ResearcherUz LogoResearcherUz
Dergiyi Görüntüle

MAKTABGACHA TAʼLIM YOSHIDAGI BOLALARDA GENDER TARBIYASINI TASHKIL ETISH USULLARI

Özet

Maqolada maktabagcha taʼlim yoshidagi bolalarda gender tenglikning ijtimoiy-psixologik jihatlariga toʻxtalib oʻtilgan. Shuningdek maktabgacha taʼlim yoshidagi oʻgʻil bolalar va qiz bolalar oʻrtasidagi qarama-qarshilik, ijtimoiy tenglik tamoyillari pedagogik va psixologik usullar orqali ilmiy jihatdan tahlil qilib berilgan.


Tam PDF Belgesi

İlgili Makaleler

Tam metin

--⊱⊱ 471 ⊰⊰--

TASHKIL ETISH USULLARI

Madaminova Muxayyo Zaripovna

Xorazm viloyati Xiva shaxar 3-sonli

KTIDMTT Defektologi

Masharipova Xursand Maratovna

Xorazm viloyati Urganch shaxar

22 - son KTIDMMTT defektologi

Annotatsiya

Maqolada maktabagcha taʼlim yoshidagi bolalarda gender tenglikning ijtimoiy-psixologik jihatlariga toʻxtalib oʻtilgan. Shuningdek maktabgacha taʼlim yoshidagi oʻgʻil bolalar va qiz bolalar oʻrtasidagi qarama-qarshilik, ijtimoiy tenglik tamoyillari pedagogik va psixologik usullar orqali ilmiy jihatdan tahlil qilib berilgan.

Kalit soʻzlar: Gender, Jins, Determinizm, Gender tarbiya, Jinsiy tarbiya, Jinsiy madaniyat, Jinsiy munosabat

METHODS OF ORGANIZING GENDER EDUCATION IN PRESCHOOL AGE

CHILDREN

Annotation

The article deals with the socio-psychological aspects of gender equality in preschool children. Also, the contradiction between boys and girls of preschool age, the principles of social equality are scientifically analyzed using pedagogical and psychological methods.

Keywords: Gender, Sex, Determinism, Gender Education, Sexual Education, Sexual Culture, Sexual Attitude.

Maktabgacha yoshdagi bolalar gender tarbiyasini tashkil etishni tadqiq qilishda - “gender” va “jins” tushunchalarining mazmun va hajmini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Chunki bugun ayrim adabiyotlarda “gender” atamasini “jins” atamasining sinonimi sifatida ham ishlatishmoqda.

Umuman “gender” tushunchasining mazmuni, hajmiga nisbatan munosabatlar tahlil qilinganda biz uch yoʻnalishni: biologik determinizm, ijtimoiy konstruktivizm va bioijtimoiy konstruktivizmni koʻramiz.

Biologik determinizmda ayollar va erkaklar oʻrtasidagi cheksiz farqlar sabablari asosan ularning biologik jinslar ekanligidan kelib chiqqan holda tushuntiriladi. Genderdagi ijtimoiy-ruhiy sifatlar ham biologik jinslar orqali izohlanadi. Bunda Z. Freyd psixoanalizi motivlari ham ishtirok etadi. Biologik determinizmda “gender” tushunchasi mazmun va hajmini belgilovchi omil berilgan va oʻzgarmas biologik omildir. Biologik jins esa oʻzi-oʻzi bilan chegaralangan universal tipdir. Mavjud biologik reallik jinsiy xilma-xilliklar dunyosiga olib kiradi va hukumron ikki jins toʻgʻrisidagi ilmiy norrativga mos kelavermaydi. Inson organizmining jinslarga koʻra xilma-xilligini uzliksiz spektr sifatida tushunish kerak. Biologiya bilan bogʻliq barcha belgilar barcha erkaklarni barcha ayollardan farqlash imkonini bermaydi. Chunki, ularda alohida olingan bir jinsning mohiyatini ifodalaydigan umumiy bir belgilar kompleksi mavjud emas.

