ResearcherUz LogoResearcherUz
Dergiyi Görüntüle

MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTI DIREKTOR OʻRINBOSARLARINI MAʼNAVIY FAZILATLARINI SHAKLLANTIRISH YOʻLLARI

Özet

Maqolada maktabgacha taʼlim tashkiloti xodimlarining maʼnaviy axloqiy fazilatlari ilmiy-nazariy jihatdan aniq taklif va tavsiyalar va asosida tahlil qilib berildi. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbarlarininig boshqaruvchilik koʻnikmalari va pedagog xodimlarining mashgʻulotlar jarayonidagi mahorati, pedagogik odobi, maʼnaviy fazilatlarining pedagogik yoʻllari asoslab berildi.


Tam PDF Belgesi

İlgili Makaleler

Tam metin

--⊱⊱ 423 ⊰⊰--

MAʼNAVIY FAZILATLARINI SHAKLLANTIRISH YOʻLLARI

Soatova Laylo Abdurauf qizi

Sirdaryo viloyati Sardoba tumani

1-DMTT direktor oʻrinbosari

Seytmurotova Bibinaz Baxtiyarovna

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xoʻjeli rayoni

15- sonli UTMTT direktor oʻrinbosari

Annotatsiya

Maqolada maktabgacha taʼlim tashkiloti xodimlarining maʼnaviy axloqiy fazilatlari ilmiynazariy jihatdan aniq taklif va tavsiyalar va asosida tahlil qilib berildi. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbarlarininig boshqaruvchilik koʻnikmalari va pedagog xodimlarining mashgʻulotlar jarayonidagi mahorati, pedagogik odobi, maʼnaviy fazilatlarining pedagogik yoʻllari asoslab berildi.

Kalit soʻzlar: Sogʻlom maʼnaviy muhit, maʼnaviy-axloqiy fazilatlar, maʼnaviy-axloqiy qiyofa, maʼnaviy mafkura, maʼnaviy bilim.

WAYS OF FORMING THE SPIRITUAL QUALITIES OF DEPUTY DIRECTORS OF

PRESCHOOL EDUCATIONAL ORGANIZATIONS

Annotation

The article analyzes the spiritual and moral qualities of preschool educational organization employees on the basis of scientifically and theoretically clear proposals and recommendations. The pedagogical methods of developing the managerial skills of preschool educational organization leaders and the skills of pedagogical staff in the training process, pedagogical ethics, and spiritual qualities are substantiated.

Keywords: Healthy spiritual environment, spiritual and moral qualities, spiritual and moral image, spiritual ideology, spiritual knowledge.

Bugungi dunyoning xarakterli xususiyatlaridan biri shuki – kurash asosan tafakkur maydonlarida, yaʼni inson ongi va qalbini egallash ustida kechmoqda. Shu bois, mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning muvaffaqiyatli amalga oshirishning muhim omili soha xodimlarining maʼnaviy-ruhiy tayyorgarlik darajasi bilan bevosita bogʻliqdir.

Kelajak avlodni yetuk avlod etib tarbiyalashni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan har qaysi davlat, avvalo maktabgacha taʼlim tizimini, jumladan, maktabgacha taʼlim tashkilotlarini zamon talablari darajasida jihozlash va taʼlim-tarbiyani tubdan takomillashtirish zarur. Bunday vazifani hisobga olgan holda maktabgacha taʼlim tizimida dunyoning rivojlangan mamlakatlarining tajribalaridan unumli foydalangan holda taʼlim-tarbiya va maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom maʼnaviy muhitni yanada oshirishirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Bundan asosiy maqsad farzandlarimizni har tomonlama barkamol, aqlan va jismonan yetuk avlod etib tarbiyalashdan iboratdir. Bularni amalga oshirishda avvalo, maktabgacha taʼlim tashkilotida faoliyat olib borayotgan soha xodimlarining mustahkam irodasi va fidoyiligi, ona yurtga mehr-muhabbat va sadoqatiga soʻzsiz bogʻliqdir. Shu maʼnoda, bugungi maktabgacha taʼlim tashkilotida sogʻlom maʼnaviy muhitni yaratishda taʼlim-tarbiya ishlariga alohida eʼtibor berish,

--⊱⊱ 424 ⊰⊰-- taʼlim–tarbiya jarayonini ilgʻor texnik va texnologik vositalar, yangicha usul-uslublar asosida tashkil etish, eng asosiysi, maktabgacha taʼlim sohasida olib borilayotgan taʼlim hizmatlarini zamon talablari darajasida tashkil etgan holda tarbiyalanuvchi bolalarni maʼnaviy jihatdan barkamol avlod etib tarbiyalash ishlarni izchil davom ettirish shart.

