ResearcherUz LogoResearcherUz
Dergiyi Görüntüle

MAKTABGACHA TA’LIM KLASTERINI TASHKIL ETISHGA DOIR AYRIM MULOHAZALAR

Özet

Mazkur maqolada ta`lim klasterlari, ayniqsa maktabgacha ta`lim klasterlarini tashkil etishning nazariy asoslari borasida fikr – mulohazalar hamda takliflar bayon etilgan. Ta`lim klasterining turlari haqida ma`lumotlarbe rilgan. Maktabgacha ta`lim tashkiloti hamda oliy ta`lim musasasalari hamkorligida yaratiladigan ta`lim klasterlarining foydali tomonlari borasida to`xtalib o`tilgan.


Tam PDF Belgesi

İlgili Makaleler

Tam metin

--⊱⊱ 182 ⊰⊰--

MULOHAZALAR

Azimov Yunus Yusupovich, Ruziyeva Zulayxo Samatovna

Buxoro davlat pedagogika instituti

professori, filologiya fanlari nomzodi,

Toshkent viloyat pedaogik mahorat

markazi o’qituvchisi

Annotatsiya. Mazkur maqolada ta`lim klasterlari, ayniqsa maktabgacha ta`lim klasterlarini tashkil etishning nazariy asoslari borasida fikr – mulohazalar hamda takliflar bayon etilgan. Ta`lim klasterining turlari haqida ma`lumotlarbe rilgan. Maktabgacha ta`lim tashkiloti hamda oliy ta`lim musasasalari hamkorligida yaratiladigan ta`lim klasterlarining foydali tomonlari borasida to`xtalib o`tilgan.

Kalit so‘zlar: klaster, ta`lim klasteri, klaster turlari, ta’lim darajalari, zamonaviy texnologiyalar, fan va texnika yutuqlari, maktabgacha yoshdagi bola, zamonaviy usullar, xatolarga chidamli klasterlar, o‘zlashtirish, ajratib ko‘rsatish, tizimlashtirish, “Klaster” texnologiyasi.

Annotatsiya. В данной статье представлены мнения и предложения относительно теоретических основ образовательных кластеров, особенно дошкольных образовательных кластеров. Дана информatsiя о типах образовательного кластера. Обсуждались выгоды образовательных кластеров, создаваемых в сотрудничестве с дошкольными образовательными учреждениями и высшими учебными заведениями.

Ключевые слова: кластер, образовательный кластер, типы кластеров, уровни образования, современные технологии, достижения науки и техники, ребенок дошкольного возраста, современные методы, отказоустойчивые кластеры, освоение, различение, систематизatsiя, технология «Кластер».

Annotation. This article presents opinions and proposals regarding the theoretical foundations of educational clusters, especially preschool educational clusters. Information about the types of educational cluster is given. The benefits of educational clusters created in cooperation with preschool educational institutions and higher education institutions were discussed.

Key words: cluster, educational cluster, types of clusters, levels of education, modern technologies, achievements of science and technology, preschool child, modern methods, fail-safe clusters, development, discrimination, systematization, “Cluster” technology.

Zamon shiddat bilan o‘zgarib boryapti. Axborot texnologiyalari inson fa’oliyatining ajralmas qismiga aylanib bo‘ldi. Barcha sohalar kabi ta’lim sohasi ham shu jarayonga moslashib olmog‘i lozim. Aks holda inqirozga uchrashi aniq.

Aytish joizki maktabgacha ta’lim - bu shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini ko‘zlab, tarbiyalanuvchilarning davlat tomonidan belgilangan ta’lim darajalariga erishganligi to‘g‘risidagi bayonot bilan birga keladigan maqsadli ta’lim va tarbiya jarayoni hisoblanadi. Bu jarayon qanchalik boy hamda zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan, oxirgi fan va texnika yutuqlari bilan qurollantirilgan bo‘lsa, ta’lim sifati shunchalik yuqori bo‘lishi aniq. Chunki, maktabgacha yoshdagi bolada organizmning barcha muhim tizimlari shakllanadi, xotira, tafakkur, idrok, axloqiy tuyg‘ular

--⊱⊱ 183 ⊰⊰-- va ijtimoiy his-tuyg‘ular faol rivojlanadi. U o‘zini o‘rab turgan hamma narsani o‘rganadi va dunyoning o‘ziga xos rasmini shakllantiradi. U so’zlashishni va odamlar bilan muloqot qilishni o‘rganadi. Shu jarayon zamonaviy usullar yordamida amalga oshirilsa samarasi o‘nchandon bo‘lishi ilmiy jihatdan allaqachan isbotlab berilgan.