Ijtimoiy konstruktivizm tarafdorlari esa genderning biologik omil ekanligiga befarq qaraydilar. Ularda gender rollar jamiyatda shaklanadi. Ayollar-ayol, erkaklar-erkak boʻlib tugʻilmaydilar balki

--⊱⊱ 472 ⊰⊰-- shunday boʻlib shakllanadilar deb hisoblashadi. Erkak va ayol ijtimoiy kategoriya sifatida turli xildagi ijtimoiy kontekstlarda yaratiladi va ishlatiladi, turli xildagi shakllarga ega boʻlib turli mazmunlar bilan boyitiladi, ayollar va erkaklar oʻrtasidagi koʻplab farq sabablari biologik farqga borib taqalmaydi. Agar gender farqlar ruhiy, madaniy va ijtimoiy kabi omillar bilan bogʻliq boʻlsa jinsiy farqlar faqat jismoniy, anatomik, fiziologik farqlar bilan cheklanadi. Gender farqlar konstruksiyasi ijtimoiy konstruktivizmga asoslanadi. Ushbu model avtorlari odamlar oʻrtasidagi farqlarning tabiy ildizlariga befarqroq qaraydilar va ularni ijtimoiy jarayonlar bilan bogʻlab tushuntirishga harakat qiladilar.

Biosotsial determinizm tarafdorlari fikrlariga koʻra jumladan bizning fikrimizcha maktabgacha bolalar gender tarbiyasini tashkil etish va amalga oshirishda genderni ijtimoiy jins sifatida olib qarash va undan ushbu jarayonni belgilovchi tushuncha sifatida foydalanish maqsadga muvofiq. Chunki, odamlar dastlab biologik jinslar sifatida bir-birlaridan farq qiladilar. Ular tugʻilishidan erkak va ayol boʻlib tugʻiladilar. Ushbu farqlar asosida ularda ijtimoiy sifatlar shakllanadi va erkak-erkak, ayolayol rolini bajarishga kirishadi. Ayollar va erkaklar turmush tarzi, xatti-harakatlari, imkoniyatlari, huquqlari, ularning jamiyatdagi oʻrni albatta ularning biologik jinsi asosida qurilgan sotsial konstruksiyadir.

“Gender” tushunchasining mazmuni kontekstda ilmiy kategoriya, ilmiy tadqiqotlar kategorial apparati elementi, mamlakatdagi ijtimoiy guruh va guruhlararo munosabat subʼektini anglatuvchi hamda davlat va ijtimoiy guruhlar munosabatini, guruhlararo siyosiy munosabatni anglatuvchi kategoriya sifatida ham ishlatiladi. Chunki, u oʻzida gender munosabatlaridagi tengsizlikni tanqid qilish, mavjud ijtimoiy munosabatlarni oʻzgartirish, yangi ijtimoiy munosabatlarni gender tengliligiga koʻra qaror topdirishni talab etuvchi mazmunni tashiydi. Bugun “gender” jamiyatdagi tengsizlik bilan bogʻliq aholini guruhlarga boʻlishda yordam beradigan kategoriya sifatida ham qaralmoqda. Bunda biologik jins ijtimoiy konstruksiyalashda ham qoʻl kelmoqda.

Dastlabki feministik nazariyalarda “gender” faqat ijtimoiy kontekstga bogʻliq konstruksilashtiruvchi kategoriya boʻlib xizmat qilgan. Shunday qilib jinsiy deformizm tabiat inʼomi emas balki, biologik reallikni mulohaza qilishning insonlar tomonidan kashf etilgan uslubidir. Bugun oʻzgartirib boʻlmaydigan tassavurimizni masalan “genetik jins”ni olimlar foydalanayotgan texnologiyalariga koʻra oʻzgartirmoqdalar.

Gender rollarini oʻzlashtirish va uni avloddan avlodga erkaklar va ayollar ijtimoiy nisbati toʻgʻrisidagi tartib-qoidalardan kelib chiqqan holda uzatish ushbu millat turmush tarziga aylangan, onglanmagan tengsizlik imkoniyatlari, erkaklarning rasman ustunligi, ayollarning esa qaysi bir maʼnoda cheklanishiga sharoit yaratdi. Ayollarning maʼlum bir maʼnoda ijtimoiy cheklanganliklari juda koʻp muammolarni, hatto jiddiy diskriminatsiyagacha boʻlgan munosabatlarning kelib chiqishiga sabab boʻldi. Bugun davlat hokimiyatining genderga tizimlashtiruvchi munosabat subʼekti sifatida qarashi bir tomondan murakkablashmoqda, ikkinchi tomondan esa, bir qator masalalarga aniqliklar kiritilmoqda.

