ResearcherUz LogoResearcherUz
Dergiyi Görüntüle

MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTIGA XODIMLARNI QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISHNING INNOVATSION YOʻLLARI

Özet

Maqolada maktabgacha taʼlim tashkilotlari xodimlarining qayta tayyorlash va malakasini oshirishning innovatsion yoʻllari pedagogik fikrlar asosida tahlil qilib berilgan. Aynan malaka oshirish va qayta tayyorlashda yuzaga kelayotgan muammolar boʻyicha amaliy taklif va tavsiyalar ilgari surilgan.


Tam PDF Belgesi

İlgili Makaleler

Tam metin

--⊱⊱ 569 ⊰⊰--

VA MALAKASINI OSHIRISHNING INNOVATSION YOʻLLARI

Yeshankulova Xadicha Xamitovna

Jizzax viloyati Arnasoy tumani 4-DMTT

direktori oʻrinbosari

Tashtanova Muhayyo Qadirjanovna

Namangan viloyati, Uchqorgʻon tumani

14-DMTT derektori oʻrinbosari

Annotatsiya

Maqolada maktabgacha taʼlim tashkilotlari xodimlarining qayta tayyorlash va malakasini oshirishning innovatsion yoʻllari pedagogik fikrlar asosida tahlil qilib berilgan. Aynan malaka oshirish va qayta tayyorlashda yuzaga kelayotgan muammolar boʻyicha amaliy taklif va tavsiyalar ilgari surilgan.

Kalit soʻzlar: Pedagog, Malaka oshirish, Qayta tayyorlash, Zamonaviy peadgogika.

INNOVATIVE WAYS OF RE-TRAINING AND IMPROVING THE QUALIFICATIONS

OF STAFF IN PRESCHOOL EDUCATIONAL ORGANIZATIONS

Annotation

The article analyzes innovative ways of re-training and improving the qualifications of employees of preschool educational organizations based on pedagogical considerations. Practical proposals and recommendations are put forward on the problems arising in the process of advanced training and re-training.

Keywords: Pedagogue, Advanced training, Re-training, Modern pedagogy

Maktabgacha taʼlim tashkiloti pedagog xodimlari malaka oshirishini tashkil etishga malaka oshirishlar kerak. Rahbar mutaxassislar, shu jumladan, tashkilot rahbari, metodistlar, psixologlar, logaped-diftologlar har uch yilda malaka oshiradi. Davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarni malakasini oshirishning maqsad va vazifasi quyidagicha, taʼlim tashkilotidagi oʻquv-tarbiya jarayonini malakaviy talablarga muvofiq, yuqori ilmiy-metodik darajada taʼminlash, ilgʻor pedagogik va axborot texnologiyalari, shuningdek, oʻqitishning interaktiv usullari boʻyicha kasbiy va pedagogik mahoratni doimiy ravishda rivojlantirishga koʻmaklashish uchun zarur boʻlgan kasbiy bilim va koʻnikmalarni muntazam ravishda yangilab borish, oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etishning yangi tamoyillari va zamonaviy usullari, malaka talablari, normativ-huquqiy xujjatlar bilan tanishtirib borish lozim.

Malaka oshirish boʻyicha ixtisoslashtirilgan taʼlim tashkilotida oʻqitish-hududiy markazda yakka tartibdagi topshiriqlar yoki aniq yoʻnaltirilgan dasturlar asosida, taʼlimning tegishli turi oʻquvtarbiya jarayonining monitoringi natijalarini va kadrlar tayyorlash sifatini hisobga olib, malaka talablariga, shuningdek, taʼlimni boshqarish boʻyicha vakolatli davlat organi talablariga muvofiq ishlab chiqilgan fanlar boʻyicha maqsadli kasbiy taʼlim dasturlarini oʻzlashtirish.

--⊱⊱ 570 ⊰⊰--

Malaka oshirish boʻyicha ixtisoslashtirilgan taʼlim tashkilotida oʻqitish 2+2 yoki 3+1 sxemalari boʻyicha (tegishli ravishda 50 yoki 75% - yashash joyi boʻyicha mustaqil ravishda bilim orttirish, 50 yoki 25% - bevosita taʼlim tashkilotida) masofadan malaka oshirish shaklida tashkil etilishi mumkin. Oʻqitishning bunday shakllari axborot oʻzatishning zamonaviy axborotkommunikatsiya vositalari va pedagog xodimlarning malakasini oshirish boʻyicha maxsus virtual kurslar mavjud boʻlgan takdirda qoʻllaniladi.

