ResearcherUz LogoResearcherUz
Dergiyi Görüntüle

MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTLARIDA INKLYUZIV TAʼLIMNI BOSHQARISH

Özet

Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida inklyuziv taʼlimni joriy etish taʼlim islohotlari jarayonlarida muhim ahamiyat kasb etadi. Inklyuziv taʼlim nafaqat alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarning sifatli taʼlim xizmatlaridan foydalanishi, shuningdek, maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini ham shaklan va mazmunan takomillashtirish imkonini bermoqda. Mazkur maqolada maktabgacha taʼlim tashkilotlarida inklyuziv taʼlimni boshqarishning ayrim masalalari toʻgʻrisida soʻz boradi


Tam PDF Belgesi

İlgili Makaleler

Tam metin

--⊱⊱ 612 ⊰⊰--

BOSHQARISH

Mirzabekova Xillola Komiljanovna

Toshkent shahar Chilonzor tumani

350-DMTT direktori

Annotatsiya: Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida inklyuziv taʼlimni joriy etish taʼlim islohotlari jarayonlarida muhim ahamiyat kasb etadi. Inklyuziv taʼlim nafaqat alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarning sifatli taʼlim xizmatlaridan foydalanishi, shuningdek, maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini ham shaklan va mazmunan takomillashtirish imkonini bermoqda. Mazkur maqolada maktabgacha taʼlim tashkilotlarida inklyuziv taʼlimni boshqarishning ayrim masalalari toʻgʻrisida soʻz boradi.

Kalit soʻzlar: inklyuziv taʼlim, maktabgacha taʼlim tashkiloti, alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar, pedagog, tashkiliy-pedagogik sharoitlar, taʼlim sifati.

Аннотация: Внедрение инклюзивного образования в дошкольные образовательные организации имеет большое значение в процессах реформирования образования. Инклюзивное образование позволяет не только предоставлять качественные образовательные услуги детям с особыми образовательными потребностями, но и совершенствовать деятельность дошкольных образовательных организаций как по форме, так и по содержанию. В данной статье рассматриваются некоторые вопросы управления инклюзивным образованием в дошкольных образовательных организациях.

Ключевые слова: инклюзивное образование, дошкольная образовательная организация, дети с особыми образовательными потребностями, педагог, организационнопедагогические условия, качество образования.

Abstract: The implementation of inclusive education in preschool educational institutions is of great importance in education reform processes. Inclusive education not only enables the provision of high-quality educational services to children with special educational needs but also improves the activities of preschool educational institutions in both form and content. This article examines some issues related to the management of inclusive education in preschool educational institutions.

Keywords: inclusive education, preschool educational institution, children with special educational needs, teacher, organizational and pedagogical conditions, quality of education.

Yurtimizda taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan tub islohotlar jarayonlarida alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar taʼlimi muhim yoʻnalishlardan birini tashkil etadi. “Oʻzbekistonda nogironligi boʻlgan shaxslarga jamiyat va davlat tomonidan koʻmak va yordam berish, ularni ijtimoiy-siyosiy hayotga faol jalb etishga qaratilgan keng koʻlamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda”, - degan edi davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev [1].

Maʼlumki, inklyuziv taʼlim bugungi kunda dunyo miqyosida nogironligi boʻlgan bolalar uchun eng maqbul va keng tarqalayotgan taʼlim shaklidir. Keyingi yillarda BMTga aʼzo boʻlgan davlatlar ichida inklyuziv taʼlimni joriy etishga boʻlgan qiziqish ortib bormoqda, taʼlimning barcha turlari uni tashkil etish va rivojlantirish tendensiyalari tobora faollashib bormoqda [2].

Oʻzbekistonda inklyuziv taʼlimning bosqichma-bosqich joriy etilishi jamiyat ijtimoiy taraqqiyotining “Inson qadri uchun” degan bosh gʻoyasi hamda BMTning Ming yillik rivojlanish maqsadlariga ham toʻliq mos keladi.

--⊱⊱ 613 ⊰⊰--

Yurtimizda ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 391-son qarori bilan tasdiqlangan “Koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari va qoʻshma turdagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari toʻgʻrisida Nizom” [3] asosida takomillashib bormoqda.

