ResearcherUz LogoResearcherUz
Dergiyi Görüntüle

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI TARBIYALANUVCHILARIDA TARBIYAVIY FAOLIYATNI RIVOJLANTIRISHNING USTUVOR VAZIFALARI

Özet

Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tizimida tarbiyani rivojlantrishning ustuvor vazifalari va ota-onalar bilan o‘zaro hamkorlik ishlarini samarali tashkil qilish haqida aytib o‘tilgan.


Tam PDF Belgesi

İlgili Makaleler

Tam metin

--⊱⊱ 338 ⊰⊰--

TARBIYAVIY FAOLIYATNI RIVOJLANTIRISHNING USTUVOR VAZIFALARI

Yo'ldosheva Orzugul Solijonovna

Samarqand viloyati Pastdarg'om tumani 16-son

DMTT direktor o'rinbosari

Annotatsiya:

Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tizimida tarbiyani rivojlantrishning ustuvor vazifalari va ota-onalar bilan o‘zaro hamkorlik ishlarini samarali tashkil qilish haqida aytib o‘tilgan.

Kalit so‘zlar: maktabgacha ta’lim tashkiloti, ota-ona, hamkorlik, ta’lim-tarbiya, pedagog, bolalar, odob-axloq.

Аннотatsiя: В статье рассматриваются приоритетные задачи развивающего воспитания в системе дошкольного образования и эффективная организatsiя взаимодействия с родителями.

Ключевые слова: дошкольная образовательная организatsiя, родители, сотрудничество, воспитание, педагог, дети, этика.

Abstract:

This article discusses the priority tasks of developing education in the preschool education system and the effective organization of interaction with parents.

Keywords: preschool educational organization, parents, cooperation, education, teacher, children, ethics.

Maktabgacha taʼlim tizimini yanada takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmogʻini kengaytirish, malakali pedagog kadrlar bilan taʼminlash, bolalarni maktab taʼlimiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, taʼlim-tarbiya jarayoniga zamonaviy taʼlim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida maktabgacha taʼlim tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha bir qancha qaror va farmonlar qabul qilindi. Bu kabi qonun hujjatlarida maktabgacha taʼlimning asosiy maqsadli vazifalari va yoʻnalishlari, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish sharoitlarini yaratish belgilangan.

Maktabgacha ta’lim tizimida tarbiyani rivojlantirish — bu jamiyatning yosh avlodni har tomonlama sog‘lom, ma’naviy boy va intellektual rivojlangan shaxs sifatida shakllantirishga bo‘lgan asosiy maqsadlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan jarayon. Ushbu sohada amalga oshiriladigan islohotlar va tadbirlar bola tarbiyasini kompleks yondashuv asosida takomillashtirishga yo‘naltirilgan. Quyida maktabgacha ta’lim tizimida tarbiyani rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari keltirilgan:

Maktabgacha ta’lim — inson kamolotining eng muhim poydevor bosqichi bo‘lib, bola tarbiyasi, uning shaxsiy sifatlari, qiziqishlari, axloqiy me’yorlarga munosabati aynan shu davrda shakllanadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida (MTT) tarbiyaviy jarayonni to‘g‘ri tashkil etish bolalarning keyingi bosqichlardagi ta’limga tayyorligi, o‘ziga ishonchi, ijtimoiy faolligi, mustaqil fikrlashi va ma’naviy barkamolligini ta’minlaydi. Shu sababli tarbiyaviy faoliyatni rivojlantirishning ustuvor vazifalarini aniqlash, ularni amaliyotga samarali tatbiq etish maktabgacha ta’lim tizimida eng dolzarb masalalardan biridir. Maktabgacha yoshdagi tarbiyalanuvchilar bilan olib boriladigan

--⊱⊱ 339 ⊰⊰-- tarbiyaviy ishlar kompleks, tizimli, innovatsion va bolalar yosh psixologiyasi xususiyatlariga mos bo‘lishi lozim. Bugungi globallashuv davrida raqamli kompetensiyalar, ijtimoiy-emotsional rivojlanish, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, ekologik madaniyat kabi yo‘nalishlar tarbiyaning ajralmas qismiga aylangan. Mazkur maqolada MTT tarbiyalanuvchilarida tarbiyaviy faoliyatni rivojlantirishning asosiy va ustuvor vazifalari yoritiladi.

Maktabgacha ta’lim tizimini isloh qilishdagi mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida qarorda quyidagi keng ko‘lamli tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan va biz bularning ayrimlarini ko‘rsatib o‘tamiz:

➢ maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirish, maktabgacha ta’limni har tomonlama rivojlantirish, tarbiyalanuvchilarning bilimi va ma’naviy-axloqiy darajasini yanada yuksaltirish;

➢ o‘quv-tarbiya jarayoniga o‘qitishning zamonaviy ilg‘or shakllarini, yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini, ta’lim-tarbiyaning samarali shakl va usullarini joriy etish;

➢ maktabgacha ta’lim tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va ularning faoliyati samaradorligini oshirish;

➢ maktabgacha ta’lim tashkilotlarida davlat talablari bajarilishining tizimli monitoringini olib borish;

➢ nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini rivojlantirish, ular o‘rtasida sog‘lom raqobatni shakllantirish hamda ta’lim xizmatlari turlarini ko‘paytirish.