“Ustoz-shogird” usuli boʻyicha oʻqitish - tanlov asosida saralab olingan, mamlakatda (mintakada), ilmiy va pedagogik jamoatchilik oʻrtasida oʻzining yuqori natijalari, kasbiy faoliyatining yuqori koʻrsatkichlari, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash boʻyicha oʻz maktabi bilan mashhur boʻlgan yuqori malakali pedagog-ustozlar rahbarligida tegishli taʼlim tashkilotlarida fanlar boʻyicha pedagog xodimlarning malakasini maqsadli oshiririb boradi.

Mustaqil oʻqib bilim orttirish - pedagog xodimlar tomonidan kasb mahoratini oshirishga, kasbiy layoqat va ilmiy dunyoqarashni kengaytirishga yoʻnaltirilgan boʻlib, ularning oʻz lavozimi va mutaxassisligi boʻyicha yangi bilim, koʻnikmasi va malakalarni uzluksiz ravishda mustaqil oʻzlashtirishini nazarda tutadi.

Mustaqil ravishda bilim olish taʼlim tashkilotlari pedagog xodimlari uzluksiz taʼlimining (malaka oshirishining) ajralmas tarkibiy qismidir, u axborot texnologiyalarining egallab olinishini ragʻbatlantiradi. Mustaqil taʼlim, belgilangan tartibda, malaka oshirishning tegishli taʼlim dasturlari boʻyicha amalga oshirilgan boʻlsa, bilimlarning yakuniy nazorati natijalari asosida pedagog xodimga hududiy markaz tomonidan malaka oshirganlik haqida belgilangan namunadagi hujjat (sertifikat) beriladi.

Malaka oshirishning ushbu shakli taʼlim dasturini taʼlim oluvchi tomonidan tuzilgan va hududiy markaz tomonidan tasdiqlangan yakka tartibdagi reja asosida mustaqil oʻqish vositasida oʻzlashtirishni nazarda tutadi.

Mustaqil oʻqib bilim orttirish shaklida malaka oshirish barqaror yuqori professional reytingga ega boʻlgan, zamonaviy axborot texnologiyalari bilan ishlashning amaliy koʻnikmalarini egallagan, oʻzini oʻzi kamol toptirish jarayoniga tanqidiy va ijodiy yondasha oladigan tinglovchilar uchun tavsiya etiladi.

Masofaviy taʼlim - onlayn (videomaʼruzalar, maslahatlar, nazorat turlarini masofadan turib real vaqt rejimida oʻtkazish) va offlayn (masofaviy taʼlim tizimidagi tegishli oʻquv-metodik resurslarni mustaqil ravishda oʻzlashtirish) shaklida amalga oshiriladi.

Stajirovka shaklida tajriba orttirish - taʼlim tashkilotlarida, taʼlimni boshqaruv organlarida pedagog xodimlarni taʼlim va uni boshqarish sohasidagi fan va texnika taraqqiyotining eng yangi yutuqlari, zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan tanishtirishni, rahbarlik salohiyatini oshirishni nazarda tutadi.

Maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagog xodimlarning malakasini oshirishning bilvosita shakllari quyidagilardan iborat:

- ochiq oʻquv mashgʻulotlari;

- ilmiy, ilmiy-metodik va ilmiy-amaliy seminarlarda, konferensiyalarda, avgust oʻqishlarida maʼruzalar bilan qatnashiga.

Ochiq oʻquv mashgʻulotlari - zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, oʻqitishning interaktiv usullari qoʻllanilgan holda akademik guruhlarda jadval boʻyicha oʻtkaziladigan oldindan eʼlon qilingan muammo yoki innovatsiya mavzusi boʻyicha mashgʻulotdir.

Ochiq oʻquv mashgʻulotlariga tegishli sohadagi tajribali pedagoglar, olimlar va mutaxassislar taklif etiladi.

