--⊱⊱ 490 ⊰⊰--
BERISHDA “ILK QADAM” DAVLAT OʻQUV DASTURINING OʻRNI VA ROLI
Torayeva Oydinoy Qodirjon qizi
Andijon viloyati Paxtakor tumani 28-
DMTT oʻqituvchi logoped
Xoshimova Manzura Qudratbek qizi
Andijon viloyati Oltinkoʻl tumani 2-
DMTT oʻqituvchi logoped
Annotatsiya
Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlashda davlat taʼlim standartlari va maktabgacha taʼlim yoshidagi bolalarga qoʻyilayotgan davlat talablari normalaridan kelib chiqib maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tashkil etilayotgan mashgʻulotlar jarayoni “Ilk Qadam” davlat oʻquv dasturi asosida tahlil qilib berildi.
Kalit soʻzlar: Zamonaviy taʼlim dasturi, Texnologiya, Ilk Qadam, Kompetensiya, «Men» konsepsiyasi
THE ROLE AND PLACE OF THE “FIRST STEP” STATE CURRICULUM IN
PROVIDING QUALITY EDUCATION TO PRESCHOOL CHILDREN
Annotation
The article analyzes the process of training organized in preschool educational organizations based on the “First Step” state curriculum in preparing preschool children for school, based on the norms of state educational standards and state requirements for preschool children.
Keywords: Modern educational program, Technology, First Step, Competence, “I” concept.
Maktabgacha taʼlim bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga tayyorlash boʻyicha maqsadli choratadbirlarni amalga oshirilishda uzluksiz taʼlim tizimining boshlangʻich bosqichidir. Bugungi kunda maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini tubdan yaxshilash maktabgacha yoshdagi bolalar qamrovini oshirish, ilgʻor xorijiy tajribani oʻrgangan holda har jihatdan zamonaviy tizim yaratish masalasiga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Bolalarning qiziqishi va intilishlarini hisobga olgan holda ularga taʼlim-tarbiya berish, dunyoqarashini kengaytirish, mustaqil fikrlash qobilyatlarini rivojlantirish, ongiga milliy va umuminsoniy qadriyatlarini singdirib borish mazmunini hamda maktabgacha taʼlimning boshqaruv tizimini qayta koʻrib chiqilishini toqazo etmoqda. Maktabgacha taʼlim tizimini kompleks rivojlantirish, bolalarni sogʻlom va barkamol etib tarbiyalashning barcha jihatlari belgilab berildi. Xususan, yangi tuzilgan maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi oldida shu soha boʻyicha davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, maktabgacha taʼlim tashkilotlari davlat va nodavlat tarmogʻini kengaytirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar
--⊱⊱ 491 ⊰⊰-- bilan taʼminlash, maktabgacha taʼlim tashkilotlariga bolalarni qamrab olishini keskin oshirish, taʼlimtarbiya jarayonlariga zamonaviy taʼlim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish orqali bolalarni har tomonlama intelektual, maʼnaviy-estetik, jismoniy rivojlantirish hamda ularni maktabga tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash vazifalari qoʻyildi.
Shu maqsadda maktabgacha taʼlim tashkilotiga “Ilk Qadam” Davlat oʻquv dasturi joriy etildi. Dasturning ahamiyati shundan iboratki, u oʻz ichiga 3 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalarni qamrab olgan. Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlashda “Ilk Qadam” dasturining ahamiyati shundan iboratki, u bolada erkinlik hissining shakllanishida, oʻz-oʻziga boʻlgan ishonch, mustaqil fikrlash, erkin ijod qila olish, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, kattalarga boʻlgan hurmat kabi xislatlarni rivojlantirishni oʻz ichiga oladi. Ushbu dastur amaliyotda, Koreya texnologiyasi asosida andoza sifatida oʻrganilib maktabgacha taʼlim tashkilotlarida mashgʻulotlar jarayoniga tadbiq etildi va bugungi kun tarbiyachisiga ulkan masʼuliyat yuklaydi. Pedagoglarni malakasini oshirishda jahon andozalariga mos yangiliklarni oʻz vaqtida oʻzlashtirish va uni pedagogik jarayonda uzviy qoʻllash “Ilk Qadam” dasturining asosiy negizi hisoblanadi.
