ResearcherUz LogoResearcherUz
Dergiyi Görüntüle

MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTLARIDA TARBIYACHILARNING KASBIY MAHORATI VA TAJRIBALARINI TIZIMLI RIVOJLANTIRISH METODIKASI

Özet

Maqolada maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyachilarning kasbga oid mahoratini tizimli rivojlantirishga qaratilgan metodik yondashuvlar tahlil etiladi. Diagnostika, rejalashtirilgan, amaliy oʻqitish, mentorlik hamda monitoring bosqichlari vositasida kaspiy kompetensiyani oshirish mexanizmlari yoritiladi. Jumladan, zamonaviy metodlar hamda raqamli texnologiyalarning tarbiyachi malakasini rivojlantirishdagi oʻrni koʻrib chiqiladi.  


Tam PDF Belgesi

İlgili Makaleler

Tam metin

--⊱⊱ 544 ⊰⊰--

MAHORATI VA TAJRIBALARINI TIZIMLI RIVOJLANTIRISH METODIKASI

Yoʻldosheva Feruzaxon Shavkatjon qizi

Andijon Davlat Pedagogika Instituti

Maktabgacha taʼlim yoʻnalishi

magistranti

Annotatsiya

Maqolada maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyachilarning kasbga oid mahoratini tizimli rivojlantirishga qaratilgan metodik yondashuvlar tahlil etiladi. Diagnostika, rejalashtirilgan, amaliy oʻqitish, mentorlik hamda monitoring bosqichlari vositasida kaspiy kompetensiyani oshirish mexanizmlari yoritiladi. Jumladan, zamonaviy metodlar hamda raqamli texnologiyalarning tarbiyachi malakasini rivojlantirishdagi oʻrni koʻrib chiqiladi.

Kalit soʻzlar: maktabgacha taʼlim, tarbiyachi, kasbiy mahorat, tizimli rivojlantirish, innovatsion metodlar, mentorlik, kompetensiya.

Аннотация. В статье анализируются методические подходы, направленные на системное развитие профессионального мастерства воспитателей в дошкольных образовательных организациях. Раскрываются механизмы повышения профессиональной компетентности посредством этапов диагностики, планового и практического обучения, наставничества и мониторинга. В частности, рассматривается роль современных методов и цифровых технологий в развитии квалификации воспитателей.

Ключевые слова: дошкольное образование, воспитатель, профессиональное мастерство, системное развитие, инновационные методы, наставничество, компетентность.

Abstract. The article analyzes methodological approaches aimed at the systematic development of professional skills among preschool educators. It describes mechanisms for enhancing professional competence through the stages of diagnostics, planned and practical training, mentoring, and monitoring. The role of modern methods and digital technologies in improving educatorsʼ qualifications is also examined.

Keywords: preschool education, educator, professional skills, systematic development, innovative methods, mentoring, competence.

Oʻzbekiston Respublikasida maktabgacha taʼlim tizimini modernizatsiya qilish yuzasidan izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, “Maktabgacha taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”ning qabul qilinishi, Davlar-xususiy sheriklik asosida yangi maktabgacha taʼlim tashkilotlarining ochilishi, raqamli taʼlim platformalarining yoʻlga tarbiyachilardan yuqori malaka, kreativ yondashuv va pedagogik kompetensiyaning muntazam rivojlanishini talab etmoqda[1]. Shuningdek, 2022-yilda qabul qilingan “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaror taʼlim jarayoniga innovatsion texnologiyalarni

--⊱⊱ 545 ⊰⊰-- kiritish, tarbiyachilar malakasini oshirishni tizimli tarzda tashkil etish va xalqaro tajribalardan keng foydalanish vazifalarini belgilab berdi[2]. Ushbu islohotlar fonida tarbiyachilarning kasbiy mahoratini davomiy rivojlantirish, ularni metodik, psixologik va pedagogik jihatdan ragʻbatlantirish zamonaviy maktabgacha taʼlimning ustuvor yoʻnalishlaridan biri sifatida koʻzga tashlanmoqda.

Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim-tarbiya jarayonining samaradorligi eng avval tarbiyachining kasbiy mahorati va amaliy koʻnikmalariga tayanadi. Kasbiy mahorat quyidagi tarkibiy qismlarni qamrab oladi:

*pedagogik va psixologik bilimlar;

*zamonaviy metod va texnologiyalarni qoʻllash koʻnikmalari;

*bolalar individual rivojlanishini tahlil qilish qobiliyati;

*kommunikativ mahorat;

*kreativ masalalarni yechish mahorati.

Zamonaviy taʼlimda tarbiyachi nafaqat bilim beruvchi, balki faollashtiruvchi pedagog, motivator, maslahatchi va nazoratchi sifatida faoliyat yuritishi zarur.

Tarbiyachilarning kasbiy mahoratini tizimli rivojlantirish metodikasi. Tarbiyachilarning kasbiy mahoratini tizimli tarzda rivojantirish – maktabgacha taʼlim jarayonining samaradorligini oshirishda asosiy omil hisoblanadi. Bu jarayon bosqichma-bosqich tashkil etilgan boʻlib, har bir bosqich tarbiyachining professional kompetensiyalarini oshirish, amaliy faoliyatini takomillashtirish hamda zamonaviy pedagogik yondashuvlarga uygʻun ravishda rivojlantirishga qaratiladi1. Tizimli rivojlanishning birinchi bosqichi — diagnostika hisoblanib, bunda tarbiyachining mavjud koʻnikmalari, kuchli va zaif tomonlari, ehtiyojlari va faoliyatdagi kamchiliklari analiz qilinadi. Diagnostika jarayonida pedagogik testlar, kuzatuvlar, suhbatlar, metodik ishlarning tahlili va amaliy mashgʻulotlar natijalari asosiy mezon sifatida ishlaydi2. Bu bosqich tarbiyachining keyingi rivojlanish yoʻnalishlarini belgilashga ilmiy jihatdan asoslaydi.

Ikkinchi bosqich – rejalashtirish bosqichi boʻlib, diagnostika natijalariga tayangan holda shaxsiy rivojlanish rejasi tuziladi. U qisqa muddatli (bir oy yoki chorak) va uzoq muddatli (yarim yil – bir yil) vazifalarni oʻz ichiga oladi. Reja tarbiyachining individual ehtiyojlari, taʼlim tashkilotining rivojlanish strategiyasi hamda zamonaviy pedagogik talablarga koʻra shakllantiriladi[3].

Uchinchi bosqich – amaliy oʻqitish. Tarbiyachi malakasini oshirishning eng aktiv qismidir. Bu jarayonda seminar-treninglar, amaliy master-klasslar, muammoli vaziyatlar tahlili, rolli oʻyinlar, modulli oʻqitish kabi metodlardan keng qoʻllaniladi. Amaliy oʻqitish tarbiyachiga nazariy bilimlarni real pedagogik jarayonda foydalanish, yangi metodikalarni sinab koʻrish va faoliyatda innovatsion yondashuvlarni joriy etish imkonini beradi[4].

Toʻrtinchi bosqich – mentorlik tizimining joriy etilishidir. Mentorlik malakali tarbiyachilar tomonidan yosh mutaxassislarga amaliy yordam berish, kuzatuv darslari oʻtkazish, metodik maslahatlar koʻrsatish, hamkorlikdagi faoliyat orqali tajriba almashishni tatbiq etadi. Bu tizim tarbiyachining kasbiy oʻsishini tezlashtiradi, metodik madaniyatini shakllantiradi va oʻz-oʻzini rivojlantirishga ragʻbat beradi[5].

Beshinchi bosqich – monitoring va refleksiya bosqichidan iborat. Bu jarayon tarbiyachining rivojlanish koʻrsatkichini muntazam baholashni oʻz ichiga oladi. Tarbiyachi oʻz faoliyati davridagi yutuq va muammolarni tahlil qiladi, yutuqlar portfeli (portfolio) yuritadi, natijalar asosida yangi maqsadlarni amalga oshiradi. Monitoring tizimi tarbiyachining kasbiy rivojlanishini nazorat qilish, rejalashtirilgan koʻnikma va kompetensiyalarning qay darajada shakllanganini aniqlashda yordam beradi[6].

