ResearcherUz LogoResearcherUz
Dergiyi Görüntüle

MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTLARINI 2030 YILGACHA RIVOJLANTIRISH KONSEPSIYASINING MAQSADLARI VA VAZIFALARI

Özet

Maqolada maktabgacha taʼlim tizimni 2030 yilgacha rivojlantirishning istiqbollari ilmiy jihatdan tahlil qilingan boʻlib, ushbu vazifalarni Konsepsiya doirasida bosqichma-bosqich amalga oshirish yoʻllari koʻrsatib berilgan.


Tam PDF Belgesi

İlgili Makaleler

Tam metin

--⊱⊱ 126 ⊰⊰--

KONSEPSIYASINING MAQSADLARI VA VAZIFALARI

Turanova Umida Muxirboevna

Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani 9-

DMTT derektori oʻrinbosari

Aliyeva Zuhra Alisher qizi

Andijon viloyati, Andijon shaxar

18-DMTT direktori oʻrinbosari

Annotatsiya

Maqolada maktabgacha taʼlim tizimni 2030 yilgacha rivojlantirishning istiqbollari ilmiy jihatdan tahlil qilingan boʻlib, ushbu vazifalarni Konsepsiya doirasida bosqichma-bosqich amalga oshirish yoʻllari koʻrsatib berilgan.

Kalit soʻzlar: Konsepsiya, Maqsadli koʻrsatkichlar, Davlat-xususiy sheriklik, Inklyuziv taʼlim

GOALS AND TASKS OF THE CONCEPT FOR THE DEVELOPMENT OF

PRESCHOOL EDUCATIONAL ORGANIZATIONS UNTIL 2030

Annotation

The article scientifically analyzes the prospects for the development of the preschool education system until 2030 and shows ways to gradually implement these tasks within the framework of the Concept.

Keywords: Concept, Target indicators, Public-private partnership, Inclusive education.

Oʻzbekistonda bugungi kunga kelib 17 mingdan ortiq maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyat koʻrsatmoqda. 2021 yilda Maktabgacha taʼlim tizimga bolalar qamrovini 65 foizga yetkazdi. 2024 yilda birinchi choragida bu koʻrsatkich 78 chiqdi. Shuningdek, 85,2 foiz 6 yoshli bolalarni majburiy 1 yillik taʼlim bilan qamrab olish rejalashtirilgan.

Maʼlumki, Maktabgacha taʼlim vazirligi tashkil etilmasdan avval tizimda zamonaviy dasturlar joriy etilmagan, bolalarni maktabga tayyorlash boʻyicha muqobil, moslashuvchan modellar yetarli darajada rivojlanmagan. Taraqqiy etgan mamlakatlardagi kabi bolalarni ijtimoiy, shaxsiy, hissiy, nutqiy, matematik, jismoniy va ijodiy rivojlantirish, atrof-muhit bilan tanishuvga yoʻnaltirilgan maxsus davlat taʼlim dasturlari tatbiq qilinmagan edi. Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlarning aksariyati oʻrta maxsus maʼlumotga ega boʻlib, bolalarni maktab taʼlimiga talab darajasida tayyorlash imkonini bermas edi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 maydagi «Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi qarori misolida koʻrsak, mazkur konsepsiya maktabgacha taʼlim tizimini yanada takomillashtirish, bolalarning sifatli maktabgacha taʼlimdan teng foydalanishini taʼminlash, maktabgacha taʼlim xizmatlarini rivojlantirish, bir soʻz bilan aytganda, maktabgacha taʼlim tizimini rivojlantirishning maqsadli vazifalarini qamrab olgan boʻlib, jarayonning ustuvorliklari va bosqichlarini belgilab beradi.

--⊱⊱ 127 ⊰⊰--

Amalga oshirilayotgan islohotlarning, avvalo, maktabgacha taʼlim va tarbiya sohasidan boshlanishi globallashuv jarayonida bolalar tarbiyasida eng asosiy boʻgʻin hisoblangan maktabgacha taʼlim tizimining jamiyatimiz hayotidagi oʻrni va ahamiyati beqiyosligini nazarda tutadi.

Shuningdek, bugun yirik shaharlarimizdan tortib, chekka tumanlar, qishloq va ovullarimizda yangi-yangi zamonaviy bogʻchalar barpo etilyapti. Qisqa vaqt, yaʼni 7 yil ichida respublikamizda bogʻchalar soni 3 barobar oshib, bogʻcha yoshidagi bolalarni qamrab olish darajasi 27 foizdan 78 foizga yetgani ana shunday amaliy harakatlarimiz natijasidir.