Ayrim hozirgi zamon tadqiqotchilari biologik jinslarni bir-biriga qarama-qarshi qoʻyib va shu asosda ularning tabiatini oʻrganish umuman mumkin emas, deb hisoblaydilar.

Bizning nazarimizga koʻra “gender” va “jins” oʻrtasidagi farqlarni tipiklashtirish, klassifikatsiyalash va tizimlashtirishda ushbu masalani hal qilayotgan mamlakat, millatning etnomadaniy taraqqiyot holatini hisobga olish kerak. Masalan, Oʻzbekistonda gender tengsizligini bartaraf qilish masalasi endi boshlandi. Shuning uchun erishilayotgan yutuqlarimiz Yevropa mamlakatlaridagidan albatta farq qiladi. Har bir millatning oʻz tarixi, tabiati, iqlim sharoiti va qadriyatlari, dunyoqarashi bor. Millatning turmush tarzi taraqqayotini rejalashtirish bir tomondan

--⊱⊱ 473 ⊰⊰-- umuminsoniy taraqqiyot tendensiyalari bilan uzviy bogʻliq boʻlsa, ikkinchi tomondan, jarayon subʼektalrining oʻziga xosliklari bilan ham chambarchas bogʻlangandir. Masalani ushbu holatda qoʻyish, uni muhokama qilish mahsuldor xulosalarni beradi deb oʻylaymiz.

Maktabgacha bolalar gender tarbiyasida jinsiy va gender tarbiyasini farqlash muhim masala hisoblanadi.

Jinsiy tarbiya bolaning jinsiy fiziologik rivojlanish xususiyatlarini jinsiy tizim tashqi koʻrinishi normadami, qaysi birlari normadan ortiq ekanligini bilish asosida amalga oshadi. Odatda jinsiy tarbiya bilan tibbiyot xodimlari shugʻillanib kelganlar. Mazkur tarbiya keng jarayon boʻlib u oʻz ichiga bolani jinsiy hayot asoslari bilan tanishdirishni, unda gigienik koʻnikmalarni shakllantirishni, bolani oʻz tanasi tuzilishi bilan tanishtirishni, erkak va ayol organizmlarining oʻziga xosligini, ularning anatomik, fiziologik farqlanishini bilishi kabilarni oladi. Jinsiy differensiyalanish bolaning oʻz jinsiga taʼluqli ekanligini bilishi va oʻzlashtirishidir.

“Gender tarbiya”si tushunchasidan esa pedagoglar foydalanadi. Bunda biz “gender” deganda tarbiya jarayonida shaxsning erkaklar va ayollarga xos ruhiy, ijtimoiy va madaniy farqlanishini oʻz ichiga olgan ijtimoiy jinsni tushunishligimizni, shu asosdagi mavjud xususiyat va munosabatlarni esa gender munosabatlri deyishligimizni pedagogik jarayonlarga asos qilib olamiz. Taʼlimda gender yondashuvi odatda bolaning oʻzi oʻzi ekanligini namoyish qilishiga individual yondashish hisoblanadi. Gender yondashuvi bolalarning qanday jinsga taʼluqli ekanligidan qatʼiy nazar ularga tenglik tamoili qoidalariga koʻra oʻz imkoniyatlarini, intilishlarini, yangicha baholash, hayotiy maqsadlari, shaxsiy resurslarini amalga oshirish imkonini beradi.

Gender tarbiyasini amalga oshirishda qiz va oʻgʻil bolalarning anatomik, fiziologik oʻziga xosliklari, ularning ruhiy farqlari, imkoniyatlari asosini tashkil etishini hisobga olish kerak. Ushbu ruhiy farq ijtimoiy omillar – ijtimoiy muxit, tarbiya taʼsirida shakllanadi. Natijada biz qiz va oʻgʻil bolalar tarbiyasini ularning tugʻilishidan aniq boʻlgan hodisa deb emas, balki tabiy imkoniyatlar va shunga mos va xos ijtimoiylashuvning murakkab aloqadorligi natijasida vujudga keladigan hodisa sifatida qarash imkoniga ega boʻlamiz.

