ResearcherUz LogoResearcherUz
Dergiyi Görüntüle

MAKTABGACHA TA’LIMDA INNOVATSIYALAR VA SUN’IY INTELLEKTDAN FOYDALANISH

Özet

Maqolada maktabgacha ta’lim tizimida innovatsion yondashuvlar, raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt (SI) imkoniyatlarini qo‘llashning afzalliklari yoritiladi. SI vositalarining bolalar rivojlanishi, pedagog faoliyati samaradorligi va boshqaruv tizimiga ta’siri tahlil qilinadi. Shunday amaliy tavsiyalar va SI asosida yaratilgan o‘quv metodlarining hamkorlikda integratsiyalashuv imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.


Tam PDF Belgesi

İlgili Makaleler

Tam metin

--⊱⊱ 343 ⊰⊰--

FOYDALANISH

Gafurova Adiba

Toshkent shahar Olmazor tumanidagi 52-

sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori

Annotatsiya

Maqolada maktabgacha ta’lim tizimida innovatsion yondashuvlar, raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt (SI) imkoniyatlarini qo‘llashning afzalliklari yoritiladi. SI vositalarining bolalar rivojlanishi, pedagog faoliyati samaradorligi va boshqaruv tizimiga ta’siri tahlil qilinadi. Shunday amaliy tavsiyalar va SI asosida yaratilgan o‘quv metodlarining hamkorlikda integratsiyalashuv imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.

Kalit soʻzlar: adaptiv oʻqitish, sunʼiy intellekt, intellektual, elektron potfoliyu, monitoring

Аннотaция

В статье рассматриваются преимущества использования инновaтционных подходов, цифровых технологий и возможностей искусственного интеллекта (ИИ) в системе дошкольного образования. Проанализировано влияние инструментов ИИ на развитие ребенка, эффективность педагогической деятельности и систему управления. Кроме того, рассматриваются практические рекомендaтция и возможности совместной интегрaтции образовательных методов на основе ИИ.

Ключевые слова: адаптивное обучение, искусственный интеллект, интеллектуальный, электронное портфолио, мониторинг.

Jahon miqyosida ta’lim sohasida raqamlashtirish, intellektual texnologiyalar, adaptiv o‘qitish va sun’iy intellektni qo‘llash tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Maktabgacha ta’lim (MTT) — bola intellektual va ijtimoiy rivojlanishining boshlang‘ich asosini shakllantiradigan muhim bosqich. Shu bois ushbu sohada innovatsiyalarni joriy etish ta’lim sifati va bola rivojlanishiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi.

Sun’iy intellekt (SI) yordamida bolalarning individual ehtiyojlarini aniqlash, ularning rivojlanish dinamikasini kuzatish, o‘quv faoliyatini individuallashtirish va ta’lim jarayonini yengillashtirish mumkin bo‘lib qoldi.

Maktabgacha ta’limda innovatsiyalarning asosiy yo‘nalishlari interaktiv va raqamli o‘quv texnologiyalari, maktabgacha ta’limda innovatsiyalarning muhim qismi quyidagi texnologiyalardan iborat:

interaktiv o‘yin platformalari;

multimedia o‘quv materiallari;

STEM va STEAM ta’lim texnologiyalari;

virtual va kengaytirilgan reallik (VR/AR) elementlari;

elektron portfolio va monitoring tizimlari.

Ushbu texnologiyalar bolalarning tafakkuri, qiziqishi va ijodkorligini kuchaytiradi.

Innovatsion pedagogik modellarдан foydalanish ijobiy natijalar beradi.

Loyihaviy o‘qitish;

Mushohada va tajribaga asoslangan o‘quv faoliyati;

Modulli va integratsiyalashgan ta’lim;

Oila–bog‘cha integratsiyasiga asoslangan raqamli platformalar;

Sun’iy intellektdan foydalanish imkoniyatlari;

--⊱⊱ 344 ⊰⊰--

Bolalar rivojlanishini intellektual monitoring qilish;

SI asosida ishlaydigan platformalar bolalarning:

nutq rivojlanishi, motorikasi, emotsiyalari, ijtimoiy ko‘nikmalari, diqqat va xotira ko‘rsatkichlarini avtomat tahlil qilishi mumkin.

