--⊱⊱ 414 ⊰⊰--
MEXANIZMLAR ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH
Joʻraqulova Gulhayo Ikrom qizi
Navoiy viloyati, Navbahor tumani
15-DMTT direktori oʻrinbosari
Tursunpoʻlatova Baxtigul Aliqulovna
Qashqadaryo viloyati Shaxrisabz tumani
26-DMTT direktor oʻrinbosari
Annotatsiya
Maqolada maktabgacha taʼlimni boshqarishda raxbar axloqi, koʻnikmasi va pedagoglik mahoratining oʻziga xos tomonlari tahlil qilib berilgan. Shuningdek, raxbar shaxsining shakllanishida bugungi boshqaruvning zamonaviy mexanizmlari ilmiy-nazariy jihatdan asoslab berilgan.
Kalit soʻzlar: Menejment, Boshqaruv, Boshqaruv usuli, Liberal rahbar, Demokrat rahbar
IMPROVING PRESCHOOL EDUCATION MANAGEMENT ON THE BASIS OF
MODERN MECHANISMS
Annotation
The article analyzes the specific aspects of the ethics, skills and pedagogical skills of a leader in managing preschool education. Also, the modern mechanisms of todayʼs management in the formation of a leaderʼs personality are scientifically and theoretically substantiated.
Keywords: Management, Management, Management method, Liberal leader, Democratic leader.
Hozirgi kunda “Menejment” soʻzini koʻp bora eshitib turamiz? Hoʻsh, maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ham ushbu soʻzdan foydalanamizmi? Qachon va qay hollarda?
“Menejment” soʻzi ingliz tilidan olingan boʻlib, boshqaruv sanʼati boshqaruv hokimiyati, tashkil etish, rahbarlik qilish (rejalashtirish, tartibga solish muvofiqlashtirish, nazorat qilish) maʼnolarini anglatadi degan maʼnoni bildiradi. Menejment koʻzlangan maqsadlarga erishish uchun faoliyatni, yaʼni insonlar yoki ularning guruhlari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda boshqarish usullari, shakllari va vositalari majmuidir. Sodda qilib aytganda, menejment umumiy holda u yoki bu faoliyat turini tashkil etishni va unga rahbarlik qilishni, yaʼni turli xil sohalarda faoliyat koʻrsatayotgan insonlarning xatti-harakatlarini, munosabatlarini muvofiqlashtirish, ularning imkoniyatlari va qobiliyatlaridan toʻg ʼri foydalanishni tashkil etish, nazorat qilish va boshqarishni bildiradi.
Menejment eng avvalo insonlarni boshqarish, ularni oʻz faoliyatiga qiziqtirish, tadbirkorlikka, mehnatga ijodiy yondashish, oʻziga ishonish tuygʻularini shakllantirish, sohalar boʻyicha bilim, koʻnikma va malakalarni egallashiga koʻmaklashish, yangilikka va ijodkorlikka chorlash, insonlaming faoliyatini boshqarish demakdir.
L.Fishman fikriga koʻra, taʼlim menejmenti - bu ilmiy asosda tashkil etilgan, oʻziga xos pogʻonaviylikka asoslangan boshqaruv: rahbar, pedagogik jamoa, taʼlim oluvchilar jamoasi. Shunga koʻra boshqaruvni turli xil modellar asosida amalga oshirish mumkin: integral model, birinchi pogʻona - pedagogik jamoa faoliyatini boshqarish; ikkinchi pogʻona - bolalar faoliyatini boshqarish.
--⊱⊱ 415 ⊰⊰-- Bundan tashqari, olimlar taʼlim menejmetining bir qator oʻziga xos xususiyatlarga ega ekanligini ham taʼkidlab oʻtishadi. Ular orasida quyidagi xususiyatlar asosiy hisoblanadi:
- taʼlim menejmenti “maqsadga muvofiqlik” soʻzi bilan aniqlanadigan maʼnaviy oʻlchovga ega;
- taʼlim menejmenti - bu fan va sanʼat (chunki bunda insonlar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar katta rol oʻynaydi);
-menejment mazmunida oʻz aksini topadigan shaxs, davlat va jamiyat manfaatlarining o ʼzaro dialektik birligi;
-taʼlimni boshqarishda jamoatchilikning faol qatnashuvi.