2018 yil 7 iyulda “Ilk Qadam” Davlat oʻquv dasturi tasdiqlangan va nashr qilish uchun tavsiya etilgan. Maktabgacha taʼlim tashkilotining davlat oʻquv dasturi Oʻzbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshidagi bolalarni rivojlantirish borasidagi Davlat talablariga muvofiq ishlab chiqilgan meʼyoriy-huquqiy hujjat boʻlib, unda maktabgacha taʼlim tashkilotining maqsad va vazifalari, oʻquvtarbiyaviy faoliyatning asosiy gʻoyalari ifodalangan, shuningdek, bola taʼlimning keyingi bosqichiga oʻtishidagi asosiy kompetensiyalari belgilangan.
Bolaning dunyoqarashini shakillantirish uchun muhim omillardan biri hisoblangan madaniytarixiy qadriyatlar: milliy va mintaqaviy anʼanalar bilan reja asosida olib borishni tashkillashtirish, shuningdek, axborot texnologiyalaridan foydalanish orqali qoʻshni viloyatlarni madaniy meroslari aks ettiruvchi audio-vediolar bilan tanishtirib borish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu orqali tarbiyalanuvchi bola milliy qadriyatlar, tarixni anglash, tarixdan gʻururlanish kabi tuygʻularga ega boʻladi.
Ushbu dasturda maktabgacha yoshdagi bolalarning individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlanishiga qoʻyilgan Davlat talablari asosida hamda MTT davlat oʻquv dasturiga muvofiq uning har tomonlama va barkamol rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsad qilib olingan. Oʻquv-tarbiyaviy jarayonning maqsadi esa bolalarda umumiy asosiy kompetensiyalar va rivojlanish sohalari kompetensiyalarini shakllantirish uchun tegishli sharoitlar yaratishdan iboratdir.
Ushbu oʻquv dasturi birinchi bobi umumiy qoidalar sanalib, birinchi bandida, MTT oʻquv dasturi meyyoriy-huquqiy hujjat sifatida Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan quyidagi taʼlim tashkilotlarida qoʻllanilishi va taʼlim tashkilotlarida oʻquv dasturlarini yaratish uchun majburiy hujjat ekanligi, taʼlim tashkilotining ishchi oʻquv dasturi tashkilot pedagoglari tomonidan otaonalarni jalb etgan holda tuzilishi va amaldagi qonunchilik tartibida tasdiqlanishi koʻrsatib oʻtilgan. Ikkinchi bandda MTTning maqsad va vazifalari haqida maʼlumotlar oʻz aksini topgan.
Oʻquv dasturining ikkinchi bobi 5-banddan iborat boʻlib, MTT taʼlim jarayonining maqsad va tamoyillari aks etgan: MTT taʼlim jarayonining maqsadlari; MTTda taʼlim jarayonini tashkil qilish tamoyillari; Qoʻshimcha taʼlim xizmatlarini tashkil qilish; Alohida ehtiyojga ega boʻlgan bolalar uchun moʻljallangan taʼlim faoliyati; Ota-onalar bilan hamkorlik jarayonlarini qamrab olgan.
--⊱⊱ 492 ⊰⊰--
Oʻquv dasturining uchinchi bobi maktabgacha yoshdagi bolalarga taʼlim berishda kompetensiyaviy yondashuv haqida fikrlar bildirilgan boʻlib, 2-bandni qamrab olgan:
I.Maktabgacha yoshdagi (6-7 yosh) bolaning umumiy muhim kompetensiyalari bunga: Kommunikativ kompetensiya; Oʻyin kompetensiyasi; Ijtimoiy kompetensiya; Bilish kompetensiyasi.