Bugungi kunda yuksak maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega boʻlgan yoshlarni tarbiyalash, maktabgacha taʼlim sohasida borilayotgan islohotlarning asosiy harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi. Sohada faoliyat olib borayotgan rahbar, pedagog va boshqa soha xodimlarining maʼnaviy-axloqiy fazilatlariga – madaniyatlilik, insonparvarlik, fidoyilik, xushmuomalalik, halollik, mehnatsevarlik, vatanparvarlik, masʼuliyatlilik, notiqlik, savodxonlik, qatʼiyatlilik, intizomlilik, olijanoblikni kiritish mumkin.

Maktabgacha taʼlim tashkilotida mehnat faoliyatini olib borayotgan direktor oʻrinbosarlari yuksak maʼnaviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirish uchun, avvalo, maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom maʼnaviy-axloqiy muhitni qaror toptirish va mustahkamlash zarur. Bu, oʻz navbatida, rahbarlar mahoratiga alohida eʼtibor qaratishni talab etadi. Chunki rahbar mahorati – uning boshqaruv sanʼati sirlarini bilishi, xodimlarni tanlashdan tortib, ular bilan bogʻliq ziddiyatli vaziyatlarda oqilona yechim topa olishi, oʻzi masʼul jabhada yuksak samaradorlikka erishish uchun jamoaning bunyodkorlik kuchlarini safarbar eta olishi, tashkilotchilik qobiliyatining namoyon boʻlishini anglatadi.

Rahbar mahoratining muhim jihati uning muomala madaniyatida aks etadi. Samimiyat, adolat, muomala, optimizm, asosiy muammo bilan ikkinchi darajali vazifalarni oʻz vaqtida farqlay bilish, tashabbuskorlik rahbar mahoratini tashkil etuvchi omillar boʻlsa, uzoqni koʻra bilishi, pirovard maqsad va vazifalarni teran anglashi, murakkab vaziyatlarda oʻzini yoʻqotmasdan noanʼanaviy, kutilmagan yechimlar oʻylab topishi, jamoadagi har bir pedagog va boshqa xodimlar koʻngliga yoʻl topa bilishi, uning namoyon boʻlishi hisoblanadi. Yaʼni jamoada haqiqiy rahbar ruhiy koʻtarinki kayfiyat bilan ish olib bormogʻi va yashamogʻi lozim. Rahbar hamisha jamoa aʼzolarining quvonch va tashvishlari bilan yashashi kerak, chunki hayotining koʻpgina unutilmas lahzalari jamoa muhitida shakllanadi, tarbiyalanadi.

Shuningdek, rahbar notiqlik mahoratiga ham ega boʻlishi, tushunarli, ifodali va taʼsirchan, ishonarli va daʼvatkor ruhda gapirishga oʻrganishi kerak. Rahbarning tinglash mahorati bugungi kunda dolzarb vazifaga aylangan. Bu haqda nemis faylasufi A.Shopengauer: «Odamlarning oʻzingiz toʻgʻringizda yaxshi fikrga ega boʻlishlarini xohlasangiz, ularni tinglang», degan edi. Chunki tinglash qobiliyati gapiruvchini ilhomlantiradi, ruhlantiradi. Shu tariqa yangi gʻoyalarning shakllanishiga sharoit tugʻiladi.

Rahbarlar yuksak insoniy fazilatlarga ega boʻlishi uchun quyidagi fazilatlarga ega boʻlishlari shart:

- koʻngli ochiq, aql-zakovat sohibi, maʼnaviy shakllangan boʻlishi kerak;

- u oʻzini tarbiya qilgan, halol, zimmasidagi masʼuliyatni his etib yashamogʻi lozim;

- aqlli, tajribali, oʻz ishining bilimdoni boʻlmogʻi shart;

- uning barcha ishlari va xatti-harakatlari shaxsiy tarkibga ijobiy taʼsir koʻrsatmogʻi kerak;

- u fidoyi, tashabbuskor, qatʼiyatli va talabchan boʻlishi shart;

- oʻz shaxsiy hayoti va xizmat faoliyati bilan qoʻl ostidagilarga namuna boʻlmogʻi lozim;

- nafs balosiga qarshi turmogʻi, oʻzidan kichik rahbarlarni ham bu balodan asramogʻi kerak;

- adolatsizlikka aslo yoʻl qoʻymasligi lozim;

- uning barcha ishlari ochiq va oshkora boʻlishi lozim;

--⊱⊱ 425 ⊰⊰--

- rahbar oʻz gʻoyasi, fikri, harakat dasturiga ega boʻlish bilan birga, barcha buysunuvchilarni yurt taraqqiyoti, xalqning tinchligi va farovonligi yoʻlida yagona gʻoya atrofida jipslashtirishi shart.