Mamlakatimizda menejment fanining rivojlanishiga salmoqli hissa qoʻshgan olimlardan M.Sharifxoʻjaev, Yo.Abdullayevlar boshqaruv oʻziga xos yuksak sanʼat va mahoratni talab qiluvchi tanlov, shu tanlov asosida qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat qilish ekanligini taʼkidlab, quyidagicha taʼrif beradilar: “Boshqaruv - bu tanlov, qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat qilish jarayonidir”. Taʼlim menejmentida boshqaruvning quyidagi turlari mavjud:
Avtokratik rahbar: Bunday turdagi rahbar:
- buyruq chiqarish, qaror qabul qilish, xodimlarga jazo berish yoki ragʻbatlantirishda jamoa fikirini hisobga olmaydi;
- oʻzini jamoadan uzoq tutadi; jamoa aʼzolarini bevosita muloqotda boʻlishini chegaralab qoʻyadi;
- oʻzining nooʻrin harakatlarining tanqid qilinishiga chiday olmaydi;
- oʻziga boʻysinuvchilarning harakatlarini keskin ravishda tanqid qilishni yaxshi koʻradi;
-muttasil buyruq berishga, hammani oʻz istaklariga soʻzsiz boʻysindirishga intiladi;
-koʻp gapirishni yoqtirmaydi, lekin boʻysinuvchilari bilan muomilada boʻlganda uning rahbarlik gʻururi balandligi, oʻzini katta tutishi sezilib turadi;
- oʻziga boʻysinuvchilar oldida qovogʻi solingan kayfiyatda boʻladi.
Xullas, avtokratik rahbar oʻziga bino qoʻygan, dimogʻdor, oʻz qobiliyati va imkoniyatlariga ortiqcha ishonadigan, hukmini oʻtkazishga intiladigan kishilardan yetishib chiqadi.
Bunday rahbar nazoratdan chetda qolsa oʻsha yerda dagʻallik, takabburlik, tazyiq oʻtkazish, majbur qilish kabi oʻta salbiy holatlar avj oladi.
Biroq avtokratik boshqaruv usulini har jihatdan yomon deb boʻlmaydi. Baʼzi bir hollarda boʻysinuvchilaming madaniy darajasi, axloqi pastligi sababli avtokratik uslubini tanlab olish ham ish berib qolishi mumkin.
Liberal rahbar Bunday turdagi rahbar:
- irodasiz, tashabbussiz boʻladi;
- oʻz zimmasiga masʼuliyat olishni yoqtirmaydi;
- ishni oʻz holiga tashlab qoʻyadi;
- idoraga nisbatan qatʼiy boʻlishdan hayiqadi;
- oʻzini haddan tashqari ehtiyot qiladi;
-biron xodim bilan ham aloqani buzishni istamaydi;
-talabchan emas, sust nazorat qiladi;
- suiisteʼmollarga bevosita yoʻl qoʻymasa ham oʻzini bilmaslikka soladi.
Bunday rahbar tashqaridan koʻrsatiladigan taʼsirga moyilligi bilan koʻzga tashlanib turadi.
Demokratik rahbar bunday turdagi rahbar:
- boshqarish funksiyalarini jamoa fikri bilan hisoblashib amalga oshiradi;
--⊱⊱ 416 ⊰⊰--
- ishlab chiqarishni boshqarishga xodimlarni jalb qiladi;
- ularning bildirgan fikriga quloq soladi;
- ular bilan maslahatlashadi, ijobiy tamonlarini inobatga oladi;
- barcha bilan barobar va samimiy munosabatda boʻladi, ustunligini bildirmaydi;
- buyruq berish yoʻli bilan emas, balki ishontirish uslubida ish tutadi;
- buyruq rahbarlik uslubi boʻysinuvchilarning shaxsiy tashabbusini, ijodiy faoliyatini rivojlantiradi va jamoada oʻrtoqlik va ishchan muhitini yaratadi.