II.Bolaning rivojlanish sohalari kompetensiyalari ham oʻz navbatida bir necha turlarga boʻlinadi: “Jismoniy rivojlanish va sogʻlom turmush tarzini shakllantirish” sohasi kompetensiyalari; “Ijtimoiy-hissiy rivojlanish” sohasi kompetensiyalari; “Nutq, muloqot, oʻqish va yozish malakalari” sohasi kompetensiyalari; “Bilish jarayonining rivojlanishi” sohasi kompetensiyalari; “Ijodiy rivojlanish” sohasi kompetensiyalari.
Toʻrtinchi bobi oʻquv-tarbiyaviy jarayon oʻz ichiga olgan boʻlib, «Oʻzbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyilgan davlat talablari» asosida amalga oshirilishi, oʻquv-tarbiyaviy jarayonni rejalashtirish haqida fikrlar bayon etilgan.
Beshinchi bobi bolaning rivojlanish sohalari boʻyicha yutuqlari hisoblanadi. Bolaning rivojlanish xaritasi 3 dan 7 yoshgacha boʻlgan davrni oʻz ichiga oladi, har bir bola uchun individual tarzda yiliga uch marta toʻldirilishi va 6-7 yoshli bolalarning maktabga tayyorlik xaritasi faqat maktabgacha taʼlim tashkilot bitiruvchilari uchungina toʻdiriladi.
Oltinchi bobi rivojlantiruvchi muhitni tashkil qilish hisoblanadi. Maktabgacha taʼlim tashkilotida rivojlantiruvchi muhitni tashkil etishda bolalarning oʻziga xos belgilarga ega boʻlgan yoshga doir xususiyatlari va ehtiyojlarini hisobga olish muhim ahmiyat kasb etadi.
Yettinchi bobi Davlat oʻquv dasturiga ilovalar yaʼni MTT taʼlim dasturini tuzish boʻyicha tavsiyalar iborat.
Bugungi kunda maktabgacha taʼlim tizimida qator islohotlar oʻtkazilmoqda, ularning bari bolalar va pedagoglar manfaatlari yoʻlida xizmat qilishiga, shuningdek maktabgacha taʼlim sifatini yaxshilashga qaratilgan.
Maktabgacha taʼlim sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish bilan bir qatorda, respublikamizda maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha taʼlim tashkilotiga qamrab olishga hamda taʼlim jarayoniga endi kirib kelayotgan kichik yoshli bolalarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashdek maʼsuliyatli vazifani belgilab berdi.
2018 yil 18 iyunda Oʻzbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan davlat talablari asosida ishlab chiqilgan hamda 2018 yil sentabr oyidan respublikamizning barcha maktabgacha taʼlim tashkilotlariga yetkazib berilib amaliyotga tatbiq etilgan yangi “Ilk Qadam” davlat oʻquv dasturi taʼlim jarayoniga qoʻshilayotgan kichik yoshli bolalarning ilk qadamlarining asosiy tamoyildir.
Dasturda barcha narsaning asosi ijtimoiy yondashuvdir, yaʼni taʼlim-tarbiya jarayonining diqqat markazida bola va uning manfaatlari turadi. Pedagog ota-ona, pedagogik tarkib, bolaning oʻzi va albatta, jamiyat hamda davlat kabi ijtimoiy hamkorlar bilan bir ijtimoiy muhitni tashkil qiladi.
Avvalo, “Ilk Qadam” davlat oʻquv dasturi asosida bolalarni bilim olish jarayonini oʻyinlar orqali rivojlantirish yotadi. Bu esa bolalarda ilm olish, ijod, ijtimoiy yoʻnalish kabi tushunchalarni rivojlanatirib, bolada sogʻlom hayot tarzi tarbiyalanadi va ular ijtimoiy muhitda oʻzlarini qanday tutish kerakligini tushuna boshlashadi.