Bugungi kunda “klaster” so‘zi keng muomalaga kirib kelmoqda. Klaster nima o‘zi? Uni ta’lim sohasida ham qo‘llash mumkinmi? Ta’lim klasteri bizga nima beradi? Manbalarga qayd etilishicha, ta’lim klasteri - sanoat bo‘yicha birlashtirilgan korxonalar guruhlari bilan hamkorlikda bog‘langan kasb-hunar ta’limi muassasalari majmuidir. Klasterning qanday turlari mavjud? Odatda klasterning quyidagi asosiy turlarini qayd etadilar: xatolarga chidamli klasterlar (High-availability clusters, HA, yuqori mavjudlik klasterlari) yuk muvozanatli klasterlar (Load balancing clusters) hisoblash klasterlari (High performance computing clusters, HPC).

Xo‘sh, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida klaster nima uchun kerak? Klaster usuli universaldir - u o‘zlashtirish, ajratib ko‘rsatish, tizimlashtirish va ma’lum bir tarzda taqdim etilishi kerak bo‘lgan katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlashga yordam beradi. Usulning mohiyati mavzuni, semantik birliklar va grafik dizaynni diagrammaning ma’lum bir tartibida ajratib ko‘rsatishdan iborat. Rus olimasi Kuznesova Galina Aleksandrovna o‘zining “Klaster” texnologiyasi va uning modifikatsiyasi” nomli maqolasida shunday deydi: “Klaster bizga axborot texnologiyalaridan kirib kelgan va ma’lum bir xususiyatga ega bo‘lgan mustaqil birliklar sifatida ko‘rib chiqilishi mumkin bo‘lgan bir nechta bir xil elementlarning birlashuvini anglatadi”.

Klasterlashtirishga klaster yondashuvi haqidagi tushunchani shakllantirishga Garvard biznes maktabi biznes boshqaruvi kafedrasi professori, iqtisodiy raqobatni o‘rganish sohasidagi taniqli ekspert Maykl Yudjin Porter ham katta hissa qo‘shgan.

Sh.Sh.Mirziyoeva o‘zining “Maktabgacha ta'lim klasterini shakllantirish: O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tashkilotlari rahbarlarining innovatsion kompetentsiyasini rivojlantirishni ta'minlash ekotizimi sifatida” nomli maqolasida quyidagilarni ta’kidlaydi: “Maktabgacha ta ‘lim klasterlarini tashkil etish davlat pedagog kadrlari sonini ko‘ paytirish imkonini beradi va nodavlat maktabgacha ta ‘lim tashkilotlari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimida sifatni ta’ minlashda yagona yondashuvni amalga oshirishga ko’maklashadi”, deydi.

Ta’limda klaster uchta jihatda qo‘llanilishi mumkin:

- Muassasa (ma’muriy)ning mehnat va ijtimoiy hamkorlik tizimini ifodalashda;

- pedagog tajribasini umumlashtirishda (o‘z-o‘zini tarbiyalash);

- pedagogning ta’lim faoliyatini tashkil etishda (tarbiyaviy).

Ta’lim fanlari yo’nalishlarini klasterlash cheklanmagan, turli xil mavzularni o‘rganishda klasterlardan foydalanish mumkin.

Pedagogik texnologiyalar amaliyotda bevosita pedagog tomonidan amalga oshiriladi. Binobarin, nafaqat ta’lim jarayonining samaradorligi, balki pedagogik texnologiyani pedagogning kasbiy fikrlash tarzi sifatida yo‘lga qo‘yish va uning faoliyati ham texnologiya ma’nosini, ilmiy asoslarini qanchalik anglashi, ularni qanday moslashtira olishiga bog‘liq.

Faqat ta’lim beruvchining faoliyati, ta’lim yangiliklarini izlash, o‘zlashtirish va amaliyotga joriy etishga yo‘naltirilganligi uning pedagogik faoliyatidagi o‘zgarishlar qanchalik tez sodir bo‘lishini belgilaydi.

Ta’lim beruvchining o‘zini o‘zgartirishga va vaziyatni o‘zgartirishga tayyorligi ta’lim jarayonida faol metodik usullarini samarali qo‘llashning asosiy shartidir.

