ResearcherUz LogoResearcherUz
Dergiyi Görüntüle

MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTI TARBIYALANUVCHILARINI ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA TASHKIL ETISH

Özet

Maqolada maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarining ijodiy qobiliyatlarini shakllantirishda pedagogika fanining zamonaviy yutuqlaridan, xususan, STEAM dasturining afzalliklari yoritib berilgan. Shuningdek maktabga tayyorlanayotgan tarbiyalanuvchilarni ushbu dastur asosida pedagogik diagnostikasi ham koʻrsatib berilgan.


Tam PDF Belgesi

İlgili Makaleler

Tam metin

--⊱⊱ 447 ⊰⊰--

ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA TASHKIL ETISH

Dustova Sohiba Faxriddin qizi

Navoiy shahar 31- DMTT Oʻqituvchi logoped

Jumayeva Gulhayo Botirboyevna

Navoiy shahar 22-DMTT Oʻqituvchi logoped

Tashova Nafisa Shoniyozovna

Navoiy viloyati 1-DMTT Oʻqituvchi logoped

Maqolada maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarining ijodiy qobiliyatlarini shakllantirishda pedagogika fanining zamonaviy yutuqlaridan, xususan, STEAM dasturining afzalliklari yoritib berilgan. Shuningdek maktabga tayyorlanayotgan tarbiyalanuvchilarni ushbu dastur asosida pedagogik diagnostikasi ham koʻrsatib berilgan.

Kalit soʻzlar: Pedagogik texnologiya, Steam, Raketa, Elektron oʻyin, Logistika.

WAYS TO FORM THE CREATIVITY OF PRESCHOOL EDUCATIONAL

ORGANIZATIONSʼ STUDENTS

Annotation

The article highlights the modern achievements of pedagogical science in the formation of creative abilities of preschool educational organizationsʼ students, in particular, the advantages of the STEAM program. Also, pedagogical diagnostics of students preparing for school based on this program is shown.

Keywords: Pedagogical technology, Steam, Rocket, Electronik game, Logistics.

“Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qoʻyiladigan davlat talablari” va «Ilk Qadam» Davlat oʻquv dasturining ishlab chiqilishi uzluksiz taʼlim tizimida maktabgacha taʼlimni samarali amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratdi. Oʻquv dasturda maktabgacha taʼlim tashkilotda rivojlantiruvchi muhitni tashkil etishda bolalarning oʻziga xos belgilarga ega boʻlgan yoshga doir xususiyatlari va ehtiyojlarini hisobga olish muhim ahamiyat kasb etishi qayd etiladi. Shu bilan birga rivojlantiruvchi muhit mazmuniga quyidagilar koʻrsatiladi: - maktabgacha taʼlim tashkilotining koʻrgazmali-rivojlantiruvchi muhiti mazmuni madaniy-tarixiy qadriyatlar; -milliy va mintaqaviy anʼanalar; -tabiat, iqlimdan kelib chiquvchi xususiyatlarga mos boʻlishi lozim; - muhit mazmuni birlamchi dunyoqarash asoslarini shakllantirish, bolaning muvaffaqiyatli ijtimoiy moslashuviga yordam berishi lozim. Albatta maktabgacha taʼlimni ham shaklan, ham mazmunan yangilashga qaratilgan bu kabi innovatsiyalar ota-onalardan tortib barcha pedagoglar bola tarbiyasi, uning taʼlim olishga tayyorgarligiga zamon talablaridan kelib chiqqan holda yondashuvini talab etadi. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari guruhlarida tashkil etiladigan rivojlanish markazlaridagi jarayonlar bolalarning doimiy ravishda yangi bilimlarni oʻzlashtirishga, mustahkamlashga yordam beradi. Bolalarni oʻz bilimini mustaqil ravishda toʻldirib borish, kechayotgan yangilanish jarayonlariga munosib moslashib borishga oʻrgatish rivojlanish markazlarining asosiy maqsadidir. Dastur asosida tashkil etiladigan rivojlanish markazlari bolalarda quyidagilarni tarkib toptiradi: -oʻzgarishlarni qabul

