ResearcherUz LogoResearcherUz
Dergiyi Görüntüle

MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTLARIDA INKLUZIV TAʼLIMNI BOSHQARISH MODELI: DEFEKTOLOG, PSIXOLOG VA TARBIYACHI HAMKORLIGI

Özet

Ushbu maqolada maktabgacha taʼlim tashkilotlarida inkluziv taʼlimni samarali tashkil etish va boshqarish masalalari tahlil qilinadi. Xususan, defektolog, psixolog va tarbiyachidan iborat koʻp tarmoqli (multidisiplinar) jamoa hamkorligiga asoslangan boshqaruv modeli taklif etiladi. Taklif etilayotgan boshqaruv modeli maktabgacha taʼlim tashkilotlarida inkluziv taʼlim sifatini oshirish, bolalarning psixofiziologik imkoniyatlarini toʻliq roʻyobga chiqarish va ularni jamiyatga muvaffaqiyatli ijtimoiylashtirishga xizmat qiladi.


Tam PDF Belgesi

İlgili Makaleler

Tam metin

--⊱⊱ 584 ⊰⊰--

HAMKORLIGI

Axmedova Dildora Qudratillayevna

Buxoro viloyati Shofirkon tumani 26-son

davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti

direktori

Axmedova Nargiza Qudratillayevna

Navoiy viloyati Navoiy shahri 28-son davlat

maktabgacha taʼlim tashkiloti direktor

oʻrinbosari

Annotatsiya. Ushbu maqolada maktabgacha taʼlim tashkilotlarida inkluziv taʼlimni samarali tashkil etish va boshqarish masalalari tahlil qilinadi. Xususan, defektolog, psixolog va tarbiyachidan iborat koʻp tarmoqli (multidisiplinar) jamoa hamkorligiga asoslangan boshqaruv modeli taklif etiladi. Taklif etilayotgan boshqaruv modeli maktabgacha taʼlim tashkilotlarida inkluziv taʼlim sifatini oshirish, bolalarning psixofiziologik imkoniyatlarini toʻliq roʻyobga chiqarish va ularni jamiyatga muvaffaqiyatli ijtimoiylashtirishga xizmat qiladi.

This article analyzes the issues of organizing and managing inclusive education in preschool educational institutions. Specifically, a management model based on the cooperation of a multidisciplinary team consisting of a defectologist, psychologist, and educator is proposed. The proposed management model aims to improve the quality of inclusive education in preschool institutions, fully realize childrenʼs psychophysiological potential, and successfully integrate them into society.

В данной статье анализируются вопросы организации и управления инклюзивным образованием в дошкольных образовательных учреждениях. В частности, предлагается модель управления, основанная на сотрудничестве многопрофильной команды, включающей дефектолога, психолога и воспитателя. Предлагаемая модель управления направлена на повышение качества инклюзивного образования в дошкольных учреждениях, полное раскрытие психофизиологических возможностей детей и успешную их интеграцию в общество.

Kalit soʻzlar: maktabgacha taʼlim, inkluziv taʼlim, boshqaruv modeli, defektolog, psixolog, tarbiyachi, multidisiplinar jamoa, maxsus ehtiyojli bolalar, individual rivojlanish rejasi, hamkorlik.

Preschool education, inclusive education, management model, defectologist, psychologist, educator, multidisciplinary team, children with special needs, individual development plan, cooperation.

Дошкольное образование, инклюзивное образование, модель управления, дефектолог, психолог, воспитатель, многопрофильная команда, дети с особыми потребностями, индивидуальный план развития, сотрудничество.

Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston Respublikasida maktabgacha taʼlim tizimini modernizatsiya qilish, uni xalqaro standartlarga moslashtirish, ayniqsa, inkluziv taʼlimni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Inkluziv taʼlim nazariyasiga koʻra, har bir bola oʻzining jismoniy, aqliy, psixologik va ijtimoiy xususiyatlaridan qatʼi nazar, teng huquqli taʼlim subyekti hisoblanadi. Demak,

--⊱⊱ 585 ⊰⊰-- maktabgacha taʼlim tashkilotlari barcha bolalar uchun ochiq, moslashuvchan, qoʻllab-quvvatlovchi muhitni yaratishi lozim.