Mazkur Nizomda inklyuziv taʼlim guruhlari tashkil etilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boshqaruvning asosiy tashkiliy va huquqiy asoslari oʻz ifodasini topdi. Ushbu Nizomga koʻra, inklyuziv maktabgacha taʼlim tashkiloti Pedagogik kengash, Kuzatuv kengashi, taʼlim tashkiloti direktori va psixologik-tibbiy-pedagogik kengash tomonidan boshqariladi.

Bu jarayonda Pedagogik kengash, asosan, taʼlim-tarbiya jarayonini takomillashtirish, tashkilot ish rejasi hamda pedagog xodimlarning pedagogik yuklamasini belgilash, taʼlim dasturini amalga oshirish natijalarini baholash, bolaning qonuniy vakillari bilan hamkorlik tartibini belgilash, pedagog xodimlar malakasini oshirish, ularning ijodiy tashabbusini rivojlantirish, taʼlim jarayoniga fan yutuqlarini va ilgʻor pedagogik tajribani joriy etish, xodimlarni maʼnaviy va moddiy ragʻbatlantirish hamda davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qoʻshma turdagi davlat maktabgacha tashkiloti rahbari va pedagog xodimlari hisobotlarini eshitish kabi masalalarni koʻrib chiqadi.

Maktabgacha taʼlim tashkiloti Kuzatuv kengashi bolani tarbiyalash, rivojlantirish va taʼlim berishda koʻmaklashish maqsadida tashkil etiladi. Uning tarkibi ushbu tashkilotga boradigan bolalarning qonuniy vakillari, uning xodimlari, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlar vakillaridan tuziladi. Kuzatuv kengashi davlat maktabgacha tashkilotini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilaydi, tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimi tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar orasidan tashkilot rahbarini saylaydi, shuningdek uni egallagan lavozimidan ozod qilish boʻyicha takliflarni belgilangan tartibda kiritadi, uning faoliyatini takomillashtirish yuzasidan koʻrilayotgan chora-tadbirlar, moliya-xoʻjalik holati, daromadlar va xarajatlar, byudjet, byudjetdan tashqari, homiylik va boshqa mablagʻlardan foydalanish toʻgʻrisidagi davriy hisobotlarini eshitadi, tashkilot rahbari, pedagog xodimlar va boshqa xodimlar faoliyatiga taalluqli ijtimoiy soʻrovlar oʻtkazadi hamda tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimlariga davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qoʻshma turdagi davlat maktabgacha tashkiloti xodimlarini ragʻbatlantirish toʻgʻrisida takliflar kiritadi.

Tibbiy-psixologik-pedagogik kengash bola qabul qilinganda uning oʻziga xos va yosh xususiyatlarini, sogʻligʻi holati va rivojlanish darajasini hisobga olib korreksion-pedagogik hamda reabilitatsiya tadbirlarini oʻtkazish yuzasidan individual yoʻnalishni ishlab chiqadi, individual yoʻnalishni amalga oshirish jarayonida bola rivojlanishi dinamikasini aniqlaydi va zarurat boʻlsa, unga oʻzgartishlar kiritadi, korreksion-pedagogik va reabilitatsiya tadbirlari natijalari, bolaning oʻziga oʻzi xizmat koʻrsatish koʻnikmalari darajasi va ijtimoiy moslashuv dinamikasi, taʼlim-tarbiya dasturlarini oʻzlashtirishi monitoringini olib boradi va baholaydi va bola maktabgacha taʼlim tashkilotida boʻlgan muddat davomida uni psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaga qayta tekshiruvga yuborish zarurati haqidagi masalani koʻrib chiqadi hamda psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya xulosasida koʻrsatilgan bolaning boʻlish muddati tugashidan kamida bir oy oldin bolaning qonuniy vakillarini tarbiyalanuvchining mazkur taʼlim tashkilotida boʻlish muddati tugaganidan xabardor qiladi hamda ushbu tashkilot boʻlishini davom ettirish yuzasidan uni psixologik-tibbiypedagogik komissiyaga tekshiruvga yuboradi.

Inklyuziv maktabgacha taʼlim tashkiloti direktorining malaka tavsiflari va lavozim majburiyatlari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan hamda huquqlari hamda

--⊱⊱ 614 ⊰⊰-- majburiyatlari qonunchilikda, ustavda, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda, shuningdek, mehnat shartnomasida belgilanadi.