Bunday monitoring pedagogning ishini yengillashtirib, har bir bola uchun individual rivojlanish yo‘nalishini belgilash imkonini beradi.

Adaptiv o‘quv dasturlari- SI bolaning yoshi, tafakkuri, o‘quv sur’ati va qiziqishlariga qarab o‘quv materialini avtomat ravishda moslashtiradi. Masalan: interaktiv o‘yinlar darajasini o‘zgartirish, muloqotga asoslangan o‘quv ssenariylari (chatbot), avtomat tuzatish va tavsiyalar berish.

Sun’iy intellekt asosidagi multimedia kontent 3D personajlar bilan nutqni rivojlantirish o‘yinlari, bola ovozini tanib, unga javob beradigan interaktiv dasturlar va rivojlantiruvchi multfilmlarni individuallashtirishdan iborat.

Bu vositalar bolalarning diqqatini jalb qiladi va ta’lim jarayonini qiziqarli tashkil etadi.

Pedagog faoliyatini avtomatlashtirishda SI quyidagilarda yordam beradi:

mashg‘ulot rejalarini tayyorlash;

materiallarni generatsiya qilish;

bola rivojlanishi hisobotlarini avtomat tayyorlash;

boshqaruv jarayonlarini optimallashtirish.

Bu pedagoglarning vaqt sarfini kamaytiradi va sifatli o‘quv jarayoniga e’tiborni oshiradi.

Bu jarayonlarni amalga oshirishda amaliyotda uchraydigan muammolar va pedagoglarni SI texnologiyalariga tayyorlashdagi kamchiliklar mavjud. Bular texnik jihatdan yetarli ta’minotning yo‘qligi, raqamli xavfsizlik masalalari va kontent sifatining nazorati.

Uchraydigan muammolar va kamchiliklarni bartaraf etish uchun pedagoglar uchun maxsus AI competency kurslari tashkil etish, MTTlarda raqamli infratuzilmani yaxshilash, sifatli milliy SI kontentlari yaratish, bola ma’lumotlarini himoya qilish bo‘yicha standartlar joriy etish hamda xalqaro tajriba va innovatsion platformalar bilan hamkorlik ishlarini tashkil etish.

Maktabgacha ta’limda innovatsiyalar va sun’iy intellektdan foydalanish ta’lim sifati va bolalar rivojlanishi uchun ulkan imkoniyatlar yaratadi. Interaktiv texnologiyalar, adaptiv o‘quv tizimlari, intellektual monitoring vositalari va raqamli platformalar MTTlarning pedagogik va boshqaruv faoliyatini yangi bosqichga olib chiqadi. Bu esa bolaning har tomonlama rivojlanishi, pedagog malakasining o‘sishi va ta’lim tizimining xalqaro standartlarga moslashuvini ta’minlaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O‘zbekiston Respublikasi “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonuni. – Toshkent,

2019.

2. O‘zbekiston Respublikasida “Raqamli ta’lim” konsepsiyasi (2020–2030). – Toshkent, 2020.

3. “Ilk qadam” Davlat o‘quv dasturi. – Toshkent: MTV, 2020.

4. Valiyeva F.R. Ensuring continuity in the traning of future professionals in the educatication

system.// Europen Journal of Research and Reflection in Educational Sciences/ Volume 7

Number 6, 2019. ISSN 2056-5852

5. Abdullayeva N.Sh. Leader competency and its specific characteristics in managing the school

education system// American Journal Of Social Sciences And Humanity

ResearcheISSN:2771-2141Pages:152-158|Crossref

29http://theusajournals.com/index.php/ajsshr/article/view/2548

Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.