Boshqaruvchi qaysi boshqaruv shaklini qoʻllashidan qatʼiy nazar oʻzining mustaqil dunyoqarashi, mustaqil fikri va quyidagilarni oʻz ichiga olgan maʼnaviy qiyofasi boʻlishi kerak.
Har qanday holatda ham rahbar qaysi boʻgʻinda rahbar boʻlishidan qatʼiy nazar oʻzining asosiy majburiyati, yaʼni qoʻl ostidagilami oʻzining misolida tarbiyalashni unutmasligi kerak.
Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonunida, Oʻzbekistonda taʼlim sohasini boshqarish respublika tasarrufidagi yuqori hukumat va uning boshqarish organlari hamda mahalliy hukumat va uning boshqarish organlari tomonidan amalga oshirilishi koʻrsatilgan.
Dunyo mamlakatlari jadal rivojlanayotgan, integratsiya va globallashuv jarayoni faol amalga oshayotgan hozirgi davrda maktabgacha yoshdagi bolalarning yetuk, barkamol, aqlan va jismonan sogʻlom, ruhan kuchli, maʼnan boy boʻlib oʻsishlari uchun keng sharoit yaratib berilmoqda. Bolaning isteʼdod zahirasiga mansub feʼl-atvor belgilarini barvaqt aniqlash mumkin hamda bu xususiyatlarning kichkintoylarda qay darajada tarkib topishi, asosan, ota-onalar va tarbiyachilarga bogʻliqdir. Oila va maktabgacha taʼlim tashkilotining muhiti boʻladan boʻlajak Al-Buxoriy, Ibn Sino yoxud Eynshteynni yetishtirishi yoki aksincha Alisher Navoiy, Bobur va Betxoven kabi ijodiy iqtidor sohibining qobiliyatini soʻndirishi mumkin. Boladagi isteʼdod, avvalo, layoqat va qobiliyat shaklida namoyon boʻladi. Hozirgi davrda pedagogika sohasida ham muhim oʻzgarishlar sodir boʻlib, biz uni oʻqitish tizimining axborotlashishi, ilgʻor pedagogik texnologiyalardan foydalanishda koʻrishimiz mumkin. Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 30-sentabrda―Maktabgacha taʼlim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi farmonini imzoladi. Ushbu hujjat asosida Maktabgacha taʼlim vazirligi tashkil etildi. Bir soʻz bilan shu kundan eʼtiboran yurtimiz maktabgacha taʼlim tizimida yangi davr boshlandi desak, xato boʻlmaydi.
Maktabgacha taʼlim tashkilotlari bolalarga taʼlim-tarbiya berishda ―Mariya Montessori va ―IMEN texnologiyalaridan keng foydalanmoqda.
Bugungi kunda jahon maktabgacha taʼlim tizimida italiyalik mashhur pedagog Mariya Montessorining mualliflik metodikasi juda keng tarqalgan. Bu pedagogik tizimning noanʼanaviy 10 ta qoidasiga quyidagilar kiradi:
1.Bola – asosiy eʼtiborda;
2.Pedagog bolaning diqqatini boʻlmasdan yoʻnaltiradi;
3.Bolalar atrofidagi muhit ularning qiziqishlariga qarab oʻzgartiriladi;
4.Baʼzi mashgʻulotlarda yoshlari har xil bolalar birga shugʻullanishi mumkin;
5. Bolalar mashgʻulotlarda erkin boʻlishi kerak;
--⊱⊱ 417 ⊰⊰--
6. Bola yakka oʻynash yoki tengdoshlari bilan shugʻullanishni oʻzi tanlaydi;
7. Bolalar qancha xohlasa, shuncha vaqt shugʻullanadi;
8. Guruhda, hatto kattalar ham amal qiladigan qoidalar mavjud;
9. Bolaga oʻz ishini oʻzi baholashiga imkon beriladi;
10. Bola murojaatisiz yordam berish taklif qilinmaydi;
Mariya Montessorining oʻz davridagi butun insoniyatga quyidagi murojaati mavjud: ―Bizda shunday muammo bor − kattalar rivojlanishning diqqat markazida turadi. Agar hokimiyat eʼtiborini bolalarga, ular qalbiga qaratsa, biz tinchlik hukm surgan dunyoni quramiz. Bilim – tinchlik qurolidir.
