ResearcherUz LogoResearcherUz
Dergiyi Görüntüle

MAKTABGACHA TAʼLIM TIZIMINI ISLOH QILISH: KADRLAR SIYOSATI

Özet

Maqolda maktabgacha taʼlim tizimidagi muammolar ilmiy nazariy jihatdan tahlil qilinib asoslab berildi. Shuningdek tizimdagi mavjud muammolardan kadrlar borasida yechimini kutayotgan masallar ham oʻrganildi va tahlil qilib berildi. Maqolada sohadagi mavjud muammolar atroflicha yoritildi. Oʻrganildi hamda ilmiy faktlar bilan qiyosiy koʻrinishda tahlil qilindi.


Tam PDF Belgesi

İlgili Makaleler

Tam metin

--⊱⊱ 405 ⊰⊰--

MAKTABGACHA TAʼLIM TIZIMINI ISLOH QILISH: KADRLAR SIYOSATI

Ermanova Maʼmura Muhammadiyevna

Toshkent viloyati Ohangaron tumani

14-DMTT direktor oʻrinbosari

Tajimuratova Indira Kaunishbaevna

Qoraqalpogʻiston respublikasi Nukus

shaxri“Imkon”KTIDMTTdirektori

oʻrinbosari

Annotatsiya

Maqolda maktabgacha taʼlim tizimidagi muammolar ilmiy nazariy jihatdan tahlil qilinib asoslab berildi. Shuningdek tizimdagi mavjud muammolardan kadrlar borasida yechimini kutayotgan masallar ham oʻrganildi va tahlil qilib berildi. Maqolada sohadagi mavjud muammolar atroflicha yoritildi. Oʻrganildi hamda ilmiy faktlar bilan qiyosiy koʻrinishda tahlil qilindi.

Kalit soʻzlar: Ilk Qadam, Pedagogik kompetensiya, Pedagogik mahorat, Taʼlim-tarbiya, Kadrlar muammosi.

REFORMING THE PRESCHOOL EDUCATION SYSTEM: PERSONNEL POLICY

Annotation

The article analyzes and substantiates the problems in the preschool education system from a scientific and theoretical perspective. Also, the problems in the system that are waiting for a solution in terms of personnel were studied and analyzed. The article comprehensively covers the existing problems in the field. They were studied and analyzed in a comparative manner with scientific facts.

Keywords: First Step, Pedagogical competence, Pedagogical skills, Education, Personnel problems.

Maktabgacha taʼlim sohasida misli koʻrilmagan oʻzgarishlarni bugun har bir yurtdoshimiz sezib, kuzatib turibdi. Taʼlimning poydevori hisoblangan maktabgacha taʼlim tizimiga davlat tomonidan bu qadar tizimli va bir-birini toʻldiruvchi eʼtibor hamda amaliy yordam kuzatilmagan, desak mubolagʻa boʻlmaydi.

Sohada yigʻilib qolgan muammolarni hal etish va 3 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalarning toʻlaqonli taʼlim-tarbiya olishini taʼminlash masalasi davlatimiz rahbari tomonidan kechiktirib boʻlmas vazifa sifatida ilgari surildi. Sababi bogʻchalar taʼlim tashkiloti vazifasini bajarish oʻrniga ota-ona ishda boʻlgan vaqtda bolaga qarab turadigan tashkilotga aylanib qolgani, qamrovning pastligi, binolarning taʼmirtalabligi, boshqa maqsadlarda ishlatilgani, metodik jihatdan toʻliq taʼminlanmagani, pedagoglar ijtimoiy himoyasi va maoshining pastligi kabi kompleks muammolarni hal etish kechiktirib boʻlmas masala edi. Keyingi 20 yil davomida davlat tasarrufidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni 45 foizga kamaygani, 2,45 million boladan 818 ming nafarigina bogʻchalarga qamrab olingani bu fikrlar isboti boʻla oladi. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari infratuzilmasi va moddiy-texnik bazasining yaroqsiz holati bolalarni maktabgacha taʼlim bilan toʻliq qamrab olishni taʼminlashga imkon bermasdi.

--⊱⊱ 406 ⊰⊰--

Ayrim mutasaddilarning sustkashligi tufayli sohani rivojlantirish boʻyicha belgilangan ishlar vaqtida bajarilmagani, nodavlat bolalar bogʻchasini ochish borasidagi harakatlar paysalga solingani, joylardagi bogʻchalarda qurilish ishlari toʻliq yakuniga yetkazilmagani kabi kamchiliklar oʻz ortidan uzluksiz xatoliklarni ergashtirib kelardi. Oʻrganish shuni koʻrsatdiki, maktabgacha taʼlimni boshqarishning amaldagi tizimi mavjud muammolarni oʻz vaqtida aniqlash va bartaraf etish, shuningdek, mazkur sohani yanada rivojlantirish uchun innovatsion qarorlarni ishlab chiqish va joriy etish imkonini bermay qolgan edi.