Bolalarning jamiyatga ijtimoiylashuvini kompetensiyaviy yondashuv asosida tashkil etilishi “Ilk Qadam” davlat oʻquv dasturining zamonaviy jahon standartlari andozalari asosida yaratilganlini koʻrsatib beradi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga taʼlim berishda kompetensiyaviy yondashuv oʻsib borayotgan bola shaxsini hayotga tayyorlash, unda hayotiy muhim masalalarni hal qilish uchun zarur
--⊱⊱ 493 ⊰⊰-- boʻlgan, axloqiy meʼyor va qadriyatlarni oʻzlashtirish, boshqa insonlar bilan muloqot qilish, «Men» obrazini qurish bilan bogʻliq boʻlgan faoliyat usullarini shakllantirishga tayyorgarlikni koʻzda tutadi.
Boshlangʻich muhim kompetensiyalar bolaning faoliyat va axloq subʼekti sifatidagi yaxlit rivojlanishini talab etadi.
Kompetensiya bolaning bilim, koʻnikma, malaka, qobiliyat va qadriyatlari majmuidir. Boshlangʻich kompetensiyalar, rivojlanish sohasidan qatʼi nazar, bola shaxsi shakllanishi uchun asos boʻlib xizmat qiladi. Maktabgacha taʼlim yoshidagi bolalarga kompetensiyaviy yondashuv, ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan davlat talablarida belgilab berilgan kichik va maktab yoshigacha boʻlgan bolalarni besh yoʻnalishda rivojlantirib, bolani 4 kompetensiyaga ega boʻlgan holda 1-sinfga chiqishidagi motivatsion vazifalarni hamda “Ilk Qadam” davlat oʻquv dasturi vazifalarni toʻlaqonli bajarilishini koʻzlaydi.
Istiqbolda belgilanayotgan bunday ulkan vazifalarning amalga oshirilishi soha mutaxassislarini, sohaga oid meʼyoriy huquqiy hujjatlarni hamda maktabgacha taʼlim pedagogikasini puxta oʻzlashtirib, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini taʼlim-tarbiya jarayoniga keng tatbiq etishlari uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib bermoqda.
Bundan tashqari texnikum va pedagogika kollej oʻquvchilarini, maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachilarining pedagogik mahoratini oshirish borasida oʻtkazilayotgan amaliy seminartreninglarning asosiy maqsadi “Ilk Qadam” davlat oʻquv dasturi doirasida bolalarga bilim berishda bolalar xonalarning hatto kichik detallarigacha qulay dizayni bilan jihozlashni, ular uchun boy adabiyotlar va rivojlantiruvchi oʻyinlardan toʻgʻri va unumli foydalanish usullarini oʻrgatishdir.
Bu esa kelajagimiz davomchilari yosh avlodni, erta bolalikdan jamiyatda oʻzini tutish va shaxsiy gigiena koʻnikmalarini tarbiya qilish kabi alohida jihatlarni oʻzida tarkib toptirishga hamda maktabgacha taʼlim tizimi muvaffaqiyatining asosini tashkil etishga xizmat qiladi.
Xulosa oʻrnida shuni alohida taʼkidlash lozimki, tizimdagi islohotlar samarasini sohaga tatbiq eta oladigan kadrlar tayyorlash maqsadida, malakali pedagog xodimlarning ilgʻor usullar bilan mashgʻulot oʻtishlari uchun ham alohida eʼtibor qaratilib, “Ilk Qadam” davlat oʻquv dasturini oʻzlashtirish hamda boʻlajak tarbiyachilarning muntazam mahoratini oshirib borishlari uchun seminar-treninglar, qoʻshimcha mashgʻulotlarning ham tashkil etilishi tom maʼnoda sohani dunyo standartlari darajasiga olib chiqilishiga xizmat qilishi shubhasiz.
Foydalangan adabiyotlar
1. Oʻzbekiston Respublikasining “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida”gi qonuni 2019 yil 16 dekabr.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2018-yil 18- iyundagi 1-mh-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan davlat talablarini tasdiqlash haqida” buyrugʻi.
Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.