ResearcherUz LogoResearcherUz
Dergiyi Görüntüle

MAKTABGACHA TA’LIMDA O‘YINLAR: IJODIY VA QOIDALI O‘YINLARNING TARBIYAVIY ROLI

Özet

Maqolada maktabgacha ta’limda o‘yinlarning pedagogik roli, ularning bolalarning ijtimoiy, aqliy va hissiy rivojlanishiga ta’siri o‘rganilgan. Ijodiy va qoidali o‘yinlarning farqlari, ularning tashkil etilishi va tarbiyaviy ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, o‘yinlar orqali bolalarning mustaqilligi, fikrlash qobiliyati, jamoadagi o‘zaro munosabatlari va maktabga tayyorgarligi rivojlantirilishi haqida so‘z boradi.


Tam PDF Belgesi

İlgili Makaleler

Tam metin

--⊱⊱ 248 ⊰⊰--

TARBIYAVIY ROLI

Yaxyayeva Guljaxon Yuldoshevna

Samarqand viloyati Oqdaryo tumani

4-DMTT tayyorlov guruhi tarbiyachisi

Annotatsiya: Maqolada maktabgacha ta’limda o‘yinlarning pedagogik roli, ularning bolalarning ijtimoiy, aqliy va hissiy rivojlanishiga ta’siri o‘rganilgan. Ijodiy va qoidali o‘yinlarning farqlari, ularning tashkil etilishi va tarbiyaviy ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, o‘yinlar orqali bolalarning mustaqilligi, fikrlash qobiliyati, jamoadagi o‘zaro munosabatlari va maktabga tayyorgarligi rivojlantirilishi haqida so‘z boradi.

Kalit so‘zlar: Maktabgacha ta’lim, o‘yinlar, ijodiy o‘yinlar, qoidali o‘yinlar, bolalar rivojlanishi, tarbiyaviy ahamiyat

Аннотatsiя: В статье рассматривается педагогическая роль игр в дошкольном образовании, их влияние на социальное, умственное и эмоциональное развитие детей. Проанализированы различия между творческими и подчинёнными правилам играми, их организatsiя и воспитательная ценность. Особое внимание уделено развитию самостоятельности, мышления, взаимоотношений в коллективе и подготовке детей к школе через игры.

Ключевые слова: Дошкольное образование, игры, творческие игры, игры с правилами, развитие детей, воспитательная значимость

Abstract: The article explores the pedagogical role of games in preschool education and their impact on children’s social, cognitive, and emotional development. It analyzes the differences between creative and rule-based games, their organization, and educational value. The article also emphasizes how games help develop children’s independence, thinking skills, social interactions, and school readiness.

Keywords: Preschool education, games, creative games, rule-based games, child development, educational significance

Muhtaram prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, “Yoshlar kelajagi bilan bog’liq har qanday vazifa birlamchi ahamiyatga ega”. Yoshlarimiz hayotidagi har bir jarayon biz uchun juda muhimdir.Inson tug’ulgan vaqtidan boshlab qandaydir faoliyatning ishtirokchisi bo’ladi va nimagadir o’zining qiziqishini namoyon eta boshlaydi. Kattalarning o’z o’yinlari bo’lganidek, - deb yozadi professor G.Vinogradov,- bolalarning ham o’z o’yinlari bor, ular o’zaro juda ko’p umumiyliklarga ega bo’lsalarda bir birlaridan shunchalik ajralib turadilarki anas hu farqlarni o’rganishimiz lozimdir. O’yinlar bolalar beshikdaliklaridayoq hayotlariga kirib boradi. Bordiyu-bor “shaqildog”i, tutib olaman o’yinlari hali gapirishni ham bilmaydigan bolalarga katta quvonch bag’ishlaydi. Bolalar ulg’aygan sayin o’yinlari ham shaklan, ham mazmunan murakkablashib boradi. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolajonlar o’yinlar orqali ilk atrof-olam tasavvurlarini shakllantirb boradilar. O’yin – maktabgacha yoshidagi bolalarga ta’lim berishda muhim yondashuvdir o’yin quvonch keltiradi va bolalarni rag’batlantiradi, ularga yangi ko’nikma va bilmlarni o’rganishga, o’zini va atrofdagi dunyoni bilishga Imkon beradi. Maktabgacha ta’lim bolaning o’yin huquqini tan oladi, o’yinning bola uchun muhimligini va uning individual rivojlanishi, ta’lim olishi va farovonligiga ko’maklashishdagi asosiy mezon bo’lib xizmat qiladi. O’yin bolaning shaxsiyati uning bilish ijtimoiy- hissiy, ijodiy va jismoniy jihatlarini rivojlantiradi.