Inkluziv taʼlimni samarali yoʻlga qoʻyishda eng muhim masalalardan biri – bu boshqaruv modelini toʻgʻri tanlash va uni hayotga joriy etishdir. Anʼanaviy boshqaruv tizimida tarbiyachi koʻproq oʻquv-tarbiyaviy jarayon uchun, psixolog alohida psixokorreksion ishlar uchun, defektolog esa faqat maxsus ehtiyojli bolalar bilan ishlash uchun masʼul sifatida koʻrilgan. Bunday yondashuvda mutaxassislar faoliyati koʻpincha bir-biridan ajralgan, uzviy tizimga birlashmagan boʻladi.

Bugungi kunda esa inkluziv taʼlim talablari defektolog, psixolog va tarbiyachining yagona jamoa sifatida hamkorligini, ularning ishini boshqarish uchun aniq model va mexanizmlarni ishlab chiqishni taqozo etadi. Mazkur maqolada aynan shunday koʻp tarmoqli hamkorlikka asoslangan boshqaruv modeli ilmiy-pedagogik jihatdan asoslab beriladi.

1. Inkluziv taʼlim va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan talablar

Inkluziv taʼlim — bu maxsus ehtiyojli bolalarni alohida taʼlim dargohlarida ajratib qoʻyish emas, balki ularni sogʻlom tengdoshlar bilan birgalikda, umumiy taʼlim dargohlarida oʻqitish va tarbiyalashni nazarda tutuvchi yondashuvdir. Maktabgacha yosh davri bolaning psixik, nutqiy va ijtimoiy-emotsional rivojlanishi eng jadal kechadigan bosqich boʻlgani uchun aynan shu davrda inkluziv taʼlimni sifatli tashkil etish kelgusida bola taqdiriga, uning maktabga tayyorgarligiga, ijtimoiy moslashuviga bevosita taʼsir koʻrsatadi.

Inkluziv taʼlim maktabgacha taʼlim tashkilotidan quyidagi vazifalarni talab qiladi: bolalarning individual rivojlanish xususiyatlarini erta aniqlash va baholash; oʻquv-tarbiyaviy dasturlarni moslashtirish va differensiallashtirish; psixologik-pedagogik va defektologik yordam koʻrsatish tizimini yoʻlga qoʻyish; ota-onalar bilan tizimli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish; jamoa (tarbiyachi, defektolog, psixolog, maʼmuriyat) oʻrtasida uzviy hamkorlikni taʼminlash.

Ushbu vazifalarni bajarish alohida bir mutaxassis zimmasiga yuklanishi mumkin emas. Shu bois defektolog, psixolog va tarbiyachidan iborat multidisiplinar jamoa faoliyatini rejalashtiruvchi va muvofiqlashtiruvchi boshqaruv modeli zarur boʻladi.

2. Inkluziv taʼlimni boshqarishda defektolog, psixolog va tarbiyachi rollari

Defektologning roli. Defektolog – maxsus ehtiyojli bolalarning psixofiziologik va nutqiy rivojlanishidagi nuqsonlarni aniqlash, ularni tahlil qilish va ularning bartaraf etilishi yoki yumshatilishi boʻyicha korreksion dasturlarni ishlab chiqish bilan shugʻullanuvchi mutaxassisdir. Inkluziv taʼlim sharoitida defektolog:

bolalar rivojlanishini diagnostika qilish; maxsus ehtiyojli bolalar uchun individual rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish; tarbiyachi va psixolog bilan birgalikda mashgʻulotlar mazmunini moslashtirish; ota-onalarga defektologik maslahat berish;

taʼlim dargohida inkluziv guruhlar ishini metodik jihatdan qoʻllab-quvvatlash kabi vazifalarni bajaradi.