2017-yil 16-avgust kuni boʻlib oʻtgan yigʻilish maktabgacha taʼlim tizimi tarixida qoladigan yigʻilish boʻldi. Shu kuni mamlakatimiz Prezidenti davlat milliy genofondini mustahkamlash borasida gapirib, taʼlimning ilk bosqichini rivojlantirishning koʻplab yoʻnalishlarini belgilab berdi. Xususan, maktabgacha taʼlim tizimini tarkibiy jihatdan tubdan isloh qilish, mazkur tashkilotlarga bolalarni toʻla qamrab olish boʻyicha muhim vazifalar qoʻyildi. Hayotimizda hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻlgan taʼlim-tarbiya tizimi haqida gapirganda, Abdulla Avloniy bobomizning dono fikrlarini takror va takror aytishga toʻgʻri keladi: taʼlim-tarbiya — biz uchun hayot-mamot masalasidir, — dedi Prezident. Qaysi sohani olmaylik, biz zamonaviy yetuk kadrlarni tarbiyalamasdan turib biror-bir oʻzgarishga, farovon hayotga erisha olmaymiz. Bunday kadrlarni, millatning sogʻlom genofondini tayyorlash, avvalo, maktabgacha taʼlim tizimidan boshlanadi.

Bogʻcha tarbiyasini olgan bola bilan bogʻchaga bormagan bolani solishtirganda, ularning fikrlash darajasi oʻrtasida yer bilan osmoncha farq borligini sezish qiyin emas.

Shuning uchun ham maktabgacha taʼlim tizimini qayta koʻrib chiqish masalasini davlat siyosati darajasiga koʻtarildi, bu borada katta ishlar qilinmoqda. Agar shu ishni har tomonlama puxta oʻylab amalga oshirmasak, butun taʼlim tizimida sifat oʻzgarishiga erishishimiz, taʼlimning uzluksizligini taʼminlashimiz qiyin boʻladi, — deya taʼkidladi Shavkat Mirziyoyev.

Yuqoridagi ayrimlarinigina sanaganimiz boshi bor-u oxiri koʻrinmay qolgan muammolarni bartaraf etish uchun birinchi qadam sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi tashkil etildi. Maktabgacha taʼlim tizimini isloh qilishdagi mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida qabul qilingan Prezident qarorida keng koʻlamli tadbirlarni amalga oshirish koʻzda tutildi. Maktabgacha taʼlim tizimini rivojlantirishga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirish, tizimni tarkibiy jihatdan tubdan isloh qilish, boshqaruv tuzilmasini tashkil etish choralari belgilandi.

Bugun maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi maktabgacha taʼlim sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, maktabgacha taʼlim tashkilotlari davlat va nodavlat tarmogʻini kengaytirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan taʼminlash, maktabgacha taʼlim tashkilotlariga bolalarni qamrab olishni keskin oshirish, taʼlimtarbiya jarayonlariga zamonaviy taʼlim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish orqali bolalarni intellektual, maʼnaviy-estetik, jismoniy rivojlantirish hamda ularni maktabga tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash vazifalari qoʻyildi, — deydi Maktabgacha taʼlim vaziri Agrepina Shin.

Har qanday taʼlimning asosi — metodika, jumladan, maktabgacha taʼlimniki ham. Maktabgacha taʼlimni sifat bosqichiga koʻtarishda yangi taʼlim metodlari, innovatsion texnologiyalarning ahamiyati katta. Sababi MTTning moddiy-texnik bazasi yuqori boʻlsa-yu, tarbiyachi bola bilan ishlamasa, unga har kuni yangi maʼlumotlarni oʻrgatmasa, hamma qilingan harakatlar natijasi nolga tenglashib qoladi. Sohadagi mutaxassislar mahoratini oshirish, ularga zaruriy

--⊱⊱ 407 ⊰⊰-- metodik koʻmak berish maqsadida Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktorlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti tashkil etildi.