Oʻz navbatida, rahbarlik faoliyatining samaradorligi uning tafakkuri, aql-idrokiga ham bevosita bogʻliq. Tafakkur rahbarga keng va chuqur fikrlay olish, yaxshini yomondan, foydani zarardan, muhimni nomuhimdan bexato ajrata olish imkonini beradi. Shuning uchun rahbarlik faoliyatini tafakkur va harakat birligi, deyish mumkin.

Bundan tashqari, maktabgacha taʼlim tizimida faoliyat olib boruvchi direktor oʻrinbosarlarining maʼnaviy-axloqiy qiyofasi masalasiga ham alohida eʼtibor qaratish maqsadga muvofiq. Chunki usiz inson insonlik martabasiga koʻtarila olmaydi. Shunday ekan, soha xodimlari maʼnaviy-axloqiy qiyofasini belgilaydigan asosiy omillarga quyidagilarni kiritish mumkin:

– intellektual salohiyat;

– mustahkam iroda;

– axloqiy-ruhiy poklik;

– yuksak eʼtiqod.

Intellektual salohiyat – soha xodimlarida bilim, hayotiy tajriba, idrok hamda zehn asosida avvalo oʻz aqliy salohiyatini, inson turmush tarzini turli yoʻnalish va shakllarda yanada boyitish, uning yangi qirralarini ochish, mukammallashtirish imkoniyatlarining mavjudligi. Oʻz navbatida, intellekt – maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagog xodimlarining aql, idrok, zakovat, maʼnaviy jihatdan yetuklik darajasini bildiradi. Maʼlumotlarga qaraganda, odam miyasidagi intellektual kuch yoki salohiyat, atom yadrosidagi beqiyos kuchga teng boʻlar ekan. Gap uni qanday rivojlantirish va qay darajada ishlata bilishda.

Iroda – soha xodimlarining ichki va tashqi intilishlari, imkoniyat va salohiyatini maqsad yoʻlida safarbar etish, qatʼiyat bilan harakat qilish, sinov va mashaqqatlarni yengib oʻtishga, har qanday sharoitda ham ruhiy muvozanatni saqlashga asos boʻladigan maʼnaviy fazilat. Iroda orqali pedagog xodimlar oʻz xohish-istaklari, xatti-harakatlarini qatʼiy nazorat qilib turadi. Iroda – bu aslida mustahkam ishonch demakdir. Irodasi baquvvat odam oʻziga ishonadi va har qanday murakkab vazifani ham oʻz zimmasiga olishdan qoʻrqmaydi. Shuning uchun ham yuksak irodali insonga suyanish mumkin».

Poklik – maʼnaviy-estetik kategoriya sifatida eng muhim maʼnaviy-axloqiy talablardan biri boʻlib, samimiylik, sadoqat, ishonch va tabiiylikni oʻz ichiga olgan. Poklik mazmunida oqillik va eʼtiqodlilik, sharm-hayo va or-nomus, ziyraklik va farosatlilik, halollik, mehribonlik kabi ijobiy xislatlar mujassamlashgan. Maʼnaviy poklik axloq ziyosidir. Unda ruh shaffofligi, sezgi tuygʻulari yuksak.

Chunonchi, inson hayotida axloqiy poklik birinchi darajali vazifalardan sanaladi. Chunki axloqiy poklik taʼma va molparastlikka mutlaqo zid. Donishmand xalqimiz, ishlarning poki – chiroyli va halol bajarilganida, eʼtiqodlarning poki – qatʼiylikda, taomlarning poki – halollikda, deb bejiz aytmagan. Demak, maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbar va pedagog xodimlari ham oʻz feʼllarini yaxshilashlari, xulqlarini poklashlari, qalblarini musaffo qilishlari ularning oʻzlariga, intilishlariga bogʻliq ekanligini ongli ravishda anglab yetishlari shart.

Eʼtiqod – muayyan maqsad, qadriyatga ishonch, shu asosda shakllangan tafakkur tarzini ifoda etuvchi tushuncha. Bilimlarning chinligi eʼtiqodning mustahkam boʻlishida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Ammo har qanday bilim emas, balki inson ongida qayta ishlab chiqilgan, yaʼni tajriba chigʻirigʻidan oʻtgan, ikkinchi marta qayta hosil boʻlgan bilimlargina eʼtiqodning mustahkam boʻlishini taʼminlaydi.