Psixologning roli. Maktabgacha taʼlim tashkiloti psixologi nafaqat maxsus ehtiyojli bolalar, balki barcha bolalarning emotsional holati, ijtimoiy moslashuvi va shaxsiy rivojlanishini qoʻllabquvvatlashga qaratilgan faoliyatni amalga oshiradi. Inkluziv taʼlimda psixolog: bolalarning psixik rivojlanish xususiyatlarini kompleks diagnostika qilish; defektolog va tarbiyachi bilan birga individual rivojlanish rejalarini ishlab chiqishda ishtirok etish; bolalar oʻrtasida ijobiy psixologik muhitni shakllantirish, diskriminatsiya va stigma holatlarining oldini olish; tarbiyachilar va ota-onalar bilan psixologik maʼrifiy ishlar olib borish; zarurat tugʻilganda psixokorreksion mashgʻulotlar oʻtkazish kabi funksiyalarni bajaradi.

--⊱⊱ 586 ⊰⊰--

Tarbiyachining roli. Tarbiyachi inkluziv taʼlim muhitida bosh figurantlardan biridir. Chunki u bolalar bilan bevosita koʻp vaqtni birga oʻtkazadi, mashgʻulotlarni tashkil etadi, oʻyin faoliyatini boshqaradi va tarbiyaviy ishlarni amalga oshiradi. Inkluziv guruhdagi tarbiyachi: defektolog va psixolog tavsiyalarini hisobga olgan holda mashgʻulotlar va oʻyinlarni rejalashtiradi; har bir bolaning individual ehtiyojlarini inobatga olgan holda differensial yondashuvni taʼminlaydi; guruhdagi bolalar oʻrtasida hamkorlik, oʻzaro hurmat va qoʻllab-quvvatlash muhitini shakllantiradi; bolalardagi rivojlanish dinamikasini kundalik kuzatish asosida qayd etadi va bu haqda defektolog hamda psixologga muntazam axborot beradi; ota-onalar bilan samarali muloqot olib boradi. Inkluziv taʼlimni boshqarishning koʻp tarmoqli modeli.

Taklif etilayotgan boshqaruv modelining markazida defektolog, psixolog va tarbiyachidan iborat multidisiplinar jamoa turadi. Ularning faoliyati maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbariyati tomonidan boshqariladi va muvofiqlashtiriladi. Mazkur model quyidagi asosiy bosqich va mexanizmlardan iborat boʻlishi mumkin.

Diagnostika va monitoring bosqichi

Birinchi bosqichda bolalar qabul qilinayotganda, shuningdek, yil davomida rejalashtirilgan muddatlarda defektolog va psixolog tomonidan kompleks diagnostika oʻtkaziladi. Diagnostika natijalari asosida: bolaning umumiy rivojlanish darajasi; nutqiy, kognitiv, motorik, emotsional va ijtimoiy rivojlanish xususiyatlari; maxsus ehtiyojlar (agar mavjud boʻlsa) aniqlanadi.

Tarbiyachi esa kundalik faoliyatda bolalarni sistematik kuzatib boradi, kundalik qaydlar (kuzatuv daftari, rivojlanish portfeli)ni yuritadi. Ushbu maʼlumotlar defektolog va psixolog diagnostika natijalari bilan birgalikda tahlil qilinadi va boshqaruv qarorlari qabul qilishda asos boʻlib xizmat qiladi.

Individual rivojlanish rejalarini ishlab chiqish

Diagnostika natijalari asosida har bir maxsus ehtiyojli bola uchun, zarurat tugʻilganda esa boshqa bolalar uchun ham individual rivojlanish rejasi (IRR) tuziladi. Bu jarayonda:

defektolog – korreksion ishlar mazmuni va metodikasini;

psixolog – emotsional-irodaviy sohani qoʻllab-quvvatlash va ijtimoiy moslashuv boʻyicha tavsiyalarni;

tarbiyachi – mashgʻulotlar va oʻyinlarni rejalashtirish hamda guruhdagi oʻquv-tarbiyaviy ishni moslashtirish usullarini ishlab chiqadi.