Maktabgacha ta’limda klaster usulini qo‘llashni shakllantirishdan asosiy maqsad ta’lim samaradorligini bosqichma-bosqich oshirish hamda shu jarayonda ilg‘or innovatsiyalarni joriy

--⊱⊱ 184 ⊰⊰-- etishning jadallashtrishdir. Muvaffaqiyatga erishishning asosiy shartlaridan biri - Klaster ichida sodir bo‘layotgan barcha jarayonlarning ochiqligi va barcha ta’lim muassasalari uchun natijalarning o‘z vaqtida taqdim etib borilishidir. Rivojlanish klasterlariga birlashishni istagan maktabgacha ta’lim tashkilotlari mustaqil ravishda qaror qabul qiladilar (ta’lim boshqarmasi bo‘limlari ishtirokisiz), rivojlanish dasturini ishlab chiqadilar, rejalashtirilgan natijani, innovatsion faoliyat darajasi, mezonlari va samaradorligini belgilaydilar. Rivojlanish klasterini tashkil etishda ishtirok etadigan maktabgacha ta’lim tashkiloti jamoasi natijaga, umumiy nuqtai nazarga, o‘z-o‘zini takomillashtirishga intilish, o‘rganish, muvofiqlashtirish, birgalikda qaror qabul qilish va ularni birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan amalga oshirish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak [2. 48].

Agar maktabgacha ta’lim tashkiloti oliy ta’lim muasssasalari bilan shartnoma tuzib, ta’lim klasterini tashkil etsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu ishni ikki yo‘l bilan amalgga oshirish mumkin. Birinchidan, maktabgacha ta’lim tashkiloti tashabbusi bilan muayyan bir oliy ta’lim yurti bilan shartnoma tuziladi va o‘zaro hamkorlik rejalari hamda mezonlari ishlab chiqiladi. Bunda maktabgacha ta’lim tashkiloti oliy ta’lim muassasalari mutaxassislari hamda mazkur oliygohning moddiy – texnik bazasidan foydalanadi. Binobarin, klaster yondashuvi bir-biriga qiziqqan sub'ektlarning hamkorligiga asoslanadi, ularning raqobatbardoshligi muammolarini o'rganishda, shuningdek, butun ta'lim muassasasining innovatsion faoliyatini rag'batlantirish usuli sifatida qo'llaniladi.

Ikkinchidan, muayyan oliy ta’lim muassasasi o‘z ichki imkoniyatlaridan kelib chiqib, o‘zining tarkibida maktabgacha ta’lim tashkiloti tashkil etadi. Mazkur maktabgacha ta’lim tashkilotiga professor – o‘qituvchilarning farzandlari jalb etilishi mumkin. Bu turdagi ta’lim klasterining foydali tomoni shundaki, oliygoh tarkibidagi maktabgacha ta’lim taskilotini mutaxassislar, moddiy – texnik baza va umuman barcha zamonaviy asbob – uskunalar, axborot texnologiyalari jihozlari bilan to‘la ta’minlaydi. Maktabgacha ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarining malakaviy amaliyotlari ham shu ta’lim muassasasida o‘tkaziladi. Ushbu klasterning yana bir foydali tomoni shundaki, oliygohda yo‘lga qo‘yiladigan barcha tajriba – sinov ishlari shu maktabgacha ta’lim tashkilotiga yo‘naltiriladi. Yaratilayotga barcha ishmiy ishlar (maqola, o‘quv qo‘llanmalar, darslik va monografiyalar)ning samaradorligi ham shu yerda sinab ko‘riladi.

Adabiyotlar ro‘yxati 1. Sh.Sh.Mirziyoeva. Maktabgacha ta’lim klasterini shakllantirish O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlarining innovatsion kompetentsiyasini rivojlantirishni ta’minlash ekotizimi sifatida. https://www.doi.org/10.33910/1992-6464-2021-202-87-94 2. Abdullayeva N.Sh. The role of modeling in the development of coherent speech of senior preschoolers// International journal of multidisciplinary research and analysis ISSN(print): 2643- 9840, ISSN(online): 2643-9875 Volume 03 Issue 12 December 2020 DOI: 10.47191/ijmra/v3-i12- 09, Impact Factor: 5.522 Page No.- 321-323 3. Abdullayeva N.Sh. Pedagogical possibilities of design activity in the process of increasing the qualification of preschool workers// European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences. Volume 8 Number 1 2020 Page 90-95 bet 4. Valiyeva F.R. Ensuring continuity in the traning of future professionals in the educatication system.// Europen Journal of Research and Reflection in Educational Sciences/ Volume 7 Number 6,

2019. ISSN 2056-5852

Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.