ResearcherUz LogoResearcherUz
Dergiyi Görüntüle

MAKTABGACHA TALIM TASHKILOTLARI XODIMLARINING KASBIY KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR

Özet

Maqolada maktabgacha ta'lim tashkilotlari xodimlarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning zamonaviy usullari va innovatsion yondashuvlari tahsil etilgan. Ta'lim jarayonida qo'llaniladigan raqamli texnologiyalar, loyihaviy faoliyat, shaxsga yo'naltirilgan yondashuvlar va boshqa innovatsion metodlarning samaradorligi o'rganilgan.


Tam PDF Belgesi

İlgili Makaleler

Tam metin

--⊱⊱ 150 ⊰⊰--

KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR

Xudaynazarova Feruza Ilxomovna

Samarqand viloyati Narpay tumani

9-son DMTT direktori

Annotatsiya: Maqolada maktabgacha ta'lim tashkilotlari xodimlarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning zamonaviy usullari va innovatsion yondashuvlari tahsil etilgan. Ta'lim jarayonida qo'llaniladigan raqamli texnologiyalar, loyihaviy faoliyat, shaxsga yo'naltirilgan yondashuvlar va boshqa innovatsion metodlarning samaradorligi o'rganilgan.

Аннотatsiя: В статье рассмотрены современные методы и инновatsiонные подходы к развитию профессиональных компетенций работников дошкольных образовательных организatsiй. Изучена эффективность цифровых технологий, проектной деятельности, личностно-ориентированных подходов и других инновatsiонных методов, применяемых в образовательном процессе.

Annotation: the article introduces modern methods and innovative approaches to the development of professional competencies of employees of preschool educational organizations. The effectiveness of digital technologies, project activities, personality-oriented approaches and other innovative techniques used in the educational process has been studied.

Kalit so‘zlar: maktabgacha ta’lim, kasbiy kompitensiya, inovatsion yondashuvlar, pedagoglar, maktabgacha ta’lim, xodimlar.

Ключевые слова: дошкольное образование, профессиональная компетентность, инновatsiонные подходы, педагоги, дошкольное образование, персонал.

Keywords: preschool education, professional competence, innovative approaches, educators, preschool education, staff.

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan yangilanishlar, o‘zgarishlar va innovatsion tashabbuslar pedagoglarning malakasini oshirishni talab etadi. Maktabgacha ta’lim tizimining islohoti pedagoglarning o‘ziga xos kasbiy va shaxsiy kompetentligini rivojlantirishni o‘z ichiga oladi. Xususan, pedagogik innovatsiyalar, yangi o‘quv dasturlari va metodikalar ta’lim jarayoniga joriy etilishi bilan birga, pedagoglarning amaliyotga tayyorligi va ta’lim sifatini oshirishni taqozo etadi.Bundan tashqari, global miqyosda ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar hamda xalqaro standartlarga moslashuv zarurati pedagoglarni doimiy ravishda o‘z bilim va ko‘nikmalarini yangilab borishga undaydi. Pedagoglarning kasbiy kompetentligi, zamonaviy pedagogik usullarni amaliyotda qo‘llay olish qobiliyati nafaqat ta’lim jara-yonining samaradorligini oshirish, balki tarbiyalanuvchilarning shaxsiy rivojlanishini ta’minlashda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Maktabgacha ta’limning rivojlanishi va sifatli ta’lim berilishi pedagoglarning kasbiy kompetentligiga bevosita bog‘liqdir. Ushbu ta’lim turi bolalarning hayotdagi ilk qadamlarini tashlashida, ularning dunyoqarashi, axloqiy qadriyatlari, ijodiy hamda aqliy rivojlanishini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Shu sababli, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagoglarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish masalasi bugungi kunda alohida dolzarb ahamiyatga ega. O‘tkazilgan tadqiqotlar va tajriba-sinov ishlari asosida maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagoglarining kasbiy kompetentligini shakllantirishda qo‘llanilgan metodlarning amaliy samarasini chuqur tahlil qilish imkoniyati yaratildi. Pedagogik faoliyatning samaradorligi bevosita o‘qituvchining kasbiy bilim va