Bizga maʼlumki, har bir bolaning nimagadir qobiliyati boʻladi. Mana shu qobiliyatlarni iloji boricha ertaroq aniqlab, uni toʻgʻri yoʻnaltirishga aynan mana shunday umumlashgan mashgʻulotlar imkon beradi. Chunki mashgʻulotlar davomidagi pedagogik texnologiyalar majmuyida bolalar ham oʻylaydi, ham oʻynaydi, ham biladi, ham bilganini tushuntirib beradi. Mashgʻulotlar jarayonida bir yoʻnalishdagi pedagogik texnologiyalardan foydalanib qolmay, balki bir necha yoʻnalishdagi pedagogik texnologiyalarni umumlashtirish, yaʼni pedtexnologiyalar majmuasidan samarali foydalanish mumkin.
Shuni taʼkidlab oʻtish kerakki, ilgʻor xorijiy tajribalarni hisobga olgan holda maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shartsharoitlar yaratish maktabgacha taʼlim vazirligi oldiga qoʻyilgan asosiy vazifalardan biri sanaladi.
Alohida eʼtibor qaratish lozim boʻlgan jihati, yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ―Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qabul qilish va navbatga qoʻyish boʻyicha elektron dasturni joriy etish boʻyicha topshiriq berildi. Shunday ekan, koʻp oʻtmay bizning maktabgacha taʼlim tizimimizda ham elektron qabul xizmati ishga tushishi kutilmoqda.
Koreya maktabgacha taʼlim tizimida tarbiyalanuvchi va ota-onalarning xohish-istaklariga alohida eʼtibor bilan qaraladi, – taʼkidlaydi koreyalik mutaxassis O Kyong Mi. – Masalan, mashgʻulot xonasi turli xil burchaklardan (konstruktorlar, kitoblar, yumshoq oʻyinchoqlar va h.k.) tashkil topgan boʻlib, bola oʻzi istagan burchakda vaqtini oʻtkazadi. Bundan tashqari, tushlikdan soʻng bolalar otaonalarining xohishiga koʻra uyquga ketadi. Agar ota-ona buni istamasa, bola passiv mashgʻulotlar bilan shugʻullanadi.
Maktabgacha taʼlim tashkiloti hamda maktablardagi oʻquv-tarbiya jarayoni bolalarning qobiliyati va layoqatini har tomonlama rivojlantirish, ularning shaxsini shakllantirishga qaratilgan. Mazkur jarayonning mahsuldorligi pedagogning bolalarni yaxshi bilishi, taʼlim va tarbiyaning xilmaxil metodlarini qoʻllashiga bogʻliq. Albatta, biz bu borada jahon tajribasidan oʻz milliy mentalitetimizga xos boʻlgan jihatlarni olishimiz maqsadga muvofiq.
Xulosa oʻrnida shuni alohida taʼkidlash lozimki, bolalarning qobiliyatlarini erta aniqlashda ilgʻor pedagogik texnologiyalardan foydalanish, uning rivojlanishi uchun sharoit yaratib berish va isteʼdodini namoyon qilishini taʼminlab berish nafaqat biror oila yoki tarbiyachining muvaffaqiyati, balki millatning, jamiyatning va insoniyatning muvaffaqiyati hisoblanadi. Chunki bola aynan shu isteʼdodi koʻmagida faqatgina jamiyatning yuksalishi uchun emas, balki insoniyatning taraqqiy qilishi uchun ham xizmat qiladi.
--⊱⊱ 418 ⊰⊰--
Foydalanilgan adabiyotlar
20. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 mayda PQ-4312-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Qarori.
21. «Ilk Qadam » davlat dasturi. - T., 2018.
22. Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan Davlat dasturlari. - T., 2018.
Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.