--⊱⊱ 546 ⊰⊰--

Zamonaviy maktabgacha taʼlim sharoitida tarbiyachilar kasbiy rivojlanishida innovatsion metodlar va raqamli texnologiyalarning ahamiyati sezilarli darajada yuksakdir. Modulli oʻqitish tarbiyachining ehtiyojiga uygʻunlashtirilgan oʻquv bloklarini tanlash imkonini beradi; raqamli taʼlim platformalari – videodarslar, LMS tizimlari, onlayn kurslar – mustaqil taʼlimni tezkor va osonlashtiradi; STEAM yondashuvi ijodkorlik va mantiqiy fikrlashni oʻstiradi; loyiha asosida oʻqitish tarbiyachining tashabbuskorligini oshiradi; portfolio metodikasi oʻsish jarayonini hujjatlashtirishga zamin yaratadi[7]. Umuman olganda, raqamli texnologiyalarning rivojlanishi kasbiy rivojlanish jarayonini samarali va zamonaviy talablarga mos qiladi.

Tarbiyachilarning kasbiy rivojida hamkorlik va tajriba almashish jarayonlari alohida ahamiyatga ega. Pedagoglar oʻzora bir-biri bilan muloqotda boʻlishi, tajriba va metodik yutuqlarni boʻlishish faqat ularning amaliy koʻnikmalarini boyitish emas, balki taʼlim-tarbiya jarayoniga yangicha yondashuvlarni tatbiq etish imkonini ham beradi. Metodik birlashmalar faoliyatida muntazam qatnashish, ochiq mashgʻulotlar tashkil etish va ularda kuzatuvchi sifatida ishtirok etish tarbiyachilarga oʻz faoliyatini tahlil qilish, zamonaviy metodikalarni amalda koʻrish va oʻz ustida ishlash kerakligini chuqur anglashga yordam beradi. Shuningdek, amaliy seminarlarda qatnashish, hududiy, respublika va xalqaro miqyosdagi konferensiyalarda ishtirok etish tarbiyachilarning ilmiypedagogik dunyoqarashini ochadi, ular uchun global tajribalarni oʻrganish va oʻz amaliyotiga moslashtirish imkonini yaratadi. Bunday ilmiy-amaliy maydonlar pedagogning innovatsion fikrlashini shakllantiradi, kasbiy rivojlanish surʼatlarini jadallashtiradi hamda fanga asoslangan yondashuvlarni qoʻllashga undaydi.

Mentorlik faoliyati esa ayniqsa yangi ish boshlagan pedagoglar uchun muhim ahamiyatga ega boʻlib, ularning kasbiy moslashuv davrini sezilarli darajada osonlashtiradi. Malakali mentorlar tomonidan beriladigan metodik yoʻl-yoʻriqlar, kuzatuv darslari, konstruktiv fikr-mulohazalar va amaliy koʻrsatmalar yangi faoliyat boshlagan tarbiyachilarning oʻziga boʻlgan ishonchini oshiradi, faoliyatdagi xatolarni kamaytiradi va pedagogik madaniyatni shakllantirishga asos boʻladi.

Maktabgacha taʼlim sifatini oshirish tarbiyachilarning kasbiy mahoratiga bevosita bogʻliq boʻlib, ularning malakasini tizimli rivojlantirish bugungi taʼlim siyosatining asosiy vazifalarida biridir. Tizimli metodika diagnostika, rejalashtirish, amaliy oʻqitish, mentorlik, monitoring va refleksiya bosqichlari orqali tarbiyachining kompetensiyalarini uzluksiz rivojlantiradi. Raqamli texnologiyalar va innovatsion yondashuvlarning keng qoʻllanilishi esa kasbiy oʻsish jarayonini yanada samarador qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha taʼlim tizimini 2030-yilgacha

rivojlantirish konsepsiyasi” PQ–4312.

2. B. Qodirova, Maktabgacha taʼlim metodikasi asoslari. – Toshkent: 2021.

3. X. Yoʻldosheva, Tarbiyachi pedagogning kasbiy kompetensiyasi. – Ilmiy- amaliy jurnal,

2022.

4. A. Abdullayeva, Zamonaviy pedagogik texnologiyalar. – T.: Fan, 2020.

5. Maktabgacha taʼlim vazirligi metodik tavsiyalari, 2022.

6. T. Usmonova, Pedagogik monitoring va refleksiya. – T., 2020.

7. STEAM yondashuvi boʻyicha metodik qoʻllanma. – Toshkent, 2021.

Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.