--⊱⊱ 151 ⊰⊰-- ko‘nikmalariga, o‘z ustida ishlash salohiyatiga, shuningdek, ta’lim jarayoniga yangicha, innovatsion yondasha olish qobiliyatiga bog‘liq. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog-tarbiyachilarining kompetentligini rivojlantirish uchun uzluksiz malaka oshirish tizimini yo‘lga qo‘yish, metodik va pedagogik kengashlarda ma’ruzalar bilan faol ishtirok etishlarini nazorat qilish, zamonaviy ta’lim texnologiyalarini bilish va ulardan foydalanishlariga erishish, tarbi-yachilarning o‘z ustida ishlashlarini tashkil etish, axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalana olish ko‘nikmasini oshirish, pedagogik texnologiya vositalarini muntazam takomillashtirish, turli tadbir, tanlov va loyihalarda ishtirok etishlarini ta’minlash, shaxsiy pedagogik tajribasini umumlashtirish uchun keng targ‘ibot ishlarini tashkil etish lozim. Tarbiyachida kasbiy kompetensiyani rivojlantirishda o‘z-o‘zini rivojlantirishi va o‘z ustida ishlashi juda muhimdir. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagoglarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishda tarbiyachilar uchun metodik tavsiyalar, interfaol ta’lim usullari, zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalanish, bolalar o‘yini, o‘yinchoqlar, ertaklar, she’rlar, maqollar, ajdodlarimizning ma’naviy merosidan namunalar tashkil etilishi maqsadga muvofiqdir. Birinchi galda tarbiyachilarni turli xil metodlar vositasida faoliyatda va faoliyatdan tashqari vaqtlarda, ta’lim berish hamda bola yoshiga mos bo‘lgan o‘yinlardan foydalanish, ajdodlarimiz o‘gitlaridan foydalanish, sherlarni yod oldirish, ertaklar va maqollardan faoliyat davomida o‘z o‘rnida foydalanish orqali kasbiy kompetentligi shakllanadi.Pedagoglarning kasbiy mahorati, yangiliklarga intiluvchanligi va ijodkorligi ta’lim texnologiyalaridan sama-rali foydalanishi, xorij tajribalaridan andoza olgan holda ulardan unumli foydalanishi hamda faoliyat jarayoniga zamonaviy innovatsion texnologiyalarni tatbiq etishi yaxshi samara beradi. Shuningdek, ajdodlarimiz merosiga murojaat qilish orqali esa tarbiyalanuvchilarda axloq-odob me’yorlarini rivojlantirish, Vatanga bo‘lgan mehr- muhabbatni, o‘zaro do‘stlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlash va sadoqatni shakllantirish kabi sifatlarni rivoj-lantirishga yordam beradi.

2025 yil 1 yanvardan boshlab maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari xodimlarini kasbiy rivojlantirishning quyidagi tartibi joriy etiladi:

➢ maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari xodimlarini kasbiy ehtiyojlari va malaka toifasidan kelib chiqib tabaqalashgan ta’lim dasturlari asosida uzluksiz kasbiy rivojlantirishning vertikal tizimi yo‘lga qo‘yiladi;

➢ maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlarining xodimlari uchun besh yilda bir marotaba ishdan ajralgan holda o‘tkaziladigan malaka oshirish kurslari joriy qilinadi.

Maktabgacha ta’lim tizimida innovatsion yondashuvlarni joriy etish bugungi globallashuv sharoitida ta’lim sifatini oshirishning eng muhim omillaridan biri hisoblanadi. Zamonaviy ijtimoiyiqtisodiy jarayonlar, raqamlashtirish, yangi davlat ta’lim standartlarining tatbiq etilishi pedagoglardan yuqori kasbiy tayyorgarlik, yangiliklarga ochiqlik va kreativ pedagogik yondashuvlarni talab qilmoqda. Shu nuqtai nazardan, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida innovatsion texnologiyalar va metodikalarni amaliyotga tatbiq etish bolalarning har tomonlama rivojlanishi, kreativ fikrlashi va ijtimoiy ko‘nikmalarini shakllantirishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi.