Individual reja nafaqat korreksion mashgʻulotlarni, balki kundalik taʼlim-tarbiya jarayonini ham qamrab olishi zarur. Bu hujjat maʼlum muddatda (masalan, chorak yoki yarim yillik) qayta koʻrib chiqilib, bola rivojlanish dinamikasiga qarab toʻldirib boriladi.

Hamkorlik uchrashuvlari va jamoaviy qarorlar

Inkluziv taʼlimni boshqarish modelida muntazam “hamkorlik uchrashuvlari” muhim oʻrin tutadi. Hafta yoki oyda bir marotaba: defektolog; psixolog; tarbiyachi;

zarurat tugʻilganda metodist va taʼlim dargohi rahbari; ayrim hollarda ota-ona ishtirokida jamoaviy yigʻilish oʻtkaziladi.

Unda: bolalar rivojlanishidagi oʻzgarishlar; muvaffaqiyatlar va qiyinchiliklar; mashgʻulotlar va korreksion ishlar samaradorligi; qoʻshimcha chora-tadbirlar zarurati muhokama qilinadi.

Bunday yigʻilishlar boshqaruvni faqat yuqoridan pastga buyruq asosida emas, balki jamoaviy tahlil va hamkorlik asosida, ilmiy asoslangan qarorlar qabul qilish tizimiga aylantiradi.

Ota-onalar bilan tizimli hamkorlik

Taklif etilayotgan modelda ota-onalar ham muhim subyekt sifatida qaraladi. Ularning: muntazam individual suhbatlarda ishtiroki; trening va seminarlar orqali pedagogik va psixologik

--⊱⊱ 587 ⊰⊰-- savodxonligini oshirish; uy sharoitida bajariladigan mashqlar, oʻyinlar va tavsiyalarni bajarishdagi masʼuliyati alohida eʼtiborda boʻladi. Shunda defektolog, psixolog va tarbiyachining taʼlim dargohidagi ishlari uy sharoitidagi tarbiyaviy taʼsir bilan uygʻunlashib, yaxlit tizimni vujudga keltiradi.

Inkluziv boshqaruv modelini joriy etishda uchraydigan muammolar va ularni hal etish

yoʻllari

Inkluziv taʼlimni boshqarishda samarali model ishlab chiqish bilan bir qatorda, uni amaliyotga tadbiq etish jarayonida qator muammolar yuzaga kelishi mumkin.

Kadrlar tayyorgarligi va malaka yetishmovchiligi. Baʼzi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida defektologlar yetarli emas, psixologlar shtati mavjud boʻlsa ham, ularning maxsus ehtiyojli bolalar bilan ishlash tajribasi cheklangan boʻlishi mumkin. Bu muammoni hal etish uchun: malaka oshirish kurslarini inkluziv taʼlimga yoʻnaltirish; tajriba almashish seminar va vebinarlarini tashkil etish; oliy taʼlim dargohlari bilan hamkorlikni kuchaytirish zarur.

Axborot almashish va hujjat yuritishdagi qiyinchiliklar. Defektolog, psixolog va tarbiyachining maʼlumotlarini yagona tizimda jamlash, ularni tahlil qilish va monitoring yuritish koʻp vaqt va mehnat talab etishi mumkin. Buni yengillashtirish uchun: elektron kuzatuv kartalari; bolalar rivojlanish portfellarini raqamlashtirish; umumiy maʼlumotlar bazasini joriy etish maqsadga muvofiqdir.

Jamiyatdagi stereotiplar va psixologik toʻsiqlar. Inkluziv taʼlimni rivojlantirishda eng katta toʻsiqlardan biri jamiyatda maxsus ehtiyojli bolalarga nisbatan shakllangan stereotiplar va notoʻgʻri tasavvurlardir. Bu holat: ota-onalar;

tarbiyachilar; hatto boshqa bolalar va ularning oilalari orasida ham namoyon boʻlishi mumkin.

