ResearcherUz LogoResearcherUz
Dergiyi Görüntüle

MAKTABGACHA TAʼLIMNI BOSHQARISHDA BOSHQARUV METODLARI

Özet

Maqolada maktabgacha taʼlimni boshqarishda qoʻllaniladigan boshqaruv metodlari, ularning turlari, mazmuni va samaradorlik omillari yoritilgan. Maʼmuriy, iqtisodiy, ijtimoiy-psixologik, innovatsion va axborot-kommunikatsion boshqaruv metodlarining zamonaviy taʼlim jarayonidagi roli tahlil qilingan. Shuningdek, rahbarning boshqaruv madaniyati, yetakchilik fazilatlari va innovatsion yondashuvning taʼlim sifati oshishidagi ahamiyati bayon etilgan


Tam PDF Belgesi

İlgili Makaleler

Tam metin

--⊱⊱ 402 ⊰⊰--

MAKTABGACHA TAʼLIMNI BOSHQARISHDA BOSHQARUV METODLARI

Chapanbayev Faxriddin Turanovich

Toshkent viloyati pedagogik mahorat

markazi “Maktabgacha,boshlangʻich va

maxsus taʼlim metodikasi” kafedrasi

mudiri

Annotatsiya: Maqolada maktabgacha taʼlimni boshqarishda qoʻllaniladigan boshqaruv metodlari, ularning turlari, mazmuni va samaradorlik omillari yoritilgan. Maʼmuriy, iqtisodiy, ijtimoiy-psixologik, innovatsion va axborot-kommunikatsion boshqaruv metodlarining zamonaviy taʼlim jarayonidagi roli tahlil qilingan. Shuningdek, rahbarning boshqaruv madaniyati, yetakchilik fazilatlari va innovatsion yondashuvning taʼlim sifati oshishidagi ahamiyati bayon etilgan.

Kalit soʻzlar: boshqaruv metodlari; maktabgacha taʼlim; innovatsion boshqaruv; pedagogik jarayon; raqamli boshqaruv

Аннотация: В статье рассматриваются методы управления в системе дошкольного образования, их виды, особенности и факторы эффективности. Проанализированы административные, экономические, социально-психологические, инновационные и информационно-коммуникационные методы управления. Особое внимание уделено управленческой культуре руководителя, лидерским качествам и инновационным подходам, влияющим на качество воспитательно-образовательного процесса.

Ключевые слова: методы управления; дошкольное образование; инновационное управление; педагогический процесс; цифровое управление

Anatation: The article examines management methods used in preschool education, their types, characteristics, and factors influencing effectiveness. Administrative, economic, sociopsychological, innovative, and information-communication management methods are analyzed. The importance of leadership skills, managerial culture, and innovative approaches in improving the quality of early childhood education is also highlighted.

Maktabgacha taʼlim tizimi jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida muhim oʻrin tutadi, chunki aynan ushbu davrda bola shaxsining asosiy psixologik, aqliy va ijtimoiy sifatlari shakllanadi. Tizim samaradorligi koʻp jihatdan boshqaruv jarayonining toʻgʻri tashkil etilishiga bogʻliq boʻlib, boshqaruv metodlari esa pedagogik jarayonni boshqarishning eng muhim mexanizmlaridan biri hisoblanadi. Boshqaruv metodlari maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyatini rejalashtirish, muvofiqlashtirish, nazorat qilish, tahlil etish va takomillashtirish vositalari orqali amalga oshiriladi. Mazkur metodlar rahbarning boshqaruv madaniyati, pedagogik salohiyati, tashkilot ichki muhiti va mavjud normativ-huquqiy baza bilan chambarchas bogʻliq boʻlib, ularning ilmiy asoslangan holda qoʻllanilishi taʼlim sifatini tubdan oshirishga xizmat qiladi. Maktabgacha taʼlim sohasidagi boshqaruv metodlari shartli ravishda maʼmuriy, iqtisodiy, ijtimoiy-psixologik, pedagogik-innovatsion va axborot-kommunikatsion metodlarga ajratiladi.

--⊱⊱ 403 ⊰⊰-- Maʼmuriy metodlar tashkilotning ichki tartib-intizomi, meʼyoriy hujjatlar, buyruq, farmoyish va koʻrsatmalar asosida boshqarishni anglatadi.

