ResearcherUz LogoResearcherUz
Dergiyi Görüntüle

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR DIQQATINING PSIXODIAGNOSTIKASI

Özet

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar diqqatini tahlil qilish jarayoni yoritib berilgan


Tam PDF Belgesi

İlgili Makaleler

Tam metin

PSIXODIAGNOSTIKASI

Sadatova Nigina Erkin qizi

Termiz davlat pedagogika instituti

Maktabgacha ta’lim psixologiyasi

va pedagogikasi yo’nalishi 2 – kurs talabasi Annotatsiya: Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar diqqatini tahlil qilish jarayoni yoritib berilgan. Tayanch so’zlar: diqqat turlari, ixtiyoriy diqqat, ixtiyorsiz diqqat, ixtiyordan so’ngi diqqat, diqqat mashqi, kuzatuvchanlik metodi.

Diqqat bolalarda juda erta rivojlana boshlaydi. 1-2 haftalik chaqaloqlarda diqqatning hech qanday alomati ko’rinmasa ham 1 oylik davridan boshlab, ixtiyoriy diqqat alomatlari ko’rina boshlaydi. Diqqat 3 turga bo’linadi:

Ixtiyoriy diqqat – diqqatning oliy turi sifatida mehnat jarayonida tarkib topgandir. Ixtiyoriy diqqat agar kishi faoliyati jarayonida o’z oldiga ma’lum bir vazifa qo’ygan va harakat programmasini ongli tarzda ishlab chiqqan bo’lsa yuz beradi.

Ixtiyorsiz diqqatda bevosita qiziqishning roli kattadir. Nimaiki qiziqarli, hissiyotga boy, zavqli bo’lsa, diqqatning uzoq vaqt mobaynida ko’rinib turishini taqoza etadi. Ixtiyoriydan so’ngi diqqat- agar maqsadga yo’naltirilgan faoliyatdan shaxs uchun diqqatning ixtiyoriy ko’ringanidagi kabi faqat faoliyati natijasi emas, balki uning mazmuni va jarayonining o’zi qiziqarli va ahamiyatli bo’lsa, bu ixtiyoriydan so’ngi diqqat to’g’risida mulohaza yuritishga turtki beradi. Maktabgacha yoshdagi bolalar diqqatining rivojlanishi faqat MTTdagi sharoitlarga- gina emas, balki ko’p jihatdan oilaviy sharoitlarga ham bog’liqdir. Shuning uchun ham bolalarning diqqati bir tekisda va bir darajada rivojlanmaydi. Masalan ba’zi bolalar oilada tegishli nazorat ostida bo’lmasligi yoki haddan tashqari erka qilib yuborilganligi sababli o’zlarining xattiharakatlari, xulq-atvorlarini tartibga solol- maydilar. Bunday bolalar hamma narsalarga ruxsatsiz tegaveradigan bir joyda tinch o’tirolmaydigan bo’ladilar. Bunday bolalarda diqqat juda beqaror bo’lganligi uchun ular hech bir narsa ustida qunt bilan mashg’ul bo’la olmaydilar. Maktabgacha yoshdagi bolalar diqqatini rivojlantirish uchun quyidagi metod va mashqlardan foydalanamiz.

“Diqqat mashqi” doska bilan ishlashdan avval tarbiyachi bolalarga xona jihozlarini birma-bir aytib chiqadi. Masalan, parta, gul, rasm, shift, javon va shu kabilar oxirida baland ovozda, Doska” deydi-da bolalar diqqatini doskaga qaratadi.

Fikrimcha, mazkur metod juda samarali. Tadqiqotlar natijasi shuni ko’rsatadiki, tarbiyalanuvchilar ovoz balandligi hamda talaffuzning qiziqarliligigako’proq e’tibor qaratishar ekan. Ushbu metod qo’llanganida xonadagi deyarli barcha bolalar e’ti- borini doskaga qaratadi va tarbiyachidan yangi bir axborot qabul qilishga o’zlarini ongli tayyorlashadi. “Kuzatuvchanlik” metodi. Ushbu metodda bolalarga uyidan MTTgacha bo’lgan yo’lni eslab, to’liq tasvirlab berish vazifasi beriladi. Bu vazifani kata guruh tarbiyalanuvchilari og’zaki tarzda bajaradi. Tarbiyalanuvchilar ishtirokchi bolaning kamchiliklarini to’ldirib turadi. Bu o’yinda bolaning ko’rish xotirasi va diqqat uzviyligi aniqlanadi. Yuqoridagi metod orqali ba’zi bir bolalarning diqqati va xotirasini rivojlantirish mumkin ammo, kuzatishlar natijasida ushbu metod biroz bahs talab ekanligini ko’rish mumkin. Chunki, MTTga asosan yon atrofda yashovchi bolalar kelishini hisobga oladigan bo’lsak, ko’pchilik bolalarda bir xil manzaralarni tasvirlash kuzatiladi, lekin bu bilan ushbu metod butulay samarasiz deb bo’lmaydi. Mazkur metod maxsus ta’lim tizimidagi o’quv jarayoni darslarida shu tipda tashkil qilin- moqda. Eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalar diqqatini shakllantirishga qulaylik yaratmoqda.

Shunday qilib, har bir metod va didaktik mashqlarning o’z o’rni va samarasi bor albatta. Faqatgina mahoratli tarbiyachi o’z ishining ustasi bu metodlarni qachon va qaysi bolalarga qo’llashini bilishi lozim. Xulosa o’rnida shuni aytishim mumkinki, yuqorida keltirib o’tilgan metodlar va mashqlar har bir tarbiyachi darsini ajralmas qismi bo’lishi kerak. Ishonamizki, bugungi kun tarbiyachilari aynan shunday usullardan foydalanib, bolalarning bilim salohiyatini kengaytirib har sohada rivojlangan mamlakatlar yoshlari bilan raqobatdosh bo’la oladigan qilib tarbiyalashadi.

Foydalanilgan adabiyotlar 1. Psixodiagnostika va ekspremental psixologiya. (Z.Nishanova, Z.Qurbonova,

S.Abdiyev) 2. Bolalar psixologiyasi va uni o’qitish metodikasi (Z.Nishanova, G.Alimova)

Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.