--⊱⊱ 75 ⊰⊰--
KOMPETENSIYALARNI TADBIQ ETISH
Hamdamova Manzura Zuvaydillayevna.
“Antik dunyo” xalqaro akademiyasining professori,
Toshkent viloyati pedagogik mahorat markazi,
“Pedagogika, psixologiya va taʼlim texnologiyalari”
kafedrasining professori
ANNOTATSIYA
Ushbu ilmiy-nazariy va amaliy ahamiyatga ega boʻlgan maqola, oʻzining kasbiy malakasini oshirishib boruvchi maktabgacha taʼlim muassasalari tizimida faoliyat olib borayotgan xodimlarga moʻljallangan boʻlib, global kompetensiyalarni bu boradagi bilimlarni amaliyotga tatbiq etishda, milliy qadriyatlar asosida umuminsoniy fazilatlarni va taʼlimiy tamoyillarni rivojlantiruvchi metodlardan foydalanishi mumkin.
Kalit soʻzlar: taʼlim-tarbiya, ilm-fan, konsepsiya, kompetensiya, maktabgacha taʼlim, insonparvarlik, milliy qadriyatlar, metod, rivojlantirish.
АННОТATSIЯ
Данная статья, имеющая научное, теоретическое и практическое значение, предназначена для работников системы дошкольных образовательных учреждений, повышающих свою профессиональную квалификatsiю и умеющих использовать методы, развивающие общечеловеческие качества и принципы воспитания, основанные на нatsiональных ценностях, применять знания глобальных компетенций в данной сфере. Ключевые слова: образование, наука, концепция, компетентность, дошкольное образование, гуманизм, нatsiональные ценности, метод, развитие.
ANNOTATION
This article, which has scientific, theoretical and practical significance, is intended for employees working in the system of preschool educational institutions who are improving their professional skills and can use methods that develop universal human qualities and educational principles based on national values, in applying knowledge of global competencies in this area.
Key words: education, science, concept, competence, preschool education, humanitarianism, national values, method, development.
Taʼlim va tarbiya jarayoni har bir inson hayotida hal qiluvchi rol oʻynaydi. Bu jarayonlarning muvaffaqiyatli kechishi yoshga oid psixologik xususiyatlar va shaxsiy taraqqiyot qonuniyatlarini chuqur bilishga bogʻliqdir. Shu jihatdan, yosh va pedagogika psixologiya fanlari taʼlim-tarbiya tizimining ilmiy asoslari boʻlib xizmat qiladi. Bu esa maktablarda fanlar orqali oʻquvchilarning bilish faoliyatini oʻrgatsa, maktabgacha taʼlim tashkilotlarida mashgʻulotlarni ilk oʻrgatish davrida bolalarni emotsional rivojlanishi, motivatsiyasi, shaxslararo munosabatlari va ijtimoiy moslashuv jarayonlarini chuqur oʻrganiladi. Bu jihatlarni amaliyotga tatbiq etish jarayonida uzluksiz taʼlim konsepsiyasiga amal qilish muhimdir.
Chunki, taʼlim tizimi uzviyligi va uzluksizligini taʼminlash konsepsiyasi maktabgacha taʼlim va tarbiya, umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasbiy va oliy taʼlim turlari taʼlim dasturlarini ishlab chiqishda eʼtiborga olinishi lozim boʻlgan asosiy koʻnikma va qadriyatlar tarkibini, shuningdek, taʼlimdagi uzviylik va uzluksizlikning maqsadi, vazifalari, prinsiplari hamda ustuvor yoʻnalishlarini belgilaydi. Konsepsiya — islohotlar, dasturlar, loyihalar va rejalarni amalga oshirishda harakatlar strategiyasini belgilaydigan tushuncha. Konsepsiya fan yoʻnalishlari oʻrtasida oʻzaro integratsiyani, uzviylik va uzluksizlikni, taʼlim oluvchilarda shakllanishi lozim boʻlgan bilim, koʻnikma,
--⊱⊱ 76 ⊰⊰-- qadriyatlarni rivojlantirishga, oʻquv dasturlari mazmunini milliy hamda xalqaro talablar asosida takomillashtirishga qaratilgan. Kompetensiya esa — bu shaxsning muayyan faoliyat turini samarali amalga oshirish uchun zarur boʻlgan bilim, koʻnikma, malakalar va shaxsiy sifatlar majmuasidir. Ana shu majmuani amaliyotga tatbiq etish maqsadida qator Farmonlar qabul qilingan. Masalan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktyabrdagi PF-5847-son “Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi, 2020-yil 29-oktyabrdagi “Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-6097-son, 2022-yil 28-yanvardagi “2022–2026-yillarga moʻljallangan yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-60-son Farmonlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 4-iyuldagi “Maʼmuriy islohotlar doirasida oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ200-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlashni maktabgacha taʼlim tizimidan boshlash ayni muddaodir!