--⊱⊱ 426 ⊰⊰--

Shu oʻrinda maʼnaviy va axloqiy tarbiya tushunchalarining mohiyati haqida toʻxtalib oʻtishni joiz deb bilamiz.

Maʼnaviy tarbiya – yuksak maʼnaviyatni tarbiyalash vositasi, muayyan shaxs, jamoa, guruh, jamiyat, millatda jismoniy barkamollik, ruhiy, axloqiy, maʼnaviy yetuklik kabi sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy taʼlim-tarbiya jarayonini ifodalovchi tushuncha. Insonning jamiyatda yashashi uchun zarur boʻlgan maʼnaviy xususiyatlarni tarbiyalash uning eng asosiy qadriyat sifatidagi mohiyatini taʼminlaydigan qadimiy va abadiy qadriyatdir.

Axloqiy tarbiya esa jamiyat maʼnaviy hayotidagi muhim ijtimoiy hodisa boʻlib, odob-axloq tizimini, axloqiy fazilatlarni zamon talablari asosida har qaysi avlod ongiga singdirish shaklidir. Axloqiy tarbiya insoniyat tarixi mobaynida ikkita muhim masalaga javob izlaydi: biri – qanday yashamoq kerak, ikkinchisi – nima qilish keragu nima qilmaslik lozim.

Bugungi kunning dolzarb masalalaridan yana biri – soha xodimlarining yot gʻoyalarga qarshi tura olishidir. Bunda xodimlarning maʼnaviy yetuklik, eʼtiqodi darajasini bilish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu munosabat bilan, maʼnaviy-mafkuraviy yetuklik koʻrsatkichlarini belgilash va ularning rivojlanganlik darajasini aniqlash zarurati tugʻiladi. Maxsus oʻrganishlar asosida maktabgacha taʼlim tashkiloti xodimlarining maʼnaviy bilimlarining quyidagi jihatlari maʼnaviy-mafkuraviy yetuklik koʻrsatkichlari sifatida taklif etiladi:

– soha xodimlari bilimlarining toʻlaligi – oʻz yoshi, mavqei va bugungi kun talabi doirasida maʼnaviy va axloqiy tushunchalarga ega boʻlish, ularning mazmun-mohiyatini tushunish va mustaqil tarzda talqin eta olish;

– maʼnaviy bilim va qarashlarning mantiqiy asoslangani – kundalik hayotdagi xulq shakllari turli muammoli vaziyatlarda toʻgʻri xulosa chiqara olish va muammoni toʻgʻri tahlil qila olish;

– ulardagi maʼnaviy bilim va qarashlarning mustahkamligi. Bu jihatning namunadagi koʻrsatkichi boʻlib, ularda mavjud maʼnaviy xislatlarini eʼtiqod darajasiga yuksalganligi;

– MTT rahbar va pedagog xodimlarning maʼnaviy bilimlarni amaliyligi, oʻz axloqiy va maʼnaviy jihatlarini nafaqat ogʻzaki ravishda, balki xulqida ham namoyon etishi.

Xulosa oʻrnida shuni alohida taʼkidlash lozimki, maktabgacha taʼlim tashkiloti xodimlaridagi mavjud yuksak maʼnaviy-axloqiy fazilatlar, mustahkam iroda, Vatan taqdiri uchun masʼuliyat hissini kamol toptirish, jamoada sogʻlom axloqiy-ruhiy muhitni shakllantirishga qaratilgan ishlar tizimini tubdan yaxshilash va takomillashtirish maktabgacha taʼlim tashkilotida faoliyat olib borayotgan har bir rahbar va xodimlarning muhim vazifasidir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Oʻzbekiston Respublikasining “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida”gi Qonuni Toshkent 2019 yil 16 dekabr.

2. Mirziyoyev SH.M. “Erkin va farovon, demokratik Oʻzbekiston davlatini mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz” mavzusidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bagʻishlangan Oliy Majlis palatalarining qoʻshma majlisidagi nutqi. – T.: “Oʻzbekiston”, 2016.

3. Mirziyoyev Sh.M. “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini taʼminlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligi garovi” mavzusidagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi maʼruzasi. – T.: “Oʻzbekiston”, 2017.

4. Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qatʼiy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi boʻlishi kerak.–T.: “Oʻzbekiston”. – 2017.

5. Karimov I.A. Yuksak maʼnaviyat – yengilmas kuch. –T.: “Maʼnaviyat”, 2008.

Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.