Maktabgacha taʼlim sohasiga ixtisoslashgan kadrlar tayyorlash masalasiga alohida eʼtibor qaratildi. Qabul qilinayotgan barcha-barcha qarorlarni amalga oshiradigan, farzandlarimizga eng zarur hayotiy tushuncha va koʻnikmalarni oʻrgatadigan yuqori malakali tarbiyachilarni tayyorlash masalasi kun tartibiga chiqdi. Bu sohada zamonaviy talablarga javob beradigan ilgʻor pedagogik usul va uslublarni ishlab chiqish, oʻquv va oʻquv-metodik adabiyotlarning yangi avlodini yaratish va nashr etish ham gʻoyat dolzarb vazifa edi. Oʻzbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qoʻyiladigan Davlat talablari va “Ilk Qadam” maktabgacha taʼlim tashkilotining Davlat oʻquv dasturi qabul qilindi. Endilikda zamonaviy maktabgacha taʼlim tashkilotining tarbiyachilari bolalarni erkin qoʻygan holda faollik markazlarida oʻyin mashgʻulotlari orqali yangi maʼlumotlarni oʻrgatmoqda.

Maktabgacha taʼlim tizimida oliy maʼlumotli mutaxassislarga ehtiyoj esa pedagogika universitetlarida maktabgacha taʼlim yoʻnalishiga qabul kvotalarining oshirilishi va nomutaxassis kadrlarni qayta tayyorlovdan oʻtkazish evaziga toʻldirilmoqda. Ilgʻor xorijiy tajribalar asosida maktabgacha taʼlim tizimidagi pedagog kadrlar malakasini oshirish boʻyicha oʻquv-reja va dasturlarni takomillashtirish, oliy taʼlim tashkilotlari maxsus sirtqi boʻlimlarining “Maktabgacha taʼlim” yoʻnalishi boʻyicha 2018—2026-yillar uchun kvotalar ajratish masalasiga eʼtibor qaratildi.

Hozirgi zamon tarbiyachisi kasbiy mahoratini doimiy tarzda oshirib borishi, ilgʻor pedagogik texnologiyalarning izchil metodlari mohiyatini toʻliq anglashi va ulardan mashgʻulotlarida mohirona foydalanishi zarur. Taʼlim jarayonida ilgʻor pedagogik texnologiyalarni faol qoʻllash, taʼlim samaradorligini oshirish, tahlil qilish va amaliyotga joriy etish bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir. Tarbiyalanuvchilarning ongi, dunyoqarashini oʻstirish, ularni mashgʻulotlarda erkin fikrlaydigan erkin ishtirokchiga aylantirish nihoyatda muhimdir. Tarbiyachi mashgʻulotda boshqaruvchi, bolalar esa ishtirokchiga aylanmogʻi lozim. Ana shu vazifani uddalashda innovatsion faoliyat ustunligi koʻp qirrali samara keltiradi. Maktabgacha taʼlimda koʻproq bolalarning yoshi, fiziologik holatini hisobga olish lozimligini unutmaslik kerak. Oddiy, oson va kam vaqt sarflanadigan oʻyin mashqlaridan foydalanib, faollik markazlarida ish olib borish yaxshi samara beradi. Koʻproq atrof-muhit bilan bogʻlab oʻtilgan mashgʻulotlar bolalar ongi, dunyoqarashini, erkin fikrlash, bayon etish qobiliyatlarini, mustaqil ishlash koʻnikmasini, yaʼni hayotiy kompetensiyasini rivojlantiradi.

Ochigʻi, avvallari xususiy bogʻcha degan nomning oʻzi odamlarni biroz oʻzidan itarardi. Chunki davlat bogʻchasi bilan xususiy bogʻcha narxi oʻrtasidagi tafovut keskin farqlanar, bunday taʼlim tashkilotiga moddiy jihatdan baquvvat oilalar farzandlari borishi kerak degan tushuncha shakllangan edi. Bu qarash bugun biroz boʻlsa-da oʻzgardi. Sababi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmogʻini kengaytirish borasida olib borilayotgan saʼy-harakatlar evaziga bugun yurtimizda nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni keskin ortdi. Bugungi kunda maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmogʻini kengaytirish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yangi bogʻchalar qurish boʻyicha davlat dasturi qabul qilinib, amalga oshirilmoqda. Bu esa tizimda sogʻlom raqobatni shakllantirish hamda taʼlim xizmatlari turini koʻpaytirishga xizmat qiladi. Investorlar tashkil etilayotgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarida davlat taʼlim talablariga, sanitariya-gigiyena va boshqa normalarga rioya qilish, kelishuv amal qilishining butun muddati davomida faoliyat yoʻnalishini saqlab qolish, shuningdek, maktabgacha taʼlim xizmatini koʻrsatish narxining maqbulligi

--⊱⊱ 408 ⊰⊰-- va arzonligini taʼminlash uchun masʼul boʻlishi nazarda tutilmoqda. Bunda investorlarga preferensiyalar, shuningdek, imtiyozli kreditlar taqdim etilmoqda.

Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi va uning tizimidagi tashkilotlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi qaroriga koʻra boʻsh turgan binolar nol qiymatda tadbirkorlarga berildi, davlat-xususiy sheriklik (DXSH) shartlarida tashkil etilgan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun qator soliq imtiyozlari nazarda tutildi. Xususan, nodavlat MTT faoliyat koʻrsatishni boshlagan paytdan boshlab 10 yil muddatga barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalardan, DXSH toʻgʻrisida bitim tuzilgan kundan boshlab 2 yil muddatga — tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha olib kelinadigan asbobuskunalar, inventar, oʻquv qoʻllanmalari va oʻyin zonalari uchun bojxona toʻlovlaridan ozod etildi. Davlat-xususiy sherikchilik shartlari asosida faoliyat yuritadigan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlaridan subsidiyalar ajratilishi belgilandi. Bular narx siyosatiga taʼsir etmasdan qolmaydi, albatta.

Shu oʻrinda savol tugʻiladi: davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari quvvati bolalar soniga nisbatan kam boʻlganda, yechimni nimada koʻrish mumkin? Vazirlar Mahkamasining “Bolalarni boshlangʻich taʼlimga majburiy bir yillik tayyorlashga bosqichma-bosqich oʻtish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori asosida 2018-2019- oʻquv yilidan boshlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Fargʻona viloyati va poytaxtimizning ayrim tumanlarida bolalarni boshlangʻich taʼlimga majburiy bepul bir yillik tayyorlashni joriy etish tajriba loyihasi amalga oshirildi. Loyihani amalga oshirish uchun jami 494 ta guruh tashkil etildi. Tajriba guruhlari maktabgacha taʼlim tashkilotlariga bormaydigan bolalarga maktabgacha taʼlim va tarbiya olishda yordam berish, buning uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida tashkil etildi. Guruhlar davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari, maktabgacha taʼlim sohasida nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatuvchi yuridik shaxslarning negizida ochildi. Tajriba guruhlari maktabgacha taʼlimga qoʻyiladigan davlat tomonidan belgilangan talablarga muvofiq bolalarni tarbiyalaydi va maktabga tayyorlaydi. Bunda bolalarning oʻziga xos xususiyatlari, albatta, hisobga olinadi. Tajriba guruhlariga 5 yoshdan oshgan maktabgacha taʼlim tashkilotlariga bormayotgan bolalar qabul qilinadi. Boshlangʻich taʼlimga majburiy yillik tayyorgarlikdan oʻtgan bolalarga davlat namunasidagi sertifikat beriladi.

Maktabgacha taʼlimning ushbu muqobil shakli bogʻchaga bormagan bolani birinchi sinfga borganida tengdoshlaridan kam boʻlmagan darajada faollashtirishni koʻzlaydigan dastur asosida bolalarni maktab taʼlimiga tayyorlaydi. Demak, bu barcha ota-onalar uchun qulay va davlat tomonidan himoyalangan taʼlim shaklidir.

Tizimdagi eng ogʻriqli masalalardan biri bu ovqatlanish bilan bogʻliqligi hech kimga sir emas. Bu yoʻnalishda vazirlik tomonidan bolalar haqiga xiyonat qiladiganlarga qarshi keskin choratadbirlar rejasi ishlab chiqilgani ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali kundakunora tasdigʻini topmoqda. Bunday munofiqlarni nafaqat qonun oldida jazolash, balki aholi oʻrtasida ham obroʻsizlantirish, bunday maqsaddagi rahbarlar sonini keskin kamaytirishga xizmat qiladi. Maktabgacha taʼlim tashkilotlariga tadbirkorlik subyektlari bilan tegishli talablarga javob beradigan oziq-ovqat mahsulotlari va tayyor ovqatlarni yetkazib berish toʻgʻrisida toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzishga eksperiment tariqasida ruxsat berildi. Mazkur eksperiment yakunlari boʻyicha respublikaning boshqa hududlarida davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini va maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ovqatlanishni tashkil etish tartibi joriy etildi. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida

--⊱⊱ 409 ⊰⊰-- tadbirkorlik subyektlari bilan sifat talablariga va sanitariya-gigiyena meʼyorlariga javob beradigan oziq-ovqat mahsulotlari va tayyor ovqatlarni yetkazib berish boʻyicha toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar tuzish ishlari sinov tariqasida amalga oshirish belgilangan. Hududdagi MTTlarda autsorsing xizmati asosida tarbiyalanuvchilarni ovqatlantirishni yoʻlga qoʻyganimizda tadbirkor tashkilot oshxonasini ijaraga olib, sifatli va xavfsizligi taʼminlangan oziq-ovqat mahsulotlaridan sanitariya-gigiyena qoidalariga toʻliq rioya qilgan holda taomlar tayyorlayotgani, yarimtayyor va tayyor mahsulotlarni yetkazib berayotganiga guvoh boʻldik. Shuningdek, har bir bolaga individual yondashuv ularning jamoat joyida ovqatlanish madaniyatini shakllantiradi. Alohida oshxonalarni tashkil etish guruh xonalarining tozaligini saqlaydi. Tashkilot xodimlarining eʼtibori bolalarning taʼlim-tarbiyasiga qaratiladi.

Maktabgacha taʼlim tashkilotlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishning past darajasi bolalarni tarbiyalash va har tomonlama rivojlantirish masalalarini professional darajada hal etishga qodir malakali mutaxassislar bilan taʼminlay olmaslik holatiga sabab boʻlar edi. Masalan, 1993-yilga qadar maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tarbiyachisi va umumtaʼlim maktablarining boshlangʻich sinf oʻqituvchisi mehnatiga haq toʻlash miqdori bir xil boʻlgan boʻlsa, hukumatning alohida qarorlari bilan hozirga qadar umumtaʼlim maktablari pedagog xodimlari mehnatiga haq toʻlash miqdorlari bir necha marta oshirilgani holda maktabgacha taʼlim tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdorlari oʻzgarishsiz qoldirilganligi hisobiga ularning oʻrtacha ish haqi miqdori umumtaʼlim maktabining boshlangʻich sinf oʻqituvchisiga nisbatan 60 foizni tashkil etgan, xolos. Bu esa, oʻz navbatida, maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagog xodimlari isteʼdodi, kasb mahorati va ish faoliyatida shaxsiy hissasi namoyon boʻlmasligiga hamda tashkilotning pedagogik salohiyatini pasaytirishga olib kelgan. Shu sabab maktabgacha taʼlim tizimini yanada takomillashtirish, xodimlarning mehnatiga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirishning munosib shart-sharoitlarini yaratish, yuqori malakali kadrlarni, shu jumladan, yosh bitiruvchilarni jalb etish, jamiyatda maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglarining nufuzini oshirish ustida ish olib borilmoqda.

2018-yil-sentabr oyidan boshlab oliy maʼlumotga ega boʻlgan tayyorlov guruhi (5 yoshdan 6- 7 yoshgacha) tarbiyachisi mehnatiga haq toʻlashning bazaviy tarif stavkalari miqdori umumtaʼlim maktablari boshlangʻich sinf oʻqituvchilarining bazaviy tarif stavkalari miqdoriga tenglashtirilishi belgilab qoʻyildi. Bundan tashqari, qaror bilan maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish darajasini oshirish maqsadida hamda qishloq joylardagi aholi turmush darajasini inobatga olib, Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod, Kasbi, Mirishkor, Qamashi, Chiroqchi, Nishon, Yakkabogʻ va Gʻuzor tumanlarida, Buxoro viloyatining Olot, Shofirkon, Qorakoʻl, Peshku va Romitan tumanlarida, Surxondaryo viloyatining Qiziriq, Muzrabot, Oltinsoy, Boysun, Qumqoʻrgʻon, Uzun, Sariosiyo tumanlarida joylashgan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida 2023-yilning 1-yanvarigacha ota-onalar badal toʻlovi miqdorini 50 foizga kamaytirish nazarda tutildi.

Xulosa oʻrnida aytishi mumkinki, Hukumatimiz tomonidan maktabgacha taʼlim tizimida mehnat qilayotgan xodimlarning moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlanishi hamda qishloq hududlarda bogʻchalar uchun ota-onalar toʻlovining keskin pasaytirilishi maktabgacha yoshdagi bolalarni bogʻchalarga qamrab olish darajasini oshirishga hamda maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlimtarbiya sifati va samaradorligini taʼminlashga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

--⊱⊱ 410 ⊰⊰--

17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 mayda PQ-4312-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Qarori.

18. «Ilk Qadam » davlat dasturi. - T., 2018.

19. Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan Davlat dasturlari. - T., 2018.

Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.