Sohaga davlat-xususiy sheriklik mexanizmi joriy etilishi tufayli 223 mingdan ortiq oʻringa ega boʻlgan 7 ming 400 ta xususiy bogʻcha tashkil qilindi. Bu maqsadlar uchun 1 trillion 850 milliard soʻm imtiyozli kredit mablagʻlari yoʻnaltirilib, 20 mingga yaqin yangi ish oʻrni yaratildi.

Taʼlim sohasini isloh qilish bugun hukumatimiz diqqat eʼtiborida turgan dolzarb sohalardan biri, desak mubolagʻa boʻlmaydi. Soʻnggi yillarda maktabgacha taʼlim tizimini isloh qilish va rivojlantirishga qaratilgan qonunlar, qarorlar qabul qilinib, amaliyotga joriy etilmoqda.

Konsepsiya tasdiqlangandan soʻng oʻtgan bir yildan ortiq vaqt mobaynida maktabgacha taʼlim tizimida yangi Qonun qabul qilindi, yangi loyihalar, islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirilib kelinmoqda. Xususan, 2019 yilda «Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi.

Mazkur Qonunda maktabgacha taʼlim va tarbiyaning asosiy tamoyillari, ushbu sohadagi davlat siyosati yoʻnalishlari, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, egaligida maktabgacha taʼlim tashkilotlari boʻlgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlari belgilangan.

Qayd etilgan Konsepsiyada 2030 yilgacha 3-7 yoshdagi bolalarning 80,8 foizini maktabgacha taʼlim bilan qamrab olinishining taʼminlanishi koʻzda tutilgan. Xususan, 2022 yilda yangi maktabgacha taʼlim tashkilotlari binolarini qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish, bir paytlar bogʻcha boʻlgan binolarni qayta Maktabgacha taʼlim vazirligi hisobiga qaytarish, maktabgacha taʼlimning muqobil shakllarini joriy etish kabi chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

2021 yilgi dasturlarga muvofiq 35 ta obʼekt qurib bitkazilish, 129 ta boʻsh inshoot foydalanishga topshirilish va 261 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti taʼmirlanish ishlari oxiriga yetdi. Bu esa qoʻshimcha yangi 32,7 ming oʻrinlarni yaratadi.

Maktabgacha taʼlimda xususiy sektorni ragʻbatlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Shu tariqa, 2020-2021 yillarda Maktabgacha taʼlim vazirligi umumiy qiymati 4,89 trln. soʻmga teng Davlat-xususiy sheriklik haqidagi shartnomalarni imzoladi (ulardan 1,1 trln. soʻmi tadbirkorlar hisobidan ajratilgan boʻlsa, 3,8 trln. soʻmi - imtiyozli kreditlar hisobiga toʻgʻri keldi). Foydalanishga topshirilishi kutilayotgan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari quvvati 147,9 ming oʻringa teng. 2021 yilda yana 2 mingta oilaviy va 420 ta davlat-xususiy sheriklik doirasidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari ochildi.

Maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun pedagog va boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va salohiyatini oshirish borasida hamda ijobiy oʻzgarishlar kuzatilmoqda.

Maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish ham Konsepsiyaning asosiy yoʻnalishlaridan biridir.

--⊱⊱ 128 ⊰⊰-- Mazkur tizimda innovatsiyalarni, ilgʻor pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish maqsadida maktabgacha taʼlim tashkilotlarini kompyuterlar bilan taʼminlash, internet tarmogʻiga ulanishi bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Maktabgacha taʼlimda tarbiya samaradorligini oshirish yuzasidan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim-tarbiyada axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni yanada takomillashtirish mavzusida tuman (shahar) Maktabgacha taʼlim boʻlimlari tomonidan oʻquvseminarlar, tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Ushbu tadbirlarda “OPEN EMIS” tizimidagi xato kamchiliklarni tuzatish boʻyicha amaliy koʻnikmalar berilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi maktabgacha taʼlim sohasini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan dasturlar va kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun asos boʻladi. Hujjat malakali pedagogik kadrlarining yetishmovchiligi, davlat MTTlarining toʻlib ketganligi, moddiy-texnik holatining nomuvofiqligi, hamda davlat MTTlarining oʻquv-metodik materiallari bilan past darajada taʼminlanganligi muammolarining hal etilishini nazarda tutadi.