birinchidan, erkin fikrlovchi shaxsni, mamlakat istiqbolini oʻz kelajagi bilan uygʻun koʻradigan, ijtimoiy-siyosiy hayotda ongli ravishda ishtirok etish qobiliyatiga ega boʻlgan, ijtimoiy jarayonlarda faol qatnashadigan avlodni shakllantirish uchun imkoniyat yaratish;
ikkinchidan, mamlakatimizda fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qurish jarayoni bilan bogʻliq holda siyosiy va huquqiy madaniyatni shakllantirish, shaxsning ichki dunyosini rivojlantirish asosida ijtimoiy qadriyatlarni va munosabatlarni shakllantirish;
uchinchidan, taʼlim, tarbiya va ilm-fan taraqqiyotini taʼminlash orqali ijtimoiy, gʻoyaviy, mafkuraviy barqarorlikni, tinchlikni taʼminlashga erishish. Mazkur vazifalar davlat va jamiyat taraqqiyotining istiqboli bilan bogʻliq murakkab jarayondir.
Bugungi globallashuv jarayonlari davrida barcha davlat tuzilmalari va jamoat tashkilotlari, shu jumladan uzluksiz taʼlim tizimining doimiy eʼtiborida boʻlishini taqozo etadi. Koʻrsatib oʻtilgan vazifalarning amaliyoti quyidagilardan iborat:
- birinchidan, kadrlarni tarbiyalash jarayonida umuminsoniy tamoyillar ustuvorligini eʼtirof etgan holda xalqimiz milliy mentaliteti, sharqona jamoaviylik tamoyillari asosida milliy tarbiyaning ustuvorligi va shaxsni har tomonlama rivojlantirishni taʼminlash;
- ikkinchidan, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligi, uni amalga oshirish mexanizmlarini tubdan oʻzgartirish, muayyan maqsadga qaratilgan maʼnaviy tarbiyaning uzluksizligi, tizimliligini taʼminlash;
- uchinchidan, taʼlim jarayonini yanada insonparvarlashtirish, ijtimoiylashtirish, demokratlashtirish va erkinlashtirish jarayonini amalga oshirishda xalqaro hamda milliy tajribalarning uygʻunligini taʼminlashga erishish; - toʻrtinchidan, fan, texnika va texnologiyaning hozirgi zamon yutuqlari talablariga mos, xalqimizning boy maʼnaviy-tarixiy merosini hisobga olgan holda taʼlim-tarbiya mazmunini takomillashtirish;
- beshinchidan, global tahdidlarga faqat ilm-fan va taʼlim tizimi yordamida javob qaytarish mumkin. Boshqacha aytganda, jaholatni maʼrifat bilan yengish va unga qarshi kurashish mumkinligi tobora oydinlashib bormoqda.
Buning uchun esa milliy gʻoya asosida yosh avlodni maʼnaviy-axloqiy tarbiyalash, ularda vatanparvarlik, millatparvarlik, xalqparvarlik kabi bir qator tamoyil va omillarga alohida eʼtibor qaratish maqsadga muvofiq.