--⊱⊱ 571 ⊰⊰--

Ushbu mashgʻulotlarning sifati oliy taʼlim tashkiloti va hududiy markaz kafedralarining qoʻshma yigʻilishida muhokama qilinadi.

Ilmiy, ilmiy-metodik va ilmiy-amaliy seminarlar, konferensiyalar, avgust oʻqishlarida maʼruzalar bilan qatnashish - taʼlim-tarbiyaning dolzarb muammolari, shuningdek oʻquv jarayonining yuqori sifatini taʼminlashga yoʻnaltirilgan pedagogika fani va amaliyoti, oʻqitish metodologiyasi va texnologiyasining muhim masalalari boʻyicha ilmiy va ilmiy-metodik maʼruza (axborot)lar orqali taʼminlanadi.

Maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagog xodimlarning malakasini oshirish quyidagi koʻrinishlarda amalga oshirilishi mumkin:

- asosiy ishdan boʻshagan holda;

- asosiy ishdan qisman boʻshagan holda (uygʻunlashtirilgan usul);

- asosiy ishdan boʻshamagan holda (masofavyy taʼlim).

Asosiy ishdan boʻshagan holda va asosiy ishdan qisman boʻshagan holda (uygʻunlashtirilgan usulda) malakani oshirish oliy taʼlim tashkiloti va hududiy markaz bazasida oʻtkaziladi.

Quyidagilar qayta tayyorlashning asosiy turlari hisoblanadi:

- pedagogii qayta tayyorlash;

- kasbiy qayta tayyorlash (ixtisoslashuv).

Maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagogilarini qayta tayyorlash - oliy maʼlumotli nopedagog mutaxassislarning bazaviy kasbiy maʼlumotini taʼlimning tegishli turi malaka talablari bilan belgilanadigan oʻquv-tarbiya jarayonining talab etiladigan sifatini taʼminlaydigan darajada pedagogik faoliyatni yuritish uchun zarur va yetarli boʻlgan pedagogi tayyorgarlik talablariga muvofiqlashtirish maqsadida mutaxassislarni qayta tayyorlaydi.

Kasbiy qayta tayyorlash (ixtisoslashuv) - oliy pedagogik maʼlumogli mutaxassislar tomonidan taʼlimning tegishli turi malaka talablari bilan belgilanadigan oʻqitishning talab etiladigan sifatini taʼminlaydigan darajada oʻquv fani yoki kurs boʻyicha pedagogi faoliyatni yuritish uchun zarur va yetarli hajmda yangi kasbiy bilimlar, malaka va koʻnikmalarni oʻzlashtiradi.

Maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagog xodimlar 5 yilda kamida bir marta malaka oshirishlari shart.

Malaka oshirish kurslaridan oʻtish jadvali har yili 15 dekabrga qadar vazirlik tomonidan tasdiqlanadi hamda buyurtmachilarga yetkaziladi.

Joriy yilda buyurtmaga kiritilmagan yoki boshqa talablar belgilangan boʻlsa davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagog xodimlar hududiy markaz bilan tuzilgan shartnoma asosida malaka oshirish kurslaridan oʻtishlari mumkin.

Shartnoma asosida davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarini tashkil etish tartibi buyurtmachi talabi va mehnat bozorining extiyojlaridan kelib chiqqan holda hududiy markazda tashkil etiladi.

Hududiy markaz buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganib chiqib, qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini tashkil etish uchun oliy taʼlim muassasasi orali vazirlikka buyurtmanoma bilan murojaat qiladi.

Shartnoma asosida malaka oshirish kurslarini tashkil etish uchun hududiy markazlarga taqdim etiladigan buyurtmanomada xodimning familiyasi, ismi va otasining ismi, qachon va qaysi taʼlim tashkilotini bitirganligi, diplom boʻyicha mutaxassisligi, pedagogik staji, ish joyi, lavozimi, oxirgi marta malaka oshirgan vaqti va sertifikat raqami, malaka oshirish yoʻnalishi va malaka oshirishga keladigan vaqti (oyi) koʻrsatilgan xolda taqdim etiladi.