Ushbu jarayonda oila, MTTlar pedagogik jamoasining, vrach, bolani qurshab turgan muhitning roli benihoya katta. Mazkur jinsiy va gender tarbiyasi birinchidan, oʻziga xoslikka ega boʻlgan mustaqil tarbiya yoʻnalishlari hisoblanadi. Har bir yoʻnalishning oʻziga xos yonlashuvi, usuli va vositalari mavjud. Ikkinchidan esa, ularni bizning nazarimizga koʻra bir-biri bilan uzviy, chambarchas bogʻliqlikda, oʻzaro taʼsir asosida olib bormoq kerak. Demak, bunda vrach gender tarbiya asoslarini yaxshi oʻzlashtirgan, gender pedagogi esa vrach malakasiga ega boʻlmogʻi kerak. Mana shunday uygʻunlikda biz kutgan maqsadga erishamiz.

Yuqorida aytilganlardan tashqari ushbu nozik masalada yana bir muhim jihat bor. Bu - ushbu tarbiya jarayonidagi milliy-madaniy nazarning, dunyoqarashning oʻrni. Bilamizki, Oʻzbek oilalarida koʻpchilik hollarda jins, jinsga aloqador holatlar benihoya sir tutiladi. U haqda gaplashish, uni muhokama qilish uyat hisoblanadi. Shu sababdan oʻgʻil va qiz bolalarimiz hayotga koʻrgan, kuzatgan, eshitgan gap soʻzlari holatlariga koʻra kirib keladilar va natijada ayrim hollarda bir qator noxush muammolarga ham duch keladilar. Vaxolanki, jinsiy tarbiya, jinsiy madaniyat, jinsiy munosabat madaniyati ijtimoiy hayotning asosiy zaminlaridan biri hisoblanadi. Insonning baxtli hayot asoslaridan biri boʻlgan ushbu tarbiyaga uyalib qarab keldik. Bugun gender tarbiyasi masalasi butunlay boshqacha qarashni, dunyoqarashni talab qilmoqda. Birinchidan, oʻgʻil va qizlar bir xil bola, ulardagi jinsiy farqlar ular oʻrtasidagi insoniy munosabatlarni yanada mazmunli, ehtirosli, qiziqarli qilishi uchun xizmat qilishi kerak. Qiz bola qiz bola boʻlganligidan gʻururlanishi, iftixor tuygʻulari bilan yashashi kerak. Ona boʻlish baxti avlodlar davomiyligini xarakatga keltirish baxti, millat, vatan

--⊱⊱ 474 ⊰⊰-- ramzi boʻlish baxti qizlarimizda belgilovchi qadriyat boʻlishiga erishmogʻimiz kerak. Ular oʻzlaridagi shu qadriyatlarga xos sifatlarini ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida namoyish qilishiga intilishlari lozim.

Qiz va oʻgʻil bolalar tarbiyasiga oid stereotiplarini bilish ham bolalar gender tarbiyasini tashkil qilish va amalga oshirishda katta ahamiyatga ega.

Xulosa oʻrnida qaraganda oilada gender tarbiyasi bola tugʻilishi bilan oʻz-oʻzidan boshlanib ketgandek tuyiladi. Tugʻilgan bolaning jinsiga qarab kiyim-kechak, oʻyinchoqlar olinadi, muomala, murod-maqsad va boshqalar tanlanadi. Lekin, ayni vaqtda bola ikki yoshga yetishi bilan oʻz jinsini taniydi va 6-7 yoshga yetkanda unda jinsiy taʼluqlilik va gender konstantlik shakllangan boʻladi. Ular oʻgʻil bolalar erkak, qiz bolalar ayol boʻlishligini tushunadilar va har qanday holatda qizlar ayol, oʻgʻil bolalar esa erkak boʻlishlikga oʻzlarini tayyorlay boshlaydilar. Bunda koʻpchilik ota-onalar oʻgʻil bola oʻzidan oʻzi oʻgʻil bola boʻlib qoladi, qizlarimiz ham xuddi shunday bir pasda boʻyi yetib qolganini bilmay qolishadi deyishadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. N.Mamatov Maktabgacha yoshdagi bolalar gender tarbiyasini tashkil etishning metodologik masalalari.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 y 8 maydagi “Oʻzbekiston Respublikami maktabgacha taʼlim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PQ4312-son Qarori.

Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.