ResearcherUz LogoResearcherUz
Dergiyi Görüntüle

MAKTABGACHA TAʼLIMDA STEAM TAʼLIM TEXNOLOGIYASI ASOSIDA LOYIHALASH MEXANIZMI

Özet

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda STEAM texnologiyasi asosida loyihalash usulining ahamiyati, maktabgacha taʼlimda STEAM asosida loyihalash jarayoni bosqichlari,  STEAM taʼlimi orqali bolalarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, dizaynerlik faoliyati, bolalarda muhandislik faoliyatining afzallik jihatlari haqida yoritilgan.


Tam PDF Belgesi

İlgili Makaleler

Tam metin

--⊱⊱ 456 ⊰⊰--

LOYIHALASH MEXANIZMI

Gafurova Dilnoza Saloxiddinovna

Samarqand davlat pedagogika instituti

Boshlangʻich va Maktabgacha taʼlim

nazariyasi kafedrasi assistenti UDK: 373.3

dilnozagaffurova@gmail.com

Annotatsiya: Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda STEAM texnologiyasi asosida loyihalash usulining ahamiyati, maktabgacha taʼlimda STEAM asosida loyihalash jarayoni bosqichlari, STEAM taʼlimi orqali bolalarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, dizaynerlik faoliyati, bolalarda muhandislik faoliyatining afzallik jihatlari haqida yoritilgan.

Аннотация: В данной статье рассматривается важность методов проектирования на основе STEAM для детей дошкольного возраста, этапы процесса проектирования на основе STEAM в дошкольном образовании, развитие навыков логического мышления детей посредством STEAM-образования, проектная деятельность и преимущества инженерной деятельности для детей.

Abstract: This article discusses the importance of STEAM-based design methods for preschool children, the stages of the STEAM-based design process in preschool education, the development of childrenʼs logical thinking skills through STEAM education, design activities, and the advantages of engineering activities for children.

Kalit soʻzlar: Bolada ijodkorlik, tasavvur, his-tuygʻular, tashabbus, harakatchanlik va moslashuvchanlik; mantiqiy tafakkurning shakllanishi, muhandislik, dizaynerlik, taʼlim-tarbiya jarayonidagi mustaqillik, integratsiyalashgan taʼlim, STEAM faoliyati va loyihalash, maktabgacha taʼlim.

Ключевые слова: Креативность, воображение, эмоции, инициативность, подвижность и гибкость у ребенка; формирование логического мышления, инженерия, проектирование, самостоятельность в образовательном процессе, интегрированное образование, STEAMдеятельность и проектирование, дошкольное образование.

Keywords: Creativity, imagination, emotions, initiative, mobility and flexibility in a child; formation of logical thinking, engineering, design, independence in the educational process, integrated education, STEAM activities and design, preschool education.

Maktabgacha taʼlimda loyiha faoliyati bilan bogʻliq texnologiyalar va loyiha faoliyatida foydalaniladigan texnologiyalarning bolaning har tomonlama rivojlanishidagi samarali jihatlari haqida gap ketganda, shuningdek, STEAM taʼlim texnologiyasini pedagogik jarayonda qoʻllash koʻzlangan taʼlim maqsadiga erishishda zaruriy vosita hisoblanadi. STEAM faoliyati amaliy faoliyatdir. Ushbu yondashuvga koʻra, bu faoliyatning asosi loyihalash, modellashtirish va

--⊱⊱ 457 ⊰⊰-- dizaynlashdir. Tarbiyalanuvchilar tomonidan olingan vazifani loyihasini tuzish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Maktabgacha taʼlimda STEAM faoliyatini tashkil etish koʻplab innovatsion texnologiyalarni jumladan, dizayn texnologiyasi, tadqiqot texnologiyasi, shaxsga yoʻnaltirilganlik, oʻyin texnologiyasi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qamrab oladi. Ushbu texnologiyalar STEAM faoliyati bosqichlarini oʻz ichiga oladi. STEAM faoliyatida shaxsga yoʻnaltirilganlik texnologiyasida shaxsning ijodkorligi uchun zarur barcha shart-sharoit yaratiladi. [10]

Loyiha faoliyati bolaning kognitiv va ijodiy rivojlanishini faollashtirish va shu bilan birga bolaning shaxsiy fazilatlarini shakllantirishning didaktik vositasidir. Loyihani amalga oshirish jarayonida bolalar tomonidan olingan bilimlar ularning shaxsiy tajribasi mulkiga aylanadi. Tajriba qilish orqali bola savolga javob izlaydi va shu bilan ijodiy qobiliyatlarni, muloqot qobiliyatlarini rivojlantiradi. Loyihani bolalar va kattalarning birgalikdagi rivojlanish faoliyati shakli sifatida ishlatib, oʻqituvchilar taʼlim faoliyatini qiziqarli, ijodiy, samarali tarzda tashkil etadilar. Loyihadan maktabgacha taʼlim amaliyotida foydalanish pedagogik innovatsiya sifatida koʻrib chiqilish huquqiga ega, chunki loyiha usuli maktabgacha yoshdagi bolalarning kognitiv faoliyati bolalarning birgalikdagi faoliyati jarayonida erishilgan natijaga qaratilgan degan gʻoyaga asoslanadi. [3]