--⊱⊱ 572 ⊰⊰--

Pedagog xodimlar malaka oshirish kurslariga oʻzrli sabablarga koʻra oʻz vaqtida kelmagan boʻlsa, ularga oʻqishning tegishli yoʻnalishi boʻyicha navbatdagi malaka oshirish kurslarida oʻqishga ruxsat beriladi.

Hududiy markaz qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslariga tinglovchilarning oʻz vaqtida kelmaganligi haqida tegishli buyurtmachiga habar beradi.

Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida oʻquv jarayoni tegishli yoʻnalishlar boʻyicha tasdiqlangan namunaviy oʻquv rejasi va dasturlarga muvofiq ishlab chiqilgan ishchi oʻquv rejasi va dasturlar asosida amalga oshiriladi hamda mashgʻulotlar jadvali bilan tartibga solinadi.

Namunaviy oʻquv rejasi va dasturlar fan, texnika, texnologiyalar va ishlab chiqarishni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari asosida takomillashtiriladi.

Hududiy markazning rahbar va professor-oʻqituvchilari vazirlik tomonidan belgilanadigan tartibda, Oʻzbekistan Respublikasi Oliy va Oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzurida Oliy taʼlim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy-metodik markazi hamda oliy taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazida muntazam ravishda malaka oshiradilar.

Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida mashgʻulotlar oʻtkazish uchun hududiy markaz professor-oʻqituvchilari, oliy taʼlim tashkilotining yetakchi pedagog kadrlari, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va tashkilotlarining yetakchi mutaxassislari, doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilish boʻyicha ilmiy kengash aʼzolari, shuningdek, xorijiy mutaxassislar jalb etiladilar.

Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini utkazish uchun jalb etiladigan professoroʻqituvchilar mehnatiga haq toʻlash belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Hududiy markaz xodimlariga oliy taʼlim tashkilotlarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash miqdorlari va shartlari tatbiq etiladi. Bunda, bir nafar oʻqituvchi hisobiga toʻgʻri keladigan tinglovchilar nisbatining cheklangan normativlari oliy taʼlim tashkilotlari uchun belgilangan bir nafar oʻqituvchi hisobiga talabalar soni nisbatining cheklangan normativlaridan 25 foiz past etib belgilanadi.

Hududiy markaz professor-oʻqituvchilari tarkibiga quyidagi talablar qoʻyiladi:

- qayta tayyorlash va malaka oshirishga qoʻyiladigan malaka talablari asosida tinglovchilar bilan oʻquv-tarbiya ishlarini olib borish;

- yuksak shaxsiy sifatlarning (talabchanlik, xolisonalik, haqqoniylik, hushmuomalalik) mavjudligi;

- taʼlim berishda (oʻqitishda) kasbiy mahoratning mavjudligi;

- pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning ilmiy-pedagogik asoslarini, pedagogika fanining asosiy yoʻnalishlarini, fanlararo aloqalarni, notiqlik mahorati asoslarini, uzluksiz taʼlim atamalari va tushunchalarini, shuningdek, qayta tayyorlash va malaka oshirishga qoʻyiladigan malaka talablarini bilish;

- taʼlim jarayonining yuqori samaradorligini taʼminlash, tinglovchilarning tashabbuskorligini, ijodiy mahoratini, ularning ilmiy tadqiqotlarga intilishlari va qobiliyatlarini rivojlantirish koʻnikmalarining mavjudligi;

- pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayoni mazmunini takomillashtirish boʻyicha ilmiy-tadqiqot hamda oʻquv-metodik ishlarni olib borishi.

Xulosa qilganda qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini tashkil qilish, ularni talab darajasida oʻtkazish, taʼlim jarayoni samaradorligini taʼminlash hamda tinglovchilarning yashashi uchun sharoit yaratish (hududiy markazda tinglovchilar turar joyi mavjud boʻlsa) tegishli hududiy markaz direktori zimmasiga yuklatiladi.

--⊱⊱ 573 ⊰⊰--

Foydalangan adabiyotlar

1. Oʻzbekiston Respublikasining “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida”gi qonuni 2019 yil 16 dekabr.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PQ4312-sonli qarori.

Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.