Kasbiy kompetensiya - bu nafaqat nazariy bilimlar, balki amaliy ko'nikmalar, shaxsiy sifatlar va muammolarni hal qilish qobiliyatlarini o'z ichiga olgan kompleks tushunchadir.

Kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari

➢ Pedagogik innovatsiyalarni joriy etish

➢ AKT kompetensiyalarini rivojlantirish

➢ Kommunikativ va ijtimoiy-emotsional kompetensiyalar

➢ Metodik kompetensiyalar

--⊱⊱ 152 ⊰⊰--

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish — zamonaviy ta’lim tizimining eng muhim yo‘nalishlaridan biridir. Innovatsion yondashuvlar ta’lim jarayonini sifat jihatidan yangilaydi, pedagoglarni raqobatbardosh, ijodkor va raqamli kompetent mutaxassisga aylantiradi. Shuningdek, bu yondashuv bolalarning har tomonlama rivojlanishi, ta’lim sifati va MTTning samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Innovatsion ta’lim usullari bolalarning imkoniyatlarini kengaytirib, ularning o‘quv jarayoniga bo‘lgan qiziqishini oshiradi. STEAM-ta’lim, gamifikatsiya, virtual reallik texnologiyalari va boshqa zamonaviy yondashuvlar yordamida biz bolalar uchun yorqin kelajak yaratishimiz mumkin. O‘zbek madaniyati va qadriyatlarini inobatga olgan holda ushbu usullarni joriy etish orqali kelajak avlodni milliy ruhda tarbiyalash va global raqobatbardosh qilishga erishamiz. Zero, ta’limga investitsiya – kelajakka investitsiyadir.

Xulosa qilib aytganda, maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishda innovatsion yondashuvlar — bu shunchaki zamonaviy texnologiyalar yoki yangi metodikalarning tatbiq etilishi emas, balki pedagogik jarayonning butunlay yangicha mazmunga ega bo‘lishini ta’minlaydigan kompleks tizimdir. Innovatsiyalar pedagogning kasbiy mahoratini oshiradi, ta’lim jarayonining sifatini yaxshilaydi, bolalarning har tomonlama rivojlanishiga mustahkam zamin yaratadi. Kelajak ta’limining raqobatbardosh, malakali, kreativ va ilmiy asoslangan pedagogi aynan innovatsion kompetensiyalar bilan qurollangan mutaxassis bo‘ladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–6198-son Farmoni. “Maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”. Toshkent, 2021.

2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorlari.

3. Maktabgacha ta’lim vazirligi. “Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari”. Toshkent, 2022.

4. M. Xolmatova. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2020.

5. R. Abduraxmonova. Innovatsion pedagogik texnologiyalar. – Toshkent: InnovatsiyaZiyo, 2021.

6. Abdullayeva N.Sh. Leader competency and its specific characteristics in managing the school education system// American Journal Of Social Sciences And Humanity Research eISSN:2771-2141Pages:152-158| Crossref DOI:https://doi.org/10.37547/ajsshr/Volume04Issue02- 23 Published Date: 2024-02-29http://theusajournals.com/index.php/ajsshr/article/view/2548

7. Abdullayeva N.Sh. Improving the preschool education system on the basis of cluster technologies// Turkish Journal of Physiotherapy and Rehabilitation, B. 36872-36886 2021 y

8. Abdullayeva N.Sh. Pedagogical Conditions for the Development of Artistic Perception in Children of the Fifth Year of Life in the Process of Familiarization with Works of Fine Art// International journal of multidisciplinary research and analysis ISSN(print): 2643-9840, Impact Factor: 5.522 Page No.- 321-323

9. Valiyeva F.R., Sharipova G.N. Innovative technologies in improving the management of preschool educational organizations//International Journal of Early Childhood Special Education

(INT-JECSE) DOI:10.9756/INTJECSE/V14I5.94 ISSN: 1308-5581 Vol 14, Issue 05 2022

10. Valiyeva F.R., Raximova S.S. Innovative approaches to preschool education management// International Journal of Early Childhood Special Education (INT-JECS) ISSN: 1308- 5581 Vol 14, Issue 04 2022

Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.