Mazkur muammoni bartaraf etish uchun: targʻibot-tashviqot ishlari; psixologik treninglar; inkluziyani qoʻllab-quvvatlovchi ijtimoiy loyihalar va ommaviy tadbirlar tizimli tashkil etilishi lozim.

Xulosa. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida inkluziv taʼlimni samarali tashkil etish va boshqarish uchun defektolog, psixolog va tarbiyachidan iborat koʻp tarmoqli jamoa faoliyatiga asoslangan boshqaruv modelini joriy etish dolzarb vazifa hisoblanadi. Mazkur maqolada taklif etilgan model diagnostika va monitoring, individual rivojlanish rejalarini ishlab chiqish, muntazam hamkorlik uchrashuvlari hamda ota-onalar bilan tizimli aloqani oʻz ichiga olgan yaxlit tizimni ifodalaydi. Bu modelni hayotga tatbiq etish: maxsus ehtiyojli bolalarning rivojlanish dinamikasini toʻliq kuzatib borish; oʻquv-tarbiyaviy jarayonni individual ehtiyojlarga moslashtirish; psixologik xavfsiz, qoʻllab-quvvatlovchi va diskriminatsiyadan holi muhitni yaratish; ota-onalarning pedagogik va psixologik madaniyatini oshirish; maktabgacha taʼlim tashkilotida inkluziv madaniyatni shakllantirishga xizmat qiladi. Kelgusida ushbu boshqaruv modelini turli hududiy sharoitlarda sinovdan oʻtkazish, uning samaradorligini empirik tadqiqotlar orqali baholash va natijalarga koʻra yanada takomillashtirish ilmiy-pedagogik izlanishlar uchun istiqbolli yoʻnalishlardan biri hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Oʻzbekiston Respublikasi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni. – Toshkent, 2020.

2. “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida”gi Nizom. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari. – Toshkent, turli yillar.

3. Florian, L. Inclusive Practice in Education: Theory, Policy and Practice. – London: Routledge, 2014.

4. Booth, T., Ainscow, M. Index for Inclusion: Developing Learning and Participation in Schools. – Bristol: CSIE, 2011.

--⊱⊱ 588 ⊰⊰--

5. Nigmatova, D. va boshqalar. Maktabgacha taʼlim pedagogikasi. – Toshkent: Oʻqituvchi, 2019.

6. Имомова Ш.М., Норова Ф.Ф. Учебные методы организации спортивно оздоровительных мероприятий в образовательных учреждениях // ВЕСТНИК НАУКИ И

ОБРАЗОВАНИЯ 2021. № 9 (112). Часть 2. С.38-41.

7. Имомова Ш.М., Норова Ф.Ф. РОЛЬ СОЦИАЛЬНЫХ СЕТЕЙ В

ОБРАЗОВАНИИ//UNIVERSUM: ТЕХНИЧЕСКИЕ НАУКИ. №10(103), 2022. С. 30-32.

8. Xoshimova, R. Inkluziv taʼlim asoslari: oʻquv qoʻllanma. – Toshkent: TDPU nashriyoti, 2021.

9. UNESCO. Inclusive Early Childhood Care and Education: Guidelines for Policy and Practice. – Paris: UNESCO Publishing, 2010.

10. Imamova Sh.M. Methodology of Development of Programming Skills in Mathematical Systems in Students Based on Computer Simulation Trainers// NATURALISTA CAMPANO Volume 28 Issue 1, 2024, -pp. 551-557.

11. Imamova Shafoat Mahmudovna. A SIMULATION TRAINERʼS EDUCATIONAL

COMPETENCE IN THE PROCESS OF FORMING STUDENTSʼ PROFESSIONAL

COMPETENCE// INTERNATIONAL JOURNAL ON INTEGRATED EDUCATION Volume 6,

Issue 9, Sep- 2023 P.75-77.

12. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi materiallari. Inkluziv taʼlim boʻyicha metodik tavsiyalar. – Toshkent, 2022.

Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.