--⊱⊱ 448 ⊰⊰-- qilish va amalga oshirish; - tanqidiy fikrlash; - tanlashni amalga oshirish; - muammolarni hal eta olish; - ijodiy, tafakkur va ixtirochilik imkoniyatlarini namoyon etish; - odamlar, jamiyat, mamlakat, atrofolam toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qilish. Bugungi dunyo kechagi kabi emas, ertangi kun ham bugungi kabi boʻlmaydi! Inson faoliyati barcha sohalarida dinamik rivojlanayotgan texnologiyalar joriy etilmoqda. Zamonaviy bolalarning 65 foizi bugungi kunda mavjud boʻlmagan kasblarni egallaydi. Kelajakdagi mutaxassislar texnologiya, ilm-fan va muhandislikning turli xil sohalaridan kompleks taʼlim va bilimlarga muhtoj boʻladi. Bu borada STEAM programmasi asosida farzandlarimizga - ixtirochilar, kashfiyotchilarning kelajak avlodi, olim sifatida tadqiqotlar olib borish, texnologiyani shakllantirish, muhandis sifatida loyihalash, rassom sifatida yaratuvchi, matematik sifatida analitik fikr yuritishni oʻyin orqali yuzaga keltirish har qachongidan muhimdir. Bugungi kunda STEAM-taʼlim dunyodagi asosiy tendensiyalardan biri sifatida rivojlanmoqda va amaliy yondashuvni qoʻllashda beshta sohani yagona oʻquv sxemasiga integratsiyalashga asoslangan. Bunday taʼlimning shartlari uning uzluksizligi va bolalarning guruhlarda oʻzaro muloqot qilish qobiliyatini rivojlantirish boʻlib, bunda ular fikrlarni toʻplashi va fikrlar almashadi. Shuning uchun, asosiy taʼlim dasturiga quyidagilar Legotexnologiyalar, bolalar tadqiqotlari kabi mantiqiy fikrlashni rivojlantirish modullari kiradi. STEAM (S-fan, T-texnologiya, E - muhandislik, A - canʼat, M - matematika) - ilm-fan, texnologiya, muhandislik, sanʼat va matematikani birlashtiruvchi zamonaviy yondashuv. STEAM bolalarda quyidagi muhim xususiyatlar va koʻnikmalarni rivojlantirishga quyidagicha yordam beradi: - Muammolarni keng qamrovli tushunish; - Ijodiy fikrlash; - Muhandislik yondashuv; - Tanqidiy fikrlash; - Ilmiy metodlarni tushunish va qoʻllash; -Dizayn asoslarini tushunish. Bu yondashuv kelajakda bolalarda hayotiy muammolarni hal etishda yordam beradi. Koʻpgina rivojlangan davlatlarda, jumladan AQSH, Yaponiya, Singapur, Rossiyada maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarni ijodiy va ixtirochilik qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida mazkur yondashuv metodlaridan samarali foydalanib kelinmoqda. STEAM yondashuvi tufayli bolalar tabiatni tushunib, dunyoni muntazam oʻrganishadi va shu bilan qiziqishlarini, muhandislik fikrlash uslubini, tanqidiy vaziyatlardan chiqish qobiliyatini, jamoaviy ish qobiliyatini rivojlantirish va liderlik, oʻz-oʻzini namoyon qilish asoslarini oʻrganishadi, oʻz navbatida, bolalar rivojlanishining tubdan yangi darajasini taʼminlaydi. Oʻz-oʻziga ishonchni shakllantirish. Bu yondashuvda bolalar oʻz qoʻllari bilan yaratgan koʻprik va yoʻllar, samolyotlar va avtomobillarni "ishga tushirib", suv osti va havo tuzilmalarini "rivojlantirib", sinovdan oʻtkazib, har safar ular maqsadga yaqinlashib borishadi. Yaxshi natija bermagan “mahsulot”ni qayta-qayt sinovdan oʻtkazib, takomillashtirib borishadi. Natijada barcha muammolarni oʻzi hal qilish, maqsadga erishish bolalar uchun ilhom, gʻalaba, adrenalin va quvonch olib keladi. Har bir gʻalaba, oʻzlarining qobiliyatlariga koʻproq ishonch uygʻotadi. Faol muloqot va jamoaviy ish. STEAM dasturlari ham faol muloqot va guruh ishi bilan ajralib turadi. Muhokama bosqichida ular fikr bildirishga qoʻrqmaslikka oʻrganadilar. Koʻpincha, stol atrofida oʻtirmaydi, oʻzlarining dizaynlari asosidagi “mahsulot”larni sinovdan oʻtkazadi va rivojlantiradi. Ular hamma vaqt hamkorlikni taʼminlaydigan jamoada tarbiyachilar va ularning doʻstlari bilan muloqot qilish bilan band boʻlishadi. Texnik fanlar boʻyicha qiziqishlarni rivojlantirish. Maktabgacha yoshidagi STEAM taʼlimi vazifasi qiziqishning rivojlanishi uchun dastlabki shart-sharoitlarni yaratishdir. Bolalar uchun tabiat fanlari va texnik fanlar boʻyicha, qilgan ishni yaxshi koʻrish, qiziqishni rivojlantirish uchun asosdir. STEAM–bolalar uchun juda qiziqarli va dinamik boʻlib, bolalarning zerikishlariga toʻsqinlik qiladi. Ular vaqt oʻtayotganini sezmaydilar, lekin ham charchamadilar. Raketalar, avtoulovlar, koʻpriklar, osmonoʻpar binolarni qurish, elektron oʻyinlar, fabrikalar, logistika tarmoqlarini yaratish, dengiz osti kemalari, ilm-fan va texnologiyaga qiziqishi ortib borada. Loyihalar uchun ijodiy va innovatsion yondashuvlar. STEAM taʼlimi oltita bosqichdan