STEAM (Science, Technology, Engineering, Art, Mathematics) yoʻnalishlarini bir-biri bilan integratsiya qilgan holda bolalarda ijodkorlik, fikrlash, kuzatish, tajriba qilish, loyihalash va muammolarni hal qilish koʻnikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Maktabgacha taʼlimda STEAM asosida loyihalash jarayoni bosqichlari quyidagilardan iborat:

1–bosqich: Maqsadni aniqlash. Loyihalash jarayoni avvalo aniq maqsadni belgilashdan boshlanadi. Maktabgacha taʼlimda STEAM loyihasining maqsadi:

➢ bolalarni atrof-muhitni kuzatishga oʻrgatish,

➢ ilmiy va ijodiy fikrlashni rivojlantirish,

➢ oddiy muammolarga noodatiy yechim topishga oʻrgatish,

➢ kichik loyihalar orqali tajriba orttirishdan iborat.

Misol: “Suv aylanishi”, “Koʻprik quramiz”, “Sehrli magnitlar”. [4]

2-bosqich: Muammoni qoʻyish va vazifalarni belgilash. STEAM loyihasida har bir faoliyat real yoki oʻyin orqali berilgan muammodan boshlanadi. Tarbiyachi bolalarga hayotiy vaziyatdan kelib chiqqan savollar beradi:

Misol: — “Yogʻingarchilikdan keyin suv qayerga ketadi?”; “Uyimizga yomgʻirdan himoya qiladigan narsa yasay olamizmi?”; “Shamol kuchaysa, uy qulab tushmaydigan qilib nima qilamiz?”; “Koʻprik qurib mashinalar oʻtishi uchun nima qilish kerak?”; “Nima uchun qayiq suvda choʻkmaydi?”. Bu muammo bolalarning qiziqishini uygʻotish va izlanishda faol boʻlishiga yordam beradi. Bu bosqichda: qiziqish uygʻotiladi, muammo aniqlanadi, loyiha maqsadi belgilab olinadi.

3-bosqich: Gʻoya va yechimlar ishlab chiqish. Bolalar bilan birga muammoni qanday hal qilish mumkinligi haqida fikrlar yigʻish oʻtkaziladi. Ushbu bosqich STEAMning barcha yoʻnalishlarini uygʻunlashtiradi:

➢ Science – kuzatish, tajriba qilish

➢ Technology – oddiy texnik vositalardan foydalanish

➢ Engineering – konstruktorlar, qurilish materiallari yordamida model yaratish

➢ Art – loyihaning dizaynini chizish, bezash

➢ Math – oʻlchash, taqqoslash, sanash

4-bosqich: Modellashtirish va tajriba oʻtkazish. Bu bosqichda bolalar gʻoyasini amalda sinab koʻrishadi.

--⊱⊱ 458 ⊰⊰--

5-bosqich: Loyiha mahsulotini yaratish (Misollar: suv bugʻlanishini tajriba qilish, lego va yogʻoch detallar orqali koʻprik modeli qurish, magnitlarning tortish kuchini tekshirish, geometrik shakllardan minoralar qilish. Modellashtirish orqali bolalar sabab–natija bogʻlanishini tushunadi, xatolarni koʻradi, qayta urinib koʻradi, oʻz faoliyatini mustaqil rejalashtira oladi. Bolalar tadqiqot qilishadi, tajribalar oʻtkazadi (suv oqimi, shamol taʼsiri, yorugʻlik, ogʻirlik), materiallarni sinab koʻradi, savollarga javob izlaydi. Bu bosqichda “S”, “T” va “M” (fan–texnologiya–matematika) komponentlari faol qoʻllanadi.

yakuniy model). Qurish yoki yaratish (Engineering + Art). Bolalar oʻz loyihasining yakuniy koʻrinishini yaratadi: qurilgan koʻprik, suv aylanishi maketi, shamol tegirmoni, robotcha-model, sanʼat asari (plakat, maket, chizma). Bu bosqichda ijodkorlik va estetik yondashuv muhim hisoblanadi. Bu bosqich loyihaning amaliy bajarilishi konstruksiyalar yigʻish, maket yasash, koʻrgazmali modellar tayyorlash, dizayn elementlari qoʻshish. Bolalar muhandislik va sanʼat yondashuvini birlashtiradi.