Maktabgacha ta’lim tizimida tarbiyani tashkil etish – bu yosh avlodning jismoniy, ma’naviy, axloqiy va intellektual rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan muhim jarayon. Bu bosqich bolalarning shaxs sifatida shakllanishida poydevor vazifasini bajaradi, chunki bu davrda bola dunyoqarashi, qiziqishlari va asosiy ko‘nikmalari rivojlanadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyaviy faoliyatni rivojlantirish — bu bolalarning kelajakdagi intellektual, ma’naviy, ijtimoiy va emotsional rivojlanish poydevorini mustahkamlaydigan strategik jarayon bo‘lib, har bir pedagogdan yuksak mas’uliyat, zamonaviy yondashuvlar va metodik mahoratni talab etadi. MTT tizimida tarbiya jarayoni faqat bolaga bilim berish emas, balki uning shaxs sifatida shakllanishi, o‘ziga va atrofdagilarga munosabatining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi, jamiyatda faol ishtirok etishi uchun muhim sifat va ko‘nikmalarni singdirishni nazarda tutadi.

Tarbiyani rivojlantirish usullari:

➢ O‘quv faoliyatiga qiziqish uyg‘otish: Bolalarda bilimlarni egallashga bo‘lgan ishtiyoqni rivojlantirish, maktabga psixologik va intellektual jihatdan tayyorlash.

➢ Mustaqil fikrlashni rivojlantirish: Bolalarda savollar berish, izlanish va muammolarni yechish ko‘nikmalarini shakllantirish.

➢ O‘quv ko‘nikmalarini shakllantirish: Xatlar va raqamlar bilan tanishish, sodda hisoblash, qalamni to‘g‘ri ushlash kabi dastlabki ko‘nikmalarni o‘rgatish.

Maktabgacha yoshdagi bolaning maktab ta’limiga o‘tishi hamisha uning hayoti, axloqi, qiziqishi va munosabatlarida anchayin jiddiy o‘zgarishlarni yuzaga chiqaradi. Shuning uchun bolani uydaligidayoq maktab ta’limiga tayyorlash, uncha qiyin bo‘lmagan bilim, tushuncha, ko‘nikma va malakalar bilan tanishtirish kerak bo‘ladi. Bolalarni maktabga tayyorlash, birinchidan maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyaviy ishni maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni umumiy, har tomonlama rivojlantirishning yuqori darajasini ta’minlaydigan, ikkinchidan bolalarni maktabning boshlang‘ich sinflarida o‘zlashtirishlari lozim bo‘lgan o‘quv fanlarini egallashga maxsus tayyorlashni ta’minlaydigan qilib tashkil etilishini nazarda tutadi.

--⊱⊱ 340 ⊰⊰--

Ota-onaning jihatlari esa; bola shaxsini hurmat qilish va unga shaxsiy xususiyatlariga muvofiq rivojlanishi uchun erkinlik berish. Bolaning aql–zakovatli bo‘lishi-ga va jismoniy hamda ma’naviy jihatdan yetuk bo‘lib tarbiyalanishiga asos yaratish.

Bolalarda ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirish

➢ halollik, odob, mehr-shafqat,

➢ hurmat, vatanparvarlik,

➢ mas’uliyat va tartib kabi axloqiy fazilatlarni shakllantirish tarbiyaviy faoliyatning bosh vazifasidir.

➢ ertaklar, xalq og‘zaki ijodi orqali axloqiy tarbiya berish;

➢ namunaviy xatti-harakat ko‘rsatish;

➢ rolli o‘yinlar orqali yaxshi va yomon xatti-harakatni farqlashni o‘rgatish.

Ota -Onaning jihatlari esa;

➢ Bog‘cha bilan hamkorlik: Maktabgacha ta'lim tashkiloti bilan muntazam aloqada bo‘lish, farzandining bog‘chadagi faoliyati, yutuqlari va ehtiyojlaridan xabardor bo‘lish. Tarbiyachilarning tavsiyalariga amal qilish va uyda ularning ishini davom ettirish.

➢ Uyda o‘quv muhiti yaratish: Kitoblar o‘qib berish, o‘yinlar orqali bilim berish, ijodiy faoliyatlarga jalb qilish va bolaning savollariga sabr bilan javob berish. Bu bolaning maktabga tayyorgarligini kuchaytiradi.

Xulosa qilib, Ushbu vazifalarni amalga oshirishda tarbiyachilar va ota-onalarning o‘zaro hamkorligi hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Bolalar uchun rag‘batlantiruvchi, xavfsiz va rivojlantiruvchi muhit yaratish orqali biz har tomonlama yetuk, ijtimoiy faol va jamiyatga foydali shaxslarni tarbiyalaymiz. Bu esa kelajak avlodning muvaffaqiyati va jamiyat taraqqiyotining garovidir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1. Maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini mavzuli rejalashtirish (barcha yosh guruhlari uchun) 2018 y.

2. O.U. Hasanboeva va boshqalar. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi. Pedagogika kolleji uchun o‘quv qo‘llanma (3-nashr) T.:”Ilm ziyo”, 2012y.

3. Djalolova Zulxumorxon Alisherovna “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarining sifatli taʼlim-tarbiya olishlari uchun pedagogik shart- Sharoitlar yaratish masalalari” in-academy.uz/index.php/si

4. Valiyeva F.R. Ensuring continuity in the traning of future professionals in the educatication system.// Europen Journal of Research and Reflection in Educational Sciences/ Volume 7 Number 6, 2019. ISSN 2056-5852

5. Abdullayeva N.Sh. Leader competency and its specific characteristics in managing the school education system// American Journal Of Social Sciences And Humanity ResearcheISSN:2771-2141Pages:152-158|Crossref 29http://theusajournals.com/index.php/ajsshr/article/view/2548

6. Абдуллаева Н.Ш. Мактабгача таълим ташкилоти раҳбарининг менежерлик кўникмасини шакллантиришга замонавий ёндашувлар// Муғаллим ҳәм үзликсиз билимлендириў» № 1/1 Нөкис — 2025 Б 360-368

Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.