Ushbu metodlar orqali rahbar pedagogik jamoa faoliyatini tartibga soladi, masʼuliyat ragʻbatlantirish, moddiy manfaatdorlik, resurslarni oqilona taqsimlashga asoslanadi. Ular xodimlarning mehnat unumdorligini oshiradi, sifatli pedagogik faoliyat uchun iqtisodiy motivatsiyani kuchaytiradi. Ijtimoiy-psixologik metodlar jamoa ichida sogʻlom psixologik muhit yaratish, oʻzaro ishonchni mustahkamlash, pedagoglarning emotsional holatini qoʻllab-quvvatlash va jamoaviy birdamlikni kuchaytirishga xizmat qiladi. Ushbu metodlar pedagogik jarayonning insonparvarlik asosiga urgʻu berib, hamkorlikka yoʻnaltirilgan boshqaruv tizimini shakllantiradi. Innovatsion-pedagogik metodlar qatoriga ilgʻor xorijiy tajribalarni joriy etish, AKTdan samarali foydalanish, raqamli boshqaruv tizimlarini qoʻllash, monitoring, diagnostika va modellashtirishga asoslangan boshqaruv vositalari kiradi. Bugungi kunda raqamli texnologiyalar maktabgacha taʼlim tizimini boshqarishda markaziy oʻrinni egallab, elektron kundaliklar, elektron resurslar, masofaviy monitoring tizimlari va onlayn platformalar orqali jarayonning shaffofligini oshirmoqda. Axborotkommunikatsion metodlar boshqaruvni ilmiy asosda olib borishga xizmat qiladi.

Maʼlumotlarni yigʻish, tahlil qilish, statistik koʻrsatkichlar asosida qaror qabul qilish, taʼlim sifatini monitoring qilish jarayonlari ushbu metodlarning tarkibiy qismlaridir. Boshqaruv metodlarining samaradorligi ularning kompleks qoʻllanilishi, tizimlilik tamoyili, rahbarning yetakchilik fazilatlari, pedagogik jamoaning malaka darajasi va motivatsiyasiga bogʻliq. Effektiv boshqaruv uchun rahbar strategik fikrlay olishi, oʻzgarishlarni boshqarish, innovatsiyalarni joriy etish, shaxsga yoʻnaltirilgan yondashuvni qoʻllay olishi lozim. Maktabgacha taʼlimni boshqarishda demokratik rahbarlik uslubining qoʻllanilishi ochiqlik, tashabbuskorlik, masʼuliyat, jamoaviy fikrlash va ijodkorlikni rivojlantiradi.

Zamonaviy boshqaruv yondashuvlari shuni koʻrsatadiki, taʼlim tashkilotlarida faqat buyruqbozlikka asoslangan boshqaruv eskirgan boʻlib, uning oʻrnini inson omiliga tayanadigan, ragʻbatlantirish va hamkorlikni ustuvor deb biladigan boshqaruv modeli egallamoqda. Boshqaruv jarayonining ilmiy asosda tashkil etilishi taʼlim sifati, tarbiyalanuvchilar rivojlanish dinamikasi, pedagoglarning kasbiy kompetensiyasi, ota-onalar bilan hamkorlik darajasini oshiradi. Shu bois boshqaruv metodlarini takomillashtirish, ularni zamonaviylashtirish, innovatsiyalar bilan boyitish, raqamli yechimlarni keng joriy etish maktabgacha taʼlim tizimining barqaror rivojlanishini taʼminlaydi. Yakuniy xulosa sifatida aytish mumkinki, boshqaruv metodlari maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyatining asosiy tayanchi boʻlib, ularning ilmiy, tizimli va uzluksiz qoʻllanilishi pedagogik jarayon sifatini oshiradi, taʼlim muassasasining strategik rivojlanishiga zamin yaratadi va jamiyatda barkamol avlodni tarbiyalashga xizmat qiladi.

ADABIYOTLAR ROʻYXATI

1. Oʻzbekiston Respublikasi “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida”gi Qonuni.

2. Maktabgacha taʼlim vazirligi. Maktabgacha taʼlimni boshqarish boʻyicha metodik qoʻllanma. Toshkent, 2022.

3. Xodjieva N. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boshqaruvning innovatsion yondashuvlari. – Toshkent: Fan, 2021.

4. Fayzieva F. Taʼlim menejmenti va boshqaruv metodlari. – Toshkent: Oliy taʼlim nashriyoti, 2020.

5. Robbins S., Coulter M. Management. Global Edition. – Pearson Education, 2019.

--⊱⊱ 404 ⊰⊰--

6. Bush T. Educational Leadership and Management. Theory and Practice. – Sage Publications, 2020.

7. UNESCO Early Childhood Care and Education Global Report. 2021.

Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.