Qabul qilingan maktabgacha taʼlim tizimini rivojlantirish konsepsiyasi tengi yoʻq hisoblanadi: birinchidan, mazkur hujjatda erishilgan natijalarning oʻlchanishini taʼminlaydigan aniq, maqsadli koʻrsatkichlar belgilangan. Xususan, 2030 yilgacha maktabgacha taʼlim bilan qamrab olingan bolalar miqdorini joriy 38,1 foizdan 80,8 foizgacha orttirish vazifasi qoʻyilgan. Shu bilan birga, MTV tomonidan taʼlim tashkilotlari quvvatlarining kuchaytirilishi davom ettiriladi: 2021 yilga kelib oʻrinlar miqdori yangi MTTlarni ochish hisobiga 56,8% ga (2030 yilga kelib - 132,3% ga) ortadi, hamda davlat-xususiy sherikligi va respublikaning chekka tumanlari uchun aktual boʻlgan muqobil maktabgacha taʼlim shakllari rivojlantiriladi. Keyingi yillarda pedagogik va boshqaruv kadrlariga alohida eʼtibor qaratiladi. Ishlar ikki yoʻnalishda olib boriladi: pedagoglar miqdorini orttirish va maktabgacha taʼlim tizimi xodimlarini tayyorlashda, qayta tayyorlashda, malakasini oshirishda va rivojlantirishda yangi yondashuvlarni tatbiq etish. Konsepsiya bilan belgilangan maqsadli koʻrsatkichlar respublika miqyosidan viloyat, tuman va shahar darajasigacha tushadi, hamda ushbu natijalarga erishish uchun qay miqdorda pul mablagʻlarining zarurligi toʻgʻrisidagi hisob-kitoblar bilan asoslanadi.

Qabul qilingan Konsepsiyaga koʻra maktabgacha taʼlim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari quyidagilardir:

- maktabgacha taʼlim sohasidagi meʼyoriy-huquqiy bazani yanada takomillashtirish (Maktabgacha taʼlimning davlat standartini ishlab chiqish, MTT tarbiyalanuvchilarini moddiy resurslar, oziq-ovqat mahsulotlari, dori vositalari bilan taʼminlash normativlarini tasdiqlash, muqobil maktabgacha taʼlim shakllarini amalga oshirish tartibini ishlab chiqish);

- maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratish (“Birinchi qadam” davlat dasturini va inklyuziv taʼlimni keng miqyosda tatbiq etish, oʻquv materiallarini ishlab chiqish, maktabgacha va boshlangʻich taʼlimning bogʻliqliligini taʼminlash);

- qamrovni orttirish, bolalarning sifatli maktabgacha taʼlim olishlari uchun teng huquqlikni taʼminlash, davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish (yangi MTTlarni qurish va eskilarini rekonstruksiya qilish, bepul bir yillik maktabga tayyogarlikni keng miqyosda tatbiq etish, muqobil maktabgacha taʼlim shakllarini rivojlantirish, respublikadagi barcha MTTlarni kommunal xizmatlar bilan bosqichma-bosqich taʼminlash);

--⊱⊱ 129 ⊰⊰--

- innovatsiyalarni, ilgʻor pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni tatbiq etish (axborot maʼlumotlar bazasini va multimedia mahsulotlarini ishlab chiqish, uy taʼlimi va otaonalarning maʼlumot olishi uchun raqamli taʼlim resurslarini tatbiq etish, respublikaning barcha MTTlarini kompyuterlar bilan taʼminlanishini va Internet tarmogʻiga ulanishini bosqichma-bosqich amalga oshirish);

- maktabgacha taʼlimni boshqarish tizimini takomillashtirish, moliyalashtirishning shaffofligini va samaradorligini taʼminlash (samarali monitoring mexanizmlarni yaratish, manfaatdor shaxslarga maʼlumotlarni taqdim etish, muomalalar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, chet el investitsiyalarini va grantlarini jalb qilish, meʼyoriy kishi boshiga moliyalashtirishni birin-ketin tatbiq etish);

- kadrlarni tanlashda va rivojlantirishda yangi yondashuvlarni tatbiq etish (xalqaro taʼlim standartlarini tatbiq etish, chet el ekspertlarini jalb qilish va chet elga tajriba orttirish safarlarini tashkil etish, xodimlar faoliyatining samaradorligini baholash mezonlarini ishlab chiqish, kadrlarni moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash dasturlarini ishlab chiqish);

- MTTlarda bolalarning sogʻlom va muvozanatli ovqatlanishini, sifatli tibbiy parvarish bilan taʼminlash (MTTlarni mahsulotlar bilan taʼminlanishining markazlashtirilgan monitoring tizimini yaratish, autsorsing shartlari asosida maxsuslashtirilgan korxonalarni jalb qilish, alohida ehtiyojlari boʻlgan bolalarga kompleks yordamni takomillashtirish).

Xulosa oʻrnida aytish mumkinki Konsepsiya 2030 yilgacha bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan har yili 1 dekabrga qadar oʻtayotgan yilning natijalarini oʻrganib chiqish asosida keyingi yil uchun “Yoʻl xaritasi” ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.

Foydalanilgan adbiyotlar

11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 mayda PQ-4312-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Qarori.

12. «Ilk Qadam » davlat dasturi. - T., 2018.

13. Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan Davlat dasturlari. - T., 2018.

Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.