6-bosqich. Sinovdan oʻtkazish va muhokama qilish. Tayyor loyiha quyidagilarga tekshiriladi: mustahkamlik, barqarorlik, toʻgʻri ishlashi, estetik koʻrinishi. Bolalar “Nima uchun bunday boʻldi?”, “Qanday yaxshilash mumkin?” degan savollarga javob beradi.

7-bosqich: Natijani tahlil qilish va baholash. Maktabgacha yoshdagi bolalarda baholash jarayoni oʻyin shaklida va ragʻbatlantiruvchi boʻladi.

Baholash mezonlari:

➢ bolaning ishtirok darajasi,

➢ muammoni tushunish va gʻoya taklif qilish qobiliyati,

➢ ijodkorlik,

➢ jamoada ishlash,

➢ yakuniy mahsulotning funksionalligi.

Pedagog “sen buni qanday qilding?”, “yana qanday sinab koʻrish mumkin?” kabi savollar bilan bolaning tafakkurini chuqurlashtiradi.

8-bosqich: Natijani taqdim etish. Bolalar oʻz loyihasini guruh oldida namoyish qiladi: qanday materiallar ishlatilgani, qanday muammolar chiqqani, qanday yechim topilgani, yakuniy natija qanday ekanini tushuntiradi. Taqdimot jarayoni bola nutqini rivojlantiradi, ishonch hosil qiladi va kommunikativ kompetensiyalarni oshiradi.

STEAM asosida loyihalash mexanizmining afzalliklari shundaki, bolalarda muammoli vaziyatda yechim toppish, mantiqiy fikrlash, mustaqillik, hamkorlikda ishlash, tasavvur va ijodkorlik, motorika va texnik koʻnikmalar rivojlanadi. [6]

STEAM asosida loyihalash faoliyatini tashkil etish tarbiyachi uchun faol, innovatsion mashgʻulotlar, bolalarni darsga jalb qilish osonlashadi, oʻyin orqali taʼlim yuqori natija beradi. Tarbiyachi jarayonni boshqaradi, lekin tayyor yechim bermaydi, bolalarning mustaqil fikrlashini ragʻbatlantiradi, xavfsiz, qiziqarli va ijodiy muhit yaratadi, baholashda koʻproq ragʻbatlantiruvchi usuldan foydalanadi.

Maktabgacha taʼlimda STEAM faoliyati bolalarning tadqiqot, ijodiy fikrlash, konstruktiv faoliyat, muammo yechish, mantiqiy tafakkur, qoʻl mehnati va ijodiylikni uygʻun rivojlantirishga qaratilgan. Loyihalash faoliyati - bolalarda maʼlum bir muammoni hal qilish jarayonida rejalashtirish, oʻylash, sinab koʻrish, yaratish va natijani baholash amaliyotidir. Bolalar gʻoya oʻylaydi, material tanlaydi, quradi yoki yasaydi, tajriba qiladi, oʻz ishini himoya qiladi. Bu jarayon oʻyin asosida tashkil qilinadi.

--⊱⊱ 459 ⊰⊰--

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI

1. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim konsepsiyasi. — Toshkent: MMTV, 2019.

2. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun Davlat oʻquv dasturi “Ilk qadam”. — Toshkent:

MMTV, 2018.

3. Gafurova Dilnoza Salokhiddinovna. Advantages of using steam technology in preschool educational organization. – 2023.

4. Gafurova D. Maktabgacha yoshdagi bolalarning tadqiqotchilik qobiliyatlarini shakllantirishda STEAM texnologiyasining ahamiyati. OʻZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI

XABARLARI, 2024, [1/5/1] ISSN 2181-7324 94-96 bet.

5. Yoʻldosheva, N., & Mamarasulov, J. STEAM yondashuvining maktabgacha taʼlimda qoʻllanishi. — “Maktabgacha taʼlim” jurnali, 2022.

6. Савенкова, Л. Г. Исследовательская и проектная деятельность детей дошкольного возраста. — Москва: Просвещение, 2020.

7. Ксенофонтова, М. Инженерное мышление в дошкольном возрасте. — Москва, 2021.

8. Поливанова, К. Н. Проектная деятельность дошкольников. — Москва: ВЛАДОС, 2019.

9. Яковлева, Н. В. STEAM-образование в дошкольных организациях. — Москва: Педагогическое общество, 2020.

10. Yakman, G. STEAM Education: An Overview of Creating a Model of Integrative Education. — STEAM Education Journal, 2010.

11. Sousa, D. A., & Pilecki, T. From STEM to STEAM: Using Brain-Compatible Strategies to Integrate the Arts. — Corwin Press, 2013.

12. Brennan, K., & Resnick, M. New frameworks for studying and assessing the development of computational thinking. — AERA Conference Proceedings, 2012.

13. John, W., & Miller, R. Early Childhood STEM Education: Concepts, Methods, and Practices. — Springer, 2018.

Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.