maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalariga qamrab olish ko‘rsatkichlari o‘sishi tendensiyasi kuzatilmadi.

O‘tgan davr mobaynida mamlakatimizda o‘sib borayotgan avlodni sog‘lom va har tomonlama yetuk voyaga yetkazish, ta’lim-tarbiya jarayoniga samarali ta’lim va tarbiya shakllari hamda usullarini joriy etishga qaratilgan maktabgacha ta’limning samarali tizimini tashkil etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari sonini yanada oshirish va ular ko‘rsatadigan xizmatlar turlarini kengaytirish uchun mustahkam poydevor bo‘ldi.Shu bilan birga, olib borilgan tahlil, bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrovini ta’minlash, maktabgacha ta’lim muassasalarini zamonaviy o‘quv-metodik materiallar va badiiy adabiyotlar bilan to‘ldirish, sohaga malakali pedagog va boshqaruv kadrlarini jalb qilish masalalarini hal etish zarurligini ko‘rsatmoqda.

Quyidagilar, O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi quyidagilarni nazarda tutgan holda Konsepsiyaning asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi:maktabgacha ta’lim sohasidagi normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish; maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish;bolalarning sifatli maktabgacha ta’lim bilan qamrovini oshirish, undan teng foydalanish imkoniyatlarini ta’minlash, mazkur sohada davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish; maktabgacha ta’lim tizimiga innovatsiyalarni, ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;maktabgacha ta’limni boshqarish tizimini takomillashtirish, maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini moliyalashtirish shaffofligi va samaradorligini ta’minlash;maktabgacha ta’lim tizimiga maktabgacha ta’lim tizimi xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish, tanlab olish va rivojlantirishga mutlaqo yangi yondashuvlarni joriy etish; maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarning sog‘lom va balanslashtirilgan ovqatlanishini, sifatli tibbiy parvarishini ta’minlash.

O‘tgan davr mobaynida sog‘lom va har tomonlama rivojlangan o‘sib kelayotgan avlodning shakllanishini ta’minlashga qaratilgan samarali maktabgacha ta’lim tizimini tashkil qilish bo‘yicha kompleks tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar amalga oshirildi. Maktabgacha ta’lim sohasida misli ko‘rilmagan o‘zgarishlarni bugun har bir yurtdoshimiz sezib, kuzatib turibdi. Ta’limning poydevori hisoblangan maktabgacha ta’lim tizimiga davlat tomonidan bu qadar tizimli va bir-birini to‘ldiruvchi e’tibor hamda amaliy yordam kuzatilmagan, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Bugungi kunda amalga oshirilayotgan islohotlar istiqbolda o`z mevasini berishi nazarda tutilgan. Shu maqsadda prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ― Ayni paytda islohotchi bo`lib maydonga chiqadigan, strategik fikr yuritadigan, bilimli va malakali yangi avlod kadrlarni tarbiyalashimiz zarur. Shu boisdan ham bog`cha ta‘limining barcha bo`g`inlarini izchil isloh qilmoqdamiz degan edilar.

Qabul qilingan bu me‘yoriy-huquqiy hujjatlar faqatgina maktabgacha ta‘lim va tarbiya sohasi faoliyatini huquqiy asoslash yoki himoyalash bilan cheklanmaydi. Bu asoslar uzluksiz ta‘limning eng asosiy tayanch bo`g`inini isloh qilishni, rivojlantirishni ta‘minlashga ham xizmat qiladi. Shu nuqtai-nazardan ta‘lim sohasida olib borilayotgan islohotlarda xorijiy tajribalarni o`rganish, ularning ilg`or tajribalarini milliy ta‘lim va tarbiya bilan taqqoslash hamda ularning yutuqlarini sohaga moslashtirish orqali joriy etish davr talabi hisoblanadi. Har qanday ta’limning asosi — metodika, jumladan, maktabgacha ta’limniki ham. Maktabgacha ta’limni sifat bosqichiga ko‘tarishda yangi ta’lim metodlari, innovatsion texnologiyalarning ahamiyati katta. Sababi MTTning moddiy-texnik bazasi yuqori bo‘lsa-yu, tarbiyachi bola bilan ishlamasa, unga har kuni yangi ma’lumotlarni o‘rgatmasa, hamma qilingan harakatlar natijasi nolga tenglashib qoladi. Sohadagi mutaxassislar mahoratini oshirish, ularga zaruriy metodik ko‘mak berish maqsadida Maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti tashkil etildi. Maktabgacha ta’lim sohasiga ixtisoslashgan kadrlar tayyorlash masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Qabul qilinayotgan barcha-barcha qarorlarni amalga oshiradigan, farzandlarimizga eng zarur hayotiy tushuncha va ko‘nikmalarni o‘rgatadigan yuqori malakali tarbiyachilarni tayyorlash masalasi kun tartibiga chiqdi. Bu sohada zamonaviy talablarga javob beradigan ilg‘or pedagogik usul va uslublarni ishlab chiqish, o‘quv va o‘quv-metodik adabiyotlarning yangi avlodini yaratish va nashr etish ham g‘oyat dolzarb vazifa edi. O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari va “Ilk qadam” maktabgacha ta’lim muassasasining Davlat o‘quv dasturi qabul qilindi. Endilikda zamonaviy maktabgacha ta’lim tashkilotining tarbiyachilari bolalarni erkin qo‘ygan holda faollik markazlarida o‘yin mashg‘ulotlari orqali yangi ma’lumotlarni o‘rgatmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Karimov I.A. (2018) Yuksak ma‘naviyat-yengilmas kuch.T.: ― Ma‘naviyat, 33-bet.

2. Qilichova M.X.(2021)Maktabgacha ta‘lim va tarbiya sohasida amalga oshirilgan islohotlarning mazmun-mohiyati. ― Ta'lim tizimida fan, innovatsiya va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish istiqbollari mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. Jizzax. 325-bet.

3. Mirziyoyev Sh.M.(2021) Yangi O`zbekiston strategiyasi.-T.:― O`zbekiston‖, 23- bet

Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.