Yuqorida sanab oʻtilgan omillarni maktabgacha taʼlim tashkilotlaridan boshlash, milliy qadriyatlarni shakllantirish, maktabda taʼlim samaradorligini oshirishga yordam beradi. Taʼlimning sifati jamiyatni rivojlantiruvchi omil va uni harakatlantiruvchi kuch hisoblanadi. Taʼlim qashshoqlik,
--⊱⊱ 77 ⊰⊰-- muhtojlik, ijtimoiy tengsizlikka qarshi kurashishda amaliy vosita sifatida xizmat qiladi. Taʼlim dunyoqarashni shakllantirish, insonning turmush tarzini tanlashi va yaxshilanishini kengaytirishga yordam beradi, inson va jamiyat hayoti hamda faoliyatining turli jihatlariga taʼsir koʻrsatish mexanizmiga aylanadi.
Maktabgacha taʼlim tashkilotlarini moddiy-texnik jihozlash, rivojlantiruvchi xavfsiz muhitni yaratish bolalarda erta yoshdan atrof-muhitni kuzatishi va anglashi, bolaning tayanch kompetensiyalari va rivojlanish sohalari kompetensiyalarini shakllantirish uchun shart-sharoitlarni yaratadi. Turli guruhlarda bolalar yosh xususiyatini inobatga olgan holda beshta asosiy rivojlanish markazlari har xil oʻquv-metodik majmualar, koʻrgazmali va didaktik materiallar, multimedia vositalari, zamonaviy oʻyin toʻplamlari bilan jihozlanadi.
Guruhda bolalarning manfaatlari va ehtiyojlari, guruhning boʻsh makoni va tashkilotning moddiy-texnik imkoniyatlariga koʻra boshqa rivojlanish markazlarini ham tashkil etish mumkin. Bunday markazlar vaqtinchalik yoki faqat bolalar faoliyatining maxsus turlari (qum va suv, pazandachilik, musiqa markazi) uchun tashkil etilishi mumkin. Bolalar faoliyatining muayyan amaliy turlari uchun imkoniyat yaratishda suv oʻyinlari va tajribalar, loydan pirog va boshqa narsalar yasash, yogʻochdan narsalar yasash, qoʻgʻirchoqlarni yotqizish kabi amaliy mashgʻulotlar oʻtkaziladi. Shuningdek, ularga syujetli-rolli oʻyin, rasm chizish, rasmga olish, tildan foydalanish va qurilish bloklari kabi yangi tajribalarni mavjud tizimga integratsiya qilish va amalda qoʻllash uchun turli usullardan foydalaniladi.Shu bilan birga, bolalar yoshiga mos xavfsiz, ergonomik, ekologik toza mebel, jihozlar bilan taʼminlash talab etiladi.
Maktabgacha taʼlim tashkilotining interyeri va hududiy infratuzilmasi bolaning rivojlanishi, atrof-muhitni kuzatish orqali taʼlim va maʼlumot olish manbai sifatida xizmat qilishi lozim. Binolarning ichki dizayni bolalar yoshiga mos ravishda tabiatga yaqin yorqin ranglar, tabiiy shakllar va materiallardan foydalangan holda shakllantirilishi kerak. Devorlar bolalarning dunyoqarashini kengaytiruvchi vizual axborotlar, fasllar, hayvonot va oʻsimliklar olami aks ettirilgan koʻrgazmali elementlar bilan bezatilishi tavsiya etiladi.
Har bir mashgʻulot (guruh) xonasi bolalarning erkin harakatlanishi, mustaqil oʻynashi, ijod qilishi va tajriba oʻtkazishga undashi lozim. Jihozlar ergonomik va modulli boʻlib, sanitariyagigiyena qoidalariga toʻliq javob berishi lozim. Hovli hududidagi oʻyin maydonchalari milliy qadriyat va anʼanalarga asoslangan tabiat manzaralari aks etgan, turli tabiiy elementlar bilan boyitilgan boʻlishi lozim. Hovlidagi yozgi ayvonchalar himoya devorlari bilan xavfsiz qilib oʻralgan, yoʻlaklar, dam olish, oʻyin maydonchalari bolalar yoshiga mos ertak qahramonlari haykalchalari bilan jihozlanishi hamda qum maydoni, quyosh va soya balansini taʼminlovchi soyabonlar boʻlishi lozim. Shu bilan birga, maktabgacha taʼlim tashkilotlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, raqamli ekranlar, maktabgacha taʼlimning davlat taʼlim dasturi doirasida ishlab chiqilgan elektron resurslar, audiovizual kontentlardan samarali foydalanish mumkin.
Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun inklyuziv taʼlim guruhlari tashkil etilishi hamda ular moslashtirilgan zarur jihozlar bilan taʼminlanishi lozim. Mashgʻulot (guruh) xonalarida maxsus pedagog xizmat faoliyatini olib borishi har bir bola ishtirok eta oladigan muhit yaratilishi va barcha jarayonlarda inklyuziv yondashuv saqlanishi lozim. Zaruratga koʻra, bola rivojlanishining individual xususiyatlarini hisobga olgan holda, inklyuziv yoʻnalishda bolaning yakka tartibdagi moslashtirilgan rejasi ishlab chiqiladi. Bunda, alohida taʼlim olish ehtiyojlari boʻlgan har bir bolaning taʼlim olishi, rivojlanishi, ishtiroki va farovonligi uchun barcha mumkin boʻlgan toʻsiqlarni bartaraf etadigan rivojlantiruvchi taʼlim muhiti va oʻqitish usullarini moslashtirish zarur.
--⊱⊱ 78 ⊰⊰--
Umuman, muayyan bir mamlakat doirasidagi taʼlim jarayonini isloh etishning har qaysi modeli universal darajaga koʻtarilishga daʼvo qilishi mumkin emas. Oʻzbekistonda taʼlim tizimini isloh etish dasturini joriy etish boʻyicha amalga oshirilgan va amalga oshirilayotgan barcha ishlar, birinchi navbatda, mamlakatimizning uzoq muddatli manfaatlari, hozirgi rivojlanish bosqichining mavjud holati va xususiyatlariga javob beradi. Xulosa qilib aytganda, mamlakatimiz taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning pirovard maqsadi har tomonlama shakllangan intellektual kadrlarni tayyorlash, davlat va jamiyat taraqqiyotini yanada yuksaltirish va Oʻzbekistonning xalqaro nufuzini oshirish bilan bogʻliq ishlarni yanada takomillashtirishdan iboratdir. Yuqorida keltirilgan statistik maʼlumotlar va tatbiq etilishi lozim boʻlgan tavsiyalar jamiyat taraqqiyotini koʻproq inson maʼnaviy omili bilan bogʻliq ekanligini koʻrsatadi. Oʻzbekiston bu borada erishgan yutuqlarning asosiy mezoni ham inson omiliga alohida eʼtibor qaratilganligi bilan uzviy bogʻliqdir. Ayniqsa, inson omili, milliy qadriyatlar taʼlim va ilm-fan tadqiqotlari uchun investitsiyalar, taʼlim rivojiga qaratilgan davlat xarajatlarining darajasi, umuman, taʼlim tizimining holati Oʻzbekiston ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti va innovatsion salohiyatining eng kuchli tomonlaridan biri ekanini alohida taʼkidlash lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati: 1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022–2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-60-son Farmoni. 2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi 1059-son “Uzluksiz maʼnaviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori. 3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktyabrdagi PF-5847-son “Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”. 4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-oktyabrdagi “Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-6097-son. 5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022–2026-yillarga moʻljallangan yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-60-son Farmonlari. 6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 4-iyuldagi “Maʼmuriy islohotlar doirasida oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-200-son qarori. 7. . Valiyeva F.R., Sharipova G.N. Innovative technologies in improving the management of preschool educational organizations//International Journal of Early Childhood Special Education
(INT-JECSE) DOI:10.9756/INTJECSE/V14I5.94 ISSN: 1308-5581 Vol 14, Issue 05 2022
8. Abdullayeva N.Sh. Leader competency and its specific characteristics in managing the school education system// American Journal Of Social Sciences And Humanity Research eISSN:2771- 2141Pages:152-158|Crossref DOI:https://doi.org/10.37547/ajsshr/Volume04Issue02-23 Published Date: 2024-02-29http://theusajournals.com/index.php/ajsshr/article/view/2548 9. Abdullayeva N.Sh. Improving the preschool education system on the basis of cluster technologies// Turkish Journal of Physiotherapy and Rehabilitation, B. 36872-36886 2021 y
Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.