Maʼlumki, inklyuziv taʼlim oʻziga xos murakkab jarayon boʻlib, uni boshqarish jarayondagi har bir ishtirokchidan alohida bilim, tajriba, mahorat va madaniyat talab etadi.

Shu oʻrinda quyidagi masalalarga alohida eʼtibor qaratilishi, inklyuziv taʼlim boshqaruvini yanada takomillashtirishga yordam beradi:

Birinchidan, inklyuziv maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktorlari faoliyatini metodik qoʻllab-quvvatlash ishlarini yanada takomillashtirish – maʼlumki, inklyuziv taʼlim Oʻzbekistonda oʻzining ilk tajribalarini toʻplamoqda, shu bilan birgalikda ilgʻor xorijiy tajriba, texnologiya va metodlarning kirib kelishi davom etmoqda. Bunday sharoitda inklyuziv maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktorlari uchun ilmiy va amaliy seminarlar, qisqa muddatli oʻquv kurslari tashkil etish hamda onlayn platformalar orqali inklyuziv taʼlim borasidagi bilim va malakalarini oshirib borish lozim.

Ikkinchidan, Kuzatuv kengashi faoliyatiga hududlardagi Pedagogik mahorat markazlari va oliy taʼlim muassasalarining inklyuziv taʼlim boʻyicha professor-oʻqituvchilari va mutaxassislarini jalb etgan holda, taʼlim tashkiloti faoliyatini ilmiy asoslarda tashkil etish va baholab borish imkoniyatini yaratish ham shular jumlasidandir.

Uchinchidan, inklyuziv taʼlim sifati taʼlim tashkilotining jamoatchilik bilan aloqalari, shu jumladan, ota-onalar bilan hamkorligi sifati bilan uzviy bogʻliqdir. Ota-onalar taʼlim tashkiloti faoliyati va boshqaruvida samarali ishtirok etishlari uchun “Ota-onalar kengashi” jamoatchilik tuzilmasi faoliyatini yangi Nizom, maqsad va vakolatlar asosida tashkil etishni maqsadga muvofiq, deb bilamiz. Mazkur tuzilma taʼlim tashkilotini boshqarish, taʼlim jarayoniga ota-onalarni yanada keng jalb qilish, shuningdek, inklyuziv taʼlimni jamiyatda keng targʻib qilish orqali uni nufuzini oshirishga xizmat qiladi.

Toʻrtinchidan, taʼlim tashkilotidagi psixologik-tibbiy-pedagogik kengashlar tarkibiga ham nafaqat tashkilot mutaxassislarini, balki, viloyat va tuman komissiyalari aʼzolarini, tor doiradagi tibbiy mutaxassislarni maslahatchi sifatida jalb etish zarur boʻladi. Natijada, bolalar bilan olib borilayotgan tibbiy va korreksion ishlarning sifati yanada yaxshilanadi.

Xulosa, sifatida aytganda, inklyuziv maktabgacha taʼlimda boshqaruvni bugungi kun talablari darajasida tashkil etish, normativ-huquqiy bazani izchil takomillashtirish, kadrlar salohiyati va ularning metodik taʼminoti hamda boshqaruvda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish bilan bohliq boʻlib, oʻz navbatida, alohida ilmiy va amaliy tadqiqotlarni talab etadi.

Bu esa inklyuziv taʼlimni yurtimiz sharoitida xalqaro andozalar va xorijiy tajribalar asosiy izchil rivojlantirish va milliy tajribani yanada takomillashtirishga zamin yaratadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Nogironligi boʻlgan shaxslar huquqlarining himoyasi nafaqat adolat masalasi, balki jamiyat

taraqqiyotiga kiritilgan sarmoya ham hisoblanadi. Inson huquqlari boʻycha Oʻzbekiston

Respublikasi Milliy markazi.

--⊱⊱ 615 ⊰⊰--

2. Организация объединенных наций. Инклюзия инвалидов в системе Организации Объединенных Наций. Итоги прогресса за 2019–2024 годы. Доклад Генерального сектаря.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 13.05.2019-yildagi 391-son.

Maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari

toʻgʻrisida. https://lex.uz/docs/4333062#4335918

Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.