--⊱⊱ 249 ⊰⊰-- O’yinda bolalar tengdoshlari va pedagog bilan o’zaro munosabati nutq va ijtimoiy ko’nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi, bunda bolaning tabiatga bo’lgan mehri uyg’onadi, tabiat qo’ynidagi ekologik tarbiyaga oid o’yin, mehnat faoliyatlari ishtirokchilarining motorikalari borgan sari takomillashtirib boradi.

Maktabgacha ta’limda o’yinlar o’z mazmuni va tashkil etilishi va ta’sir ko’rsatishiga qarab ikki katta turkumga bo’linadi.

1. Ijodiy o’yinlar- bu o’yinlar bolalarning o’zlari tomonidan o’ylab topilib bolalarning fikrlash qobiliyatlarini rivojlantiradi. Ijodiy o’yinda bolalarning tevarak atrofdan olgan ta’surotlari aks etadi. Bunday o'yinlar mustaqil bo'lib bolalarning erkinligi, tashkilotchiligi ijodkorlik qobiliyatlari to'la nomoyon qiladi. O’yinda hayotiy ta’surotlar aynan aks ettirilmaydi balki bolalar ongida qayta ishlanib, oyinga tadbiq etiladi. Bola o’z o’yinida borliqni aks ettirib, olgan rolining mazmuni bilan bog’liq bo’lgan u yoki bu hissiyotini boshdan kechiradi. Bularga misol sifatida “Bolalar bog’chasi”, “Maktab” kabi o’yinlar bolalarda do’stlik, o’rtoqlik, burch hissi, jamoatchilikning ilk shakllarini rivojlantiradi, kelajakda bolalarning maktab muhitiga tez moslashuvi va ijtimoiylashuv jarayonlari uchun tayyorlab boradi.

2. Qoidali o’yinlar - o’yinning bu turi barcha o’yinlar kabi amaliy faoliyat hisoblanib belgilangan qoidalar asosida tashkil qilinadi va bunda har bir harakat qoidalar asosida boshqarib boriladi. Bunga quydagilar kiradi: - Didaktik; - Harakatli; - Musiqaviy; - Ermak o’yinlar.

O’yin davomida qoidalarning tog’ri bajarilishi “to’g’ri yoki noto’g’ri” o’yin qoidasi buzildi degan baholar bilan baholanib boriladi.

Xulosa o’rnida shuni ham aytish kerakki, har bir bolani maktabgacha ta’limga qamrab olishimiz va boshlang’ich ko’nikmalarini shakllantirib boorish uchun biz ham o’z hissamizni qo’shaylik.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Vygotskiy L.S. Psixologik rivojlanish nazariyalari. – Toshkent: O‘qituvchi, 2003.

2. Luriya A.R. Oliy psixik funksiyalar va ularning buzilishi. – Toshkent: O‘zbekiston Milliy

ensiklopediyasi, 2008.

3. Abdullayeva N.Sh. The role of modeling in the development of coherent speech of senior

preschoolers// International journal of multidisciplinary research and analysis ISSN(print):

2643-9840, ISSN(online): 2643-9875 Volume 03 Issue 12 December 2020 DOI:

10.47191/ijmra/v3-i12-09, Impact Factor: 5.522 Page No.- 321-323

4. Abdullayeva N.Sh. Pedagogical possibilities of design activity in the process of increasing the

qualification of preschool workers// European Journal of Research and Reflection in

Educational Sciences. Volume 8 Number 1 2020 Page 90-95 bet

5. Valiyeva F.R. Ensuring continuity in the traning of future professionals in the educatication

system.// Europen Journal of Research and Reflection in Educational Sciences/ Volume 7

Number 6, 2019. ISSN 2056-5852

6. Valiyeva. F.R., Kurbonov Sh. Continuity in the education system // Wschodnioeuropejskie //

East european science journal 12(52)2019 45-52. 2020

Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.