--⊱⊱ 449 ⊰⊰-- iborat: savol (vazifa), muhokamalar, dizayn, qurilish, test va takomillashtirish. Ushbu bosqichlar muntazam ravishda loyiha yondashuvining asosidir. Oʻz navbatida hamkorlik yoki turli imkoniyatlardan birgalikda foydalanish ijodkorlik asosi hisoblanadi. Shunday qilib, bir vaqtda bolalarda fan va texnologiyalarni qoʻllash, yangi innovatsiyalarni yaratishi mumkin. Oqilona tashkil etilgan sogʻlom ijtimoiy-maʼnaviy muhit bolalarda izlanishga, tashabbus koʻrsatishga va ijodkorlik qobiliyatlarini namoyon etishga ragʻbat uygʻotadi. Bunda tarbiyachilar bola rivojlanishi qanday kechayotganligi toʻgʻrisida aniq tasavvurga ega boʻlishlari, buning uchun esa ularni doimiy ravishda nazorat qilib borishlari zarur boʻladi. Tarbiyachi oʻquv materialini bolalarning yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda ularga munosib tarzda yetkazadilar. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagogik jamoasining oʻrni shundan iboratki, ular har bir bolaning qiziqishi, qobiliyati va ehtiyojini inobatga olgan holda mos keladigan maqsadlar qoʻyishlari, bolalardagi tabiiy qiziqishlarni qoʻllabquvvatlashlari, ularda borliqni birgalikda oʻzlashtirish koʻnikmalarini shakllantirishlari kerak. Bola rivojlanishining oʻziga xosligini inobatga olishda avvalo shuni tushunib yetish kerakki, barcha bolalar rivojlanishning maʼlum bosqichlarini bosib oʻtadilar, biroq bunda har bir bola noyob va takrorlanmasdir. Tarbiyachilar bolalarni aynan bir xil, oʻxshash narsalar va faoliyat turlari bilan taʼminlashlari uchun ularning oʻziga xos, boshqalardan ajralib turadigan rivojlanish koʻrsatkichlari toʻgʻrisida toʻliq tasavvurga ega boʻlishlari lozim. Shuningdek, tarbiyachilar bir xil yoshdagi turli bolalarning qobiliyatlari va qiziqishlaridagi farqlarga eʼtibor bilan munosabatda boʻlishlari kerakligini mutaxassislar alohida taʼkidlashadi. Bunda bola rivojlanishining oʻziga xosligiga doir, bolalar qiziqishlariga javob beruvchi faoliyat turlari, yaʼni ularning aqliy, ijtimoiy va maʼnaviy yetuklik darajasi nazarda tutiladi.

Xulosa qilib aytganda Respublikamizda zamonaviy mutaxassislarni tayyorlashdagi asosiy tamoyillar sifatida taʼlimni insonparvarlashuvi va ijtimoiylashuvi; ularning asosi sifatida esa milliy va umuminsoniy, madaniy qadriyatlar aniq belgilab olingan. Yurtboshimiz taʼbiri bilan aytganda: “Biz farzandlarimizning nafaqat jismoniy va maʼnaviy sogʻlom oʻsishi, balki ularning eng zamonaviy intellektual bilimlarga ega boʻlgan, uygʻun rivojlangan insonlar boʻlib, XXI asr talabalariga toʻliq javob beradigan barkamol avlod boʻlib voyaga yetishi uchun zarur barcha imkoniyat va sharoitlarni yaratishni oʻz oldimizga maqsad qilib qoʻyganmiz”. Shu bilan birga bugungi kunda kadrlarning kasbiy tayyorgarligini takomillashtirishga qaratilgan yaxlit taʼlim jarayoni yuksak maʼnaviy axloqiy fazilatlarni hisobga olgan holda amalga oshirilishi lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Mirziyoev Sh.M. “Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz” Oʻzbekiston. 2017

2. “Ilk qadam” Davlat oʻquv dasturi. 2018

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 06.11.2020 yildagi “Taʼlim tarbiya tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisda”gi PQ-4884-son qarori

Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.